Shamollar. O'zbekiston hududiga yil davomida shamollar shimoli-g'arbiy, shimoliy va g'arbiy tomondan esib turadi. Qishda shamollarning yo'nalishi Sibir antisikloni va Turon tekisligining janubidagi siklonlar ta'sirida sodir bo'ladi. Shu sababli O'zbekiston shimoliy qismida shamollar shimoli-g'arbiy, shimoliy va shimoli-sharqiy yo'nalishda esadi. Janubiy qismida esa ko'proq janubi-g'arbiy yo'nalishda siklonlar harakat qiladi.
Yozda O'zbekistonga shimoli-g'arbdan, shimoldan va g'arbdan shamollar esadi. Ammo tekislik qizib ketganligi tufayli yog'in vujudga kelmaydi, aksincha, tog' tomon ko'tarilgan sari havo sovib borishi oqibatida, bulutlar hosil bo'lib, yog'in yog'adi.
O'zbekistonda yana mahalliy tog'-vodiy, bekobod (havos), qo'qon, afg'on shamollari esib turadi.
Tog'-vodiy shamollari O'zbekistonning barcha vodiylarida kuzatiladi. Bunda kunduzi vodiydan tog'ga, kechasi tog'dan vodiyga tomon esadi.
TABIAT ZONALARI Tekislik tabiat zonalari. O'rta Osiyoning turli qismlarida quyoshdan
keladigan yalpi radiatsiya miqdori turlicha, shimolida kamroq (100 kkal/
sm2), janubida ko'proq (160 kkal/sm2). Bu esa haroratning, namlikning
notekis taqsimlanishiga va iqlim mintaqalarining hamda har bir iqlim
mintaqasi ichida o'ziga xos tabiat zonalarining hosil bo'lishiga olib keladi.
O'rta Osiyo hududida juda baland tog'lar joylashganligi sababli harorat va
namlikning balandlik bo'yicha o'zgarishi tufayli balandlik mintaqalari
vujudga kelgan. Binobarin, O'rta Osiyo hududida tabiat zonalari kenglik
(shimoldan janubga) va balandlik bo'yicha almashinib keladi.
O'rta Osiyo hududi mo'tadil mintaqaning janubida va subtropik min-
taqaning shimoliy, quruq qismida joylashgan.
Mo'tadil iqlim mintaqasida dasht, chalacho'l va cho'l zonalari, subtropik mintaqada subtropik cho'llar zonasi joylashgan. Dasht zonasiga To'rg'ay platosining shimoliy qismi, Qozog'iston past tog'larining
shimoliy va markaziy qismlari kiradi. O'lka okeanlardan uzoqda joylashganligi sababli iqlimi quruq, yog'inlar kam, bahor va kuz qisqa. Yillik yog'in miqdori 300 mm, yanvarning o'rtacha harorati —17—18°C, iyulniki 20—24°C.
Dasht zonasining shimoliy qismida qora tuproqlar, janubida to'q kashtan tuproqlari tarqalgan. Dasht o'simliklari, asosan, pakana qiyoq, chalov, betaga, zig'iry yo'ng'ichqa, ayiqtovon, yaltirbosh va boshqalardan iborat.
Hayvonlardan kemiruvchilar ko'proq tarqalgan. Dasht zonasi hozirgi paytda deyarli to'liq haydab yuborilgan va ekinzorlarga aylantirilgan.
Chalacho'l zonasiga To'rg'ay supasimon o'lkasining janubiy qismi, Qozog'iston past tog'larining juda katta janubiy qismi kiradi. Asosan, kashtanli
tuproqlar tarqalgan, qatlami yupqa, chirindi miqdori qora tuproqqa nisbatanl kamroq. Dehqonchilikka nam yetishmasligi xalaqit beradi. Ayrim joylarda tuproq sho'rlangan. Asosiy o'simliklari burgan, qora shuvoq, ko'kpek. Cho'l zonasiga Turon tekisligi va Balxashbo'yi tekisliklari kiradi. O'rt Osiyoda, asosan, qumli, toshli, gilli cho'llar tarqalgan. Cho'llarning hos bo'lishiga asosiy sabab haroratning yuqoriligi, yog'in miqdorining kamligi oqar suvlarning yo'qligi. O'simlik qoplami siyrak, massasi kam, tezc qovjirab qoladi va chirindi hosil bo6lmaydi. Tuproqlari, asosan, qumli, sun
qo'ng'ir, gilli, toshloq va bo'z tuproqlar. Bo6z tuproqlar sug'orilganda yaxs'
hosil beradi. Past joylarda sho'rxoklar va sho'rtoblar ham uchrab turadi.