Mavzu: Havo massalari. Siklonlar, antisiklonlar
Darsning maqsadi.
1. Havo massalari, ularning turlari, iqlim hosil qilishdagi o’rni va ahamiyati, siklonlar, antisiklonlar va havo frontlari haqida bilimlar berish va tegishli ko’nikmalarni shakllantirish
2. O’quvchilarga ekologik, estetik va axloqiy tarbiya berishda hamkorlik qilish
3. O’quvchilarning fikrlash qobiliyatini o’stirish, tabiatga nisbatan mehr uyg’otish
Ko’rgazma materiallar:
O’rta Osiyo tabiiy xaritasi, 7 – sinf Atlasi, darslik, siklon va antisiklon chizmasi
Dars uslubi: suhbat, savol – javob
Atama va tushunchalar:
Havo massalari, havo fronti, sovuq front, iliq front, sikon va antisiklonlar
Darsning borishi
Tashkiliy ishlar: Navbatchi axborotini tinglash, davomatni aniqlash
O’tilgan mavzuni so’rash
Iqlim hosil qiluvchi omillarga nimalar kiradi?
O’rta Osiyoda qanday havo massalari hukmron?
To’g’ri, tarqoq va yalpi radiatsiya deganda nimani tushunasiz?
O’quvchilarga o’tilgan mavzularni mustahkamlash uchun geografik labirent beriladi. Laberent orqali o’quvchilar yo’llarini topishlari kerak.
Darsni uyushtirish shakllari:
Dars tushuntirish usulida olib boriladi. Dastlab o’qituvchi havo massalari asosiy iqlim hosil qiluvchi omil ekanligini aytadi, 6 – sinfda o’tilgan havo massalari haqidagi bilimlarni o’quvchilarga eslatadi va qanday havo massalari turlari borligini o’quvchilardan so’raydi.Shundan so’ng O’rta Osiyo iqlimining shakllanishida faol ishtirok etadigan arktika, mo’tadil va tropik havo massalari ta’rifiga kengroq to’xtaladi. Ularni qaysi tomondan va qaysi faslga kirib kelishi va qanday ob – havoning shakllanishiga olib kelishini tushuntirib beradi.
Ikki xil havo massalari oralig’ida oraliq zona yoki frontlar hosil bo’lishini, asosiy atmosfera jarayonlari (yog’in – sochin, shamol va hokazo) mazkur frontlarda sodir bo’lishini, ular iliq yoki sovuq bo’lishini yoritib beradi. Siklon va antisiklonlar hosil bo’lishini chizma yordamida yoki sinf doskasiga chizib tushuntiradi. Dars oxirida o’qituvchi havo massalari, havo frontlari, siklonklar bo’yicha umumiy xulosa qiladi va ularning O’rta Osiyo iqlimini shakllanishidagi o’rni ochib beriladi.
“Uchinchisi ortiqcha” o’yini. Sinf 3 guruhga bo’linadi. Berilgan tushunchalarning qaysi biri ortiqcha ekanligini topadilar
Dostları ilə paylaş: |