Mavzu: Byudjet tashkilotlarida byudjetdan tashqari mablag’larni jalb qilish va ulardan foydalanish Reja: kirish


Budjet tashkilotlarini moliyalashtirishda budjetdan tashqari mablag’larning o`rni



Yüklə 48,06 Kb.
səhifə2/8
tarix04.11.2022
ölçüsü48,06 Kb.
#67342
1   2   3   4   5   6   7   8
Mavzu Byudjet tashkilotlarida byudjetdan tashqari mablag’larni

1. Budjet tashkilotlarini moliyalashtirishda budjetdan tashqari mablag’larning o`rni
Davlat budjetiga to’lanadigan soliqlar, yigimlar va boshqa majburiy to’lovlar yagona gazna hisobvaragiga kiritilib, ularga tegishli respublika budjeti, Qoraqalpog`iston Respublikasi budjeti, mahalliy budjetlar, davlat maqsadli jamgarmalari daromadlarida aks ettiriladi. Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablaglari yagona gazna hisobvaragiga kiritilib, ular mazkur tashkilotlarning daromadlarida aks ettiriladi. Davlat budjetiga chet el valyutasida to’lanadigan soliqlar, yig‗imlar va majburiy to’lovlar, shuningdek budjet tashkilotlarining chet el valyutasida tushadigan budjetdan tashqari mablaglari Gaznachilikning bankdagi valyuta hisob varaqlariga kiritiladi. Budjetni gazna ijrosiga o’tilishi budjet mablaglari bilan birga budjetdan mablag oluvchi tashkilotlarning budjetdan tashqari mablaglari ham to‗laligicha gazna ijrosiga qamrab olindi. Davlat budjeti ijrosining Gaznachilik tizimi joriy qilinib, bujet daromadlari va xarajatlarining ijrosi kassa usulida amalga oshirilishi mablag‗larni samarali va maqsadli sarflash hamda nazorat qilish imkoniyatini bermoqda. Budjet tashkilotlari xarajatlarining to’lovi gaznachilik orqali amalga oshirilib, budjet mablag’larini ortiqcha band qilmaslikni ta‘minlamoqda. Islohotlarni amalga oshirish davomida budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‗lari ham gaznachilikka qamrab olinib uning kassa ijrosi ham gaznachilik tomonidan amalga oshirilmoqda. Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablaglarining tashkilot shaxsiy hisobraqamiga kelib tushishi va sarflanishi kassa usulida gaznachilikda hisobga olinadi. Budjet tashkilotlarida esa budjetdan tashqari mablaglarning tashkilot shaxsiy hisobraqamiga kelib tushishi va sarflanishi kassa va hisob usulida aks ettiriladi. Budjet tashkilotlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 414 sonli ―Budjet tashkilotlarini mablag‗ bilan ta‘minlash tartibini takomillashtirish to’grisida‖gi qaroriga asosan budjetdan tashqari mablag’larni shakllantirishlari mumkin.

Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari g‘aznachilikka qamrab olinib, ular bo‘yicha alohida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlar ochiladi. Shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari ochiladigan quyidagi budjetdan tashqari mablaglar mavjud:


olovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblardan tushgan mablag‗lar, ta‘lim muassasalarida to’lov-kontrakt shaklidan tushgan mablaglar, rivojlantirish jamgarmasi mablaglari, boshqa budetdan tashqari mablagar, boshqa hisobvaraqlardagi pul mablag‘lari, valyuta hisobvarag`i, budjet tashkilotining vaqtincha ixtiyorida bo`ladigan mablag‘lar. Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-sonli ―Budjet tashkilotlarini mablag bilan ta'minlash tartibini takomillashtirish to‗g‗risida‖gi qaroriga muvofiq budjet tashkilotlarini budjetdan tashqari mablag‗lari Moliya vazirligining Gaznachiligi va uning hududiy bo‗linmalarida ochilgan hisob raqamlarida hisobot choragining oxirgi ish kuni oxirida budjet mablag‗lari bo’yicha tejab qolingan mablaglar, faoliyati turiga muvofiq tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotishdan olingan daromadlar, balansida bo’lgan davlat mulkini ijaraga berishdan qonun hujjatlariga muvofiq olingan mablaglarning bir qismi, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan beriladigan homiylik yordami (begaraz yordam) hisobidan shakllantirilishi belgilangan. Shuningdek, budjetdan tashqari mablag‗lari hisobiga birinchi navbatda kreditorlik qarzlarni tugatish, moddiy texnika ba'zasini mustaxkamlash, xodimlarni moddiy rag‗batlantirishga yo‗naltirilishi belgilangan. Ta'lim muassasalarida O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1999 yil 6 avgustda 795-son bilan ro’yxatdan o’tgan ―O‗zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shakli va tushgan mablag‗larni taqsimlash tartibi haqida Nizomga ko’ra o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan mablag’lar tushimi amalga oshiriladi va ular hisobiga xarajatlar amalga oshiriladi. Budjet tashkilotlarining boshqa budjetdan tashqari mablag‗lari bo’yicha boshqa tushumlar ikkilamchi xom ashyoni topshirishdan tushgan tushumlar, keraksiz va eskirgan moddiy qiymatliklarni sotishdan tushgan tushumlar, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobidan shakllanadi va ular hisobiga xarajatlar amalga oshiriladi.
Budjet tashkilotlari yuqorida keltirilgan manbalar bo’yicha budjetdan tashqari mablag‗lardan foydalanadi. Ya'ni har bir manba bo’yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlar belgilangan tartibda moliya organlari tomonidan ochiladi va gazna dasturiga kiritiladi. Moliya organlari tomonidan budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‗lari uchun hisobvaraqlari quyidagi hujjatlar asosida ochiladi: a) moliya organi rahbari yoki uning o’rnini bosuvchi shaxsning ruxsat beruvchi yozuvi qo‗yilgan budjetdan mablag oluvchining arizasi. Agar, budjetdan mablag‗ oluvchi bir vaqtning o’zida yuridik shaxs maqomiga ega bo’lmagan, quyi budjetdan mablag oluvchilar uchun budjet mablaglarini taqsimlovchi bo’lsa, tegishli shaxsiy hisobvaraqlar ochish uchun bir nusxada ariza, unga ilova qilib xizmat ko’rsatiladigan quyi budjetdan mablag oluvchilarning ro’yxati taqdim etiladi. b) budjetdan tashqari mablaglarning tushumlari va xarajatlari limiti ko’rsatilgan (tushumlari va mablag‗larning xarajat qilinish yo’nalishlari limitlanmagan byudjetdan tashqari mablag‗lari bundan mustasno) tegishli smeta xarajatlarining nusxasi. Bunda, yuridik shaxs maqomiga ega bo’lmagan, quyi budjetdan mablag oluvchilar xarajatlarining o’rnatilgan tartibda hisobini yurituvchi va xizmat ko’rsatuvchi budjetdan mablag oluvchilar uchun, xizmat ko‗rsatilayotgan quyi budjetdan mablag oluvchilarning budjetdan tashqari xarajatlari hisobini yuritish uchun (budjet tasnifi xarajatlarining har bir paragrafi bo’yicha tuzilgan umumiy xarajatlar smetasi asosida) hisobvaraqlar ochiladi. Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha shaxsiy hisobvaraqlarini ochish uchun ilgari budjet mablag‘lari bo‘yicha hisobvaraqlarni ochish uchun taqdim etilgan imzo namunalari kartochkalari ishlatiladi. Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari shaxsiy hisobvaraqlarining unikal raqami
yigirma yetti razryaddan iborat bo‘lib:

Razryad raqamlari




1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

17

18

19

20

21

22

23

24

25

26




27

shulardan: 1 — 6 gacha razryadlar — tasdiqlangan mablag‘larning manbalari va byudjet darajasi Tasnifiga muvofiq mablag‘larning manbalar kodi va budjet darajasi; 7 — 9 gacha razryadlar — tasdiqlangan valyutalar klassifikatoriga muvofiq valyuta kodi; 10 — 14 gacha razryadlar — tasdiqlangan hududlar Tasnifiga muvofiq hududiy tegishlilik kodi; 15 — 24 gacha razryadlar — Budjetdan mablag‘ oluvchilar bo‘yicha budjet tasnifining tegishli ko‘rsatkichlari kodlari, bunda: 15 — 21 gacha razryadlar — Xarajatlarning vazifa jihatdan tasnifining tegishli kodi; 22 — 24 gacha razryadlar — Tashkiliy tasnifning tegishli kodi; 25 — 27 gacha razryadlar — budjet tashkilotlarining shaxsiy hisobvaraq raqami kodi. Budjetdan mablag‗ oluvchilarning budjetdan tashqari mablaglari uchun hisobvaraqlar ochish uchun ilgari budjet mablag‗lari bo‗yicha hisobvaraqlarni ochish uchun taqdim etilgan imzo namunalari kartochkalari ishlatiladi. Budjetdan tashqari mablaglar bo’yicha yuridik va moliyaviy majburiyatlarning qabul qilinishi, shuningdek budjetdan tashqari mablag‗larning kassa xarajatlari kelib tushgan budjetdan tashqari mablag‗lar doirasida amalga oshiriladi va budjet mablaglari kabi bir xil tartibda rasmiylashtiriladi. Budjet tashkilotlarida budjetdan tashqari mablaglardan foydalanishning o‘ziga xos hususiyatlari bor va ular quyidagilardan iborat: - budjetdan tashqari mablaglardan foydalanish kassa usulida amalga oshirilishi; budjetdan tashqari mablag‗lar manbaalari bo’yicha alohida shahsiy hisob varaqalarida aks ettirilishi; - budjetdan tashqari mablaglar tushumi hamda ular hisobiga xarajatlarni budjet tasnifi asosida aks ettirilishi; - budjetdan tashqari mablag‗lar smetalar asosida xarajat qilinishi; - budjetdan tashqari mablaglardan foydalanishda qat'iy qonunchilik talablariga amal qilish.



Yüklə 48,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin