Binobarin, birinchi masalada mehnat ongli faoliyat, ikkinchisida — ishchi kuchini takror
ishlab chiqarish, uchinchidan — ijtimoiy foydali faoliyat sifatida namoyon bo’ladi.
Biz bilamizki, bozor iqtisodiyoti sharoitida barcha ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar
bozor tizimi asosida shakllantiriladi va amal qiladi. Xuddi shuningdek, mehnat
munosabatlari xam mehnat bozori asosida shakllantiriladi va tartibga solinadi. Mehnat
bozori ishga yollanuvchilar va ish beruvchilar, korxona, tashkilot, muassasa hamda
davlat o’rtasidagi mehnat munosabatlari yig’indisidir. Yoki boshqacha aytganda,
mehnat bozori ishchi kuchining mexnatga qobiliyatini sotish va sotib olish tizimidir.
Mehnat bozorida xam talab, taklif, narx va raqobat xal qiluvchi komponent
hisoblanadi. Mehnat bozorida taklif sifatida ishchi kuchining mexnat potensialini
sotish tushunilsa, talab esa mexnat qobiliyatini sotib olish istagini bildiradi. Bunda
talab va taklif o’rtasidagi muvozanat holati nuqtasida narx paydo bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: