Mavzu: Byudjet tashkilotlarida byudjetdan tashqari mablag’larni jalb qilish va ulardan foydalanish Reja: kirish


O‘zbekiston Respublikasida budjet tashkilotlarini moliyalashtirish manbalari



Yüklə 48,06 Kb.
səhifə5/8
tarix04.11.2022
ölçüsü48,06 Kb.
#67342
1   2   3   4   5   6   7   8
Mavzu Byudjet tashkilotlarida byudjetdan tashqari mablag’larni

O‘zbekiston Respublikasida budjet tashkilotlarini moliyalashtirish manbalari Yakka smetalar yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan alohida olingan muassasa bo’yicha tuziladi. Masalan, muayyan hududda (tuman yoki shaharda) joylashgan yuridik shaxs maqomida faoliyat qiluvchi davlat sog’liqni saqlash muassasasi (kasalxona, qishloq vrachlik punkti, ixtisoslashgan dispanser va sh.k.) mustaqil ravishda budjetdan to’lanishi ko’zda tutilgan o’z xarajatlarini yakka smeta asosida rejalashtiradi. Jamlanma smetalar yuridik shaxs maqomiga ega bo’lmagan va tegishli davlat boshqaruv organlari huzuridagi markazlashtirilgan buxgalteriyalar va tegishli hokimiyatlarning buxgalteriyalari tomonidan xizmat ko’rsatilayotgan tashkilotlar bo’yicha tuziladi.
O’zbekiston Respublikasi Budjet Kodeksida keltirilishicha, ―jamlanma xarajatlar smetasi – budjet mablaglarini taqsimlovchi tomonidan uning tasarrufidagi budjet tashkilotlarining va budjet mablaglari oluvchilarning xarajatlar smetalari asosida tuziladigan xarajatlar smetasi‖ hisoblanadi. Budjetdan tashqari mablaglar bo’yicha smeta – tashkilotlar tomonidan joriy moliya yili uchun tuziladigan va tasdiqlanadigan hujjat bo‗lib, unda tashkil bo’lish manbalari va ushbu mablaglarning qonunchilikka muvofiq foydalanish yo’nalishlari ko’rsatilgan holda budjetdan tashqari daromadlar tushumlarining prognoz hajmlari aks ettiriladi. Masalan, oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi muassasalarida talabalarni o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag’lar va ularni ishlatish yo’nalishlari budjet qonunchiligi bilan belgilangan tartibda budjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha smeta asosida rejalashtiriladi. Budjet tashkiloti va budjet mablag’lari oluvchilarning O’zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan xarajatlari budjetdan ajratiladigan mablag’lar doirasida va ularning xarajatlar smetalarida ko’rsatilgan maqsadlarda amalga oshiriladi. Budjet tashkilotlari xarajatlarni qoplash uchun budjetdan ajratiladigan mablaglardan tashqari boshqa daromad manbalari mavjud bo’lganda, mazkur ko’rsatilgan mablag’lar bo’yicha ham daromadlar va xarajatlar smetalarini tuzadi. Budjet tashkilotlari va budjet mablag’lari oluvchilar xarajatlar smetalarini, daromadlar va xarajatlar smetalarini, shuningdek shtat jadvallarini normativhuquqiy hujjatlar asosida mustaqil ravishda tuzadilar. Xarajatlar smetalari, daromadlar va xarajatlar smetalari, shtat jadvallari, shuningdek jamlanma xarajatlar smetalari va shtat jadvallari bir moliya yili muddatiga tuziladi va amal qiladi. Budjet tashkilotlari va budjet mablaglari oluvchilarning xarajatlari budjet to’g’risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda vaqtinchalik xarajatlar smetasi asosida amalga oshiriladi.
Xarajatlar smetalarini, daromadlar va xarajatlar smetalarini tuzishda mehnatga haq to’lash miqdorlari va shartlari, tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun narx va ta`riflar: - barcha tashkilotlar (mavsumiy yoki moliya yili mobaynida yangidan tuzilayotgan tashkilotlardan tashqari) bo’yicha — mazkur smetalar tuzilayotgan moliya yilining 1 yanvarida amalda bo’lgan shartlarda; - mavsumiy yoki moliya yili mobaynida yangidan tuzilayotgan tashkilotlar bo’yicha — mazkur tashkilot faoliyat ko’rsatishi boshlangan oyning birinchi sanasi holatiga ko’ra hisobga olinadi. Budjet tizimi budjetlari ijrosi jarayonida yuzaga keladigan barcha qo’shimcha xarajatlarga budjet tashkilotlari va budjet mablaglari oluvchilarning xarajatlar smetalariga budjet to’grisidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli ozgartirishlar kiritiladi. Budjet tashkilotlari va budjet mablaglari oluvchilarning xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetalari, budjet mablaglarini taqsimlovchilarning jamlanma xarajatlar smetasi ming so’mda tuziladi. Budjet tashkilotlarining shtat jadvallari va budjet mablag‗larini taqsimlovchilarining jamlanma shtat jadvallari so’mda tuziladi. Xarajatlar smetasi va budjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha smeta bir yillik muddatga - 1 yanvardan 31 dekabrgacha bo’lgan davrga tuziladi (mavsumiy tadbirlar uchun yoki joriy moliya yilida ishga tushiriladigan tashkilotlar bo’yicha esa ularning mazkur yildagi faoliyat ko’rsatish oylariga tuziladi va amal qiladi). Budjet qonunchiligida kelgusi moliya yili uchun davlat budjeti yil boshlangunga qadar qabul qilinmagan holatdagi xatti-harakatlar belgilab berilgan. Xususan, agar moliya yili boshlangunga qadar shu yilga mo’ljallangan davlat budjeti mamlakat qonun chiqaruvchi organi tomonidan qabul qilinmasa, budjet tashkilotlarini mablag‗ bilan ta‘minlash ular tomonidan tuzilgan vaqtinchalik xarajatlar smetasi asosida amalga oshiriladi. Vaqtinchalik xarajatlar smetasi – budjet tashkilotining (yoki budjet mablaglari oluvchining) xarajatlar smetasi tasdiqlanguniga va royxatdan o’tkazilguniga qadar amal qiladigan hujjat bo’lib, unda qonun hujjatlaridagi 31 o’zgartirishlar hisobga olingan holda uning uchun nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablag’lar har oy uchun aks ettiriladi. Vaqtinchalik xarajatlar smetasi oylar kesimida birinchi chorakdan oshmagan davr uchun tuziladi, ko’rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Bunda har oylik xarajatlar o’tgan moliya yilining oxirgi choragida budjet tashkiloti tomonidan sarflangan budjet mablaglarining uchdan bir qismidan oshib ketmasligi shart. ―Kelgusi moliya yilining birinchi choragi uchun smetalari joriy moliya yilining 25 dekabrigacha tuziladi, tasdiqlanadi va ro'yxatdan o’tkaziladi . Vaqtinchalik xarajatlar smetasi asosiy smeta tasdiqlangunga qadar amalda bo’ladi, bunda belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazilgan xarajatlar smetasidagi birinchi chorak uchun ko’zda tutilgan xarajatlar summasi tashkilotlarning vaqtinchalik xarajatlar smetasida rejalashtirilgan xarajatlar summasidan kam bo‗lishi mumkin emas. Budjet tashkilotlari o’zlarining xarajatlarini hisoblab chiqishda va smetalarni rejalashtirishda quyidagilarga amal qiladilar: – O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari, Prezident farmonlari va qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining normativ hujjatlariga; – budjet tashkilotlari xarajatlarini rejalashtirishning normativ uslubiga; – tovar va xizmatlarning davlat tomonidan tartibga solinadigan baholari va ta‘riflariga, shuningdek, nodavlat korxonalar va tashkilotlarning ayrim tovarlari va xizmatlari baholariga; – yuqori turuvchi tashkilotlar rahbarlarining o‗zlari tasarrufidagi muassasalarning kelgusi yil uchun xarajatlar smetalarini tuzish masalalari bo‗yicha ko‗rsatmalari va takliflariga, agarda ular qonun hujjatlariga zid bo‗lmasa; – bolalar va boshqa ijtimoiy-madaniy tashkilotlarda ovqatlanishga ketadigan xarajatlar summasi tashkilotlarning ayrim turlari uchun qonun hujjatlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi. 104-modda. 32 tasdiqdangan ovqatlanish me‘yorlari va ovqatlanish kunlari sonidan kelib chiqib hisoblanadi; – dori-darmonlarga ketadigan xarajatlar summasi qonun hujjatlari bilan belgilangan pul xarajatlari me‘yoriga qarab hisoblab chiqiladi; – ijtimoiy-madaniy tashkilotlarning ayrim guruhi uchun kiyim-kechak, poyafzal, choyshab, yotoq anjomlari va boshqa yumshoq jihozlar sotib olishga ketadigan xarajatlar moddiy ta‘minotning amaldagi me‘yorlari asosida, lekin ajratilgan mablaglar doirasida hisoblanadi. Budjet tashkilotlarini moliyalashtirishda budjetdan tashqari mablag‘larning ahamiyati katta bo’lib, O’zbekiston Respublikasining Budjet kodeksining 44- moddasiga ko’ra budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgarmalari quyidagilardan tashkil topgan


Yüklə 48,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin