Mavzu: Buxoro vohasidagi Poykent va Zamonbobo arxeologik yodgorligi



Yüklə 42,8 Kb.
səhifə3/4
tarix17.06.2023
ölçüsü42,8 Kb.
#131966
1   2   3   4
Poykend va Zamonbobo arxeologik yodgorligi

3.Zamonbobo arxeologik yodgorligi.
Qadimda Sug’diyona deb nomlangan tarixiy-madaniy o’lka hozirgi Samarqand, Navoiy, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlari hududlarini tashkil etadi. Bu ona zaminning tarkib topishi, rivojlanishi va gullashida Zarafshon va Qashqadaryo daryolarining o’rni beqiyos va benazirdir. Ana shu ikki daryo suvlari asosida juda qadim zamonlarda Sug’d bobo dehqonlarining qishloqlari va shaharlari qad ko’targan. Zarafshonning yuqori va o’rta havzalarida ilk temir davriga kelib, Avesto turlari sekin-asta o’troq hayotga o’ta boshlaydilar. Zarafshon va Qashqadaryo havzalarida o’troqlashgan bu saklar Sarazm madaniyati avlodlari bilan qorishib, Avestoda ―Gova Sug’uda‖ deb atalgan tarixiy viloyatning o’troq sug’diylar aholisini tashkil etgan. Ular yashagan vohalar esa tarixda ―Sug’diyona‖ deb ataldi. Shunday qilib, so’nggi bronza va ilk temir davrida yana bir madaniy-xo’jalik markazi, ya‘ni Sug’diyona viloyati tarkib topadi, uning qadimgi dehqonchilik xo’jaliklari bilan shug’ullangan etnik qatlamining izlari Zarafshon vodiysining Ko’ktepa, Afrosiyob, Xo’ja Bo’ston, Qozimontepa yodgorliklarining quyi qatlamlari, Qalqan ota mozor qo’rg’onlari, Qashqadaryo vohasida Uzunqir, Daratepa va Sangirtepa kabi yodgorliklar misolida o’rganilgan. Vatanimiz sarhadlari bronza davri jamoalarining moddiy madaniyatini o’rganishda Quyi Zarafshon vohasi va uning qadimiy o’zani bo’lgan Ho’jayli hamda Zamonbobo ko’li atroflarida tadqiq etilgan Zamonbobo madaniyatining ham alohida o’rni bor. Ushbu madaniyat yodgorliklari bu joylarda Ya.G’ulomov boshchiligidagi O’zR FA tarix institutining O’zbekiston arxeologik ekspedisiyasi xodimlari tomonidan 1950-1953 yillarda topib o’rganilgan. Yodgorliklar orasida nisbatan mukammalroq qazishma ishlari amalga oshirilgan va qiziqarli arxeologik manbalar, ma‘lumotlar qo’lga kiritilgani Zamonbobo mozor yodgorligi hisoblanadi. Bu yodgorlikning maydoni sathi chamasi 100-150 metr kvadratlardan iborat bo’lib, undan yarim yerto’la shaklida va yer sathiga karkas usulda chaylasimon ko’rinishli qurilgan turar-joylar qoldiqlari topilgan. Yerto’lalarning ichki qismidan ustunlar o’rnatilgan joylarning diametri 14-16 santimetr bo’lgan chuqurchalar izlari, somonli loy bilan shuvalgan xo’jalik o’ralar hamda o’choqlar qoldiqlari topilgan. Yer sathiga qurilgan turar-joylar chaylasimon ko’rinishli, karkas usulda qurilgan bo’lib, usti qamish bilan yopilgani aniqlangan. Turar-joy yonidan kulolchilik xumdoni o’rganilgan. Tadqiqotchilar ko’rsatishicha, makon ko’p madaniy qatlamli bo’lib, bo’yalgan sopollar asosida makonda dastlab eneolit jamoalari yashagan bo’lishi mumkin. Shuningdek, tadqiqotda odamlar gohida Hujayli daryosi toshqinlari tufayli makonni ma‘lum muddat tashlab chiqishganligi faktlari ham aniqlangan. Makon atrofi madaniy qatlamdan tashqari yer sathidan yig’ib olingan sopollar asosida bu joyda andronov-tozabog’yob madaniy-tarixiy birligi sohiblari ham yashashganligi haqida ma‘lumotlar mavjud. Zamonbobo makoni yonidan mozor topib o’rganilgan. Ochilgan 44 ta qabrning barchasining tuzilishi alohida lahadli (katakomba) shakliga ega. Ya.G’ulomovning ta‘kidlashicha oddiy chuqur ko’rinishli qabrlar ham mavjud. Bu ko’rinishli qabrlarni A.Asqarov tabiiy kuchlar ta‘sirida katakomba qabrining buzilishidan qolgan qismi deb tahlil etadi. Qabrlarda yakka va juft holatda mayitlarning qo’yilganligi kuzatiladi (28 ta yakka, 7 ta juft qo’yilgan mayitlar aniqlangan). Mayitlar bukchaytirilgan holda yon tomoni bilan boshlari sharq, shimoliy-sharq, ba‘zan shimolga qaratib dafn qilingan. Ko’pincha mayitning bosh tomonidan sopol idishlar topilgan. Shuningdan, qabrlardan chaqmoqtoshdan yasalgan o’q-yoy uchlari, qadama qurollar ham topilgan. Ayollar qabridan surmadonlar, kichik mis kurakchalar munchoqlar, to’g’nog’ich, mis kuzgusi, bigiz kabilar topilgan. Ba‘zi qabrlardan mayda o’lchamli sopol haykalchalar, o’g’irtoshlar, ko’mirga aylangan o’simliklar doni, quy-echkilarning suyak qoldiqlari uchratilgan. Kulolchilik hunarmandchiligi. Zamonbobo madaniyati sopol idishlari asosan qo’lda yasalgan idishlar hisoblanadi. Juda oz sonli charxda yasalgan idishlar bo’laklari topilgan. Ba‘zi idishlar bo’lagi sirtida sariq rangli angob borliligi kuzatilgan. Sopol idishlar turmushda bajargan funksiyasiga qarab 2 guruhga ajratilgan: Oshxona-uy-ro’zg’or buyumlari; Diniy marosimlarda ishlatishga mo’ljallangan sopol buyumlar. Hamma idishlar yaxshi, tekis pishirilgan. Tuxumsimon ko’rinishli, tub qismi tekis emas, uchqurroq bo’lgan idishlar ko’pchilikni tashkil etadi.Idishlar jumlasiga tovoqlar, kosalar, chashkalar, qadahlar, piyola, chaynak kabilar kiradi. Shuningdek, tadqiqotchilar ko’rsatishicha, idishlar ichida kulrangli gilldan yasalgan idishlar, to’q jigar rangli idishlarning uchratilganini ular boshqa hududdan kelgan sopol idishlar bo’lgan. Ikkinchi guruh idishlar diniy marosimlar o’tkazilayotganda qo’llaniladigan buyumlar hisoblanib, bular ich qismida yarim doira yoki kavadrat shaklli bo’lakchalari, yuqoriga osib qo’yishga muljallangan teshikchalari bo’lgan kvadrat ko’rinishli idishlar bo’lgan. Idishning bo’limalariga turli oziq-ovqatlar solinganki, bunda marhumlar ularni u dunyoda oziqlanishi nazarda tutilgan. Kubsimon idishlar ko’pincha olovga sig’inish marosimlarida ishlatishga mo’ljallangan bo’lgan.
Mehnat qurollari va qurol-yarog’lar. Zamonbobo madaniyati sohiblarining turmushida mehnat quroli sifatida toshdan yasalgan buyumlar ham ko’plab ishlatilgan. Tosh qurollari asosan chaqmoqtosh, chaqmoqtoshli-slanes, slaneslardan yasalgan. Tosh qurollari asosan chaqmoqtoshdan yasalgan qadama qurollari, teshgich qurollari va yon tomoniga ishlov berilgan otщyeplardan iborat. Shuningdek, dehqonchilik, termachilik bilan bog’liq bo’lgan motiga (1 dona), yorg’uchoqlar (12 dona), donni ezishga moslashgan yorg’uchoq usti toshi (14 187 dona), keli soplari ham topilgan. Qayroqtoshdan teri va sopollarga ishlov berishda foydalanishgan, undan urchuqboshlar yasalgan. Zamonbobo jamoalari turmushida metallurgiya sohasi ham bo’lgan. Metalldan uy-ro’zg’or buyumlari ham yasalgan. Qurol-yarog’lar jumlasiga cho’zinchoq, bargsimon ko’rinishli, uchburchak shaklda bo’lgan o’q-yoy uchlari ko’plab topilgan. Mutaxassislar ko’rsatishicha bu tipdagi qurollar ovchilik ishlarida qo’llanilgan.
Zeb-ziynatlar, taqinchoqlar va ayollarning bezanish gigiyenik anjomlari. Zamonbobo mozorlaridan ko’plab zeb-ziynat, taqinchoqlar topilgan. Ko’pgina taqinchoqlar ko’pgina qimmatboha, yarim qimmatbaho toshlardan, xususan lajuvard, aqiq, yashma, feruza toshlardan yasalgan. Marjondan yasalgan munchoqlarham uchratilgan. Tadqiqotchilar munchoqlarni tiplarga ajratishgan: silindrik, yarim oy shaklda , suyri, krestli ko’rinishli bo’lgan. Mazkur tipdagi munchoqlar Eron, Afg’oniston va Janubiy Turkmaniston dehqon jamoalari turmushida uchratilganligi haqida ma‘lumotlar mavjud. Ayollar qabrlaridan to’g’nog’ich, qubbalar ko’plab topilgan. Shuningdek, kuzgu (diametri 8 santimetrli, dumaloq shaklli, misdan yasalgan), surma, misdan yasalgan mitti kurakchalar (uzunligi 12-16 santimetr) topilishi ayollarning gigiyenik bezanish buyumlari haqida qimmatli ma‘lumotlarni beradi. Shuningdek, qabrlardan sopoldan yasalgan odam gavdasi, yuzi belgilari tasvirlangan terrakotalarning ko’plab topilishi ham tarixiy davr ijtimoiy tuzumi haqida qimmatli ma‘lumotlarni beradi. Xo’jaligi. Zamonbobo jamoalarining xo’jalik asoslarini chorvachilik va dehqonchilik xo’jaligi tashkil etadi. Chorvachilikda qoramolchilik asosiy rol o’ynagan, shuningdek qo’y-echkilar ham uy-hayvonlari sifatida muhim o’rin tutganligi aniqlangan. Bu haqda N.M. Yermolova ma‘lumot bergan. Qazilmalar jarayonida qo’lga kiritilgan hayvon suyaklari qoldiqlari orasida to’qay bug’usi, yovvoiy cho’chqa, jayron kabi hayvonlar suyaklarining mavjudligi (15%) zamonboboliklar ovchilik bilan ham shug’ullanishganliklarini bildiradi. Shuningdek, makondan topilgan arxeologik ashyolar tarkibida tosh, shox va yog’ochdan ishlangan motigalarning, chaqmotoshdan yasalgan qadama qurollarning uchrashi Zamonbobo madaniyati sohiblari dehqonchilik bilan ham shug’ullanishganini bildiradi. Dehqonchilikda arpa, bug’doy, suli kabi dukakli o’simliklar ekilgan. Zamonboboliklar turmushida uy hunarmandchiligi ham ma‘lum rol o’ynagan. Bunda toshga, yog’ochga, shoxga, suyakka ishlov berilib, turmushda turli funksiyalarni bajaruvchi mehnat qurollarini yasashgan. Shuningdek, baliqchilik (to’r, to’rni bog’lashga mo’ljallangan tosh buyumlar) va to’qimachilik (urchuqboshlar) sohalari bo’lganligi haqida ma‘lumotlar bor. Taniqli arxeolog A. Asqarovning ta‘kidlashicha, Zamonbobo madaniyati sohiblarining xo’jaligi qolgan dasht qabilalari xo’jaligidan kompleksligi (chorvachilik, dehqonchilik, to’qimachilik, metallsozlik, uy hunarmandchiligi, baliqchilik) bilan ajralib turgan. Shuningdek, ular moddiy madaniyatida janub dehqon jamoalarining madaniy ta‘siri aniqlangan. Buni charxda tayyorlangan sopol idishar, xumdonlar, xochsimon munchoqlar, sopol haykalchalar, mis kurakchalarning uchratilgani fakti tasdiqlaydi. Bu ta‘sirni taniqli arxeolog V.M. Masson zamonboboliklar turmushida ishlab chiqarish iqtisodiyotining shakllanishidagi bir omil deb e‘tirof etgan. Zamonbobo makonining yuqori madaniy qatlamlaridan Andronova jamoalariga tegishli sopollar topilgan. Tadqiqotchilar ko’rsatishicha, ular andronova qabilalari bilan qorishib ketishgan. Zamonboboliklarning suyak qoldiqlarini tekshiruvdan o’tkazgan antropolog T.Xojayev M.Djurakulov bilan birgalikda ularda qon-qardoshlik elementlari borligi haqida fikr bildirishgan. Dafn bilan bog’liq urf-odatlar va sopol hunarmandchiligi, Yevrosiyo cho’l qabilalarining va Old Osiyo doirasidagi dehqon jamoalari madaniyati komplekslari bilan o’xshashliklar Zamonbobo madaniyatini mil.avv. III minginchi yil bo’sag’asi – II minginchi yil bilan sanalash imkonini bergan. Yangi kombinasiyalashgan radiouglerod analizi natijalari Zamonbobo madaniyati sanasini qadimiylashtirish, ya‘ni mil.avv. III minginchi yil o’rtalari bilan belgilash imkonini bermoqda.

Xulosa.
Xulosa qilib aytganda, Buxoro vohasidagi arxeologiyasini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etgan arxeologik ekspeditsiyalarning aksariyati natijalari e’lon qilinmay qolganligi sababli vodiy tarixini o’rganishda ba’zi muammoli holatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Ammo turli davrlarda nashr etilgan tadqiqotlar orasida ushbu ekspeditsiyalarning maqsadi, tarkibi, erishgan yutuqlari haqidagi ma’lumotlar Buxoro vohasi arxeologiyasi va tarixidagi ba’zi bo’sh bo’g’inlarni to’ldirishi mumkin. Albatta bu o‘rinda tarixshunoslik xulosalasining berilishi muhim. Ekspeditsiyalar erishgan yutuq va kamchiliklarni o‘zaro qiyosiy tahlil etilishi esa nafaqat voha tarixi balki Oʻrta Osiyo arxeologiyasini rivojlantirishda asosiy o’ringa ega.
Joriy yilning 19-oktyabr sanasida Buxoro tarixi kafedrasi hamda Qadimgi Poykent muzeyi o’rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Bunday tadqiqotlar Buxoro tarixi kafedrasi o’qituvchilari va Qadimgi Poykent muzeyi ilmiy xodimlari bilan doimiy ravishda olib borilishiga kelishib olindi.
Zamonbobo madaniyati buxoro viloyati qorako`l tumanida joylashgan qadimiy qishloq bo`lib zamonbobo qadimiy zarafshon daryosi irmoqlari bo`yida tshkil topgan. Moxandaryo va Gujayli o`zanlarining yuqori qismida hamda Poykent atrofida joylashgan.bu hududdan er.avv. II-I ming yillika oid yodgorliklar topilgan. Bu hududdan 30 dan ziyod arxeologik yodgorliklar uchraydi.Undan topilgan yodgorliklarga qarab qadimgi Buxoroda ikki tarmoq dehqonchilik va chorvachilik shakllanganini ko`rishimiz mumkin.

Buxoro viloyatidagi o‘rta asrlarga oid Poykent qadimgi manzilgohining xarobalari, betakror shahar ming yillar davomida cho‘l qumliklari ostida qolib ketgan, bu esa uning qoldiqlarini hozirgi kungacha saqlab qolishga yordam berdi. Aynan shu uchun arxeologlar bu hududni Osiyoning Pompeyi deb nomlashgan.- Osiyo Pompeyi



Yüklə 42,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin