Mavzu: Joyning topografik planini tuzish
Darsning maqsadi va vazifalari . o’quvchilarni yangi atama va tushunchalar bilan tanishtirish, Yur yuzasi notekisliklarini planga tushirish yo’llarini o’rgatish; joyda masofalarni aniqlash, nisbiy va mutlaq balandlik, nivelir yordamida relyefni tasvirlash usullarini tushuntirish; o’quvchilarni qutb usulida va yo’l bo’ylab plan olish usuli bilan tanishtirish; Ularda yo’nalish va masofalarni aniqlahs bo’yicha ko’nikma va malakalarni shakllantirishni davom ettirish; joyda plan olish yo’llarini yakunlash natijalarini tahlil etish; planni o’qiy olish bo’yicha mashqlar bajarish;
O’quv ko’rgazmalar: planshaet, qog’oz, sirkul – o’lchag’ich, chizg’ich, qalam, o’chirg’ich, topografik xarita
Darsni uyushtirish shaklllari. Joy planini tuzish uchun zarur bo’lgan eng oddiy asbob va vositalarni tayyorlash; plan olinadigan joining masshtabini aniqlash; palanshetni tayyorlash va uni oriyentirlash; joy planini tuzishning qutb usuli va ko’z bilan chamalab olish usulida amalga oshirish; plan olish natijalarini ko’rib chiqish.
Atama va tushunchalar: planshet, plan olish qutb usuli, yo’l bo’ylab plan olish usuli, relief, mutlaq balandlik, nisbiy balandlik.
Darsga oid qo’shimcha ma’lumotlar.
Plan va geografik xaritalarni tuzish uchun zarur bo’lgan asbob – uskunalar
Asbob turi
|
Xususiyatlari va qo’llanilishi
|
I. Uzunliklarni o’lchashda qo’llaniladigan asboblar:
1. O’lchov lentalari
2. Kurvimetr
|
Masofalarni aniqlashda
Planda egri chiziqlarning uzunligini o’lchash uchun
|
II. Burchaklarni o’lchash asboblari
1. Teodolitlar
2. Kompaslar
|
Aniq o’lchash ishlari uchun
Tomonlarini aniqlash uchun
|
III. Balandliklarini o’lchash asboblari
1. Nivelirlar
|
Nuqtalar balandligini o’lchash uchun
|
IV. Aralash asboblar:
1. Taxometr
2. Kiprigel
|
Yo’nalishlarning vertikal va gorizontal burchaklarini o’lchash uchun
Masofalar, balandliklar, burchaklarni o’lchash uchun
|
V. Boshqa asboblar
1. Eklimetr
2. Shovun
3. Shayton (Adilak)
|
Balandlik burchaklarini aniqlash uchun
Vertikal holatni aniqlash uchun
Gorizontal holatlarni aniqlash uchun
|
Dostları ilə paylaş: |