Mavzu: Chirchiq – Ohangaron o’lkasining geografik o‘rni. Yer yuzasining geologik tuzilishi va foydali qazilmalari Darsning maqsadi



Yüklə 337,6 Kb.
səhifə11/18
tarix21.12.2023
ölçüsü337,6 Kb.
#187874
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Geo kons 7 - sinf

Tog' mintaqasi. Okean sathidan 1000 - 1200 m dan 2700 -2800 m gacha bo'lgan balandlikdagi joylarni o'z ichiga oladi.
Tog' mintaqasida o'simlik qoplamining qalinligi tuproq tarkibida chirindining ko'payishiga sharoit yaratadi. Tog'larda tog'-qo'ng'ir va tog'-jigarrang tup- roqlari tarkib topgan bo'lib, tarkibida chirindi miqdori 4—6 foizgacha yetadi.
Tog' mintaqasining daryo vodiylarida va qayirlarda o'tloq, botqoq-o'tloq tuproqlar uchraydi.
Tog'larda betaga, rovoch, tog'yalpizi kabi o'tlar, na 'matak, zirk, dukcho'pvdi irg'ay kabi butalar o'sadi. Tog'da bodom, pista, do'lana, o'rik, olma, olcha, nok, xandon pista kabi mevali daraxtlar ham uchraydi.
Tog' mintaqasining 1400 m dan 2500 m gacha bo'lgan balandliklarida archa, yong'oq, Turkiston qayini, teraklardan tashkil topgan o'rmonlar uchraydi.
O'rmonlar suv oqimlarini tartibga soladi, sellarning oldini oladi, tuproq- larni yuvilib ketishdan saqlaydi, havo haroratini mo'tadillashtiradi, havodagi zararli moddalarni yutib, kislorod chiqaradi.
Tog mintaqasida hayvon turlari adirga nisbatan ko'p. Lekin havoning salqinligi tufayli sudralib yuruvchilar kam bo'lib, Oloy tog' iloni, Turkiston agamasi uchraydi.
Tog' mintaqasida o'rmon sichqoni, oq sichqon, ko'rshapalak, oq suvsar, qunduz, o'rmon olmaxoni yashaydi. Tog'da qo'ng'ir ayiq, chipor sirtlon, silovsin, bo'ri, tulki, bo'rsiq, quyon, to'ng'iz yashaydi. Qushlardan burgut, tasqara, itolg'a, kaklik, boltatumshuq, bulbul kabilar uchraydi.

Yaylov mintaqasi. Yaylov mintaqasi 2700—2800 m dan balandda joylashgan bo'lib, iqlimi sovuq va nam. Bunday sharoitda och qo'ng'ir va o'tloq tuproqlar hosil bo'ladi.
Yaylov mintaqasi subalp va alp o'tloqlaridan iborat. Ayrim, quyoshga teskari yonbag'irlarda yil bo'yi qor saqlanishi mumkin. Subalp o'tloqlarda, asosan, baland bo'yli o'tlar, shuningdek, boshoqlilardan yovvoyi arpa, yovvoyi suli, betagalar o'sadi.
Alp o'tloqlarida to'ng'izzirt, qoqio't, tipchoq, binafshalar o'sadi.
Yaylov mintaqasida yirik sutemizuvchilardan alqor, bug'u (elik), qo'ng'ir ayiq, tog' takasi, muflon, qoplon, qor barsi, kiyiklar, kemiruvchilardan — sug'ur yashaydi. Yaylovdagi oq tirnoqli ayiq «O'zbekiston Qizil kitobi»ga kiritilgan.
O'zbekistonning yuqorida qayd qilingan balandlik mintaqalaridagi suv hav- zalarida baliqlarning bir necha turlari yashaydi. Ularning eng muhimlari laqqabaliq, zog'orabaliq, shohbaliq (oybaliq), marinka, cho'rtanbaliq kabi baliqlardir. Amudaryo va Sirdaryoda yashovchi qilquyruq balig'i noyob tur bo'lib, «O'zbekiston Qizil kitobi»ga kiritilgan.

Mavzu: O’zbekiston iqlimi


O'zbekiston okean va dengizlardan uzoqda, Yevrosiyo materigining ichki
qismida joylashganligi tufayli kontinental iqlimga ega. Kontinental iqlimning
o'ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: osmon nihoyatda ochiq va
quyoshli; harorat nihoyatda yuqori, yillik yog'in miqdori kam, aksincha,
mumkin bo6lgan (potensial) bug'lanish katta; yoz uzoq vaqt davom etib,
jazirama issiq, qish esa shu geografik kenglik uchun birmuncha sovuq; yillik va
sutkalik haroratning farqi katta. O'zbekiston iqlimining bu xususiyatlari, eng
awalo, iqlim hosil qiluvchi omillarga bog'liq.

Yüklə 337,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin