yoshlar ichida kŏp uchraydi. Tadqiqotlar yana shuni kŏrsatadiki, kŏpchilik boshqa
odamlar ta’siri ostida, asosan dŏstlari, tanishlari orqali giyohvand moddalarga
berilib qolmoqdalar. Xavfli tomni shundaki, narkotiklar Qabul Qilishni boshlanish
etaplarida odam hech Qanday yomon ta’sir, og’ir sezmaydi, aksincha giyohvand
moddani Qabul Qilganda kayfiyat kŏtariladi. Jism shunday rohat oladiki, buni
kŏpchilik sog’liqga yaxshi yordam beradi, tinchlantiradi deb ŏylaydi. Jismoniy va
psixik degradatsiya bosqichida esa, ular boshi berk kŏchaga kirib Qolganligini
anglab etadilar. Lekin bu odatdan vos kechishga kuchlari etmaydi, unga bŏysunib
Qoladilar. Giyohvandlik
bilan kurashida sotsial, iqtisodiy, madaniy xarakterdagi
chora-tadbirlar va shuningdek maxsus meditsinaga oid, huquqiy chora-tadbirlardan
foydalaniladi.
Suitsid (ŏz-ŏzini ŏldirish). Suitsid bu odamning ŏzini-ŏzi ŏldirishga harakat
Qilishdir. Kŏp hollarda suitsid chetga og’uvchi fe’l-atvor sifatida echilishi mumkin
bŏmagan muammolardan, umuman hayotdan Qutulish usuli bŏlib keladi. Bunday
hollar kuzatilib, ŏrganilib, shunday xulosaga kelindiki, ular ma’lum darajada jins,
yosh ma’lumot, sotsial va oiladagi tutgan ŏrniga bog’liq holda kelib chiqadi.
Suitsidlar, asosan rivojlangan davlatlarda kŏp uchraydi va bugungi kunda ularni
kŏpayishi kuzatilmoqda. Erkaklar orasida sodir etilayotgan suitsid hollari ayol
orasidagiga Qaraganda kŏproq og’ir ahvollarga olib keladi. Ŏz joniga Qasd Qilish
20 yoshgacha va 55 yoshdan oshganlar ichida uchraydi. Hozirgi ŏz-ŏzini ŏldirish
hollari 10-12 yoshli bolalar ichida ham kuchaymoqda. Jahon statistikasiga kŏra,
suitsid fe’l-atvor kŏpincha
shaharlarda, yolg’iz yashovchi odamlar orasida
kuzatiladi. Ŏrta Osiyoda 60-yillardayoq ayollar ichida ŏz joniga Qasd Qilish hollari
kuzatilgan. Asosan ŏzini yoqish kŏpaygan. Buning sotsial sababi ayollarga bŏlgan
notŏg’ri munosabatlar, ularga jamiyat tomonidan befarq Qaralganligi turmushdagi
Qiyinchiliklar, ayollarni ijtimoiy ishlab chiqarishga, ijtimoiy-siyosiy hayotga jalb
etishda zarur shart-sharoitni yaratish bilan bog’liq bŏlgan muammolarni mahalliy
boshqarish organlari tomonlaridan notŏg’ri hal etilganligidir.
Fohishabozlik. Bu termin lotincha «Prostitutio» sŏzidan olingan bŏlib, or-
nomusni yŏqotish, xŏrlash, toptash degan ma’nolarni beradi. Mehnat taqsimoti,
shaharlarni vujudga kelishi jarayonida paydo bŏlgan fohishabozlik kapitalistik
munosabatlar bilan bir Qatorda rivojlanib bordi. XX asrning 20 yillarining
boshlaridan
Evropada ham, Shimoliy Amerikada fohishabozlikni kamayishi
kuzatilmoqda. Bu an’anani sababi tadqiqotchilarni fikriga kŏra ayollarni iqtisodiy
ahvolini yaxshilanishi, birovga Qaram bŏlib Qolmasligidir. Sobiq ittifoqda
fohishabozlik tŏg’risida gapirilmas edi, yaqindan boshlab tadqiqot natijalari ochiq
matbuotda e’lon Qilina boshlandi, Qaerlardadir bu harakatlar Qonuniylashtirilgan.
20-yillarda kŏp ayollar bunday ish bilan ochlik va etishmovchilik tufayli
shug’ullanishgan. Ular asosan ma’lumoti past ayollar edi. Bugungi kunda sotsial
va yosh bazasini keskin kengayishi kuzatilmoqda. Ayollar bunday ishni ochlikdan,
yŏqchilikdan emas, balki moddiy ahvolini yanada yaxshilashga, «chiroyli hayot»ga
intilishlari tufayli qilmoqdalar. Fohishabozlikka Qarshi
turli siyosatlar olib
borilgan: progibitsionizm (ta’qiq), reglamentatsiya (rŏyhatga olish va meditsinaga
oid kŏrsatish), abolitsionizm (profilaktika), tushuntirish-tarbiyalash ishlari. 1-2
formani etarlicha effektiv emasligi ma’lum bŏldi. Moddiy manfaatdorlikni ŏsishi
bilan ayollarni axloqiy ŏsishi fohishabozlikni bora-bora chetga chiqishiga yordam
beradi.
Hozirgi kunda ŏsmirlar orasida deviant fe’l-atvorni ŏsishi dolzarb muammo
bŏlib qolmoqda. Ŏsmirlar kŏpincha chetga og’uvchi hatti-harakatlarni ongsiz
ravishda, behosdan Qiladilar. Shuning uchun ularning kŏpchiligi Qilgan ishlarini
mohiyatini anglab etmaydi, ŏz xatosini, aybini kŏrmaydi. Sŏrovlar natijasiga kŏra,
ŏsmirlarni kŏpchiligi ŏz jinoiy ishlarini sababini tashqi shart-sharoitlardan
Qidiradilar, tashqi dunyoni ayblaydilar, sŏralganlarni tŏrtdan bir Qismi ŏxshash
vaziyatda har biri shuday hatti-harakat Qilishini aytib ŏtganlar. Ŏsmirlarni hatti-
harakatida chetga og’ish hollarini asosida sotsial-madaniy
ehtiyojlarni
rivojlanmaganligi, ma’naviy dunyoni etishmovchiligi yotadi. Shuni ham ta’kidlab
ŏtish lozimki, yoshlar deviatsiyasi-jamiyatdagi sotsial munosabatlarni aks
ettishidir. Chetga og’uvchi fe’l-atvor sabablarini topish, sotsial yordam tizimini
tashkil Qilish, tushuntirish tarbiya ishlarini olib borish bŏyicha yaxshi ŏylangan,
maqsadli yŏnaltirilgan ishlar Qilish kerak. Inson tarbiyasida eng birinchi va eng
muhim ijtimoiy nazorat instituti bu – oiladir. Farzand tarbiyasida va barkamol
avlodni shakllantirishdan sog’lom oila muhitini ŏrni kattadir.
Qolaversa, inson
hatti-harakati va xulq-atvori, faoliyatini ta’lim muassasalari, mahalla, mehnat
jamoasi, umumdavlat miqyosida esa Qonunni himoya Qilish organlari (sud,
prokuratura, militsiya) ham nazorat Qilib boradi va ushbu shaxsga nisbatan ijtimoiy
nazorat institutlari vazifasini bajarishadi.
Dostları ilə paylaş: