Mavzu Byudjet tashkilotlarida byudjetdan tashqari mablag’larni
2.Budjet tashkilotlari xarajatlarini moliyalashtirish manbalari va unda budjetdan tashqari manbalarning ahamiyati Bugungi kunda budjet tashkilotlarini moliyalashtirishning ko’p kanalli tizimi shakllangan bo’lib, ularni moliyalashtirishning quyidagi manbalari mavjud: davlat budjeti mablag’lari; davlatning budjetdan tashqari maqsadli jamgarmalari mablaglari; ijtimoiy sug’urta mablag’lari; budjet tashkilotlarning o’z mablag’lari (budjetdan tashqari tushumlari); hayriya va homiylik tashkilotlarining mablaglari; xalqaro tashkilotlarning mablag’lari; yuridik va jismoniy shaxslardan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari; boshqa mablaglar. Budjet tashkilotlari xarajatlarini mablag bilan ta‘minlash quyidagilarni nazarda tutadi: 26 - budjet mablag’laridan tejab, samarali va aniq foydalanish hamda budjet va smeta-shtat intizomini mustahkamlash uchun budjet tashkilotlari rahbarlarining mustaqilligini kengaytirish va mas‘uliyatini oshirish; - budjet tashkilotlarini mablag bilan ta‘minlash mexanizmini soddalashtirish va budjet mablaglaridan foydalanishda yuqori natijalarga erishish maqsadida mavjud mablaglarni oqilona taqsimlash uchun shart-sharoitlar yaratish; - budjet tashkilotlari xodimlari mehnatini ragbatlantirish, ular faoliyati samaradorligini oshirish va kadrlarning o‗rnashib qolishi uchun shart-sharoitlar yaratish. Budjet tashkilotlari bo’ysunuviga ko’ra respublika budjeti va mahalliy (viloyat, tuman, shahar) budjetlardan mablag bilan ta‘minlanadilar, ularning joriy faoliyati budjet tashkilotlarini mablag bilan ta‘minlashning o’rnatilgan tartibiga asosan moliyalashtiriladi, bunda yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan tashkilotlar mustaqil ravishda o’z moliyaviy rejalarini xarajatlar smetasi shaklida qonunchilik bilan belgilangan tartibda ishlab chiqadilar. Xarajatlar smetasi – budjet tashkilotining unga ajratilgan budjet mablag‗larining hajmi, maqsadli yo’nalishi va yil choraklari (har bir chorakning oylari) bo‗yicha taqsimlanishini belgilab beruvchi asosiy moliyaviy hujjatdir. Oliy ta‘lim muassasalarining moliyaviy resurslari ikki asosiy manba: davlat budjeti va budjetdan tashqari mablag‗lar hisobidan shakllanadi. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2014 yil 14 noyabrdagi 74-son buyrugi bilan tasdiqlanib, O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2014 yil 15 dekabrda 2634-son bilan ro’yxatga olingan ―Budjet tashkilotlari va budjet mablag‗lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro’yxatdan o’tkazish tartibi to’grisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi buyrugiga muvofiq, budjet tashkilotlarida smetalarning quyidagi turlari amalda qo’llaniladi: – yakka (individual) smetalar; – jamlanma smetalar; – budjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha smetalar.