Mavzu: Byudjet tashkilotlarida byudjetdan tashqari mablag’larni jalb qilish va ulardan foydalanish Reja: kirish


Davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatini amalga oshirishda budjet tashkilotlarining ahamiyati va ularning tashkiliy-huquqiy asoslari



Yüklə 48,06 Kb.
səhifə3/8
tarix04.11.2022
ölçüsü48,06 Kb.
#67342
1   2   3   4   5   6   7   8
Mavzu Byudjet tashkilotlarida byudjetdan tashqari mablag’larni

Davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatini amalga oshirishda budjet tashkilotlarining ahamiyati va ularning tashkiliy-huquqiy asoslari
Budjetdan mablaglarni taqdim etishning metodlari budjetdan moliyalashtirishning muhim elementi bo’lib hisoblanadi. Ularning yordamida moliya organlari budjetda ko’zda tutilgan tadbirlarni pul mablag’lari bilan ta‘minlaydi, pul mablag’laridan foydalanishda yuqoriroq natijalarga erishish uchun mablaglarni qayta o’zgartirib taqdim etishni amalga oshiradi, moliyaviy resurslarni taqsimlashda tarkib topayotgan proportsiyalarni tartibga soladi. Davlat tomonidan moddiy ishlab chiqarish sohasi va uy-joy-kommunal xo’jaligiga qilinadigan xarajatlar mamlakat iqtisodiyotini moliyalashtirish xarajatlariga kiradi. Bunda budjet mablaglari vazirliklar, idoralar va korxonalarga ishlab chiqarishni kengaytirish bo’yicha xarajatlarga (kapital qo’yilmalarga), oddiy takror ishlab chiqarishni ta‘minlashga (subsidiyalar, dotatsiyalar va transfertlar), operatsion xarajatlarga va boshqa xarajatlarga beriladi. Mamlakat iqtisodiyotini moliyalashtirish xarajatlari vazirliklar, idoralar va korxonalar bo’yicha rejalashtiriladi hamda bir vaqtning o’zida ma‘lum maqsadlarga mo‗ljallanganligi bo’yicha ko’zda tutiladi. Bunda budjet mablag‗larining asosiy qismi iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga, ya‘ni sanoat, energetika, qishloq xo’jaligi va transportga yo’naltiriladi. Budjet mablag‗laridan maqsadli foydalanish nuqtai-nazaridan kapital qo’yilmalarni moliyalashtirish iqtisodiyotni rivojlantirishda eng muhim ahamiyatga egadir. Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish maqsadlariga mo’ljallangan asosiy fondlarning yangilarini yaratish va harakatdagilarini kengaytirishga uchun pul mablag‗larini taqdim etishga kapital qo’yilmalarni moliyalashtirish deyiladi. Budjet resurslarining cheklanganligi uchun ular investitsiyalarning cheklangan doirasiga, ya‘ni maqsadli dasturlarga kiritilgan yoki hokimiyatning ijroiya organlari qarori bo’yicha amalga oshirilayotgan investitsiyalarga beriladi. ―Iqtisodiyot nazariyasi va ―Moliya‖ fanlaridan bizga ma‘lumki, iqtisodiyot va ijtimoiy hayot sohalari ikki yirik sohadan iborat: 1. Moddiy ishlab chiqarish sohasi. 2. Nomoddiy ishlab chiqarish (yoki noishlab chiqarish) sohasi. Moddiy ishlab chiqarish sohasida moddiy qiymatliklar yaratiladi, tovarlar ishlab chiqariladi, xizmatlar ko’rsatiladi, ishlar bajariladi. Noishlab chiqarish sohasida turli xizmatlar (maishiy, kommunal, ijtimoiy, davlat boshqaruvi, mamlakat mudofaasi, milliy xavfsizlik, ichki ishlar xizmatlari) ko‗rsatiladi. Noishlab chiqarish muassasa va tashkilotlarining bir qismi tijorat hisobi asosida ish yuritsalar, bir qismi notijorat faoliyatini olib boradilar. Bu faoliyatning pirovard maqsadi tijorat foydasiga ega bo’lish bo’lmaydi, lekin ularning qo’shimcha daromadlarni jalb qilishga bo’lgan intilishlarini ham inkor etmaydi. Bunday muassasalarning aksariyati ―budjet tashkiloti‖ maqomida faoliyat yuritadi. O’zbekiston Respublikasi Budjet Kodeksining 4-moddasida budjet tashkilotlariga quyidagicha ta‘rif berilgan: ―Budjet tashkiloti – davlat funksiyalarini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda davlat hokimiyati organlarining qaroriga ko’[ra tashkil etilgan, davlat budjeti mablag‗lari hisobidan saqlab turiladigan notijorat tashkilot . 5 O‘zbekiston Respublikasi Budjet Kodeksi. 4-modda. 18 Bu tashkilotlar asosan yuridik shaxs maqomiga ega bo’lib, ularning faoliyati bu maqomning barcha talablariga (moddiy-texnika bazasi va faoliyat sohasi bo’yicha xo’jalik faoliyati bilan shug‗ullanish uchun etarli sharoitning mavjudligi, buxgalter kadrlarning mavjud bo‗lishi, shaxsiy hisobraqamining mavjud bo‗lishi va sh.k.) javob berishi kerak. Lekin bugungi kunda yuridik shaxs maqomiga ega bo’lmagan budjet tashkilotlari ham faoliyat yuritib kelmoqda. Ularga tegishli davlat boshqaruv organlari (bosh bo’linma sifatidagi budjet tashkiloti) huzuridagi markazlashtirilgan buxgalteriyalar va tegishli hokimiyatlarning buxgalteriyalari tomonidan xizmat ko’rsatiladi (masalan, tuman madaniyat bo’limiga qarashli markaziy kutubxonalar tizimi, tegishli hokimiyatlar bo’linmalariga qarashli veterinariya uchastkalari va punktlari va sh.k.). Davlat budjeti hisobiga mablag bilan ta‘minlanadigan tarmoqlarda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, budjet tashkilotlarini mablag bilan ta‘minlash mexanizmini takomillashtirish, budjet mablag‗laridan samarali va aniq foydalanish maqsadida 1999 yil 3 sentyabrda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 414-son Qarori qabul qilindi. Mazkur Qaror 2000 yil 1 yanvardan boshlab budjet tashkilotlari xarajatlarini mablag‗ bilan ta‘minlashning yangi tartibini belgilab berdi. U quyidagilarni nazarda tutadi:  budjet mablag‗laridan tejab, samarali va aniq foydalanish hamda budjet intizomini mustahkamlash uchun budjet tashkilotlari rahbarlarining mustaqilligini kengaytirish va mas‘uliyatini oshirish; __ budjet tashkilotlarini mablag bilan ta‘minlash mexanizmini soddalashtirish va budjet mablag‗laridan foydalanishda yuqori natijalarga erishish maqsadida mavjud mablaglarni oqilona taqsimlash uchun imkoniyatlar yaratish;  ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlarni, ish haqiga qo’shimchalar, kapital qo’yilmalar va boshqa xarajatlarni guruhlagan holda bir satrda mablag bilan ta‘minlash usulida budjet tashkilotlarini normativlar bo’yicha (faoliyat turiga ko’ra) mablag‗ bilan ta‘minlashning yangi tartibini joriy etish; 19  budjetdan mablag‗ bilan ta‘minlashni budjet tashkilotlarining faoliyat turi bo‗yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish faoliyatini kengaytirish bilan birga qo‗shib olib borish;  budjet tashkilotlari xodimlari mehnatini ragbatlantirish, ular faoliyati samaradorligini oshirish va kadrlarning o’rnashib qolishi uchun shart-sharoitlar yaratish. Mazkur Qarorning to’liq ijrosini ta‘minlash maqsadida yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan faoliyatdagi tashkilotlarga qo‗shimcha ravishda 2000 yildan boshlab bir qator budjet tashkilotlari va muassasalariga yuridik shaxs maqomi berilgan. Bular: Maorif sohasida:  kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar, bolalar uylari;  umumta‘lim maktablari, gimnaziyalar, litseylar, maktablararo o‗quv-ishlab chiqarish kombinatlari – o‗quvchilar kontingenti 400 kishidan kam bo‗lmasa;  internatlar – o’quvchilar kontingenti 200 kishidan kam bo‗lmasa;  maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari – bolalar kontingenti 350 kishidan kam bo’lmasa;  viloyat va tuman (shahar) ahamiyatiga molik maktabdan tashqari muassasalar; Sogliqni saqlash sohasida:  kasalxonalar (ixtisoslashtirilgan markazlar bilan), tug’ruqxonalar, tibbiysanitariya qismlari, dispanserlar, shifoxonalar;  bolalar uylari, bolalar sanatoriylari, kattalar uchun sil kasalliklari sanatoriylari;  tajriba tariqasida ochilgan qishloq vrachlik punktlari. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 26 fevral ―Xalq ta‘limi muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish to’g’risida‖gi Farmoni ijrosini ta‘minlash doirasida barcha turdagi ta‘lim muassasalariga ularning 20 kontingentidan (o’quvchilar, bolalar, tarbiyalanuvchilar sonidan) qat‘iy nazar yuridik shaxs maqomi berildi. Budjet tashkilotlarini moliyalashtirish shartlari va ularning budjet hisobini yuritish tartibi budjet to’g’risidagi qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Davlat budjetidan va davlat maqsadli jamgarmalari budjetlaridan mablaglar oladigan yuridik yoki jismoniy shaxs budjet mablaglari oluvchidir. Budjet mablaglari oluvchi budjet tashkiloti maqomiga ega bo’la olmaydi. Budjet mablag‗lari oluvchini Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‗armalari budjetlari mablag‗lari hisobidan moliyalashtirish shartlari budjet to’g’risidagi qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Budjet mablag‗larini taqsimlovchi — o’z tasarrufida O‗zbekiston Respublikasining respublika budjetidan mablag oladigan tashkilotlarga ega bo’lgan yuridik shaxs, shuningdek O’zbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkiloti yoki budjet mablag’lari oluvchidir. Budjet tashkilotlarining faoliyatini yuritishi, ularni moliyalashtirish masalalari shuningdek, ularni budjetdan tashqari mablaglarini shakllantirish va rasmiylashtirish bilan bog‗liq tashkiliy huquqiy asos quyidagi me‘yoriy xujjatlar bilan tartibga solinadi. Budjet tashkilotlari moliya tizimining noishlab chiqarish tarmoqlaridagi muassasalardir. Noishlab chiqarish soxasi, bu iqtisodiyotning moddiy boyliklar ishlab chiqarmaydigan tarmoqlar majmuidir. Ularga: boshqarish, maorif, madaniyat va boshqa jamoat tashkilotlari kiradi. Ular shaxsiy yordam va ijtimoiy xizmat korsatishadi. Noishlab chiqarish soxasida ham turli xarakterga ega bolgan moliyaviy munosabatlar vujudga keladi va ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:  tarmoq yoki muassasani (tashkilotni) ozini budjet bilan orasidagi pul munosabatlari. Ular asosida budjet mablag‗lar hisobidan tarmoq pul fondlari tashkil etiladi (ta‘lim, sogliqni saqlash, madaniyat va boshqalar). T‗olov asosida ishlatayotgan tashkilotlar, budjetga belgilangan to‗lovlarni o’tkazishlari mumkin; 21  yuqori boshqaruv organlari bilan, ularga qarashli muassasalar (tashkilotlar) orasida, hamda oxirgilarni ichida vujudga kelayotgan munosabatlar. Ular, xo’jalik sub‘ektlarni ixtiyorida tarmoq fondlari bilan foydalanish, maqsadli pul fondlarni tashkil etish bilan birga sodir bo’ladi, masalan ish xaqi, kapital ta‘mirlash va x.k. Muassasalar va tashkilotlar ichida, ish xaqi va iqtisodiy rag‗batlantirish fondini tashkil etish va sarflash, hamda pul mablag‗larni maqsadli yo‗nalishlar bo’yicha qayta taqsimlash bilan bog‗liq bo’lgan moliyaviy munosabatlardir;  turli tarmoqlar bilan xo’jalik sub‘ektlar o’rtasida vujudga kelayotgan pul munosabatlari, shular ichida budjetdan tashqari fondlarni tashkil etish va foydalanish bilan bog’liq bo’lib ijtimoiy sug’urta, pensiya va x.k.;  xo’jalik yurituvchi sub‘ektlar bilan xizmatni iste‘mol qiluvchilar va xomiylar o‗rtasidagi pul munosabatlari. Ular asosida nomoddiy ishlab chiqarish sohadagi muassasalar va tashkilotlarning moliyaviy manbalari tashkil etiladi. Nomoddiy ishlab chiqarish ham, moliyani tashkil etilishiga ta‘sir etadi va birinchi o’ziga xos xususiyati bo‗lib, moliya jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko’rsatish jarayonini ifoda etadi. Xizmat ko’rsatishni turli-tumanligi va iste‘molchilarga ularni taqdim etish xarakteri bir turda bo’lmasligi noishlab chiqarish sohasidagi muassasalarni va tashkilotlarni, to’lov yoki to’lovsiz ishlashga imkon yaratadi. Bu pul fondlarni tashkil etish tartibiga va manbalariga, ularni foydalanish printsiplari va yo‗nalishlariga ta‘sir etadi. Noishlab chiqarish sohadagi muassasalar va tashkilotlarning moddiy asosi bo’lib, tovar ishlab chiqarish sharoitida natural-moddiy va qiymat shakliga ega bo’lgan, noishlab chiqarish fondlaridir. Shu fondlarni olish, yangilash, kengaytirish va ishlatish bilan bog‗liq bo’lgan munosabatlar, moliyaviy munosabatlarni ifodalaydi.

Yüklə 48,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin