Tog'lari. Tyanshan va Hisor-Oloy tog' tizmalarining g'arbiy va janubi- g'arbiy tarmoqlari O'zbekiston doirasida joylashgan. Ularning okean sathidan balandligi janub va g'arb tomon asta-sekin pasayib borib, tekisliklarga tutashib ketadi (2-rasm). O'zbekistonning shimoli-sharqiy qismida G'arbiy Tyanshan- ning bir qancha tog' tizmalari (Qorjantog% Ugom, Piskorti, Chotqol, Qurama) joylashgan. Bular Talas Olatog'idan boshlanadi. Bu tog' tizmasida Manas nomli cho'qqi bo'lib, uning okean sathidan balandligi 4482 m dir. Chotqol tog' tizmasining O'zbekiston hududida joylashgan qismida esa Katta Chimyon nomli cho'qqisi bo'lib, uning balandligi 3309 m ga yetadi. Chotqol va Qurama tog' tizmalari orasida Ohangaron platosi joylashgan. G'arbiy Tyanshan tog' tizmalarining okean sathidan balandligi 2500—4000 m bo'lib, ularning yuqori qismlarida muzliklar uchraydi.
Farg'ona botig'ining markaziy qismi O'zbekistonda joylashgan bo'lib, g'arbdan Qurama, shimolidan Chotqol, sharqidan Farg'ona, janubidan Oloy, Turkiston tog' tizmalari o'rab olgan.
Turkiston tog'idan shimoli-g'arbga qarab Morguzar va Chumqor tog'lari ajralib chiqqan. Chumqor tog'ining faqat shimoliy yonbag'rigina O'zbekistonga qaraydi. Morguzar tizmasining shimoli-g'arbida Nurota tog' tizmalari o'rin olgan bo'lib, ular bir-birlaridan Sangzor daryosining «Amir Temur dar- vozasi» darasi bilan ajralib turadi. Nurota ikki qismdan — Shimoliy va Janubiy Nurota tizmalaridan iborat. Shimoliy tog' tizmasining Hayotboshi cho'qqisi- ning balandligi 2169 m ga yetadi. Janubiy Nurota alohida ko'tarilmalar (Oqtog', Qoratog', Qarachatog', Go'bduntog') dan iborat.
Zarafshon daryosi vodiysining janubida Zarafshon tizma tog'lari joylashgan bo'lib, O'zbekiston hududida u Chaqilikalon va Qoratepa nomlari bilan ataladi va ancha pasayib qoladi. Bu tog'larning g'arbida esa Zirabuloq-Ziyovuddin nomli past tog' tizmalari bo'lib, ularning eng baland qismi 1116 m ga yetadi.
Zarafshon tizma tog'larining janubida Hisor tog6 tizmasining janubi- g'arbiy tarmoqlari (YakkabogY Surxontog', Ko'hitang va boshqalar) uchraydi. O'zbekistonning eng baland cho'qqisi Hazrat Sulton (4643 m) Hisor tog6ida joylashgan. Janubiy O'zbekistonda Bobotog' tizmasi ko'tarilgan bo'lib, uning Zarkosa cho'qqisining balandligi 2289 m dir.