1.2. Diniy ekstrеmizmga qarshi kurashning xalqaro ma’naviy-ma’rifiy
asoslari
Diniy ekstremizga qarshi kurashda qo’llash mumkin bo’lgan manbalarga to’xtalib
o’tamiz. Vazifamiz diniy ekstremizmning jamiyat rivojiga salbiy ta’sirini,
ularga qarshi kurashishning zaruratga aylanishi, bu borada dunyo tajribasi,
erishilayotgan yutuq’loar va kamchiliklarni, kurashda tayanish mumkin bo’lgan
asosiy manbalarni tahlil etishdir.
Prezident I.Karimov jahon siyosatchilari orasida birinchilardan bo’lib
jahon ahli e’tiborini diniy ekstrimizm va terrorizmga qarshi kurashning xalqaro,
siyosiy, huquqiy asoslarini yaratishga qaratdi.
O’zbekiston rahbari 1995 yilning 24 oktyabrida BMT ning 50-yilligi
munosabati bilan Bosh Assambleyaning maxsus tantanali yig’ilishida, 1999
yilning 18 noyabrida Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (EXHT) ning
Istanbul Sammitida so’zlagan nutqlarida, 2000 yilning 8 sentyabrida BMT Bosh
Assambleyasining «Mingyillik sammiti»da so’zlagan nutqlarida diniy ekstremizm
va xalqaro terrorizmga qarshi birgalikda kurashishga da’vat etdi va qator prinsipial
chora va tadbirlarni taklif qildi.
Jumladan: «Xalqaro diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash markazini
tashkil etish masalasini keskin qo’yish maqsadga muvofiq deb hisobladi. Mazkur
markazning vazifasi – faqat terrorizmning o’zi bilan emas, balki uni qo’llab-
quvvatlayotgan, qurol-yarog’ va mablag’ bilan ta’minlayotgan, joylarga
jo’natayotgan markazlarga qarshi kurashni muvofiqlashtirishdan iborat bo’lishi
darkor»,- deya uqtirdi O’zbekiston rahbari.
17
Dunyo davlatlari o’rtasidagi madaniy, ma’naviy, iqtisodiy, siyosiy aloqalarni
kuchaytirish o’rniga insoniyat zotiga qiron keltiradigan giyohvand moddalarning
umumjahon bozorining noyob moliga aylantirish va shu yo’l bilan jahon xalqlarini
tanazzulga keltirishdan dahshatliroq narsa yo’q.
Diniy ekstremizm va terrorizm, jumladan, xalqaro terrorizm va diniy
ekstremizm 5-10 yillik emas, dunyo siyosatdonlarining aytishicha butun XXI
17
Karimov. I.A. Tinchlik uchun kurashmoq kerak. Т., «O’zbekiston» - 2001.-96 bet.
36
asr mobaynida davom etishi mumkin ekan. Bas, shunday ekan unga qarshi
chora-tadbirlarni ham birgalikda ishlab chiqish kerak.
Barchamiz bir jon bo’lib terrorizm va ekstremizm havfiga qarshi kurash
olib borishimiz, «O’z uyingni o’zing asra» degan shiorning ma’nosini keng va
chuqur anglab Vatanimizning tinchligini, xalqimiz osoyishtaligini ko’z
qorachig’idek saqlashimiz zarur.
Bugun dunyo turli qarashlar, g’oyalar, nuqtai-nazarlarning tamomila
yangicha rivojlanish pallasiga kirib, bu unda yashovchi xalqlarning turmush tarzi,
g’oya va mafkuralariga ham birdek katta ta’sir ko’rsatmoqda. Aslida, turli jamiyat
a’zolari munosabatlarining o’zaro integrasiyasi sifatida tanilgan globallashuv
jarayoni vaqt o’tishi bilan, uning faoliyat yo’nalishi ―traektoriya‖ si ham o’zgarib
bormoqda. Atoqli siyosatchi Karl Yaspersning ―har bir davr o’zicha bir
tahdiddir‖ degan so’zlari bugun yana bir bor isbotini topayotgandek go’yo.
Inson oliy mavjudot ammo bu-uni xatolardan holi ekanligini bildirmaydi.
Jamiyatda insonlarning hatti- harakatlari va xulq-atvorlarini tartibga solish,
ularning o’zaro aloqalarga asoslangan munosabatlarini shakllantirish-
insonlarning o’zlari tomonidan turli institutlar, ya’ni, tom ma’nodagi ―tartibga
solish qurilmalari‖ tashkil etilgan.
Zero, ular barchasi bir-birlaridan mafkuraviy ozuq’a oladilar. Tadqiqotchi
M.Qirg’izboyev: ―Ekstremizm mafkuraviy jihatdan olib’araganda, O’zining siyosiy
va diniy tizimini tan olib, boshqa qarashlarni butunlay rad etadi. Ekstremistik
tashkilot o’z yo’lboshchisining barcha buyruq’larini so’zsiz bajaradi‖
18
- degan fikrni
ilgari suradi..
Bundan tashq’ari diniy ekstremistlar boshqa mavjud qarashlar va
nazariyalarni keskin rad etadilar. Mavjud holatlarni o’zgartirish uchun eng
so’nggi choralarni- terror yoki boshqa zo’rovonlik usullarini ham qo’llaydilar.
O’z maqsadlariga kuch ishlatish bilan erishadilar. Boshq’alarning ongiga o’z
fikrlarini kuch va g’oyaviy tahdidlarni ishlatib ham singdiradilar. Bu yo’lda ularni
18
Qirg’izboyev M. Terrorizm va ekstremizm: asosiy tushunchalari va yo’nalishlari.-Toshkent.: Abu Ali bin Sino
nomli nashriyot,2001й.-8bet.
37
rad etganlarni jismoniy yo’q qilishgacha borib yetadilar. Masalan Turkiyada ana
shunday diniy ekstremiz, diniy-siyosiy terrorizm asosida 1984-1999 yillar davomida
37 ming kishi halok etilgan
19
. Demak, diniy ekstremistlarning faoliyatlari o’z
qamroviga siyosiy-diniy-ijtimoiy sohalarni ham olar ekan. Uzoqqa bormaylik 1991
yilning 9 dekabridagi Namangan voq’yealari ham bunga yaqqol misol bo’la
oladi
20
.
1970-1980 yillarda Yaq’in Sharqda diniy ekstremistik guruh a’zolari
moliyaviy mablag’larining asosiy q’ismini ―Zaviya al-Hamro nomidagi Qohira
kvartalidagi xristianlarni uylarini talashdan olingan ekanligini alohida qayd
etganlar‖
21
. Bundan ko’rinib turibdiki, diniy ekstremistik guruhlar o’z
harakatlari bilan qator qo’poruvchiliklarni olib borganlapr, minglab insonlar
umriga zavol bo’lganlar, xalqlar tinchligini izdan chiqarib, ham moddiy, ham
ma’naviy talofat yetkazganlar. Fikrimizning asosli bo’lishi uchun quyidagilarni
ma’lumot sifatida yetkazmoqchimiz: 1993yil 3 sentyabr kuni ―Al-Qoida‖
jangarilari Somalida 2ta AQSH vertolyotlarini urib tushirganlar va natijada 18
ta ekipaj halok bo’lgan. Afsuski diniy ekstremistik guruhlar o’zlarini
maq’sadlariga eng tuban usul va vahshiyona terrorchiliklarni uyushtirib
erishganlar.
1996 yil 25 iyunda Saudiya Arabistonidagi Amerika aviabazasida 2 ta yuk
mashinasini portlatganlar, natijada 19 ta harbiy halok bo’lgan.
1996 yil 25 iyunda Saudiya Arabistonidagi Doxranda amerikaliklar
yashaydigan uy-joy markazi portlatildi va 300 kishi halok bo’lgan.
1998 yil 7 avgustda Keniyaning poytaxti Nayrobi shahridagi Amerika
elchixonasida turgan yuk mashinasi portlatildi, 230 kishi halok bo’ldi va 500
kishi yaralandi.
19
Safarova N. Terrorizm.-Т.:‖ NOSHIR‖,2009.-56 bet.
20
O’zbekison Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning ―O’zbekiston mustaq’illikka erishish ostonasida‖ kitobini
o’rganish bo’yicha o’quv-uslubiy qo’llanma. A.Sh.Bekmurodov va boshqalar.-Toshkent.:‖O’qituvchi‖,2011.-21bet.
21
Dobayev I. Islom radikalizmi: mohiyati,mafkura,siyosiy amaliyot.-Т.:2003.-11bet.
38
1998 yil 7 avgustda Tanzaniya poytaxti Dor us-Salomda Amerika
elchixonasida turgan mashina portlatilgan, oq’ibatda 90 kishi halok bo’lgan va 100
dan ortiq’ kishi yaralangan.
1998 yil 5 oktyabrda Aden bandargohidagi Amerika harbiy kemasi
portlatilgan 17 dengizchi halok bo’lgan va 30 tasi yaralangan.
2001 yil 11 sentyabrda AQSh dagi egizak bino, xalqaro savdo markazi
portlatilgan natijada minglab insonlar qurbon bo’lganlar. Bunday ekstremistik
harakatlar faqat AQSh ga nisbatan uyushtirilgan deb hisoblamaslik kerak, zero
ularning talofatlari va fojeali qotilliklari hamma joyda mavjud.
Chunonchi: 1997 yil 17 noyabrda Misrning Luksor shahridagi ibodatxonada
sodir etilgan portlash natijasida 62 kishi halok bshlgan.
Islomoboddogi Misr elchixonasida uyushtirilgan portlatish ham talofatsiz
bo’lmagan.
22
Afsuski yuq’oridagiga o’xshagan talofatlar juda ko’plab joylarda, shuningdek
O’zbekistonda ham sodir etildi: 1991 yil 9 dekabr kuni Namangan shahrida bir
guruh qo’poruvchilikka asoslangan diniy ekstremistik kuchlar Namangan viloyat
ijroiya qo’mitasi binosini egallab olishgan, quyidagi talablar bilan chiq’ishganlar:
Dunyoviy tuzumdan voz kechish va O’zbekstonni islomiy davlat deb e’lon
qilish. Dunyoviy qonunlarni bekor qilish va mamlakatda shariat arkonlarini joriy
etish.Dunyoviy maktablarni yopish va o’g’il bolalar va qiz bolalar alohida
o’qiydigan maktablar ochish. Islomiy kiyinishga o’tish, ayollarning hijobda
yurishini joriy etish.
Namangandagi sobiq siyosiy ta’lim muassalari binolarini islom radikallari
ixtiyoriga berish va hakozalar.Ular jami 15 ta talab bilan chiq’ishib, hokimiyatni ana
shu talablar asosida egallashni maq’sad etganlar.Ular diniy radikalizm bilan
zaharlangan bo’lib: ‖Hokimiyatning ularga berilishi ularning nazarida jihod qilinishi
lozim bo’lgan barcha insonlarning- o’zga dindagilarni, o’zga fikrlovchilarni,
dunyoviy taraqqiyot tarafdorlarining, qisqasi, ko’ngillariga yoq’maganlarning
22
Rajabova M. Diniy ekstremizm va terrorchilikka qarshi kurash muammolari.-Т.: ‖O’zbekiston‖,2003 y.60 bet..
39
istisnosiz tarzda qirib tashlanishiga olib kelgan bo’lar edi‖. Agarda prezidentimiz
Islom Abdug’aniyevich Karimovning jasoratli va qat’iy harakatlari bo’lmaganida.
1995 yil Yaponiyada tarqalgan ―AUM Senrika‖ degan radikal diniy oqim
vakillari ko’plab yosh yigit-qizlarni ongi-shuurini tajovvuzkor diniy aqida,
ekstremistik fikrlar bilan to’ldirib, o’z xalqi tinchligiga qanchalik xavf tug’dirgan
edilar
23
.
1995 yil 13-14 iyun kunlari Stavropol o’lkasining Budyonovsk shahrida
chechen jangarilari tomonidan amalga oshirilgan diniy ekstremizmga yo’g’irilgan
terroristik aktlar qancha xalqni vahima va tahlikaga solib qo’ydi.
1999 yil 16 fevral kuni Toshkent shahrida yuz bergan portlash asosan
xalq’ni vahimaga solish, mustaq’illik odimlaridan majburlab chalg’itish, millatni
rahnomasiga nisbatan qilingan suyiqasd edi. Bu diniy ekstremistlar va diniy
aqidaparastlarning faoliyati natijasi edi. Bu qo’poruvchilik harakatlari orqasida katta
kuchlar orligi ayon. Ularning ma’sadlari xalqimizning tinchligini buzish, qo’rqitish,
yuragiga g’ovg’a solish, yuritayotgan siyosatimizga ishonchimizni so’ndirish,
amalga oshirayotgan ezgu ishlarni yo’qqa chiqarishga harakat qilish edi.
Bundan tashqari 2000 yil avgustda, 2004 yil mart oyida Toshkent shahri va
Buhoro viloyatlarida, shu yili iyul oyilda Toshkent shahrida, 2005 yil may oyida
Andijonda bir qator diniy ekstremistik qo’poruvchiliklar yuz bergan edi.
Darhaqiqat, terrorizm, diniy ekstremizm va diniy mutaassiblik tahdidi
butun jahonga yoyilgan bo’lib, barcha insonlar tinch-osuda xayotiga qarshi
qaratilgandir:‖ Bir necha yil avval ko’plab qudratli mamlakatlar beparvo, bepisand
munosabatda bo’lgan bu hodisalar hozirgi kunda xalq’aro terrorizim nomini olib,
endilikda AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Rossiya singari qudratli davlatlarni
ham larzaga solmoqda‖
24
. Barcha ma’lumotlar bilan tanishib chiqar ekanman,
ko’zim oldida diniy ekstremizm va ular uyushtirgan terakt harakatlarining
vahshiyliklari, yovuzlik va hunrezliklari to’laligicha namoyon bo’lganligini tasavvur
qildim:‖ Andijon shahrida terrorizm, ekstremizm va diniy fanatizm bir qiyofada
23
Karimov I.A. Adolatli jamiyat sari.-Тoshkent.:‖O’zbekiston‖.1998 yil.7 bet.
24
Islomov Z.M. O’zbekiston modernizatsiyalash va demokratik taraqqiyot sari.-Т.:‖O’zbekiston‖,2005.-244-245 bet.
40
namoyon bo’ldi ―
25
- deb e’tirof etganida hurmatli yurtboshimiz Islom
Abdug’aniyevich Karimov ming bora haq’ edilar.Yovuz kuchlar millat, davlat va
jamiyat rivojiga to’sqinlik qilishga, taraqqiyot va osuda hayotni izdan chiqarishga
harakat qiladilar. Ming bora shukr-ki insoniyat hamisha ezgulik sari intilib kelgan,
demak vayronkor g’oyalar ko’p yashamasligini tarix yana bir bor isbotladi.
Barcha keltirilgan ma’lumotlardan xulosa qilib; Diniy ekstremistlar asl diniy
ta’limotlardan yiroqlashgan, faqat o’z manfaatlariga monand egoistlarga xos
maqsadlarni qo’yar ekanlar.
Ular millatlar va dinlar o’rtasiga ixtiloflar solib, turli g’oyaviy tahdidlar
asosida harbiy poligonlarni yuzaga keltirishga harakat qilar ekanlar.
Millatlarni va insoniyatni ming asrlik qadriyatlarini vayron etib
zo’rovonlikka asoslangan teroniya davlatini qurishni niyat etar ekanlar.
Insonlar erki, hayoti, qadr-qimmati ularning maqsadlari yo’lida xech narsadir.
Ular hurfikrliklarga qarshilar. Diniy arkonlarning ma’lum o’zlariga
yoqadigan tomonlarini dogma etib saq’lashni va asl qadriyat deb bilishni talab
etadilar.
Ma’rifat, yaratuvchanlik, shukrona, insonparvarlik va bosh’a barcha ahloqiy
tamoyillar va normalarni tan olmaydilar, o’z maqsadlari yo’lida barcha narsa va
qadriyatlardan, or-nomus, vijdon, ahloq, Vatandan, ota-onadan ham voz kechishni
joiz deb hisoblaydilapr. Demak, hamisha hushyor turmoq, bunday johillik va
yovuzlikka qarshi kurashmoq zarur.
Dunyo mamlakatlari diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishning
turli choralarini ko’rib kelmoqdalar. Bunday kurash usullari va yo’llariga asosan
arab davlatlarida qo’llanilgan va qonuniy e’tirof etilganlarini alohida qayd etish
mumkin.
Arab sharqining turli davlatlarida o’z vaqtida islom ekstremizmiga barham
berishga qaratilgan jiddiy choralar ko’rilgan, masalan:
25
O’sha manba -243 bet.
41
1934 va 1937 yillarda Madridda konferensiyada ekstremizm va terrorizm
jamoatchilik uchun xavfli deb topilib, ularga qarshi qonun moddalariga o’zgartirish
kiritish zarurligi aytilgan. Bunga 20 dan ortiq davlat qo’shilgan.
1977 yil 2 iyuldan e’tiboran Misr Arab Respublikasida barcha diniy-
siyosiy partiyalar faoliyati taqiqlangan;
1980 yil 7 iyulda Suriya Arab Respublikasida ―Musulmon birodarlar‖
Dostları ilə paylaş: |