Mavzu: Deviatsiyalarni namoyon bo’lish darajalari Reja


Deviant xulq-atvorli bolalar bilan ijtimoiy-pedagogik amaliyot



Yüklə 295,52 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix07.10.2023
ölçüsü295,52 Kb.
#152997
1   2   3   4   5   6
Deviatsiyalarni namoyon bo’lish darajalari

3. Deviant xulq-atvorli bolalar bilan ijtimoiy-pedagogik amaliyot 
yuritish 
O’smirlar deviant xulq-atvorining profilaktikasi. O’smirlik yoshida 
deviatsiya namoyon bo’lishining tinimisiz oshib borishi ijtimoiy pedagog oldida bu 
o’smirlar bilan ishlashning yangi usullari, texnologiyalarini izlash va ularga tadbiq 
etish vazifasini qo’yadi. Ilmiy nazariy va amaliyotda ikki asosiy texnologiya-
profilaktika va reabilitatsiya keng tarqalgan. 
O’smirlar deviant xulq-atvorining profilaktikasi. O’smirlik yoshida 
deviatsiya namoyon bo’lishining tinimisiz oshib borishi ijtimoiy pedagog oldida bu 
o’smirlar bilan ishlashning yangi usullari, texnologiyalarini izlash va ularga tadbiq 
etish vazifasini qo’yadi. Ilmiy nazariy va amaliyotda ikki asosiy texnologiya-
profilaktika va reabilitatsiya keng tarqalgan. 
Profilaktika-o’smirlar xulq-atvorida ijtimoiy normalardan og’ishning turli 
shakllarini keltirib chiqaruvchi asosiy sabab va sharoitlarni bartaraf etishga 
qaratilga ijtimoiy, tibbiy, tashkiliy, tarbiyaviy va davlat tadbirlarining majmuasidir.
U asosan bolani o’rab turuvchi muhitga bog’liq bo’ladi.Jamiyatda 
o‘rnatilgan ijtimoiy me’yorlardan chetga chiqqan holatlarini o‘rganuvchi deviant 
xulq-atvor sotsiologiyasi muammolari O‘zbekistonda istiqlol sharofati bilan 
o‘rganila boshlandi. Deviant xulq-atvorning turli ko‘rinishlarini mamlakatimiz 
olimlari o‘z tadqiqot ob’ektlari doirasida o‘rganganlar. Respublika faylasuflari 
X.Shayxova, Q.Nazarov, M.Xolmatova, N.Komilov (shaxs tarbiyasida ma’naviy-
axloqiy tarbiya ta’siri masalalari), sotsiolog M.B.Bekmurodov (ijtimoiy 
me’yorlarga jamoatchilik fikrining ta’siri jarayonlari), huquqshunoslar 


A.Qulahmetov, Y.Karaketov, M.Usmonaliev (jinoyatchilikning umumiy jihatlari 
va o‘smirlar jinoyatchiligi masalalari), psixolog olimlar G‘.B.Shoumarov, 
N.A.Sog‘inov, S.A.Axunjanova, Z.R.Qodirova, E.Sh.Usmonov, B.M.Umarov (o‘z 
joniga qasd qilish va jinoyatchilik muammolarining ruhiy-psixologik asoslari), 
pedagog-olimlar O.Musurmonova, D.J.Sharipovalarning (oilada barkamol shaxsni 
tarbiyalash hamda giyohvandlik, ichkilikbozlik, chekish kabi illatlarning oldini 
olish muammolari) olib borgan ilmiy ishlarini shunday ishlar jumlasiga kiritish 
mumkin. 
Jamiyatda insonlar faoliyati, xatti-harakatlari va xulq-atvorlarini ijtimoiy 
me’yorlar boshqaradi. Ijtimoiy me’yor jamiyat boshqaruvining ajralmas qismi 
bo‘lib, shaxs yoki ijtimoiy guruh xulq-atvorini muayyan sotsial muhitga 
moslashtiruvchi qoidalar majmuidir. Ijtimoiy me’yorning bir necha turlari mavjud 
bo‘lib, huquqiy, axloqiy, diniy hamda urf-odatlarga oid me’yorlar shular 
jumlasidandir. 
Ijtimoiy me’yorning afzalligi shundaki, yoshligidanoq muayyan 
me’yorlarga moslashtirib borilgan shaxslar umum tomonidan qabul qilingan 
tamoyillar doirasidan chetga chiqmaydi va boshqalardan ham shuni kutadi. Jamiyat 
taraqqiy etib borgan sari o‘rnatilgan me’yorlar ham eskirib boradi va yangi 
me’yorlar o‘rnatiladi. Yangi me’yorlarni o‘rnatish jarayoni jamiyatda o‘rnatilgan 
mavjud me’yorlar doirasini kengaytirish va o‘zgartishdan iboratdir. 
Jamiyat a’zolarini mazkur ijtimoiy me’yorlarga amal qilib yashashlarini 
nazorat qilib boruvchi institutlar ijtimoiy nazorat institutlari deyiladi. Ushbu 
institutlarga oila, maktab, mahalla, huquqni muhofaza qilish organlari va hokazolar 
kiradi. 
Insonlar bolalarga ijtimoiy me’yorlarni o‘rgatib borish bilan birga, xulq-
atvor me’yoriy talablarining to‘g‘ri bajarilishini nazorat etishadi va bu bilan 
ijtimoiy nazorat vakili vazifasini bajarishadi. Nazoratni yakka shaxs amalga 
oshirsa, bu ivdividual tavsifga ega bo‘ladi, agar butun bir jamoa, oila, do‘stlar, 
maktab, mahalla (qo‘ni-qo‘shnilar) tomonidan amalga oshirilsa, ijtimoiy tavsifga 
ega bo‘ladi hamda u ijtimoiy nazorat deyiladi. 


Ijtimoiy nazorat vakillari insonlar xulq-atvorini boshqarishning eng muhim 
vositasi bo‘lib, deviant xulq-atvorning oldini olishda ham ushbu jamoalarning o‘rni 
katta bo‘ladi. 
Inson tarbiyasida eng birinchi va eng muhim ijtimoiy nazorat instituti bu — 
oiladir: Farzand tarbiyasida va barkamol avlodni shakllantirishda sog‘lom oila 
muhitining o‘rni kattadir. 
Bola tug‘ilgan kunidan boshlab oila muhitida yashaydi. Oilaga xos 
an’analar, qadriyatlar, urf-odatlar bola zuvalasini shakllantiradi. Eng muhimi
farzandlar oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat talablarini anglaydi, his etadi. 
Bola tug‘ilgan kunidan boshlab oila muhitida yashaydi. Oilaga xos 
an’analar, qadriyatlar, urf-odatlar bola zuvalasini shakllantiradi. Eng muhimi, 
farzandlar oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat talablarini anglaydi, his etadi. 
Afsuski, oramizda shunday insonlar ham uchraydiki, ular jamiyat 
taraqqiyotiga xizmat qilmasdan, balki unga to‘siq bo‘luvchi me’yordan og‘ish 
holatlarini yuzaga keltiradilar. Jamiyatda o‘rnatilgan ijtimoiy me’yorlardan chetga 
chiqish holatlari sotsiologiyada «deviantlik holatlari», undan tug‘iluvchi xulq-
atvorni «deviant xulq-atvor» deb nomlanadi. 
Deviant xulq-atvor — jamiyatda o‘rnatilgan axloq me’yorlariga mos 
kelmaydigan insoniy faoliyat yoki xatti-harakat, ijtimoiy hodisa bo‘lib, 
yolg‘onchilik, dangasalik, o‘g‘rilik, ichkilikbozlik, giyohvandlik, o‘z joniga qasd 
qilish va boshqa ko‘plab shu kabi holatlar ushbu xulq-atvor xususiyatlari 
hisoblanadi. 
Deviant xulq-atvorning nisbatan kengroq tarqalgan ko‘rinishlaridan 
hisoblanadi:a) jinoyatchilik. Muayyan davlatda o‘rnatilgan qonun va me’yorlarga 
nisbatan ayrim shaxslarning salbiy munosabati jinoiy faoliyat, mazkur shaxs esa 
jinoyatchi hisoblanadi. 
B) ichkilikbozlik. Bu borada ilmiy adabiyotlarda bir necha tasniflar 
mavjud: 1) Alkogolni har-har zamonda iste’mol kilish. 2) Alkogolni ko‘p iste’mol 
qilish — spirtli ichimliklarni mumtazam, ya’ni haftada bir martadan bir necha 
martagacha yoki, birvarakayiga o‘rtada tanaffus bilan ko‘p mikdorda (200 ml.dan 


oshiq). Bu ko‘pincha alkogolizmga olib keladi. 3) Alkogolizm — spirtli 
ichimliklarga patologik 
(muttasil) o‘rganib qolish bilan tavsiflanuvchi kasallik. 
V) giyohvandlik. Giyohvand yoki unga tenglashtirilgan vositalarga 
muntazam ruju qo‘yish va tibbiy ko‘rsatmalarsiz iste’mol qilish. 
V) giyohvandlik. Giyohvand yoki unga tenglashtirilgan vositalarga 
muntazam ruju qo‘yish va tibbiy ko‘rsatmalarsiz iste’mol qilish. 
Fohishabozlik. Fanda rasmiy nikohsiz jinsiy aloqa ikki turga bo‘lib 
o‘rganiladi: 1. Konkubinat — nikohsiz birga yashash. 2. Fohishabozlik — pul 
uchun o‘z tanasini sotish. 
G‘arbda asosan ikkinchisi qoralansada, Sharkda ikkala holatga ham 
me’yordan og‘ish sifatida qaraladi. 
D) byurokratiya. «Byurokratiya» termini aslbda «hokimiyanga ega bo‘lgan 
xodim» degan ma’noni anglatadi. Biroq davrlar o‘tishi bilan «byurokratiya» 
mahalliychilik, qog‘ozbozlik, to‘rachilik, mansabni suiste’mol qilish kabi salbiy 
ma’nolarda qo‘llanila boshlaydi.hozirgi kuyda ko‘plab davlatlarda «byurokratiya» 
termini asil ma’nosini yo‘qotib, boshqaruvdagi o‘ziga xos idoraviy uslub tarzida 
tushuniladi. 
Yuqoridagilardan 
tashqari 
mahalliychilik, 
urug‘-aymoqchilik, 
boqimandachilik kabi salbiy holatlar ham ijtimoiy me’yordan chskinishning 
diqqattalab ko‘rinishlaridan hisoblanadi. 
Deviant xulq-atvor muammosini sotsiologiya fani doirasida dastlab. 
E.Dyurkgeym maxsus o‘rgangan bo‘lsa-da, jamiyatning eng qadimiy 
muammolaridan biri sifatida deviant holatlarga munosabatlar qadim davrlardan 
shakllanib kelgan. Qadimgi xalqlarning diniy-mifologik tasavvurlari, xususan, 
Misr,hindiston va Xitoy diniy qonun-qoidalaridagi axloqiy me’yorlar bu sohadagi 
dastlabki qarashlar edi. Qadimgi yunon va Rim faylasuflari ham o‘z asarlarida 
mazkur muammolarni tahlil kilib berganlar. 
O‘rta asrlarda axloq me’yorlari diniy qarashlar ta’siri ostida rivojlandi va 
ulardan chekinish diniy nuqtai nazardan baholangan. Yevropada xristian dini 


barcha sohada hukmronlik qilgan bo‘lsa, sharq dunyosida axloqiy-huquqiy 
me’yorlar va ular haqidagi ta’limotlar islom falsafasi ta’sirida rivojlandi. 
O‘rta asrlarda axloq me’yorlari diniy qarashlar ta’siri ostida rivojlandi va 
ulardan chekinish diniy nuqtai nazardan baholangan. Yevropada xristian dini 
barcha sohada hukmronlik qilgan bo‘lsa, sharq dunyosida axloqiy-huquqiy 
me’yorlar va ular haqidagi ta’limotlar islom falsafasi ta’sirida rivojlandi. 
XVII-XVIII asrlarga kelib, Yevropada jamiyat rivojining kuchayishi axloq 
me’yorlarining xristiancha talablari doirasiga sig‘may qoldi. XVIII asr 
mutafakkirlari ijtimoiy me’yor va undan chekinish muammosini yanada chuqurroq 
tahlil qildilar. Sh.L.Monteske, J.J.Russo, Ch.Bekkaria, Gelvesiy, D.Didro, 
P.Golbax, Morelli va Sh.Furelar o‘z ilmiy izlanishlarida ijtimoiy me’yorlar, 
qadriyatlar uchun umumiy bo‘lgan qonuniyatlarni topishga intilganlar. 
XIX asr oxirlarida tabiiy fanlarda erishilgan ilmiy yutuqlar ijtimoiy fanlar 
taraqqiyotiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Xususan, sotsiologiyada ijtimoiy 
me’yordan 
og‘ish 
holatlarini 
tushuntiruvchi 
dastlabki 
ta’limot 
— 
E.Dyurkgeymning «anomiya» g‘oyasi yaratiddi. 

Yüklə 295,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin