Mavzu: Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjeti daromadlari ijrosi hisobi. Kirish Asosiy qism



Yüklə 84,04 Kb.
səhifə7/10
tarix20.05.2023
ölçüsü84,04 Kb.
#118281
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjeti daromadlari

3-bob. Byudjet tasnifi
18-modda. Byudjet tasnifi tushunchasi
Byudjet tasnifi byudjet tizimi byudjetlarining daromadlari va xarajatlari, shuningdek Davlat byudjeti taqchilligini qoplash manbalarini guruhlashdan iborat bo’lib, byudjet tizimi byudjetlarini shakllantirish, tuzish va ijro etishni tizimlashtirish uchun foydalaniladi.
Byudjet tasnifi xalqaro tasnif tizimlariga muvofiq ishlab chiqiladi va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
19-modda. Byudjet tasnifining tarkibi
Byudjet tasnifi:
byudjet tizimi byudjetlari daromadlarining tasnifini;
byudjet tizimi byudjetlari xarajatlarining tasnifini;
Davlat byudjeti taqchilligini qoplash manbalari tasnifini o’z ichiga oladi.
20-modda. Byudjet tasnifining asosiy printsiplari
Byudjet tasnifining asosiy printsiplari to’liqlik, yagonalik va o’zaro muvofiqlikdan iboratdir.
Byudjet tasnifining to’liqlik printsipi byudjet jarayonining barcha ishtirokchilari qamrab olinishini nazarda tutadi.
Byudjet tasnifining yagonalik printsipi byudjet jarayonining barcha ishtirokchilari tomonidan yagona byudjet tasnifi qo’llanilishini anglatadi.
Byudjet tasnifining o’zaro muvofiqligi printsipi byudjet tasnifining kodlari bir vaqtning o’zida byudjet jarayonining turli xil operatsiyalarini hisobga olish uchun qo’llanilmasligini anglatadi.
21-modda. Byudjet tizimi byudjetlari daromadlarining tasnifi
Byudjet tizimi byudjetlari daromadlarining tasnifi daromadlarni ularning turlari va manbalari bo’yicha kodlashdan iborat bo’ladi.
Byudjet tizimi byudjetlari daromadlarining tasnifi tuzilmasi quyidagilardan iborat:
byudjet tizimi byudjetlari mablag’larining manbalari va darajalari tasnifi;
daromadlarning turlari;
tashkiliy tasnif;
hududiy tasnif.
Byudjet tizimi byudjetlari mablag’larining manbalari va darajalari tasnifi kelib tushayotgan daromadlarning tegishli mablag’lar manbalariga va ushbu byudjetlar darajalariga mansubligini aniqlash uchun qo’llaniladi.
Daromadlarning turi bo’lim, paragraf va daromad tipidan iboratdir.
Daromadlar bo’limi daromadlarni ularni olish manbalari bo’yicha kodlashdan iborat bo’ladi.
Daromadlar paragrafi soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni, shuningdek soliq bo’lmagan to’lovlarni ularni undirish bazasi bo’yicha kodlashdan iborat bo’ladi.
Daromad tipi byudjet tizimi byudjetlari daromadining aniq turidan iborat bo’ladi.
Tashkiliy tasnif kelib tushayotgan daromadlarning ana shu daromadlarni ma’muriy jihatdan idora qiluvchi tegishli organga mansubligini identifikatsiyalash maqsadida qo’llaniladi.
Hududiy tasnif kelib tushayotgan daromadlarning ushbu daromadlar shakllantirilayotgan yoxud o’tkazib berilayotgan tegishli ma’muriy-hududiy birlikka mansubligini identifikatsiyalash maqsadida qo’llaniladi.
22-modda. Byudjet tizimi byudjetlari xarajatlarining tasnifi
Byudjet tizimi byudjetlari xarajatlarining tasnifi byudjet tizimi byudjetlari xarajatlarini kodl
ashdan iborat bo’ladi va ularning yo’nalishini aks ettiradi.
Byudjet tizimi byudjetlari xarajatlari tasnifining tuzilmasi quyidagilardan iborat:
byudjet tizimi byudjetlari mablag’larining manbalari va darajalari tasnifi;
vazifa jihatidan tasnif;
tashkiliy tasnif;
iqtisodiy tasnif;
hududiy tasnif.
Byudjet tizimi byudjetlari mablag’larining manbalari va darajalari tasnifi amalga oshirilayotgan xarajatlarning tegishli mablag’lar manbalari va byudjetlar darajalariga mansubligini aniqlash uchun qo’llaniladi.
Xarajatlarning vazifa jihatidan tasnifi davlat funktsiyalarini bajarish uchun mablag’lar yo’nalishini aks ettiruvchi xarajatlarni guruhlashdir.
Xarajatlarning tashkiliy tasnifi byudjet tizimi byudjetlarining mablag’larini taqsimlovchilar bo’yicha kodlashdan iborat bo’ladi.
Xarajatlarning iqtisodiy tasnifi xarajatlarni iqtisodiy yo’nalishiga ko’ra kodlashdan iborat bo’ladi.
Hududiy tasnif byudjet tashkilotlarining va byudjet mablag’lari oluvchilarning tegishli ma’muriy-hududiy birlikka mansubligini aniqlash maqsadida qo’llaniladi.
23-modda. Byudjet tizimi byudjetlarining iqtisodiy belgilar bo’yicha xarajatlari
Byudjet tizimi byudjetlarining iqtisodiy belgilar bo’yicha xarajatlari quyidagi xarajatlar guruhlarini o’z ichiga oladi:
birinchi guruh — ish haqi, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar, kompensatsiya to’lovlari va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam;
ikkinchi guruh — ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar;
to’rtinchi guruh — boshqa xarajatlar.
Xarajatlar guruhlari bo’yicha aniq moddalar byudjet tasnifiga muvofiq belgilanadi.
24-modda. Davlat byudjeti taqchilligini qoplash manbalari tasnifi
Davlat byudjeti taqchilligini qoplash manbalari tasnifi ularni ichki va tashqi manbalar bo’yicha guruhlashdan iborat bo’ladi.
4-bob. Byudjet sohasidagi vakolatlar
26-modda. O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasining byudjet sohasidagi vakolatlari
O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi qonun hujjatlariga muvofiq byudjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
27-modda. Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlarining byudjet sohasidagi vakolatlari
Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlari:
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetini, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarini, tumanlar va shaharlar byudjetlarini tegishincha Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining taqdimnomasiga muvofiq ko’rib chiqadi va qabul qiladi;
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari, tumanlar va shaharlar byudjetlarining tegishli davrdagi ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni tegishincha Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining taqdimnomasiga muvofiq har chorakda ko’rib chiqadi va tasdiqlaydi;
mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning stavkalarini qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlar doirasida belgilaydi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlari qonun hujjatlariga muvofiq byudjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
28-modda. Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining byudjet sohasidagi vakolatlari
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari:
tegishli byudjet loyihasini ishlab chiqish va uni ijro etish jarayonini tashkil etadi hamda muvofiqlashtirib boradi;
byudjet so’rovi olinishiga qarab tegishli byudjetlarning loyihalarini tuzish to’g’risida qarorlar qabul qiladi, ularni tayyorlash tartibi va muddatlarini belgilaydi;
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti loyihasini, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari, tumanlar va shaharlar byudjetlari loyihalarini tegishincha Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlariga ko’rib chiqish va qabul qilish uchun taqdim etadi;

Yüklə 84,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin