Topografik xaritalar haqida tushuncha. Yer yuzasini tasvirlovchi xaritalar
geografik xaritalar deb ataladi. Odatda, bunday xaritalarning masshtabi juda
kichik bo'ladi, Yer yuzasi tasviri million marta va undan ко’proq marta
kichraytirib ko'rsatiladi. Yer yuzasining kichik qismini tasvirlovchi yirik
masshtabli (1:200 000 va undan kattaroq) xaritalar topografik xamalar deb
ctaladi. Mazmuniga ko'ra, ular umumiy geografik xaritalar hisoblanadi.
Yirik masshtabli (1:25000, 1:50000, 1:100000) topografik xaritalar dalada
bajariladigan topografik o'lchov ishlari hamda aerosuratlar asosida tuziladi.
Yirik masshtabli topografik xaritalarda katta maydonlar tasvirlanadigan
bo'lsa, xarita juda kattalashib ketadi. Shuning uchun bunday xaritalar ayrim - ayrim varaqlarga bo'linadi va ular ko'p varaqli bo'iadi
Yirik masshtabli topografik xaritalarning har bir varag’ida Yer yuzasining
kichik qismi tasvirlanadi. Shuning uchun bunday xaritalarda mayda
masshtabli xaritalarga nisbatan xatoliklar juda kam bo’ladi. chunki kichik
maydon yuzasi tekislikka yaqin bo'ladi. Xaritaning masshtabi uning barcha
qismida bir xil bo'ladi.
Topografik xaritaning har bir varag'i meridian va parallellar bilan
chegaralangan bo'ladi. Masalan, masshtabi 1:1000000 bo’lgan xaritaning har bir varag'i har 6° dan o'tkazilgan meridianlar va har 4˚ dan o’tkazilgan parallellar bilan chegaralangan. Natijada Yer yuzasida uzunligi 6˚ va kengligi 4°ga teng bo'lgan trapetsiyalar (trapetsiya shaklidagi hududlar) hosil bo’ladi.
Yirik masshtabli xaritalar uchun o'lchami kichikroq bo'lgan trapetsiyalardan foydalaniladi. Masalan, masshtabi 1:100 000 bo’lgan xaritatrapetsiyasining o'lchami uzunlik bo'yicha 30' va kenglik bo'yicha 20' ga teng, masshtabi 1:25 000 li xarita trapetsiyasining o'lchami uzunlik bo'yicha 7∙30”, kenglik bo'yicha 5' ga teng bo'ladi
Krossvord
|
K
|
|
|
|
|
|
G
|
E
|
O
|
G
|
R
|
A
|
F
|
I
|
K
|
|
|
|
T
|
|
|
|
A
|
|
|
K
|
I
|
Ch
|
I
|
|
T
|
|
L
|
|
|
R
|
|
|
|
|
P
|
A
|
R
|
A
|
L
|
L
|
E
|
L
|
L
|
A
|
R
|
|
|
|
|
|
R
|
|
P
|
|
|
|
|
|
|
E
|
|
|
|
|
T
|
|
|
|
|
S
|
|
|
|
|
I
|
|
|
|
|
Y
|
|
|
|
|
A
|
Savollar:
1. Yer yuzasini tasvirlovchi xaritalar nima deb ataladi?
2. Topografikxaritalarning har bir varag’i kilometrli nimalarga bo’lingan bo’ladi?
3. Yirik masshtabli topografik xaritalarning har bir varag’ida yer yuzasining qanday qismi tasvirlanadi?
4. Topografik xaritaning har bir varag’i meridian v anima bilan chegaralangan bo’ladi?
5. Topografik xaritaning hamma varag’i nimaga o’xshagan kataklardan iborat?
Geografik o’yin
Quyonchalarga shartli belgilarning nomi qanday ekanligini bilishga ko’maklashing
Test sinovi
1. Yer yuzasini tasvirlovchi xaritalar nima deb ataladi?
a) topografik xaritalar
b) geografik xaritalar
c) oddiy xaritalar
2. Agar xarita masshtabi 1: 100000 bo’lsa, katak tomonlar necha sm bo’ladi?
a) 4 sm b) 1 sm c) 6 sm
3. Agar xarita masshtabi 1:50000 bo’lsa, katak tomonlari necha sm bo’ladi?
a) 3 sm b) 1 sm c) 2 sm
4. Agar xarita masshtabi 1:25000 bo’lsa, katak tomonlari necha sm bo’ladi?
a) 4 sm b) 5 sm c) 7 sm
5. Agar xarita masshtabi 1:10000 bo’lsa katak tomonlari necha sm gat eng?
a) 30 sm b) 10 sm c) 20 sm
6. Yer yuzasining kichik qismini tasvirlovchi yirik masshtabli xaritalar nima deb ataladi?
a) oddiy xarita
b) geografik xarita
c) topografik xarita
7. Davlat geodeziya to’ri tayanch nuqtalarining shartli belgisi nimadan iborat?
a) to’rtburchak
b) to’g’ri uchburchak
c) aylana
8. Relyef topografik xaritalarda nima bilan ko’rsatiladi?
a) gorizontallar
b) relief
c) vertikal
9. Gorizontallar bir – biriga qancha yaqin bo’lsa nima bo’ladi?
a) yonbag’ir tik
b) yonbag’ir o’rtacha
c) yonbag’ir past
10. Aholi manzilgohlarining nomi ostidagi raqamlarda qanday son ifodalanadi?
a) xonadonlar b) maktablar c) oshxonalar
MAVZU: o’ZBEKISTONNING TUPROQLARI, O’SIMLIKLARI VA HAYVONOT DUNYOSI
O'zbekistonning tuproq qoplami, o'simlik va hayvonot dunyosi juda xilma-xil bo'lib, ular tabiatning boshqa elementlariga, xususan, relyefi va iqlimiga bog'liq holda joylashgan. Respublikamiz hududida 3700 o'simlik turi mavjud bo'lib, bularning 9 foizi faqat O'zbekistonda uchraydigan endemik o'simliklardir. O'zbekistonda sutemizuvchilarning 97 turi, sudralib yuruv- chilarning 57 turi, qushlarning 410 turi, baliqlarning 40 dan ortiq turi bor.
Respublikamiz tabiat elementlari, xususan, tuproq-o'simlik qoplami tekislikdan tog'ga tomon o'zgarib, balandlik mintaqalarini hosil qiladi.
O'zbekiston hududidagi balandlik mintaqalarining vujudga kelishi va uning sabablari, u bilan bog'liq bo'lgan qonuniyatlar akademik K. Z. Zokirov tomonidan ishlab chiqildi. K. Z. Zokirov tavsiya etgan to'rtta: cho'l, adir, tog' va yaylov mintaqalarining har biri o'ziga xos iqlim, tuproq qoplami, o'simlik va hayvonot dunyosiga ega.
Cho'l mintaqasi O'zbekiston hududining 70% ini ishg'ol qilib, okean sathidan 400—500 m balandlikkacha bo'lgan joylarni o'z ichiga oladi.
Yozda yog'in deyarli yog'maydi. Kunduzi soyada havo harorati +45°C, +50°C gacha ko'tariladi, qum yuzasi + 80°C gacha qiziydi.
Dostları ilə paylaş: |