Bitiruv malakaviy ishning tarkibiy tuzulishi: Kirish qismi, ikki bob, besh
bo’lim, xulosa va adabiyotlar ro’yhatidan iborat bo’lib, umumiy hajmi_____bet.
10
I.BOB. Diniy ekstrеmizmga qarshi kurashda ma'naviy- ma'rifiy usullardan
foydalanish zarurati
1.1.Diniy ekstrеmizmning: kelib chiqishi, mohiyati va namoyon
bo’lishi
XX asrda dunyoda oldin mavjud bo’lgan jo’g’rofiy manzara
o’zgardi. Bunga sobiq sho’ro davlatining parchalanishi katta ta' sir ko’rsatdi.
Mustaqil davlatlar sonining oshishi bilan birga turli etnik, milliy, diniy,
iqtisodiy, siyosiy muammolarning ko’lam ham kengaydi. Ana shunday global
masshtabda kеng yoyilgan muammolardan biri diniy ekstrеmizmdir. Bu
zo’rovonlikka asoslangan harakatlar nafaq’at O’zbеkiston, balki jahonning
barcha davlatlarini osoyishta yashashlariga rahna solmoqda. Aslida diniy
qadriyatlar o’z mohiyatiga ko’ra insonlarni hamisha yaxshilik sari eltuvchi
bebaho kuchdir Faqat vayronkor g’oyalarni o’zlariga maqsad qilib olgan kimsalar
dindan niqob sifatida foydalanishga urinishadilar:‖...jahon jamoatchiligi...diniy
ekstremizm va fundamentalizm kabi keskin hodisalar munosabati bilan
bezovtalanayotgani, ba’zan hatto xavfsirayotgani ham ko’zga tashlanmoqda‖
2
.
Kishilik tarixiy taraqqiyotida tinchlik va barq’arorlikka rahna soluvchi turli
harakatlarni ko’plab ko’rish mumkin. Insoniyat tarixini o’rganish barobarida
turli bunyodkor va vayronkor kuchlar hamda harakatlarni, ular orasidagi
ziddiyatli munosabatlarni ko’rish mumkin. Agar faoliyatlar ezgulikka
asoslangan bo’lsa, ular jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Agar
faoliyatlar vayronkorliklarga asoslangan bo’lsa, unda jamiyatga salbiy
ta’sirlarni ko’rish mumkin. Bunday harakatlar insoniyat yaralibdiki yuzaga
kelmoq’da va ehtiyojlar, manfaatlar bor ekan abadiydir. Shular qatoriga diniy
ekstremizm, aqidaparastlik va fundamentalizmlar kiradi. Ushbu ilmiy tahlilda
diniy ekstremizm mazmun-mohiyatini, kelib chiq’ish omillarini va ularga qarshi
kurashish zaruratining yuzaga kelishini yoritib o’tamiz. Bu masalani tasniflashda
hozirgi zamon va o’tmish tarixni bog’lash asosida yoritish maq’sadga muvofiq.
XX asrda zo’ravonlik, agressiya inson borlig’ining barcha jabhalariga kirib
2
Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.-
Т.:O’zbekiston,1997y.-34-35 bet.
11
bordi. Diniy ekstremizm zo’rovonlik va vayronkorlik bilan bir qatorda turibgina
qolmasdan, balki ularning o’ziga xos namoyon bo’lishidir.
―Diniy ekstremizm – ekstremizmning din niq’obida namoyon bo’lish shakli.
Esktremizm muammolarni hal etishda o’ta keskin chora - tadbirlarni, fikr-
qarashlarni yoqlovchi nazariya va amaliyotni anglatadi. Diniy ekstremizm ana
shu tamoyillarga asoslanadi‖
3
. Bu tushuncha XX asr ilmiy atamalarida
qo’llanila boshlangan. Aslida diniy mutaassiblik va diniy ekstremizm, terrorchilik
harakatlari, umuman ekstremistik, terroristik faoliyatlar paydo bo’lganiga ko’p
vaqt bo’lgan bo’lsa ham, ularni ilmiy tahlil etish, bunday harakatlarning keng
yoyilishi aynan XX asrda ko’zga tashlanadi. Shu o’rinda ekstremizm
tushunchasining mohiyatiga ham to’xtalib o’tish kerak: ―Ekstremizm tushunchasi
lotincha extremus –―O’ta‖ so’zidan olingan bo’lib, ijtimoiy – siyosiy harakterdagi
muammolarni hal etishda o’ta keskin chora-tadbirlar, fikr - qarashlarni
yoqlovchi nazariya va amaliyot‖
4
.
Ekstremizm mazmuniga ko’ra: diniy va dunyoviy turlarga ajraladi.
Dunyoviy ekstremizmning o’zi siyosiy, iqtisodiy, mafkuraviy shakllarga bo’linadi.
Namoyon bo’lishiga ko’ra: hududiy, mintaqaviy, xalqaro shakllarga
bo’linadi. Diniy ekstremizm reaksion nazariya va amaliyot birligi bo’lib,
ma’lum vayronkor g’oya va mafkuralarga asoslanadi. Ekstremistik qarashlar juda
chuqur ildizlarga ega bo’lib, hyech qachon chegara bilmagan. Shu o’rinda din,
millat va hududni tan olmagan. Dunyoviy ekstremizmning siyosiy, iqtisodiy,
mafkuraviy ko’rinishlari mavjud bo’lgani holda, diniy ekstremizm barcha dinlar
doirasida rivojlangan. Diniy ekstremistik ruhdagi qarashlarni Xristianlik dini
yo’nalishlari bo’lgan: katoliklar, protestantlar, provaslavlarda, shuningdek Islom
dinida ham uchratish mumkin.
Diniy ekstremistlar qayerda faoliyat olib bormasinlar, asosiy maqsadlari
diniy davlatni barpo etish bo’lib, bu maqsadga o’zaro nizolar, ixtiloflar, qurolli
to’qnashuvlar orqali, ya’ni qon to’kish va zo’rlik bilan erishishni ko’zlaydilar.
3
Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar va atamalar.(qisqacha izohli lug’at).-T.:Yangi asr avlodi,
2002-37 bet.
4
O’sha manba. 172 bet.
12
Diniy ekstremizm ham namoyon bo’lishiga ko’ra: hududiy, mintaqaviy
va xalqaro shakllarga bo’linadi. Agar dinlarning paydo bo’lishiga e’tibor beradigan
bo’lsak bunday g’oyalar juda qadimdan yuzaga kelgan va chegara tanlamagan.
Diniy ekstremiz qayerda va qaysi din bayrog’i ostida faoliyat olib bormasin,
hamisha jamiyatning tinch xayotiga rahna solish xususiyatiga asoslanadi. Bu esa,
mustaq’illikka ham, jamiyat taraqqiyotiga ham katta g’ov bo’ladi. Diniy
ekstremistik guruxlar bosh maqsadi bo’lgan davlatni qo’lga kiritish uchun har
qanday jirkanch usullardan ham tap tortmay ishlatadilar. Bugungi kunga kelib
nafaqat Islom dini olamida, balki butun jahonda diniy ekstremizmning asl qiyofasi
to’la-to’kis namoyon bo’lib qolmoqda.Manbalarni tahlil etish jarayonida diniy
ekstremizmni to’laqonli o’rganish uchun avvalo aqidaparastlikni ko’rib o’amiz.
Zero diniy aqidaparastlik diniy ekstremizmning yuzaga kelishiga asosiy omil
vazifasini bajargan. Demak, qadimda ham o’ta ya’ni, ekstremal tushunchasi
lotin va yunon ilmiy ta’limotlarda qo’llanilgan. Keyinchalik bu tushunchani ijtimoiy
tizimning turli sohalariga nisbatan ishlatilgan. Shundan diniy, siyosiy,
iqtisodiy, harbiy ekstremistik harakatlar tushunchalari ishlatilgan. Diniy
ekstremizm asosida diniy aqidaparastlik yotadi.
―Aq’idaparastlik ( aq’ida- arabcha- ishonch) muayyan sharoitda, biron-bir
tamoyilga qat’iy ishonch va uni mutloqlashtirish asosida shakllangan qoida va
tartiblarni, hamda ularni sharoit, holat, vaziyatni hisobga olmagan holda ko’r-
ko’rona qo’llashga urinishni anglatadi‖
5
.
Diniy aqidaparastlik o’z aqidasining shak-shubhasiz to’g’riligiga ishonib,
boshqa firqa va mazhablarni butunlay rad etgan holda ularni tan olmaslik, din
asoslarini buzishda namayon bo’ladi. Boshqacha aytganda, diniy aqidaparastlik –
siyosiy maqsadlar yo’lida mavjud ijtimoiy mummolarni ilk, ya’ni u yoki bu din
paydo bo’lgan paytdagi arkonlar asosida hal etishga intiladigan qarash va
harakatlardan iborat. O’z navbatida diniy aq’idaparastlik - diniy ekstremizmga
zamin tayyorlaydi.
5
Yusupov O. tahriri ostida, Diniy bag’rikenglik va mutaassiblik (yuzta savolga- yuzta javob)-T.:‖Toshkent
Islom Universiteti‖, 2007,44-bet.
13
Turli millat va dunyoviy dinlar asosida aqidaparastlik harakatlari ham
paydo bo’ldi. Buning asosida faq’at o’z g’oyalarini mutloq’lashtirish yotadi.
Aynan shunday g’oyalar ziddiyatlarni kelib chiqishiga sabab bo’ldi. Tarixiy
taraqqiyotda turli guruhlar bunday faoliyatardan o’z maq’sadari yo’lida
foydalanib kelmoq’dalar. Ma’lum yangi ijtimoiy- iqtisodiy tuzumlar yuzaga
kelganda ayniqsa bu kabi harakatlar keskinlashganligini ko’rish mumkin. Hozirgi
davrda o’zaro g’oyalar o’rtasidagi ziddiyatlar va mafkuraviy hurujlar ma’lum
reaksion guruxlarning yangicha kurash usullaridir.
―Fundamentalizim‖, ―Diniy ekstremizm‖, ―Terrorizm‖,‖Diniy mutaassilik‖
va boshqa qator tushunchalar jamiyatda qabul qilingan qonun-qoidarga mos
kelmaydigan va ularga zid bo’lgan g’oyalar hamda faoliyatlarni ifodlaydilar.
Yuqoridagi tushunchalar bir-birlari bilan uzviy bog’liq bo’lib, o’zaro ta’sir
etib, to’ldirib turadilar. Masalan diniy fundamentalizm va diniy mutaassiblik
negizida diniy ekstremizm kelib chiqdi. Diniy fundamentalizm diniy aqidalarni
o’zgartirishga qarshi bo’lib, diniy manbalarni talqin va tahlil etilishiga
murosasiz kurashadilar, aqliy omillar asosidagi fikrlardan diniy e’tiqodni ustun
qo’yadilar. Fundamentalizm u yoki bu ko’rinishda Xistianlik, Yahudiylik,
Hinduizm, Buddizm, Islom kabi dinlarning barchasiga xosdir. Dastlab Islom
dinidagi fundamentalizmning yuzaga kelishida IX asrda yuzaga kelgan
sunniylikdagi hanbaliya mazhabining ta’limoti asos bo’lgan.
Xristian dinidagi fundamentalizmning yuzaga kelishiga XIII asrda Foma
Akvinskiyning Tomizm oqimi ta’limoti asos bo’lgan. Diniy fundamentalizm
ma’lum ma’noda fanatizmning paydo bo’lishiga sabab bo’lgan.
Barcha ma’lumotlarni umumlashtiraylik: diniy fundamentalistlar dastlab
mavjud bo’lgan diniy aqidalarni, manbalarni, g’oya va mafkuralarni, hattoki ilk
diniy urf-odatlarni, an’analarni o’zgartirishga q’arshi bo’ladilar va ularga ijodiy
yondashmoqchi bo’lganlarga ayovsiz qarshi kurashadilar, diniy fanatizm
vakillari o’z dinlarining haq’iqiyligiga qattiq’ ishonadilar va ulardan boshqa biror
din, uninga oid ta’limotlarni tan olmaydilar, o’zga din aqidalariga qarshi
kurashadilar. Diniy mutaassiblar ma’lum bir dinni ishonchli deb e’tirof etdilar
14
va boshqa har qanday din turlari, shakllarini o’zlariga raqib deb bildilar. Agar
ulardagi biror g’oya va ta’limot o’zaro muvofiq tushsa tan oldilar, aks holda keskin
rad etdilar. Tarixiy-falsafiy ma’lumotlarni o’rganganimizda Xristianlik dinidagi
o’rta asrlarda paydo bo’lgan va bu dinni keng tarqalishida asosiy rol o’ynagan
apologenlar asosan shunga o’xshash vazifani bajaradilar:‖Apologen – qadimgi
yunon tilidan olingan bo’lib, apologeomai – himoya qilaman degan ma’noni
bildiradi‖
6
. Qadimgi Rim imperiyasining ko’pxudolik dinlariga nisbatan yangi
din Xristianlikning afzalliklarini targ’ib qilgan, uning yuksak axloqiy
tamoyillarini va jamiyat uchun foydali ekanligini asoslashga uringan ilk nasroniy
ilohiyotchilar va faylasuflar. Ular o’z faoliyatlarida ham ekstremistik va
terroristik harakatlardan foydalanganlar.Bu vaqtda davlat yoki umumjahon
miqyosida ommaviy tus olmagan,ammo tinchlik va osoyishtalikka albatta rahna
solgan. Tarixiy voqyealarni o’rganganimizda diniy mutaassiblik, diniy
ekstremizm,diniy fundamentalistik harakatlar XX asrga kelib juda keng
tarq’alganini ko’ramiz: ‖Masalan XX asr boshlarida AQSH davlatida istiqomat
qiluvchi xristianlik dinining protestantlik oqimi tarafdorlari orasida konservativ
fikr yurituvchilar paydo bo’ladi va kelajakni emas o’tmish aqidalarni yoqlab
chiq’adilar. Ularning faoliyatlari asosida ilmiy muomalaga ―Fundamentalizm‖
atamasi kirib keladi‖
7
. Afsuski ana shu aqidaparastlik va mutaassiblik
harakatlari diniy ekstremizmining paydo bo’lishiga asosiy omil bo’ldilar.
Fundamentalistlar Xristian dinida o’z faoliyatida uch davrga bo’linadi: birinchi
davr- IX asr, ikkinchi davr – XVIII asrni, uchinchi davr- XX asrni q’amrab olgan.
Bu xristianlik dining radikal protestantlik oqimi bag’rida paydo bo’lgan konservativ
(qotib qolgan) yo’nalishdir.U ratsionalizm va eskirgan diniy tushunchalarni qayta
ko’rib chiq’ish tarafdori bo’lgan liberal protestantizimga qarshi qaratilgan edi.
Demak, xristian fundamentalizmi ma’lum g’oyalar, qadriyatlar va maqsadlarga
so’zsiz, ko’r-ko’rona ergashish tarafdori bo’lgan mafkura va siyosatdir.
6
Falsafa: qomusiy lug’at (Tuzuvchi va mas’ul muharrir Q.Nazarov) .-T.:‖Sharq‖,2004.-33bet.
7
Qirg’izboyev M. Terrorizm va ekstremizm: asosiy tushunchalari va yo’nalishlari.-Toshkent.: Abu Ali ibn Sino
nashriyoti, 2001,-8bet.
15
Provaslav fundametalizmi ko’p hollarda milliy tuyg’ular bilan bog’liq holda
namoyon boladi. Provaslaviyening qayta tiklanishi, eng avvalo, Rus (Rossiya)ning
qayta tiklanishi deb qaraladi. Provaslav fundamentalizmida panslavyan g’oyalari
o’rin olgan. Aslida bularda ham ma’lum g’oyani hukmron mavqyega olib
chiqish maqsad bo’lgan. O’z maq’sadlariga esa faqat nizolar, hajm doirasi kichik
bo’lsada terroristik zo’rlikka va ekstremistik harakatlar asosida erishganlar.Ular
faoliyatini tahlil qilganda, maqsadlari yovuz ekanligini va o’z niyatlariga erishish
uchun har qanday qabih usul, vositalardan foydalanadilar. Demak, jamiyat va
insoniyat barqarorligiga tahdid soladi.
Diniy ekstremistik harakatlar yuqoridagi nazariyalarga asoslangan bo’lib,
maq’sadlari davlatni egallash bilan yakun topadi. Diniy ekstremizm, fanatizm,
fundamentalizm kabilar ham shular sirasiga kiradi: ―Afsuski, insoniyat tarixida
diniy ongning ajralmas qismi bo’lgan e’tiqoddan faqat bunyodkor kuch sifatida
emas, balki vayron qiluvchi kuch sifatida, hatto fanatizm (o’ta ketgan
mutaassiblik) sifatida foydalanilganligini ko’rsatuvch misollar ko’p‖
8
.
Diniy ekstremizm diniy mutaassiblikning ma’lum tomonlariga asoslangan
bo’ladi. Jumladan, diniy mutaassiblik turli reaksion harakatlardan foydalanadi, biror
millat va xalqning qadriyatlarini tap tortmasdan oyoq osti qila oladilar, ―vayron
q’iluvchi kuch‖ sifatida maydonga chiqadilar, ikkalasida ham Yaratganga o’z jonini
fido etish muqaddas sanaladi. Terrorizm, fundamentalizm, ekstremizm kabi
mutaassiblikning ham turlari mavjud. Dastlab ―terror‖ tushunchasi qadimgi
yunon tilida ―qo’rqinch‖, ―dahshat‖ ma’nolarini anglatgan holda ishlatilgan.
Keyinchalik diniy ekstremistlarning usuli sifatida terror usuli tilga olingan.
Yana asosiy bir-biriga aynanlik tomoni ular barchasi millatlar, dinlar aro turli
ziddiyatlar va ixtiloflar keltirib chiqaradilar. Davlat to’ntarishlari olib borish
zarur deb hisoblaydilar, diniy nazariyalarni niqob sifatida qo’llaydilar. Diniy
mutaassiblik diniy fundamentalizmning asosi bo’lgan. Diniy agressiv guruhlar
ruhiy ta’sir usullaridan o’z maqsadlari yo’lida foydalanganlar. Hatto o’z
qarashlarining haqqoniy qilib ko’rsatish uchun fanning buyuk allomalari
8
Safarova N. Terrorizm (tarixiy-falsafiy tahlil)- T.: Noshir, 2009,50-bet.
16
nazariyalaridan ustalik bilan foydalanganlar. Bu xuddi yolg’onni chin qilib
ko’rsatgan sofizm ta’limotlariga o’xshaydi. Hozirgi vaq’tda Islom dinidida diniy
ekstremizm o’zining ikki ―davosi‖ bilan ajralib turadi:
go’yo barcha hozirgi zamon musulmon jamoalari islomiy tuslarini
yo’qotganlar va johiliya
9
asri jamiyatlariga aylanganlar. Bunday yondashuv
hukumat va uning olib borayotgan siyosatini tanqid qilishga ―asos‖ bo’lib
xizmat qiladi;
go’yo haqiqiy musulmonlar, ya’ni diniy ekstremistik guruhlar hokimiyatga
kelgach, bo’lajak ―islomiy tartib‖ni o’rnatishi mumkin. ―Islomiy tartib‖ ni
o’rnatish uchun o’ta keskin va agressiv harakat qilishlari zarurligi e’tirof etiladi.
Bunday harakatning qonunga muvofiq’ligi masalalsi esa ular tomonidan umuman
o’rtaga qo’yilmaydi . Zero, ula r faqat shariatga tayanib (aslida shairatni ham ular
tor ma’noda tushunadilar va talqin etadilar) ish ko’rishni va go’yoki islomdan
chekingan hokimiyatni ag’darishga o’zlarini haqli deb da’vo qiladilar.
Islom diniy ekstremizmining o’z kelib chiq’ish tarixi mavjud. Islom dinidagi
ekstremizmining birinchi nazariyotchisi Taqiyuddin ibn Taymiya (1263 – 1328
yy.)
10
edi. U Suriyalik bo’lib, Islom dinini yaxshi o’rganada va o’zi ham shu dinga
oid asarlar yozadi. Taqiyuddin ibn Taymiya o’z davrida eng yirik ilohiyotchi
olimlardan sanalgan. Hatto uning yuz jilddan ortiq asarlari o’rta asrlar islom dini
merosining tarkibiga kiritilgan, bundan tashqari ko’pchilik tomonidan e’tirof
etilgan. Tadqiqotchilarning anqlashicha,Taqiyuddin ibn Taymiyaning ―ko’pchilik
tomonidan e’tirof etilgan‖ligidan diniy ekstremistik guruhlar o’zlarining g’arazli
maq’sadlarida foydalanishsalar kerak.
Taqiyuddin ibn Taymiya yashagan davrda Suriyaning sharqiy hududlari
mo’g’ullar qo’li ostida edilar, ammo axolisi musulmonlar bo’lgan. Hatto Eron
va Iroqda hukmron bo’lgan ilx haqiqiy musulmon deb hisoblamas, shuning
uchun ularga qarshi kurashga da’vat etardi. Buning asl sababi aniqlanmagan,
9
Johiliya- (arab. johillik, bilmaslik ) Arabiston yarim orolining Islom dinidan oldingi davri shunday atalgan.
H.Yo’ldoshxo’jayev va boshqalar. Dinshunoslik, ma’ruza matni.: Toshkent, Universitet, 2000, 126-bet.
10
Yusupov O. tahriri ostida, Diniy bag’rikenglik va mutaassiblik (yuzta savolga- yuzta javob)-T.:‖Toshkent Islom
Universiteti‖, 2007, 50-bet.
17
lekin Taqiyuddin ibn Taymiya 6 yoshli bo’lgan vaq’tda ularning oilasi
mo’g’ullar tomonidan ta’qib qilinadi va ular Harron shahridan Damashqqa
qochishga majbur bo’ladilar, aynan shu uning bir umrga uning xotirasida
qolgan bo’lsa ajabmas. Harqalay, ―islom‖ ekstremistlari Ibn Taymiya ijodining
shu tomoniga qattiq urg’u beradilar. Afsus bu nazariyalar o’z davrida ham,
keyinchalik ham Ibn Taymiya ta’limotlari jamiyat ravnaqi uchunmas, balki
nizolar keltirib chiqaruvchi nazariya sifatida talqin etilgan. Shuning uchun 1981 yil
bahorida Misrning ― Mayu‖ nomli haftalik gazetasi Ibn Taymiya va uning
shogirdi Ibn Kasir ( 1300-1372 ) asarlarini Misr yoshlariga eng ko’p salbiy ta’sir
q’iluvchi, musulmonlar o’rtasida ziddiyatlar urug’ini sochuvchi, islom yo’lida
сиёсий hокимиятни zo’rlik bilan egallashni asoslab beruvchi manba sifatida
ko’rsatganlar. Islomshunos olim E.Sivan ta’biri bilan aytganda, Ibn Taymiya va
uning izdoshlarining ta’limotlari keyinchalik eng radikal deb topilgan. Ularni
tadqiq etishda ham nihoyatda e’tiborli va ehtiyot bo’lishga chorlaganlar.
Agar Ibn Taymiyani ―islom‖ ekstremizmining g’oyaviy ―bobokoloni‖
deb hisoblash joiz bo’lsa, ― Musulmon birodarlar ‖ harakatining rahbari Hasan
al-Bannoni
11
(1906 – 1949) uning otasi deyish mumkin. Sababi,Hasan al-Bannon
birinchi marta ―Islom davlati‖ g’oyasini ishlab chiqadi. Uning fikricha, siyosat
va din bir-biri bilan ajralmasdir, chunki islom bu- ―...iymon va jamiyat, masjid
va davlat, bu dunyo va u dunyodagi xayot‖ demakdir. Pirovard maq’sad esa
umumjahon islom davlati- musulmon millatlari federatsiyasini tuzishdir.
―Musulmon birodarlari― tashkiloti vahhobiylik mafkurasi asosida
birinchi marta Misrda shakllanadi. Noan’anaviy oqimlar hammasi shunga borib
taqaladi. Bu tashkilot rahbari Hasan al-Bannon 1906 yilda Misrda dindor oilada
tavallud topadi. 12-13 yoshlarida diniy bilimlarni zukkolik bilan o’rganadi. 1926 yil
Hasan al-Bannon Qohiraga o’qishga boradi. Oliy ta’limda 4 yil davomida tahsil
oladi, Ismoiliyaga o’qishga boradi va targ’ibot ishlarini olib boradi. 1928 yilda
―Al-Ixvon al-muslimin‖ (Musulmon birodarlari) tashkilotiga asos soladi. Tashviqot
11
Abdullajonov O. Diniy aq’idaparastlikning kelib chiq’ishi, mohiyati va O’zbekistonga kirib kelishi.- T.:Akademiya,
2000, 59-bet.
18
yordamida uning tarafdorlari ko’paya boradi. 1934 yilda Qohiraga keladi va
faoliyatini yanada kengaytirishga muvoffaq bo’ladi, hatto tashkilot nashriyotiga
ham ega bo’ladi. 1935 yildayoq uning tarafdorlari soni 40 taga yetadi.
Tashkilotning 102 ta filiali tashkil etiladi. Tashkilot ham moddiy, ham ma’naviy
jihatdan kuchaya boradi.
Ularning shiori xudo- mutloq g’oya, payg’ambarimiz yo’lboshchimiz,
maqsadga erishish vositasi faqat – jihod, Alloh yo’lida jon berish muqaddas
tilagimiz. Ikki qilich kesilgan joyda Qur’on rasmi bor – ularning ramzi
hisoblanadi.
Bu tashkilot va uning kichik guruhlari dastlab 1928 – 1936 yillardagina
qisman xayriya ma’rifatchilik bosqichi faoliyatini olib borganlar, ammo
keyinchalik to’li’ reaksion, agressiv va tajovvuzkorlik harakatlarini olib borgan va
hozirda ham shunday buzg’unchilik faoliyatlarini davom ettirmoqda. Aniqroq qilib
aytganda ularning hozirgi zo’rlikka asoslangan terror va ekstremistik harakatlari
faqat shafqatsizlikka asoslangan, oshkora tajovvuzni olib bormoqdalar. Bunday
faoliyat global doirada ko’proq Islom va Xristian diniga asoslanib olib borilmoqda.
Emish-ki, ularning ta’limotlari Islom dini tarqalgan mamlakatlarda
Qur’on va Shariatda ifodalangan qoidalarga to’diq rioya ’iluvchi ―Islomiy
adolat‖ tamoyillari o’rnatilgan jamiyat qurish uchun siyosiy kurashni olib borish
kerak. Diniy ekstremizmga asoslangan tashkilotlar murakkab va rivojlangan
tizimga ega. Ularning tarkibiga harbiylashgan guruhlar, chet el shaxobchalari
mavjud, dastlab jamiyat faqat arab davlatlarida faoliyat olib borardi. Sobiq
Sho’rolar tuzimining yemirilishi bilan ularning harakatlari kengaydi va oshkora
tajovvuz asosida jahon bo’ylab global mashstabni egallay oldilar. XXI – asrga
kelib jahonda ko’plab mamlakatlarda ularning faoliyatlari rasman
ta’qiqlanganlar. Afsus bilan qayd etish kerak-ki ularni tarafdorlari ham mavjud.
Rahbariyati g’arbiy Ovrupa mamlakatlaridagi markazlardan turib
boshqaruvni olib boradilar. ―Al-ixvon, al-muslimin‖ g’oyalari 3 narsaga asoslanadi:
1.Islom nuqtai nazaridan musulmonlar bir millatni tashkil qiladilar.
Geografik va e’tiqod bo’yicha birodarlardir, geografik muhitni tan olishmaydi.
19
2.Islom nafaqat din, balki turmush tarzi unda iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va
dunyoviy masalalar qaror topgan.
3.Islom hamma xalqlarni tabaqalarini birodarlikka chaqiradi. Yagona rahbar
xalifa bo’lishi kerak.
1944 – 45 yillarda Xasan al-Banna boshchiligidagi maxfiy organlar Misr
vazirlariga do’q-po’pisa qila boshlaydilar. Ular ta’lim vaziridan barcha
dunyoviy fanlar o’rnini diniy fanlar egallashi, ta’limning barcha bosqichlarida diniy
fanlar o’qitilishini talab qiladilar. Bosh vazir uni tergaydi, shuning uchun unga
nisbatan suyiqasd uyushtiradilar va oqibatda Xasan al-Banna q’amoqqa olinadi.
1948 yilda Xasan al-Banna o’ldliriladi.1952 yil 26 iyunda Misrda revolyutsiya
bo’lib, davlat tepasiga Jamol Abdil Nosir boshchiligidagi hur ofitserlar guruhi
keladi. 1956-58 yillarda
AS-SUVON
to’g’oni qurilgandan so’ng sobiq SSSR bilan
munosabatlarini yaxshilaydi. Aynan shu holat diniy ekstremistik guruhlarga
yoq’maydi va ular 1956 yilda Abdil Nosirga suyiqasd uyushtiradilar, afsuski
muvoffaqiyatsiz yakun topadi. Shundan so’ng Jamol Abdil Nosir suyiq’asd
uyushtirganlarni dorga ostiradi, ularga q’arshi keng ko’lamli faoliyatlar tashkil
etiladi. Shu sababli, ularning bir qismi Iordaniyaga qochib, o’sha yerda yashirin
faoliyat olib bora boshlaydilar. 1967 yilda arab- isroil urushi boshlanadi, bu ularning
faoliyati kuchayishiga qo’l keladi. 1970 yilda J.A.Nosir vafot etadi. Davlat
tepasiga Anvar Saodat keladi. Dastlab u diniy ekstremistik guruhlar faoliyatiga
ko’mak beradi, keyinchalik ularni chetlashtira boshlaydi. Darg’azab bo’lgan diniy
ekstremistik guruh a’zolari 1981 yil 6 oktyabrda Anvar Saodatga suyiq’asd
uyushtirib, o’limiga sababchi bo’ladilar. Ana shundan so’ng diniy
ekstremistlarga nisbatan davlatda siyosiy kurash avj oladi va ular keng
ma’noda ta’qibga duchor bo’ladilar. Asta – sekin shu vaqtga qadar yagona
tashkilot bo’lgan ― Musulmon birodarlari ― orasida bo’linish yuz beradi va ular
3 yo’nalishga ajralib ketadilar.Jumladan:
1.‖Muxtadillar― – Xasan al-Banna va Saxid Qutb tarafdorlari.
2.―Islom demokratlari‖ – ―islom sotsializmi‖ ta’limoti izdoshlari.
20
3.Terror uslubini qo’llovchi turli ekstremistik tashkilotlar, ular orasida
―Al-jihod‖, ―Xizb at-tahrir, al-islomiy‖ (―Islom ozodlik firq’asi‖), ―Hizbulloh‖ va
boshqa tashkilotlar.
―Musulmon birodarlar‖ harakatidan yetishib chiqqan Sayyid Qutb
(1906-1965) hozirgi zamon ―Islom‖ ekstremizmining asoschisi deb tan olingan.
o’tgan asrning 50-60- yillarida Misr qamoqxonalarida jazo muddatini o’tagan
S.Qutb o’zining yangi ―nazariya‖ sini e’lon qildi. Unga ko’ra, o’zini
musulmon deb hisoblovchilarning aksariyati aslida musulmon emas va
dunyodagi barcha davlatlar islomga qarshidirlar. Bu ―fikrlar‖ S.Qutbning
qamoqxonada yotib yozgan ―Qur’on soyasida‖ (―Fiy zilol al-Qur’on‖) va ―Yo’l
ko’rsatkichlari‖ (―Ma’olim fit-tariq‖) nomli kitoblarida bayon etilgan. 1965 yili
S.Qutb xastaligi tufayli qamoqdan ozod qilingan, ukning rahbarligidagi
ekstremistik guruh mamlakatda hokimiyatni egallashga hozirlik ko’ra boshladi.
Ammo yangi hibsga olishlar to’lqini bunga imkon bermadi. S.Qutb esa o’sha
yili dorga osildi. Hozirgi zamon ―Islom‖ ekstremizmi yuqorida zikr etilgan
ta’limotlarga tayaasada, bugungi kunda O’ziga xos talq’in va yondashuvlar
mavjudligini ham inkor etib bo’lmaydi. Buni hozirgi vaqtda so’l islom
oqimlarining umumiy g’oyaviy uyushmasi sifatida Pokiston, Hindiston va
Bangladeshda (1671 yildan) faoliyat olib borayotgan ―Jamoati islomiy‖ misolida
ham ko’rish mumkin. ―Jamoati islomiy‖ ning nazariy dasturini pokistonlik Abul
Alo Mavdudiy ishlab chiqqan. Partiyaning ustaviga ko’ra rahbariyat tarkibi
islomiy prinsip- mushovara (maslahat) asosida tuziladi. Tashkilotni barcha
a’zolar tomonidan saylanadigan amir boshqaradi. Partiyaga a’zolik
chegaralangan: unga ―shaxsiy va ijtimoiy hayotda shariat qonunlariga q’at’iy
rioya qiladigan‖, sinov muddatini o’tagan hamda qasamyod qilgan shaxslar
qabul qilinadi. Mavdudiy ta’biri bilan aytganda, go’yo Pokistonning atigi 4-5%
aholisi haqiqiy musulmon hisoblanishi mumkin. Shu boisdan, partiyaning to’la
huquli a’zolari soni uncha katta emas(2500-3000), ammo uning asosiy kuchini
behisob ―tarafdorlar‖ va ―xayrihohlar‖ tashkil etadi. ―Jamoati islomiy‖ ijtimoiy
jihatdan ziyolilar, talabalar, kichik mulkdorlar va shahar quyi tabaq’alari hamda
21
harbiylarning konservativ toifalaridan tarkib topgan. Partiyaning asosiy maqsadi
– islom davlatini tuzishdir. Bunday davlat tuzumini Mavdudiy ―teodemokratiya‖
deb atagandi va u ―yangi tipdagi (ya’ni uning o’ziga o’xshagan) ulamolar
tomonidan boshqarilishi kerak‖. A.Mavdudiy vafot etgach, partiyaga Mian Tofail
Muhammad, G’afur Ahmad va Mavdudiyning o’g’li Mavlono Faruqiy Mavdudiylar
rahbarlik qilmoqdalar.
Diniy ekstremizm yoki ashaddiy a’idaparastlik turli ko’rinishlarda
namoyon bo’lishi mumkin. Ol’sterdagi ―ultra‖ protestantlar, Yaqin va O’rta
Sharqdagi ―musulmon birodarlar‖, Markaziy Osiyo va Kavkazda paydo bo’lgan
ekstremistik harakatlarning jamiyat hayotidan izdan chiq’arish yo’lidagi
urinishlari, amaldagi qonunchilikni tan olmaslikka intilishlari, mavjud siyosiy
tuzumga qarshi kurashi deyarli bir xil uslubda olib boriladi. Yuq’oridagi
mulohazalardan ekstremistik harakatlarni barcha dinlar doirasida uchratish mumkin,
degan xulosani chiq’arish mumkin.
Diniy ekstremizm shakllangan ijtimoiy tuzilmalarga, siyosiy
tartibotlarga
qarshi
chiqib,
ularning
barqarorligiga
rahna
solishga,
kuchsizlantirishga, o’z maqsadlariga erishish uchun odatdagidek kuch ishlatish
usullari bilan ag’darib tashlashga harakat qiladi. Diniy ekstremizm rahbarlari
har qanday kelishuvni, muzokarani, bitimni inkor etadilar. Hyech qanday o’zaro yon
bosishga yo’l qo’ymaydilar. ―Yo hammasi, yoki hyech narsa‖ tamoyili bo’yicha
harakat qiladilar. Demak, bu masalada diniy-siyosiy ekstremizm terrorizm bilan
bir safda turadi.
Diniy ekstremistik faoliyatni tarroristik harakatlar bilan bog’liq olib
borganlar. Bunday diniy tashkilotlar va guruhlarga ko’plab misol keltirish
mumkin. Ular tajavvuzkorona va zug’um bilan o’z harakatla-rini olib borganlar.
Masalan: Vahhobiylik, Al-Ixvon al-muslimin tashkiloti, Hizb at-Tahrir al-islomiy
(Hizbut tahrir) guruhi, Akromiylar guruhi va boshqalar.
Vahhobiylik XVIII asrda Arabiston yarim orolida vujudga kelgan dini-
siyosiy oqimdir. Uning asoschisi Muhammad ibn Abd al-Vahhob 1703 yili
Arabiston yarim oroli Najd o’lkasining al—Uyayna degan joyida tavallud topgan.
22
Bu davrda uning otasi Abd al-Vahhob ibn Sulaymon mustaqil mahalliy amir
hokimiyatida qozilik lavozimida xizmat qilar edi. Muhammad yoshiligdan diniy
ilmlarni o’z otasi rahbarligida o’rgana boshladi. U an’anaga ko’ra, Qur’onni yod
oldi, tafsir va hadis ilmlari bilan tanisha boshladi. Bir necha bor Misr, Suriya,
Qurdiston, Iroq, Eron mamlakatlarida bo’lib, ko’pincha ulamolar suhbatida o’zining
janjalkashligi va mutaassibligi bilan ajralib turgan. U o’z targ’ibotchilik faoliyatini
1730 yillarda boshlab, birinchi maqsadi o’ziga munosib homiy topish bo’ldi.
1745 yili Muhammad ibn Abd al-Vahhob ad-Dir’iyya vodiysiga uning
amiri Muhammad ibn Sa’ud taklifiga binoan ko’chib o’tdi. Bu bilan
Muhammad ibn Sa’ud o’z hokimiyatini kuchaytirishda vahhobiylikdek
mafkuraviy qurolga ega bo’ldi. Vahhobiylar o’zlari xohlagan jamoani kufrda yoki
shirkda ayblashlari va unga qarshi jihod e’lon qilishlari mumkin edi.
Muhammad ibn Sa’ud esa bu jihodni amalga oshirib, o’z hokimiyati chegaralarini
kengaytirishni boshladi. Muhammad ibn Abd al- Vahhob 1972 yili vafot etdi.
Muhammad ibn Sa’ud va uning sulolasi vahhobiylik bayrog’i ostida olib
borgan urushlari 1932 yilda Saudiya Arabistoni davlatining tuzilishi bilan
yakunlandi.
Vahhobiylik ta’limoti diniy masalalarida din fundamentini saqlash va
o’z maqsadlariga ekstremistik harakatlar bilan erishishni belgilab oldilar.
Fundamentida, ya’ni Payg’ambar davri voqyeiyliklariga qaytishn i talab etdi.
Ular barcha muxoliflarini bid’atchilikda, ya’ni dinga yangilik kiritganlikda
ayblaydilar, o’zlarining siyosiy dushmanlarini esa mushriklikda ayblashganlar,
ularga qarshi jihod olib borishga fatvo berdilar. Axloq’iy masalalarda nazariy
jihatdan, garchi shaxsiy kamtarlik, mol-mulkka hirs qo’ymaslik, dunyoviy
hayotda toat-ibodatga aksariyat vaqtni sarflashna targ’ib qilsalarda, lekin amlda
saroy ahlining bosqinchilik urushlari qo’shni qabilalar mol-mulklarini talash
oqibatida gap bilan amal o’rtasida ziddiyat paydo bo’ldi.
Vahhobiylik harakatlari Usmoniylar imperiyasi (1453-1924) hududlarida
vujudga kelganligi va imperiya bilan bu harakat o’rtasida bir necha qonli
to’qnashuvlar yuz berganligi tafayli bu oqimda turk islomiga qarshi bo’lgan
23
kuchli kayfiyat o’z aksini topdi. Imperiyaning markaziy hududlarida hanafiylik
mazhabi mutloq hukmron mavqyega ega bo’lganligi uchun mazkur maktab
qoidalari qattiq’ tanqid qilindi.
Shuningdek, vahhobiylik harakati mafkurasining markazida avvaliga
Arabiston yerlarini birlashtirish orqali, keyinchalik butun islom dunyosida islom
davlatini shakllantirish g’oyasi ham mavjud edi. Ular bu maq’sad yo’lida har
qanday qurbonliklarga tayyor edilar.
Vahhobiyllarning chet ellarda ko’plab tаshkilotlari bo’lib, ular faol
harakat olib boradilar. Ularning ko’pchiligi yashirin siyosiy faoliyatolib boradi.
Ish uslublari – diniy hissiyotlari kuchli bo’lgan fuq’arolarni jamiyatlariga tortib,
ularni qayta tarbiyalash, so’ng ulardan tashviqot va ijtimoiy tartibbuzarlik,
ekstremistik harakatlarda foydalanish. Bu ishlarga, ayniqsa, yoshlarni, bolalarni,
hayot tarzidan norozi bo’lgan shaxslarni jalb qiladilar. Xayriya fondlari orqali
mayib-majruhlarga, yetim-yesirlarga yordam, diniy ta’lim berish, turli diniy
adabiyotlarni tarqatish kabi yo’llar bilan keng targ’ibot ishlarini olib bordilar.
Kishilarga fanatizm, murosasizlik, o’zgalar fikrlari va manfaatlariga hurmatsizlik
ruhini singdirishga urinadilar.
Vahhobiylik harakatini har tomonlama o’rganganimizda ularning
maqsadlari, barcha faoliyatlari faqat yovuzlikka asoslangan ekanligi, jamiyat
taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko’rsatganliklarini, millatlar, xalqlarning osuda xayotiga
yot g’oyalari bilan rahna solganliklarini, bundan keyin ham ularning
maqsadlari shundan iborat bo’lishligini teran angladik.Aniqroq aytsak: ―Ayni
paytda, kitobda diniy ekstremizm va terrorizm, missionerlik va prozeditizmning
jamiyat barqarorligiga tahdidi, turli oqim va firqalarning g’arazli g’oya va
maq’sadlari tegishli manbalar va aniq’ dallilarga tayangan holda ko’rsatib
berilgan‖
12
Diniy ekstremizmga asoslangan radikal tashkilotlardan yana biri ―Hizb at-
Tahrir al-islomiy‖ (Hizbut tahrir) 1928 yilda Misrda tashkil topgan ―Musulmon
birodarlar‖ ekstremistik tashkilotidan ajralib chiqqan 1952 yilda Quddus shahrida
12
Ubaydullayev U. Xalqaro terrorizm: tarixi va zamonaviy muammolari.-T.: Universitet,2002.-56 bet.
24
falastinlik shayx Taqiy ad-din an- Nabahoniy (1909-1979yy) tomonidan asos
solingan. U Hayfada tug’lilib o’sgan, Qohiradagi ―al-Azhab‖ universitetida ta’lim
olgan.
―Hizb‖ arabcha so’z bo’lib, lug’aviy ma’nosi partiya yoki firq’adir.
Ko’pligi ―ahzob‖, partiyalar yoki fir’alar degan ma’noni ifodalaydi. Bu nom
zamonaviy partiyalarga ham, diniy oqimlarga nisbatan ham ishlatishi mumkin.
Masalan: ―Hizb ash-shuyu’iy‖ (―Kommunistik partiya‖), ―Hizb al-Vataniy‖
(―Milliy partiya‖), ―Hizbulloh‖ (―Allohning partiyasi‖).
Hizbning asosiy maqsadi- avval arab davlatlari miqyosida xalifalik
shaklidagi islom davlatini tuzish. Ularning asosiy da’vosi- Mustafo Kamol
Otaturk tomonidan 1924 yili Usmoniy xalifa Ikkinchi Abdulmajid (1922-1924)
xalifalikdan g’ayriqonuniy chetlatildi. Davlat diniy-islomiy qonunlar asosida xalifa
tomonidan idora etilishi lozim. Hizb dasturi 187 banddan iborat bo’lib, asosmiyoy
maqsadlari- hokimiyatga erishish. Bundagi asosiy yo’l – islomiy fikrlovchi
shaxslarni shakllantirish. Ularga islomiy ta’lim-tarbiya berish ikki bosqichdan
iborat:
1.U bilan islom ta’limotini o’rgatish yo’lida madaniy-ma’rifiy ishlar olib
borish. 2.Siyosiy faoliyatga tortish faoliyati uch bosq’ichda olib boriladi: g’oyaviy-
fikriy kurash; jamiyatda g’oyaviy inqilobni amalga oshirish; hokimiyatga
faqatgina umma- jamoaning to’liq roziligidan so’ng kelish.
Hizbut tahrir tarafdorlari ko’pgina musulmon davlatlari, jumladan
Tunis, Iroq, Jazoir, Sudan, Yaman va boshqalarda o’z qaoliyatlarini yashirin olib
bormoqdalar. Uning hozirgi kundagi rahbapri Abd al-Q’adim az-Zallumdir.
Hizbut tahrir tuzilish jihatidan piramida shaklidadir. Har bir guruh
(halqa) alohida-alohida bo’lib, 5-6 kishidan iborat. Guruhlarning o’quv ishiga
―mushrif‖ rahbarlik qiladi. Undan tashqari guruhda yana bir rahbar ―amir‖
bo’lib, u mushrifga mushg’ulotlarni o’tkazishda bevosita yordam beradi. Dastlab
mustaqillik arafasida Markaziy Osiyda 1990 yil oxirlarida ―Islom lashkarlari‖,
25
―Tavba‖, ―Adolat‖
13
kabi guruhlar faollashdilar, jumladan Farg’ona viloyatiida
yashirin harakatlarini olib bordilar. Asosan esa O’zbekiston hududida 1992
yildan boshlab tashkilotning bo’linmalar tashkil etila boshlangan. Hizb safiga
kiruvchilar o’z partiyalar haq’idagi ma’lumotolarni hyech q’achon hyech
kimga oshkor etmasliklari, o’z mushrifi buyurgan vazifalarni so’zsiz bajarishga
Qur’on bilan qasam ichadilar. Hizb mutasaddilari o’z tarafdorlarini ko’proq
ziyolilar, ilmiy xodimlar, talaba yoshlar orasidan qidiradilar.
Yetarli ta’lim olgan shaxslar keyinchalik o’zlari mustaqil guruh tuzishlari
lozim. Tahrirchilarning ta’limi bosqichma-bosqich olib boriladi. Birinchi
bosqichda ―Islom nizomi‖ va ―Izzat va sharaf sari‖ kitoblari bo’yicha o’qitiladi, ―al-
Va’y‖ jurnalidagi ma’lumotlar muhokama qilinadi. Keyingi bosqichlarda
―Demokratiya kufr nizomi‖, ―Siyosiy ong‖, ―Xalifalikning tugatilishi‖, ―Hizbut
tahrir tushunchalari‖, ―Islomiy da’vatni yoyish vazifalari va sihifatloari‖ kabi
kitoblari o’qitiladi
14
. Bu adabiyotlar partiya manfaatlarini ko’zlab, Qur’on oyatlari
va hadislarni noto’g’ri talqin qilib dindorlar ongiga ta’sir qilish mo’ljallangan.
Ushbu nashrlar dindorlarni siyosiylashtirilgan islomga targ’ib etib, ularni
fuqaroviy bo’ysunmaslikka va muomaladagi umumiy qoidalarni inkor etishga
chaqiradi.
Hozirgi zamon islom ulamolari- Yusuf Qarzoviy, Sayyid Muhammad at-
Tantoviy, Nosir ad-din al-Alboniylar Hizbut tahrirni ohod hadislarga, qabr azobiga,
sirot ko’prigiga ishonmasliklari uchun ularni ahl as-sunna va-l-jamo’a safidan
chiqqan hisoblaydilar.
Akromiylar ham XX asrda tashkil topgan diniy ekstremistik guruhlar
tarkibiga kirdi. Respublikamiz hududida tashkil topgan, hozirda faoliyati deyarli
to’xtatilgan. U guruh harakati noan’anaviy ham islom ta’limotiga, ham
konstitutsiyaviy davlatchilik asoslariga zid bo’lgan.
13
Husniddinov.Z .Diniy ekstremizm va tarrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari, Toshkent.:Toshkent
Islom Universiteti nashriyoti, 2005,-64 bet.
14
Husniddinov.Z .Diniy ekstremizm va tarrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari, Toshkent.:Toshkent
Islom Universiteti nashriyoti, 2005,-44 bet.
26
Akromiylar 1996-1997 yillarda Andijonda tashkil topgan, uning nomi
guruh asoschisi- 1963 yilda tavallud topgan Yo’ldoshev Akrom bilan bog’liq.
A.Yo’ldoshev o’z ta’limotini Hizbut tahrir vakillaridan biri bo’lgan, mahalliy
rahbari Abdurashid Qosimovdan 1990 yilda saboqlari va g’oyalari asosida
shakllantirgan. Keyinchalik A.Yo’ldoshev mahalliy Hizbut tahrirchilar bilan
kelisha olmay qoladi va ajralib ketadi. Demak, bu guruh o’z-o’zidan yuzaga kelgan
emas, ularning yuzaga kelishi va faoliyati ham oldin mavjud bo’lgan va o’zga
davlatlarda ish olib borayotgan reaksion tashkilotlar bilan bog’liq. Yo’ldoshev
Akrom Hizbut tahrir yetakchilaridan biri bo’lgan an-Nabahoniy g’oyalari
ifodalangan Islom nizomi‖, ―Xalifalik‖, ―Izzat va sharaf sari‖ nomli asarlari asosida
12 darsga mo’ljallangan ―Iymonga yo’l‖ risolasini yozgan. Shu sababdan
akromiylarni ―Imonchilar‖ deb ham yuritiladi.
Akromiylar ham davlat tepasiga chiqish kabi g’arazli maq’sadni
ko’zlaydilar. Akromiylar faoliyati siyosiy hokimiyatga erishishning 5 bosqichini
rejalashtirganlar:
15
1.―Sirli‖; 2. ―Moddiy‖; 3.―Uzviy‖;
4.―Maydon‖; 5.‖Oxirat‖ yoki To’ntarish
Dastlabki uch bosqich asosan yashirin amalga oshirilishi, to’rtinchi va
beshinchi bosqichlar tamomila o’zlari belgilagan hududlar islomlashtirish davri
tugagach boshlanishi va ochiqdan-ochiq hokimiyat uchun kurash bosqichlari
bo’lmog’i lozim edi.
Bu guruh a’zolari asosan hunarmandlardan iborat bo’lib, ular rasmiy
ishxonalardan bo’shab, jamoa
ma’qullagan mehnat faoliyati bilan
shug’ullanganlar. Zaruriyat tug’ilganda ―birodarlari‖ ga ―jamoa banki‖dan
moddiy yordam berganlar. Undan tashq’ari jamoa a’zolariga tashkiliy ravishda
oziq-ovqat mollari tarqatib turilgan. Quda-andachilik faq’at ―birodarlar‖ o’rtasida
amalga oshirilgan.
XX asrda zo’rovonlik, agressiya inson borlig’ining barcha jabhalariga
kirib bordi. Diniy ekstremizm va terrorizm zo’rovonlik va vayronkorlik bilan
15
Yo’ldoshxo’jayev H, Rahimjonov D., Komilov M. Dinshunoslik.-T.: Universitet,2000.-123bet.
27
bir qatorda turibgina qolmay, balki ularning o’ziga xos namoyon bo’lishi
hamdir. Zero sivilizatsiyaning nozik qobig’i ostida vayronkorlik instinkti
yashiringan bo’lib, u har qachon o’zini namoyon etishi mumkin. XX asrda
sodir bo’lgan ikkita jahon urushi buning yaqqol misoli bo’lib, oqibatda
taraqqiyotni bir muncha vaq’t izdan chiqarib yubordi, uni halokat yoqasiga olib
bordi. Inson faoliyatida voqyea bo’layotgan g’ayriinsoniy hatti – harakatlar
jamiyatning o’zini o’zi yo’q qilishiga olib kelishi mumkin. Eng yomoni shukndaki
biror muammo hamisha o’zining ortidan qator muammolarni yetaklab keladi.
Shundan kelib chiqib diniy mutaassiblik va aqidaparastlik diniy ekstremizmni
keltirib chiqardi, o’z navbatida diniy ekstremizm qabih harakatlarini terroristik
usullar bilan omuxtalashtirib olib bormoqda. Demak diniy ekstremizm va diniy
aqidaparastlik terrorizm kabi zo’rovonliklar bilan namoyon bo’lar ekan. Endi ular
keltirib chiqaradigan xavf haqida to’xtalsak.
Diniy ekstremizm tarixiy jihatdan kelib chiqqan dastlabki davrlardan o’z
oldiga qo’ygan maqsad va vazifalari, qo’llagan kurash vositalari, g’oyaviy
da’volari bilan insoniyat uchun katta ijtimoiy xavfga aylanish imkoniyatiga
ega bo’lgan va ma’lum tarixiy davrlarda bunday imkoniyat voqyelikka aylandi.
Lekin XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, diniy ekstremizm butunlay
yangi sifat darajasini kasb etdi hamda o’zida ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy
holatni mujassamlashtirdi.
Hozirgi davrda diniy mutaassilik va diniy ekstremizm qo’llayotgan vositalar
intellektual va texnik jihatdan eng zamonaviy bo’lib , ko’lami jihatidan butun
dunyoni qamrab olmoqda.
Diniy ekstremistik guruhlari XX asrning ikkinchi yarmi oxirlaridan
boshlab nihoyatda faollashganlar. Bunday oqimlar sirasiga Afg’onistonda
Usoma bin Lodin, Suriyada ―Hamas‖, Livandagi ―Hizbulloh‖, ―Islom jihodi‖,
Falastinda ―Tanzim‖ guruhlari kiradi. Ular o’z faoliyatlarini turli davlatlarning
moliyaviy ko’maklariga tayanib olib bormoqdalar. Bunday ko’maklardan
Damashq, Bag’dod, Afg’oniston, Suriya, Eron, Livan, Falastin va boshqa ko’plab
28
davlatlar bermoq dalar. Fundamentalistlar, diniy ekstremistlar, terroristlar birgalikda
faoliyat olib bormoqdalar.
O’z maqsadlariga erishish uchun har qanday razil va vahshiyona
usullardan foydalanadilar. Bunga targ’ibot- tashviqot (kitob, risola va
nashriyotning boshqa manbalaridan yashirincha tarqatib foydalanadilar), bundan
tashqari ular moddiy va ma’naviy qiynalgan, boshiga kulfat tushgan insonlarni,
ta’sirlarga tez beriluvchi yoshlar, ma’naviyati zaif kimsalarni izlab topadilar va
ularga o’zlarining qarashlarini ―Qur’on‖ ning ba’zi oyatlari bilan mustahkamlab
aldov usullar bilan ishontiradilar. Afsuski asl din ilmini zaif bilgan odamlar
ularning balandparvoz va fasoqatli notiqliklariga osongina aldanishlari mumkin.
Bundan tashqari ular ba’zi axloqiy me’yorlardan ustalik bilan foydalanadilar.
Masalan ―bandalar ularni teran fikrlashlariga halaqit beruvchi ichimliklarni qabul
qilishlari haromdir‖ kabi islom dini me’yorlaridan ustalik bilan foydalanadilar.
Bunday kimsalarga din, uning go’zal oyatlari va hadislari bir niqobdir. Ammo
bunday razil kimsalar ma’lum davlatlardagi ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy
inqirozlar, bo’shliqlar yuzaga kelganda o’ta faollashadilar . Ularning faoliyatlari
juda keng qamrovli, jamiyatning barcha sohalarini e’tibordan chetda
qoldirmaydilar. Hurmatli Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek: ― Aslini
olganda, xavfsizlikka solinayotgan tahdidlar ancha serq’irra. Ular siyosiy
ekstremizm, shu jumladan diniy ruhdagi ekstremizmni, millatchilik va milliy
mahdudlikni, etnik, millatlararo, mahalliychilik va jinoyatchilikni, ekologiya
muammolarini o’z ichiga oladi‖
16
.
Mafkuraviy nuqtai nazardan diniy ekstremizm har qanday boshqa
fikrlarni inkor etadi. O’zining mafkuraviy va diniy qarashlarini qo’pol
ravishda boshqalarga majburlab qabul qildirishga harakat qiladilar. O’z
muxoliflarini turli vositalar bilan majburlaydilar. Ekstremistlar o’z tarafdorlarini
ularning har bir ko’rsatimalariga og’ishmay amal qilishlarini , ularga ko’r-
ko’rona ishonishlari lozimligini uqtiradilar. O’z qarashlarini himoya qilar ekanlar
16
Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.-
T.:O’zbekiston,1997y.-14 bet.
29
ular aqlga emas, ko’proq hissiyotga suyanadilar.Ekstremistlar va terroristlar o’z
maqsadlariga erishish uchun kutilmagan usullar va hujum yo’nalishlarini
belgilaydilar. Ming afsus ular rejalarini amalga oshirish uchun ancha oldindan
tayyorlab borilgan o’z hayotini qurbon etishga ham tayyor turuvchi
mutaassiblardan foydalanadilar. Bu fanatlar ko’pincha yoshlar, ayollar, hatto
voyaga yetmagan bolalar ham bo’lishi mumkin. Endi harakatlarini psixologik
tahlil etsak. Nima uchun ular aynan odamlarning aynan shu qatlamiga
murojaat qiladilar? Sababi ularda bilim, tajriba, ko’nikmalar yetarli bo’lmaydi-
bu yoshlar va voyaga yetmagan bolalarga tegishli kamchiliklar. Endi ayollarga
kelsak, ular ko’pincha hissiyotga beriluvchan, diniy-huquqiy bilimlari yetarli
bo’lmaganlaridan, yoki aksar moddiy qiyinchiliklarga bardosh-iroda yetarli
shakllanmaganligidan ham kelib chiqadi. Menimcha ularni ko’proq aldash oson
kechganligi uchun ko’proq sabab bo’lsa kerak. Afsus bilan shuni qayd etish kerak-ki
aksar yoshlar orasida o’zlarining biror maqsadlariga tezroq erishish
zaruriyatidan ham ularda xatoliklar ko’proq uchraydi. Hozirgi zamonda xalqaro
diniy ekstremizm e’tiqod jihatidan ham, ma’naviy jihatdan ham, insonning
yashash huq’uqiga egaligi jihatidan ham eng fojiali va eng yovuz ―kurash‖
usullaridan biri- o’z maqsadlarini fanatizmaga asoslangan terrorchi kamekadzelar
yordamida amalga oshiradilar. Bunday odamlar, tajribada ko’rilganidek, o’z
faoliyatlarini juda teran va chuqur tahlil etib o’tirmaydilar, ular ―o’z rahnomalari‖
aytgan aldovlarni to’g’ridan-to’g’ri qabul qiladilar, ularning ―jannat‖ haq’idagi
aldovlarini hayotlarining maqsadlari sifatida qabul qiladilar. Ikkinchidan ular
o’zlarini ―oddiy tabiiy o’lim topuvchilardan‖ ancha yuqori sanaydilar. Xuddi
ular qilayotgan ishlariga qarab to’g’ri ―jannat‖ga tushishlari kafolatlangandek.
Bu ularda keskin ekstremistik harakat va usullarining har qandayini qo’llash
imkoniyatini yaratadi. Uchinchidan o’zlari va boshqalarning dunyoviy tashvishlari
ularni ko’p ham o’ylantirmaydi. Hamisha o’ldirish va o’lishga tayyor turadilar.
Eng xavflisi ular bu yo’ldan xatoliklarini anglab qaytmoqchi bo’lsalar, boshqalari
ularni o’ldirish payida bo’ladilar, demak, bu yo’lga kirmoq oson ekan, ammo bu
30
yo’ldlan chiq’moq juda mushkul ekan. Aksarlari shuning uchun jinoyat joyida
o’zlarini o’ldirishgacha boradilar.
Diniy ekstremizm va terrorizm,ularning turli shakllari masshtablari jihatidan
ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy muammolar oqimini yuzaga keltirdi. Terrorizm va
ekstremizm oqimlarining turli ko’rinishlari kundan-kun mamlakatlar va ularning
fuqarolarini xavfsizligiga tobora tahdid solib bormoqda. Zo’rovonlik natijasida
ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy bosim yuzaga keltirilmoqda. Shuningdek, insonlarning
ruxiyatida ko’rkuvni shakllantirishi natijasida, psixologik xavfsizlikka ehtiyoj
tobora ortib bormoqda. Zamonvaiy diniy ekstremizm va terrorizmning mojaroli
manbai XX asrning 60-yillaridan boshlab o’sib kelmoqda. O’sha vaqtdagi butun
mamlakat hududlarida diniy ekstremizm va terrorizmning dunyo miqyosida
tarqalishiga faol maydon va o’choqlari paydo bo’lishi sabab bo’lgan edi.
Hozirda 500 ga yaqin noqonuniy diniy ekstremistik va terroristik tashkilotlar
maxsus organlar tomonidan qayd etilgan. Birgina 1968-1980 yillar oralig’ida
diniy va boshq’a ekstremistik tashkilotlar tomonidan 6700 ta terroristik akt sodir
etilgan bo’lib, uning natijasida 3368 kishi halok bo’lgan bo’lsa, 7474 kishi
jarhatlangan. 1980-85 yillar oraligida 500-800 tagacha 1990-yil arafasida esa 900
va undan oshikrok terroristik xuruj sodir etilgan. Hozirda diniy ekstremizm va
terroristik faoliyatning avj olayotganligi jahon afkor ommasi tomonidan e’tirof
etilmoqda. Jumladan, maxsus tayyorlangan shaxs guruh va tashkilotlar faoliyatida
terror xarakterining murakkablashib , yaxshiylik asosida v insoniylikdan tashqari
bo’lgan me’yorlar orqali o’sib borayotganligi kuzatilmoqda. Bir qator Rossiya
olimlari va xorij tadqiqot markazlari ma’lumotlariga qaraganda umuman terror va
diniy ekstremistik harakatlar sohasi bo’yicha tashkil etgan byudjet 5-20
milliard dollargacha etgan.
Diniy ekstremizm va terrorizm xalqaro muammo darajasiga chiqqanligini uni
bartaraf etish borasida jahon hamjamiyatini hamkorlikka intilayotganligi bilan
belgilash mumkin. Bizga ma’lumki, yaqindagina terrorizm haqida gap borganda uni
lokal hodisa sifatida qayd etish ustuvor ahamiyat kasb etgan edi. Lekin u XX
asrning 80-90 yillaridan boshlab u universal fenomenga aylandi. Diniy ekstremizm
31
va terrorizmning globallashuvi va keng miqyosda integrallashuvi buning yorqin
dalilidir. Bu fenomen turli sohalarda xalqaro aloqalar va hamkorlikni kengayishi
hamda globallashuvini o’sib borishi bilan ham belgilanadi. Zamonaviy diniy
ekstremizm va terrorizmni kuchayib borishi ko’p sonli terror tashkilotlar guruhlar
bilan bir qatorda ularni qo’llab quvvatlovchi turli strukturalardan tortib butun
boshli homiy mamlakatlarning faoliyati bilan ham bog’liq. Bugun diniy
ekstremistik va terroristik tashkilotlarni moddiy tarafdan ko’llab quvvatlash
asosida arab neft ishlab chiqarish soxasidagi daromadni nojoiz ishlatish xolatlarini
kuzatilayotganligi va rivojlangan g’arb davlatlari tomonidan amalga
oshirilayotgan strategik maqsad va vazifalarni amalga oshirishning hosilasidir degan
yondoshuvlar ham mavjud.
