Mavzu: Chirchiq – Ohangaron o’lkasining geografik o‘rni. Yer yuzasining geologik tuzilishi va foydali qazilmalari Darsning maqsadi



Yüklə 337,6 Kb.
səhifə2/18
tarix21.12.2023
ölçüsü337,6 Kb.
#187874
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Geo kons 7 - sinf

1. O’zbekiston
2. Turon
3. Sharq
4. Chirchiq – Ohangaron

O’quvchilar fikri so’ralgach, biz O’zbekistonda yashaymiz. Qadimda Turon deb nomlanganligi va sharq xalqlari ekanligimiz. Chirchiq –Ohangaron vodiysi esa bugungi mavzuga asos qilib olinganligi o’qituvchi tomonidan aytib o’tiladi.




O’tilgan mavzuni so’rash
a) Xarita bilan ishlash
“O’zbekistonning tabiiy geografik o’lkalari”ni yozuvsiz xaritaga tushirish. Ranglash.



b) Geografik diktant
O’quvchilarga savollar beriladi. Savollar qisqa bo’lgani uchun javoblar ham qisqa va aniq bo’lishi kerak. Guruhlarning javobi o’zaro almashtirilib tekshiriladi.
1. O’zbekistonning tekislik qismi nechta tabiiy geografik o’lkaga bo’linadi? (3 ta)
2. O’zbekistonning eng sharqiy chekka nuqtasi - 73° 031
3. Eng baland tog’ cho’qqisi – Hisor 4643 m
4. Eng past botiq – Mingbuloq
5. Eng yirik maydonli cho’l – Qizilqum
6. O’zbekistonning eng issiq joyi – Termiz
7. Eng katta marmar koni – G’azg’on
8. Yirik tabiiy gaz koni – Sho’rtan
9. Yog’in ko’p bo’ladigan joy – Omonqo’tan
10. Yirik tabiiy geografik o’lka – Qizilqum
11. Mutloq balandligi eng baland shahar – Samarqand
12. Sug’orish va iste’mol uchun ko’p sarflanadigan daryo suvi Zarafshon
13. Eng uzun tog’ tizmasi – G’arbiy Tyanshan
14. Ekologiya eng iflos iqtisodiy rayon – Quyi Amudaryo
15. Eng baland shashara - Xonjizza
O’quvchilar ishi umumlashtiriladi.


Yangi mavzu bayoni

Chirchiq – Ohangaron tabiiy geografik o’lkasi Respublikamizning shimoli – sharqiy qismida, Sirdaryo bilan G’arbiy Tyanshan tog’lari oralig’ida joylashgan


Tabiiy geografik o’lka G’arbiy Tyanshan tog’larining bir qismini hamda Chirchiq va Ohangarojn vodiylarini, shuningdek, Dalvarzin cho’lini o’z ichiga oladi.
Bu tabiiy geografik o’lkaning yer yuzasi ancha murakkab bo’lib, shimoli – sharqdan, janubi – g’arbga, Sirdaryoga tomon asta – sekin pasayib boradi.
Chirchiq – Ohangaron vodiysidagi tog’lar paleozoy, mezazoy va kaynazoy eralari jinslaridan tarkib topgan
Chirchiq – Ohangaron rayoni rel’yefi jihatidan G’arbiy Tyanshanning bir qismi. Ular Talas Olatog’idan janubi – g’arbga qarab panjasimon yo’nalishga ega bo’lib, bir – biridan daryo vodiylari orqali ajralib turadi. Ularning eng muhimlari: Qorjontov, Ugom, Piskom, Ko’ksuv, Chandalash, Chotqol tizmalari hisoblanadi.

Chirchiq – Ohangaron o’lkasining eng g’arbida Ugom tizmasi joylashib, Talas Olatog’idan Manas cho’qqisi (4488 m) yaqinidan janubi g’arbga qarab davom etadi. Uning eng baland Sayram choqqisi 4229 m. Ugom tizmasining janubi g’arbida Qorjontov joylashgan. Undagi Mingbuloq choqqisining balandligi 2834 m. Ugom va Qorjontovlarning shimoli – g’arbiy yonbag’irlari yotiq va keng, janubi – sharqiy yonbag’irlari tik va qisqa
O’zbekistonning g’arbiy Tyanshandan ajralib chiqqan tog’ tizmalaridan Chirchiq va Ohangaron daryolari suv to’playdi. Bu yerda shu nom bilan ataluvchi vodiylar joylashgan.
Chirchiq – Ohangaron vodiysi xilma – xil foydali qazilmalarga boy. Ohangaron vodiysida mis, oltin, volfram, qo’rg’oshin kabi ma’dan konlari mavjud. Ohangaron vodiysi va Qorjontov etaklarida alyuminiy xom ashyosi – alunit topilgan.






Yüklə 337,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin