3.Byudjet-soliq siyosati barqarorligi va Soliqlarni yalpi talab va yalpi taklifga ta’siri Byudjet siyosatining asosiy maqsadi davlat xarajatlarini samarali rejalashtirgan holda bu xarajatlarni moliyalashtirish manbalarini izlab topish hisoblansa, soliq siyosati byudjet siyosatidan kelib chiqqan holda, ya`ni byudjet daromadlarining asosini tashkil qiluvchi soliqlarni byudjetga yetarli miqdorda va o`z vaqtida kelib tushishini ta`minlash, byudjet daromadlari ijrosini ta`minlash maqsadida olib boriladi. Soliq siyosatining asosiy maqsadi soliq yukini soliqlar o`rtasida oqilona, iqtisodiy rivojlanishga zarar yetkazmagan holda taqsimlashdir.
Soliq siyosatini ishlab chiqishda soliqlarning fiskal funktsiyasi bilan bir qatorda, rag`batlantirish funktsiyasini ahamiyatini oshirish samarali hisoblanadi. Soliqlar orqali rag`batlantirish ishlab chiqarishni rivojlanishiga, moddiy xom ashyo, moliyaviy va mehnat resurslaridan, to`plangan mol-mulkdan samarali foydalanishga faol yordam beradi, ya`ni soliq yukini yengillashtirish, ishlab chikarishni rag`batlantirishga, moliyaviy holatni yaxshilashga va investitsion faoliyatni jonlantirishga olib keladi. Soliq stavkalarining soliq to`lovchilarga qiyinchilik tug`dirmasligi albatta ularning soliqdan qochish holatlarini kamaytiradi.
Respublikamizda soliq tizimini takomillashtirish jarayonida xo`jalik yurituvchi sub`ektlarga nisbatan soliq yukini izchil kamaytirishga alohida e`tibor qaratilib kelinmoqda. Yuqoridagi gapimizni isboti sifatida shuni qayd etish lozimki, yuridik shaxslar uchun soliq stavkasi 2021yildagi31 foizdan 2022yilga kelib 23 foizga kamaygan va 8 foizni tashkil etgan bo`lsa, 2021 yilda 7,5 foizni tashkil etmoqda. Yuridik shaxslarning mol mulkidan undiriladigan soliq stavkasi haqida esa quyiagilarni aytish mumkin, ya`ni 2020yilda 4 foizli soliq stavkasi amal qilgan bo`lsa, 2020yilga qadar bu stavka 3,5 foizni tashkil etgan va 2020ildan boshlab yana 4 foiz qilib belgilangan. Tabirkorlik sub`ektlarini qo`llab quvvatlash maqsadida ularga nisbatan o`rnatilgan soliq stavkalari pasayiib bormoqda, ya`ni mikrofirma va kichik biznes korxonalari uchun soliq stavkasi 2000 yilda 15 foizni tashkil etgan bo`lsa, bugungi kunga kelib 5 foizni tashkil etmoqda. Jismoniy shaxslarning mol-mulk solig’i soliq tizimidagi soliqlar ichida soliq stavkasi ortib borayotgan yagona soliq hisoblanadi, ya’ni bu soliq stavkasi 2020 yilga qadar 0,5foiz stavkada undirilgan bo’lsa, keyingi 4 yil davomida mol mulkning hajmini ortib borishiga muvofiq ravishda tabaqalashtirilgan holda stavkalar o’rnatilmoqda: shahar joylarda 200 kv.m gacha bo’lgan mol mulk qiymatidan 2019yilda 0,75 foiz, 200 kv.m dan 500 kv.m gacha bo’lgan mol mulk qiymatidan 0,9 foiz va 500 kv.m dan ortgan mol mulk qiymatidan 1,13foiz miqdorida soliq undirilgan bo’lsa, bu holat 2020 yilda 0,9 foiz, 1,1 foiz, 1,35 foizni; 2021yilda 1,04 foiz, 1,25 foiz, 1,55 foizni , 2022yilda 1,2 foiz, 1,4 foiz, tashkil etmoqda. Shuningdek, imtiyoz tariqasida alohida kategoriya shaxslar uchun soliqqa tortilmaydigan maydon belgilangan bo’lib, u 60kv.km ni tashkil etadi. Agarda ma’sul organlar omonidan mol mulkning qiymati aniqlanmagan
bo’lsa, qishloq joylarida belgilangan summa 8833, 0 ming so’m, shahar markazlarida 20328,0 ming so’m qilib belgilangan.5
Ushbu soliq turi bo`yicha ham stavkalarni pasayishini ko`rish mumkin. Shuni alohida qayd etish lozimki, 2020yilda ham 4 pog`onali soliq savkasi amal qilib, quyi stavkasi 15 foizni (ikkinchi pog`onasi 25, uchinchi pog`onasi 36 foiz) va yuqori stavkasi 40 foizni tashkil etgan.
Shu o`rinda jismoniy shaxslarning daromad solig`i stavkalariga ham to`xtalib o`tish lozim.
Soliqlarning davlat byudjeti daromadlar qismini shakllantirishdagi, shuningdek, mamlakatda yaratilgan YAIM tarkibidagi ulushni aniklash orqali iqtisodiy taraqqiyotga baho berish mumkin. YAIM tarkibida soliqlar ulushining ortishi byudjet daromadlarini ko`paytirishga olib kelsada, kelgusida jadal iqtisodiy rivojlanish uchun to`siq bo`lishi mumkin. Shuning uchun umumiy soliq tushumlarining YAIMga bo`lgan nisbatni kamaytirish tomonga qarab soliq tizimini optimal takomillashtirish yo`llarini izlash zarur.
Natijada ishlab chiqarish hajmi o`sdi va mos ravishda soliqqa tortiladigan baza kengaytirildi, bu esa, soliq ma`muriyatchiligini yaxshilash bo`yicha chora-tadbirlar bilan bir qatorda Davlat byudjeti kamomadining past bo`lishi va daromadlarning o`sishini ta`minladi.
Soliqlarning joriy qilinishi va mavjud soliq tizimiga o‘zgarishlar kiritilishi bevosita yoki bilvosita yalpi talab va yalpi taklifga ta’sir etadi. Tovar narxi qancha yuqori bo‘lsa, uni sotib olishga tayyor xaridorlar shuncha kam va uni ishlab chiqaruvchidar esa ko‘proq taklif qiladilar. Bozor muvozanati talab va taklif kesishgan nuqtada to‘xtaydi.
Talabning egiluvchanligi xaridorning taklif qilinayotgan tovarni sotish shartlariga bog‘liq ravishda (eng avvalo narxiga qarab) sotib olishga tayyorligi darajasini ko‘rsatadi. Xaridorlar kelishuvga qanchalik ko‘p intilsalar, talab shunchalik kam egiluvchan bo‘ladi. Talab egiluvchan bo‘lmasa, sotuvchilar soliq yukini xaridorlar zimmasiga osongina o‘tkazib yuboradilar.
Talabning narx egiluvchanligi asosiy omillariga quyidagilar kiradi:
1. O‘rnini bosuvchi tovarlarning mavjud bo‘lishi. Agar bozorda bir-birining o‘rnini bosuvchi tovarlar qancha ko‘p bo‘lsa, talab ham shuncha egiluvchan bo‘ladi: xaridorda qimmat tovarlarning o‘rniga arzonrog‘ini sotib olish imkoniyati tug‘iladi. Lekin bozorda bir-birining o‘rnini bosadigan ne’matlar mavjud bo‘lmasa, xaridor belgilab qo‘yilgan narxga ko‘nishga majbur bo‘lib, bunday holatda talab egiluvchan bo‘lmaydi.
2. Tovarga ketgan xarajatlarning xaridor byudjetidagi ulushi. Ne’matlar qiymati xaridor byudjetida qanchalik katta o‘rin tutsa, unga talabning egiluvchanligi shunchalik yuqori bo‘ladi. Agar qalamning narxi 10 foiz ko‘tarilsa, unga talab sezilarli darajada pasaymasligi mumkin: qalamning narxi shu qadar kichikki, xaridor bu tovar narxi oshganini payqamasligi ham mumkin Lekin avtomobilning narxi 10 foiz oshsa (boshqa teng shartlar qatorida), talab ancha-muncha kamayib ketishi aniq: narxning mutlaq o‘sishi xaridorning «hamyoni» uchun haddan ziyod katta bo‘ladi.
3. Tovarning foydalilik darajasi. Kundalik ehtiyoj tovarlariga talab odatda egiluvchan bo‘lmaydi; ziynat buyumlariga talab esa egiluvchandir. Masalan, non, gugurt, tuzga talab an’anaviy egiluvchan sanalmaydi. Aksincha, qimmatbaho, ko‘ngilochar va shu kabi boshqa buyumlarga talab bir muncha egiluvchan bo‘ladi.
4. Vaqt omili. Xarid qilish xususidagi qarorga kelish uchun muddat qancha ko‘p bo‘lsa, talab ham shu qadar egiluvchan tus oladi. Xaridorlar yangi narxga moslashishlari uchun vaqt kerak: ularning didi va iste’mol texnologiyasi asta-sekin o‘zgarib boradi. Masalan, qimmatlashgan mol go‘shti o‘rniga ma’lum muddat mobaynida emish sifatida baliq va parrandalardan foydalaniladi. Mana, boshqa misol: 1970 yillarda g‘arb davlatlarida neft narxi ko‘tarilishi sababli eski texnologiyalarni energiyani tejaydigan yangi texnologiyalarga almashtirish jarayoni bir necha yil davom etdi, oqibat-natijada neft mahsulotlariga bo‘lgan talab keskin kamayib ketdi.
Tovarga talab qanchalik kam egiluvchan bo‘lsa soliqning katta qismi iste’molchilar zimmasiga tushadi, chunki bozordagi narx keskin ko‘tariladi. Buning aksicha, xaridorlar qimmatlashgan tovarlarni olishdan osongina voz kechsalar narx deyarli ko‘tarilmaydi va zararni sotuvchilarning o‘zlari qoplashga majburdirlar.
Taklifning egiluvchanligi sotish sharoiti o‘zgarganda taklif etilayotgan tovarlarning miqdorini sotuvchilarning ko‘paytirish yoki kamaytirish imkoniyatlarini belgilab beradi. Sotuvchilar kelishuvga qanchalik ko‘p intilsalar, bozor taklifi shunchalik kam egiluvchan bo‘ladi. Taklif egiluvchan bo‘lmaganida soliq yukini ma’lum darajada ishlab chiqaruvchilar o‘z zimmalariga olishga «rozi» bo‘ladilar.
Taklif egiluvchanligining asosiy omili tovar sotish sharoiti o‘zgarishiga munosabat bildirish uchun ishlab chiqaruvchi ixtiyorida mavjud bo‘lgan vaqt miqdoridir. Iqtisodiyotning tarmoqlari o‘rtasida resurslarni (ishchi kuchi, uskunalar, xom ashyo) qayta taqsimlash ma’lum muddatni talab etadi. Binobarin, tadbirkorlar ixtiyoridagi vaqt qancha ko‘p bo‘lsa, ular ishlab chiqarishning tuzilishini o‘zgargan bozor sharoitiga moslashtirish uchun shunchalik katta imkoniyatga ega bo‘ladilar hamda taklifning egiluvchanligi ham ortadi.
Egiluvchan taklifli vaziyatda bilvosita soliq joriy etilganda ishlab chiqaruvchilar mahsulot tayyorlash hajmini osongina qisqartirib, shu hisobdan bozorda narxni ko‘tarishlari ko‘rsatilgan. Bunday holatda soliq yukining katta qismi xaridor zimmasiga o‘tkaziladi. Aksincha, taklif egiluvchan bo‘lmaganida ishlab chiqaruvchilar mahsulot tayyorlash hajmini keskin darajada qisqartira olmaydilar va bozorda narx deyarli o‘zgarmaydi. Bunday holatda soliq to‘lovlarining asosiy qismini tadbirkorlarning o‘zlari qoplaydilar. Shunday qilib, soliq narxning o‘sishi orqali iste’molchi zimmasiga o‘tishi mumkin. Soliqning iste’molchi zimmasiga o‘tkazilishi bozorning o‘ziga xos xususiyatlariga, bozor talabi va taklifiga bog‘liqdir. Agar tovarga talab barqaror bo‘lsa, ya’ni kam egiluvchan vaziyatlarda soliqlarni iste’molchilar zimmasiga mahsulot bahosini ko‘tarish yo‘li bilan o‘tkazishi mumkin. Agarda talab egiluvchan bo‘lsa, bahoni ko‘tarishga bo‘lgan intilish tovar hajmining, shunga tegishli ravishda ishlab chiqarish, foyda va soliq hajmlarining kamayib ketishiga olib keladi. Talabning egiluvchanligi soliqqa tortishni tartibga solib turuvchi va cheklaydigan omildir.
Xulosa
Huddudllar timoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qarailgan soliq-byudjet siyosatining asosiy yo`nalishlari va byudjet loyihasi mamlakatni yangilash va modernizatsiya qilishga, makroiqtisodiy barqarorlikni ta`minlashga, barqaror yuqori iqtisodiy o`sish sur`atlariga erishiga, iqtisodiyot va jamitya ijtimoiy hayotini muvozanatli rivojlantirishga, aholining farovonligi va turmush darajasini oshirishga yo`naltirilgan mamlakatda yuritilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosat doiraisda ishlab chiqilgan.
Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, respublikamizda soliq siyosati davlatning maxsus vakolatli organlari tomonidan ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Soliqlar bo`yicha har bir hokimiyat organi maxsus vakolatlarga ega bo`lib, ularning har biri o`z faoliyatlarini samarali olib borishda ushbu vakolatlardan foydalanadi. Bunda vakolatli organlar sifatida barcha hokimiyat organlari, jumladan, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari birgalikda faoliyat ko`rsatadi va unda Davlat soliq qo`mitasi soliq siyosatini amaliyotga joriy etishda muhim ahamiyatga ega bo`lgan vazifalarni bajaradi.
Byudjet daromadlarini shakllantirishda yana bir muammo soliqlarni to’g’ri hisoblanmasligidir. Bu muammolarni hal etishda soliq nazorati va xorij tajribasidan foydalangan holda amaliyotga tatbiq etilayotgan soliq maslahatining ahamiyatini kuchaytirish lozim.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat byudjeti nafaqat xarajatlari orqali, balki daromadlarini shakllantirish jaryonida ham iqtisodiyotni boshqaradi va tartibga soladi. Bunday holat birinchidan, soliq yukini kamaytirish orqali yuridik va jismoniy shaxslarga iqtisodiyotni rivojlantirishga o`z hissalarini qo`shishlariga imkoniyatlar berishdan iborat bo`lsa, ikkinchidan soliq stavkalarini kamaytirish orqali soliq to`lovchilar va soliq ob`ektlarini ko`paytirishni yuzaga keltiradi, uchinichdan esa soliqdan imtiyozlar berish orqali iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb etish, davlat ahamiyatiga ega bo`lgan sohalarni rivojlantirishga sabab bo`ladi.