Ularning birinchilarida ortiqcha pul bor. Shuning uchun o’zining moliyaviy
zahirasini Rassiya, Afg’oniston yoki Kosova va boshqa shu kabi bir qator
mamlakatlarda nizolarni keltirib chiqarish va ularni fukorolarini xavfsizligiga putur
etkazish asosiy maqsad qilib olingan. Rivojlangan mamlakatlar xududida turli diniy
va etnik oqim hamda diasporalar mavjudki ular o’zga ijtimoiy-madaniy muhitdan
qoniqmayotganliklari oqibatida boshqa mamlakatlardagi ―akalari‖ ularni qo’llab
quvvatlashiga olib kelmoqda. Umuman olganda zamonaviy diniy ekstremizm va
terrorizmning ijtimoiy-iqtisodiy va moliyaviy manbai shunday omillar bilan
belgilanadi.
Dunyodagi odamlarni diniy ekstremistik va terroristik hurujni avj olishdan
xavfsirashi uning qurbonlari soni ko’pligi va yangi texnologiyalar orqali
etkazilayotgan zararlarni ko’rinayotganligi va binolarni vayronalarga aylanayotgani
bilan ham asoslash mumkin. Zo’rovonlik davlatning siyosiy tartiboti bilan bir
qatorda davlat qurilishining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot strategiyasiga ham salbiy
ta’sir ko’rsatishini har bir ongli odam esdan chiqarmasligi kerak. Bu yaqin vaqt
oralig’ida diniy ekstremizm va terroristik hurujlar asosida Shimoliy Irlandiya,
AQSH, Rossiya, Keniya, Tanzaniya, Yaponiya, Argentina, Hindiston, pokiston,
Jazoir, Isroil, Misr, Turkiya, Albaniya, YUgaslaviya, Kolumbiya, Eron, Tojikiston
32
va O’zbekistonimizda ham bir qancha insonlarni qurbon berilishi va moddiy
zararlarni qayd etilishini ko’rishimiz mumkin.
Zamonaviy diniy ekstremizm va terrorizmning asosiy xarakterli jihati
shundan iboratki, unda ma’lum bir xududda paydo bo’lgan yovuz g’oya yoki
harakat zamonaviy texnika, texnologiya va axborotlar oqimi orqali dunyo
miqyosida keng tarqalmoqda. Zamonaviy diniy ekstremizm va terrorizmni yana
milliy, diniy, etnik nizolar, separatistik harakatlar bilan ham izohlash mumkin.
Zamonaviy diniy ekstremizm va terrorizmni qo’llb quvvatlayotgan tashkilotlarning
maqsadli faoliyati asosida mafkuraviy, harbiy, tijoriy va siyosiy masalalar
yotganligini ko’rish qiyin emas albatta.
Hozirda ―kiber terrorizm‖ tushunchasi ijtimoiy-ilmiy muomalada keng
qo’llanilmoqda. Zo’rovonlikning bu shakli davlatlar va uning fuqarolariga
o’zining tez tarqalishi va ta’sir doirasi bilan juda katta miqdorda moddiy va
ma’naviy zarar etkazayotganini ko’rish qiyin emas albatta. Masalan, 1996 yil AQSH
universitetining matematika bo’yicha professori qo’lga olindi. U T.Kazinskiy
bo’lib 18 yil mobaynida butun amerika aholisini qo’rquvda yashashga majbur
qilgan. Uning yovuz maqsadini amalga oshiruvchi obyekti va diqqat e’tibori
universitetlar, aviakompaniyalar, kompyuter bo’yicha malakali mutaxassislar
hamda shu kompyuter sohasida oldi-sotdi tijoratchilar bo’lgan. Bu terrorchining
maqsadi ilmiy-texnika taraqqiyotini falokatga olib borishi va urbanizasiyani
insoniyat taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko’rsatishini isbotlashdan iborat bo’lgan.
Buning uchun u eng avvalo o’zining terroristik hurujini amalga oshirish
maqsadida amerikaning mashhur gazetalarida o’zining qarashlari ifodalangan
manfestini targ’ib qilishga harakat qilib bunday yondoshuvni qo’llab
quvvatlashga ularni majbur qilgan.
Zamonaviy diniy ekstremizm va terrorizm o’zining murakkat ta’sir
ko’rsatish usullari, vositalari va texnologiyalariga ega. Shuning uchun ham
unga qarshi kurashda zamonaviy fan va texnika hamda ijtimoiy-siyosiy
imkoniyatlardan foydalanish nafaqat jahon afkor ommasi uchun balki, mustaqil
O’zbekistonimiz uchun ham strategik ahamiyatga ega bo’lgan maqsad va
33
vazifalardan hisoblanadi. Bugun dunyoning barcha mamlakatlari ijtimoiy, siyosiy
hayotida xilma-xil ommaviy axborot vositalarida eng katta tashvish bilan o’z
ifodasin i topayotgan muammo-xalqaro terrorizm va ekstremizm ekanligiga hech
qanday shubha yo’q.
Diniy ekstremizm va terrorizmning ko’lami kengayib, barcha qit’alar va
mamlakatlarni qamrab olayotganligi uchun XX asr 2-yarmidan «Xalqaro diniy
ekstremizm va terrorizm» deb atala boshlandi.
Xalqaro diniy ekstremizm va terrorizmning iqtisodiy bazasini – noqonuniy
ravishda amalga oshirilayotgan narkotik moddalar savdosi, qurol-yarog’ savdosi,
qimmatbaho metallar savdosi, neft savdosidan tushadigan mablag’lar tashkil etadi.
Masalan: BMT ning ma’lumotlariga ko’ra, jahondagi giyohvand
moddalarning 75 % birgina Afg’onistonda etishtirilmoqda. Undan ishlab
chiqarilayotgan narkotik moddalar savdosidan tushgan sarmoya milliardlab
AQSH dollarini tashkil (etadi) etishi hech kimga sir emas. Ma’lumotlarga
qaraganda undan tushgan foydaning ko’p qismi qurol-yarog’ sotib olish va
terrorchilik maqsadlari uchun qilinayapti. Demak, dunyoning tinchliksevar
davlatlari ana shu moliyaviy kanallarni qonuniy ta’qiqlash haqida bosh qotirishlari
kerak.
Zamonaviy xalqaro zo’rovonlikning eng xatarli xususiyatlaridan biri uning
takomillashgan qurol-aslaha va harbiy texnologiyalardan foydalanish imkoniyati va
ko’lamining oshib borayotganidir. Dunyo hamjamiyati terrorist-larning an’anaviy
qurollar bilan birgalikda, biologik va kimyoviy moddalardan ham foydalanishga
urinishlarining guvohi bo’lib turibdi. Bunga misol hozirda AQSH va boshqa
mamlakatlarga qarshi biologik hujum uyushtirish bilan bog’liq do’q-po’pisalarning
kuchayib borayotganidir.
Keyingi yillarda jahonning qator mamlakatlarida AQSHda, Turkiya, Pokiston,
Saudiya Arabistoni, Rossiya, Kavkaz orti mamlakatlarida va boshqa mamlakatlarda
sodir etilgan terrorchilik xurujlari terrorizmni qachonlardir bir mamlakat doirasidan
chiqib xalqaro terrorizmga aylanganini tasdiqlaydi.
34
Keyingi yillarda bizning yurtimizda ro’y bergan 1999 yil fevral voqealari,
2004 yil 29-30 aprel va 1 aprel kunlari Toshkent viloyatidagi, Buxoroning Romitan
tumanidagi, o’tgan yili may oyida Andijon shahrida sodir etilgan mudhish
terrorchilik harakatlari va qo’poruvchilik holatlari ham ana shu xalqaro
zo’rovonlik harakatlari bilan bevosita bog’liq deb aytishga barcha asoslar bor.
Biz yuqorida barcha ekstremistik guruh va tashkilotlarning kelib chiq’ishi
va rivojlanishi, harakat yo’nalishlari haq’ida fikr yuritdik. Barcha ekstremistik
kuchlar shakllangan ijtimoiy tuzilmalarga, siyosiy tartibotlarga qarshi chiq’ib,
ularning barqarorligiga rahna solib, kuchsizlantiradilar. Demak, diniy
ekstremizm zo’rovonlik, aldov, go’yoki iqtisodiy muruvvat ko’rsatish, jinoyat sodir
etish kabi turli usullarda namoyon bo’lmoqda ekan.
|