Iqlim hosil qiluvchi omillar. O'zbekiston iqlimining vujudga kelishida uning geografik o'rni va u bilan bog'liq quyosh radiatsiyasi; atmosfera sirkulatsiyasi; relyefi; yer yuzasining holati (yer yuzasi nimalar bilan qoplanganligi)va kishilarning xo'jalik faoliyati (antropogen) ta'sir etadi.
Haroratning taqsimlanishi. O'zbekiston hududida issiqlikning taqsimlanishi haqida tasavvurga ega bo'lish uchun yillik o'rtacha haroratni bilish кerak.
O'rtacha yillik harorat Nukusda +10,8°C, Toshkentda +11,9°C, Termizda + 17,8°C.
Yog'inlarning taqsimlanishi. O'zbekistonda yog'inlar asosiy suv manbayi hisoblanib, hudud va yil fasllari bo'yicha notekis taqsimlangan. Bu, asosan, havo massalarining xususiyatiga, yerusti tuzilishiga, tog'larning yo'nali- shiga va balandligiga bog'liq. Yog'inlarni, asosan, Atlantika okeanidan esuvchi nam havo massalari keltiradi (4- rasm.)
O'zbekistonda eng kam yillik yog'in miqdori Ustyurt, Quyi Amudaryo va Qizilqumga to'g'ri kelib, 100 mm atrofida. Yog'inlar miqdori sharq va janubi- sharqqa tomon relyefning balandlashishi tufayli ortib boradi. O'zbekistonning adir va tog'oldi qismiga o'rtacha yiliga 300 — 550 mm, G'arbiy Tyanshan, Hisor-Zarafshon tog'larining janubi-g'arbiy nam havoga ro'para bo'lgan yonbag'irlariga 800 — 900 mm yog'in tushadi. O'zbekistonda eng ko'p yillik yog'in G'arbiy Tyanshanning nam havoga ro'para bo'lgan qismlariga to'g'ri kelib 2000 millimetrni tashkil etadi. Yog'inlarning asosiy qismi qishda (yillik yog'inning 30 foizi) va bahorda (40 foizi) yog'adi.
O'zbekistonning tekislik qismida bir yilda 35—40 kun yog'inli bo'lsa, bu ko'rsatkich tog'larda 70—90 kun bo'ladi.
Yog'inning bir qismi qor holida tushadi. Lekin hududning tekislik qismida qor qoplami turg'un bo'lmasdan, shimoli-g'arbida 40 — 50 kun, janubi- sharqida 10—15 kun, tog'larda — 90—100 kun saqlanib turadi.
Qorning o'rtacha qalinligi tekislik qismida 1—8 sm (eng qalini 30 sm), tog'oldida 10—20 sm (eng qalini 60 sm), tog'larda 60 sm (eng qalini 1,5—2,0 m.)ni tashkil etadi. *
O'zbekistonda yog'inning bir qismi kuchli shamol va jala aralash do'l holida yog'adi. Bunday hodisa har 10 yilda o'rtacha tekislik qismida 1 mar- tadan 6—7 martagacha, tog'oldi va tog'da 1—2 marta sodir bo'ladi.
Yozda havoning juda isib ketishi yer yuzasidan namlikning ko'plab bug'- lanishiga sabab bo'ladi. Natijada O'zbekiston tekislik qismida yillik yog'inga nisbatan mumkin bo'lgan bug'lanish bir necha marta (Toshkentda 3,5 marta, Nukusda 27 marta) ko'p. Bug'lanishning 80 — 85 foizi may—oktabr oylariga to'g'ri keladi.