Maqsad va vazifalari: Diniy ekstremizmga qarshi kurashish zarurat
ekanligi, kurashning ma’naviy asoslari sifatida huquqiy, diniy, ilmiy
manbalarni ob’yektiv o’rganish lozimligi, kurashning turli usullari sirasiga
huquqiy sohadagi turli qonun va farmoyishlar asosidagi choralar, ma’naviy-
tashviqot, ma’rifiy usullar sirasiga ta’limda qollaniladigan zamonaviy texnologiyaga
asoslangan, OAV larini qollagan holda targ’ibotlar va ulardan oqilona tarzda
foydalanish kerakligi, jahon tajribasidan oziqlanib, ammo mentalitetga mos
keladigan yangi usul va vositalarni topish, qollash kerakligini nazariy tahlil
etish.
Mavzuning predmeti va ob’yekti: diniy ekstremistik harakatlarning
mohiyati va kelib chiqishi, jamiyatga ta’siri unga qarshi kurash, bunda ma’naviy-
ma’rifiy omillar bilan bog’liq masalalar tizimli tahlil etilgan. Shuningdek, diniy
ekstremizmga qarshi kurash usullari bayon etilgan.