Aviatsiya transporti muhandislig fakultetii
Informatika va komyuter grafikasi kafedrasi
Labaratoriya ishi 5
Mavzu: Chiziqli, Tarmoqlanuvchi va Takrorlanuvchi Jarayonlarga Algoritmlar Tuzish
Bajardi:HHB-5 guruh talabasi Olimov Saidumar Shuxrat o’g’li Qabul qildi: H.Sh.Xadjayeva Labaratoriya ishi 5 Mavzu: Chiziqli tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi jarayonlarga algoritmlar tuzish O`quv mashg’ulotining maqsadi: Qoyilgan masalaning shartiga oid algoritm tuzishni organish. Mavzu bo`yicha bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish, variant misollarini bajarish. Laboratoriya ishini bajarish tartibi: 1. Nazariy qism bilan tanishib chiqish. 2. Blok-sxema asosiy elementlarini joyida qo`llashni o`rganish 3. Qo`yilgan misol va masalalarga algoritmini tuzishni o‘rganish. 4. Tuzilgan algoritmlar asosida laboratoriya ishi hisobotini tayyorlash. Nazariy qism: Algoritm tuzishda asosan masalaning umumiy hajmi hamda sodda va murakkabligi e`tiborga olinsa, natijani tez va aniq olish mumkin, buning uchun quyidagilarga rioya qilish kerak bo`ladi: - Qo`yilgn masalani to`g`ri tushunib olish; - Masalaning yechish usulini to`g`ri tanlab olish; - Nazariyani mustaqil qo`llay bilish; - Masalani o`zaro bog`liq bolmagan qismlarga ajratish va ajratilgan qismlarni bog`lash. Algoritmlar asosan so`zlar, jadvallar, blok-sxemalar, formulalar, dasturlar ko`rinishlarida yoziladi. Algoritmni ifodalashning eng ko`p tarqalgan shakli bu matn shakli, ya`ni, uni oddiy tilda so`zlar bilan bayon qilish hisoblanadi. So`zlar yordamida tuzilgan algoritmning ijrochisi inson hisoblanadi. Algoritmning matn shaklida har bir ko`rsatma, jumlalar orqali buyruq mazmunida beriladi. Algoritmning bunday shaklidan kundalik hayotda uchraydigan masalalarni hal qilish algoritmlarini tuzishda foydalaniladi. Masalan, inson hayotida har kuni bajaradigan hatti-harakatlari algoritm so`zlar yordamida ifodalanadi. Demak, ixtiyoriy turdagi masalalarning algoritmlarini so`zlar yordamida tuzish mumkin. Masalan, aralash sonni noto`g`ri kasrga aylantirish algoritmi quyidagicha tuziladi: 1) Sonning butun qismini mahrajiga ko`paytirib uni A1 deb belgilanaqi; 2) A1ga kasrnng suratida turgan son qo`shiladi va natija suratga yoziladi; 3) Kasrning mahraji o`zgarishsiz qoladi. Informatikada blok-sxema shaklida tasvirlangan algoritmlardan dastur tuzishda foydalanish qulay va tushunarli bo`lgani uchun boshlovchi dasturchilar qoyilgan masalaning algoritmini ko`proq blok-sxema ko`rinishida tuzishadi. Blok-sxemalarning asosiy elementlari quyidagilar: Bloklar gorizontal va vertikal to`g`ri chiziqlar, strelkalar orqali bog`lanadi. Algoritmlar asosan uch turga bo`linadi: chiziqli, tarmoqlanuvchi, takrorlanuvchi (siklli) Chiziqli algoritmlardaalgoritmlarning har bir blok tabiiy ravishda ketma-ket bir martadan bajariladi.
1- masala. bunda , m=3,5 ifoda hisoblash algoritmini tuzing.
Bu masalaning blok-sxemasi ko`rinishi quyidagicha bo`ladi: 2. Tarmoqlanuvchi algoritmlarda ham har bir blok bir martadan bajariladi, lekin shartining bajarilishi yo`ki bajarilmasligiga qarab navbatda qaysi bandlar bajarilishi aniqlanadi. 2-masala. Argument x ning ixtiyoriy qiymatida quyidagi ifodani hisoblash algoritmini tuzing.
Bu masalaning blok-sxemasi ko`rinishi quyidagicha bo`ladi:
3-masala. y=ax5 funksiyaning 1≤a≤3, bunda ha=0.5 qiymatini hisoblang. Bu masalaning blok-sxema ko`rinishi quyidagicha bo`ladi: