Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjeti daromadlari
2-bob. Byudjet tizimi tushunchasi va printsiplari 6-modda. Byudjet tizimi tushunchasi
Byudjet tizimi barcha darajadagi byudjetlar, davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari va byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg’armalari, byudjet tizimi byudjetlarini tuzish va tashkil etish printsiplari, ular o’rtasida byudjet jarayoni mobaynida yuzaga keladigan o’zaro munosabatlar yig’indisini o’zida ifodalaydi. Moliya yili uchun byudjet tizimi byudjetlarini shakllantirish, tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash va ijro etish O’zbekiston Respublikasining milliy valyutasi — so’mda amalga oshiriladi.
7-modda. Byudjet tizimi printsiplari
Byudjet tizimi quyidagi printsiplarga asoslanadi:
byudjet tizimining yagonaligi;
byudjet tizimining O’zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilishiga muvofiqligi;
byudjet tizimi byudjetlarining balansliligi va o’zaro bog’liqligi;
byudjet tizimi byudjetlari daromadlarini prognoz qilish va xarajatlarini rejalashtirish;
byudjet tizimi byudjetlari mablag’laridan foydalanishning aniq yo’naltirilganligi va maqsadlilik xususiyati;
byudjet tizimi byudjetlarining mustaqilligi;
byudjet tizimi byudjetlari mablag’laridan foydalanishning natijadorligi;
kassaning yagonaligi;
byudjet jarayoni ishtirokchilarining javobgarligi;
ochiqlik.
8-modda. Byudjet tizimining yagonaligi printsipi
Byudjet hujjatlari va byudjet hisobotlarining shakllari, byudjet tasnifi yagona bo’lishi hamda byudjet tizimi byudjetlarining daromadlari va xarajatlarini shakllantirish hamda ijro etish, byudjet hisobini yuritish va byudjet hisobotini tuzishning yagona tartibini nazarda tutishi lozim.
9-modda. Byudjet tizimining O’zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilishiga muvofiqligi printsipi
Byudjet tizimi O’zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishiga muvofiq bo’lishi lozim.
10-modda. Byudjet tizimi byudjetlarining balansliligi va o’zaro bog’liqligi printsipi
Byudjet tizimi byudjetlarida nazarda tutilgan xarajatlar hajmi ularning daromadlari va taqchillikni qoplash manbalari yig’indisining hajmiga muvofiq bo’lishi kerak.
Byudjet tizimi byudjetlarini tuzish va ijro etishda byudjetlarning mablag’lari mazkur byudjetlarning balansliligini ta’minlash uchun ular o’rtasida qayta taqsimlanishi mumkin.
11-modda. Byudjet tizimi byudjetlari daromadlarini prognoz qilish va xarajatlarini rejalashtirish printsipi
Byudjet tizimi byudjetlarini tuzishda byudjet tasnifiga muvofiq, daromadlar ularning aniq manbalari bo’yicha prognoz qilinadi, xarajatlar esa yo’nalishlar bo’yicha rejalashtiriladi.
12-modda. Byudjet tizimi byudjetlari mablag’laridan foydalanishning aniq yo’naltirilganligi va maqsadlilik xususiyati printsipi
Byudjet tizimi byudjetlarining mablag’lari muayyan byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilarga ushbu mablag’lardan belgilangan maqsadlarni moliyalashtirishda foydalanish uchun ajratiladi.
13-modda. Byudjet tizimi byudjetlarining mustaqilligi printsipi
-moddalarida nazarda tutilgan tartibda moliya yili mobaynida Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari, tumanlar va shaharlar byudjetlari parametrlariga o’zgartirishlar kiritish to’g’risidagi takliflarni ko’rib chiqadi;
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari, tumanlar va shaharlar byudjetlarining tegishli davrdagi ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlariga tasdiqlash uchun taqdim etadi;
Davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlariga tushumlar to’liq va o’z vaqtida tushishi ustidan nazoratni tashkil etadi;
byudjet mablag’larining maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni tashkil etadi;
Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining, tumanlar va shaharlar byudjetlarining qo’shimcha manbalaridan foydalanish to’g’risida qarorlar qabul qiladi;
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari qonun hujjatlariga muvofiq byudjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
29-modda. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining byudjet sohasidagi vakolatlari
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni ularning manbalari kesimida to’liq va o’z vaqtida tushishi ustidan monitoringni amalga oshiradi;
byudjet tizimi byudjetlarining mablag’laridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining ijrosi to’g’risidagi hisobotlar, shuningdek byudjet tashkilotlari hamda byudjet mablag’lari oluvchilarning moliyaviy hisobotlari shakllarini va ularni taqdim etish tartibini tasdiqlaydi;
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining tegishli davrdagi ijrosi to’g’risida hisobot taqdim etadi;
byudjetdan tashqari maxsus hisobvaraqlarda zaxiralar tashkil etadi;
Davlat byudjetini ijro etish jarayonida unga tushumlarni ko’paytirish bo’yicha qo’shimcha zaxiralarni aniqlaydi;
byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilarning xarajatlarini maqbullashtirishni amalga oshiradi;
byudjet ssudalarini beradi;
davlat tomonidan mablag’lar jalb qilish bo’yicha O’zbekiston Respublikasining shartnomalari va davlat kafolatlarini ro’yxatdan o’tkazadi;
davlat qarzining hisobini va monitoringini yuritadi;
byudjet tizimi byudjetlarining kassa ijrosini yuritadi;
byudjet tizimi byudjetlarining Yagona g’azna hisobvarag’idagi va boshqa bank hisobvaraqlaridagi mablag’larini boshqaradi;
byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilarning tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) etkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalarini ro’yxatdan o’tkazadi;
Byudjet tizimi byudjetlari mustaqildir.
14-modda. Byudjet tizimi byudjetlari mablag’laridan foydalanishning natijadorligi printsipi
Byudjet jarayoni ishtirokchilari byudjet tizimi byudjetlarini tuzish va ijro etishda o’zlariga berilgan vakolatlar doirasida byudjet tizimi byudjetlarining belgilangan hajmdagi mablag’laridan foydalangan holda natijaga erishish zaruriyatidan kelib chiqadi.
15-modda. Kassaning yagonaligi printsipi
Byudjet tizimi byudjetlarining barcha daromadlari Yagona g’azna hisobvarag’iga kiritiladi va ularning xarajatlarini to’lash ushbu hisobvaraqdan amalga oshiriladi.
16-modda. Byudjet jarayoni ishtirokchilarining javobgarligi printsipi
Byudjet jarayoni ishtirokchilarining javobgarligi printsipi byudjet jarayonining har bir ishtirokchisi byudjet jarayonining har bir bosqichida o’z harakatlari uchun javobgar bo’lishidan iboratdir.
17-modda. Ochiqlik printsipi
Ochiqlik printsipi:
tasdiqlangan Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari to’g’risidagi axborotning ommaviy axborot vositalarida va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinishini (chop etilishini);
Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari ijrosining borishi to’g’risidagi axborot ommaviy axborot vositalarida chop etilishini, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida joylashtirilishi va yangilab borilishini anglatadi.