asosiy holati ko‘zga tashlanadi: 1) hech qanaqa muammo yo‘q holat, bunda holat
hech qanaqa qaror qabul qilishni talab qilmaydi; 2) muammo bor, biroq qiyinroq
yoki osonroq bo‘lsa-da, uning yechimi ham ijtimoiy me’yorlarda ko‘rsatilgan
holat; 3) mavjud muammoni sub’ekt ijtimoiy me’yorlar doirasida hal qila
olmaydigan holat; 4) muammoni hech qanaqasiga hal qilib bo‘lmaydigan holat.
Ushbu turlicha holatlar keng ko‘lamda biridan ikkinchisiga o‘tib turadi.
Muammoli holatning mazmuni sub’ektning individual maqsadlari bilan
jamiyat manfaatlari orasidagi maqsadlar va unga erishishning mumkin bo‘lgan
vositalari orasidagi; faoliyatning kutilayotgan oqibatlari va uning qo‘shimcha
natijasi (ijobiy yoki salbiy) orasidagi, shuningdek ijtimoiy me’yor talablari va
shaxs xususiyatlari orasidagi ziddiyatlarning (ko‘pincha o‘ylab chiqarilgan) paydo
bo‘lishidan iboratdir.
Jamiyat a’zolari shaxsiy nuqnai nazarlarining shakllanishiga, ularning
deviant xulq-atvorga nisbatan ijtimoiy faol munosabatlarining tarkib topishiga
tarbiyaviy jarayonlar uchun bevosita
mutasaddi shaxslar, tashkilotlar
rahbarlarining o‘rni va roli kattadir. «Ba’zilarga mumkin, boshqalarga mumkin
emas», «hozir yaxshi, ertaga yomon» va shu kabi munosabat holatlarining
ikkilamchi fe’l-atvor shaklida, ya’ni parallel standartlar yo‘nalishida amal qilishiga
izn berish juda xavflidir. Shu boisdan, har qanday holatlarda ham mansabdor
shaxslar, turli jamoat tashkilotlari va mehnat jamoalarining rahbarlari, pedagog va
tarbiyachilar, qonunni himoya qiluvchi tashkilotlar vakillarining xulq-atvor
me’yorlarini buzishi qat’iy qoralanadi.
Dostları ilə paylaş: