Cho'l tuproqlari xilma-xil bo'lib, unda sur-qo'ng'ir, qumli cho'l, o'tloq- botqoq, taqir va bo'z tuproqlar uchraydi.
Ustyurt platosi, Qizilqumdagi past tog'lar va Nurota tog'larining etaklaridagi toshloq cho'llarda sur-qo'ng'ir tuproqlar tarqalgan. Bunday tuproqlarda chirindi juda kam (0,3 — 1%) bo'ladi.
Qizilqum, Markaziy Farg'ona va Mirzacho'ldagi qumli tekisliklarda qumli cho'l tuproqlari tarqalgan bo'lib, chirindi miqdori 0,3 — 0,6 foizni tashkil etadi.
Gilli jinslardan tarkib topgan cho'llarda taqirlar ham uchraydi, ular tarkibidagi chirindi miqdori 0,5—1 foizga yetadi. Taqirlarda o'simlik o'sishi qiyin, tuproq yuzasi qattiq va yorilib-yorilib ketadi.
Yerosti suvlari yer betiga yaqin bo'lgan Mirzacho'l, Markaziy Farg'ona, Qarshi cho llari va Amudaryo etagida sho'rxok va sho'r tuproqlar tarqalgan.
Adir mintaqasi. Okean sathidan 400—500 m dan 1000—1200 m gacha bo'lgan balandliklarda joylashgan.
Adir iqlimi cho'ldagidek: jazirama issiq va uncha quruq emas. Yillik yog'in miqdori 300—450 mm bo'lib, o'simlik qoplami qalinroq. Asosiy tuprog'i- oddiy va to'q tusli bo'z tuproq.
Oddiy bo'z tuproq tog' etaklarida, 500—600 m dan 1000 m gacha bo'lgan balandliklarda tarqalgan, tarkibida chirindi 1,5—2,5 foizni tashkil etadi.
Okean sathidan 1000—1600 m balandliklarda to'q tusli bo'z tuproqlar tarqalgan bo'lib, tarkibidagi chirindi miqdori 3—4 foizga boradi, ko'pincha ba- horikor ekinlar ekiladi.
Adir mintaqasida cho'lga nisbatan o'simliklar ko'proq bo'lib, bahorda qizil, sariq rangdagi lolalar va chuchmomalar bilan qoplanadi. Shuningdek, qo'ng'irbosh, rang, sasir, yantoq, kavrak va gulxayrilar o6sadi. Adirlarda zirk, na'matak, do'lana kabi buta va chinor, terak, qayrag'och kabi daraxtlar o'sadi.
Adir mintaqasida cho'lga xos sudralib yuruvchilardan kaltakesak (agama, gekkori)lar, Hon (kapchabosh Hon, zaharli ko(k ilon)lar, hatto falanga, chayon kabi hasharotlar ham uchraydi.
Adirda tulki, bo(riy toshbaqa, yumronqoziq, jayra, bo'rsiq va tipratikanlar uchraydi. Qushlardan pushtirang chug'urchuq (asalarilar kushandasi), ko(k qarg'a, kaklik, zog'cha, kalxat, qirg'iy va burgut kabi qushlar yashaydi.
Adir vohalarida musicha, chumchuq, xushovoz bulbul, mayna, qaldirgbch va sassiqpopishak yashaydi.
Dostları ilə paylaş: |