II.BOB. Mafkuraviy immunitet - diniy ekstrеmizmga qarshi
kurashning muhim omili
2.1.Oila va oilaviy munosabatlarda sog’lom turmush tarzini qaror toptirisn
diniy ekstrеmizmga qarshi kurashning ma'naviy asosi sifatida
―Hech kimga sir emaski, insonning qalbi va ongini egallash, ayniqsa
yoshlarning ma’naviy dunyosini izdan chiqarishga qaratilgan turli xavf-xatarlar
tobora kuchayib borayotgan bugungi o’ta notinch zamonda o’zining kimligini,
qanday buyuk zotlarning avlodi, qanday bebaho meros vorislari ekanini teran
anglab, ona yurtga muhabbat va sadoqat hissi bilan yashaydigan, imon-e’tiqodi
mustahkam yosh avlodgina muqaddas zaminimizni yot va begona ta’sirlardan,
balo-qazolardan saqlashga, Vatanimizni har tomonlama ravnaq toptirishga qodir
bo’ladi‖
72
. Barcha tahdidlarga qarshi kurashishning vosita, omil va usullari
ishlab chiqilgan. Bularga huquqiy, siyosiy, axloqiy, ma’naviy, ma’rifiy
sohalardagi faoliyatlarni kiritish mumkin. ―O’zbek modeli‖ ga asosan aholining
barcha qatlamlarini turli ijtimoiy himoyalash choralari, jumladan yosh oilalarga
so’nggi vaqtlarda tashkil etilgan iqtisodiy yordamlarni alohida aytish joiz.
Buning asosini ―Islohot- islohot uchun emas, avvalo inson uchun‖ tamoyili
dasturulamal bo’ldi.
Bundan tashqari 2012 yil dekabr oyida ―Obod turmush yili‖ davlat
dasturi, 2014 yil ―Sog’lom bola yili‖ davlat dasturi ishlab chiqildi. Bu
dasturlarda oila-mahalla-maktab tizimida turli ishlar belgilandi.
Bulargamamlakatda fuqarolar o’rtasida tinch-totuvlikni saqlash, barqaror va
xavfsizlikni ta’minlash choralari, aholining iqtisodiy farovonligini oshirish
choralari, aholini salomatligini muhofaza qilish choralari, jismoniy va ma’naviy
sog’lom avlodni voyaga yetkazish va bunda oilalarning o’rniga alohida e’tibor
berish, xalqni turmush darajasini oshirish, turli suv, elektr, gaz, uy-joy bilan
ta’minlanishini yaxshilash choralari, o’z-o’zini boshqarish institutlari i shlarini
72
Amalga oshirayotgan islohatlarimizni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati qurish- yorug’ kelajagimizning
asosiy omilidir. Prezident Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 21 yilligiga
bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasini o’rganish bo’yicha o’quv-uslubiy qo’llanma / U.G’ofurov va
boshqalar.-T.: ―O’qituvchi‖ NMIU, 2014,-10 bet.
85
yaxshilashga ko’maklashish, oilalarni mustahkamlash, ayollar va bolalar
muhofazasiga e’tibor qaratish, mahalliy ishlab chiqarishni keng targ’ib qilish,
sog’lom oilada sog’lom bolalar tarbiyalanadilar. Zero : ― Biz sog’lom deganda,
nafaqat jismoniy, balki ma’naviy jihatdan ham sog’lom bolani o’zimizga tasavvur
etamiz‖
73
Prezidentimiz o’z asarlarida, jumladan, ―O’zbekiston XXI asr
bo’sag’asida, xavfsizlikga tahdid, barqarorlik shartlari va tarraqiyot kafolatlari‖
kitobidan BMT ning 48 va 50 sessiyasida so’zlagan nutqlarida tinchlik
borasidagi siyosatni batafsil bayon qilib bergan. Odamlar bir-birlari bilan
uchrashganlarida avvalambor ―Assalomu alaykum‖ deyishadi. Ushbu so’z
arabchadan olingan ―Tinchlik‖ so’zi Qur’oni Karimda 40 marta uchraydi. Tinchlik
inson uchun havo va suvdek zarur.Tinchlik insoniyat uchun eng qadriyat va buyuk
ne’matdir.
Tinchlik hukmdorlik qilgan jamiyat barqaror rivojlanadi, oilalar tinch,
odamlar baxtiyor yashaydilar.
Shunday ekan, tinchligimiz rahna solayotgan, jamiyatimiz beqaror
qilishga urinayotgan har qanday oqimlarga qarshi kurash masalasi ijtimoiy,
siyosiy, ma’naviy hayotimizda yechimini kutayotgan hozirgi kunning dolzarb
muammolaridan biridir.
Mamlakatimizga XX asrning 80-yillarida diniy ekstremistlar o’zlarini
dinning himoyachisi, dindosh, va xalq’imizga do’st deb kirib kela boshladilar, ular
mahallarda, masjidlarda islom dinining sofligi uchun kurashga da’vat qildilar.
Maqsadi dushmanlik bo’lgan bunday kishilar o’zlarining chiroyli da’vatlari bilan
ba’zi bir hayotiy tajribasi, ko’nikma va malakasi yetarli bo’lmagan, ochiq ko’ngilli
yoshlarimizning ishonchiga kirib oldilar, ularni o’zlariga ergashtirishga
urindilar, qaysidir ma’noda bunga qisman bo’lsada erishdilar. Afsuski ularnitng
bunday qabih niyatlarini ota-onalar va yoshlar o’z vaqtida sezmadilar.
73
Amalga oshirayotgan islohatlarimizni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati qurish- yorug’ kelajagimizning
asosiy omilidir. Prezident Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 21 yilligiga
bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasini o’rganish bo’yicha o’quv-uslubiy qo’llanma / U.G’ofurov va
boshqalar.-T.: ―O’qituvchi‖ NMIU, 2014,-74 bet.
86
Bunday razil kimsalar ma’lum yoshlarimizni dinning asl mohiyatini
bilmasliklaridan, g’o’r bo’lganliklaridan, o’tish davridagi turli muammolarni
ro’kach qilib, hali mukammal shakllanmagan dunyoqarashlarini jaholat bilan
zaharlashga va jinoyat botqog’iga botirishga ulgurdilar ham.
Diniy ekstremistik harakatlar O’zbekistonga aslida qachondan boshlab kirib
kela boshladilar degan haqli savol tug’iladi:
Aslida maqsadlari yovuzlikdan iborat bo’lgan diniy ekstremistlar va
diniy aqidaparastlar xorijiy davlatlarda o’zlarining faoliyatlarini keng tarmoqda
olib borgan bo’lsalarda, hozirgi MDH davlatlari hududlariga kirib kelishlari XX
asrning oxirlariga borib taqaladi. Bunda sobiq Sho’ro davlatining parchalinishi,
boshqa mustaqillikka erishgan yosh davlatlar qatori O’zbekistonda o’tish
davrining vujudga kelganligi ularga juda katta qulaylik yaratib bergan. Bunda
biz eski kommunizm dogmasiga asoslangan mafkurani rad etib, butunlay yangi
erkin fikrlarni va har tomonlama demokratik munosabatlarni yoqlab chiq’uvchi
mafkurani qabul qilishimiz, demak eskini o’rniga yangini qabul qilishga harakat
etganimizdir. Inson ongi eskicha dunyoqarashni birdan rad eta olmaydi va yangi
dunyoqarashni birdan qabul eta olmaydi. Bu juda murakkab jarayon. Chunki
barcha bo’layotgan jarayonlarni to’laligicha asl mohiyatini anglash uchun
insonda bilim va malakani yetarli bo’lishi, dunyoqarashi keng shakllangan bo’lishi
zarur. Afsus hammaning dunyoqarashi darajasi bir xil bo’lmaydi. Buning
obyektiv va subyektiv sabablari ko’pdir. Eskining inkor etilishi va yangining
qabul qilinishi uchun ma’lum vaqt kerak bo’ladi. Ana shu vaqt davomida inson
ongida, aniqroq qilib aytganda ko’proq yoshlar ongida g’oyaviy bo’shliq
bo’ladi. Turli zararli oqimlar mana shu bo’shliqni yot g’oyalar bilan
to’ldirishga harakat qiladilar. O’zbekistonga kirib kelgan yot va manfur mafkuralar
ham ana shunday maqsadni oldilargiga qo’yganlar.
Inson yer yuzidagi tartib va osoyishtalikka mas’ul shaxsdir. Shunday
ekan, diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash odamzodning birinchi
galdagi vazifasidir. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda ma’naviy
va mafkuraviy tarbiyaning roli juda kattadir. Ular quyidagilardan iborat;
87
Ma’naviy tarbiya sistemasi: - ma’naviy sog’lom muhit yaratish;
- odamlar, xususan, yoshlarning diniy va dunyoviy bilimlarini oshirish:
- milliy qadriyatlarni tiklash, tariximizni xolis va chuqur o’rganish,
ajdodlarimiz xotirasini yod etish;
Milliy qadriyatlarning asosini komil insnni tarbiyalash muammosi
asosiy o’rinda turadi. Jumladan: Islom dinida falsafiy tafakkur va hurfikrlilikka
keng yo’l ochib bergan tasavvufning irfon falsafasi o’rta asrlarda diniy-
mazhabiy mutaassiblik va jaholatga qarshi kurashda shakllangan dunyoqarash
sifatida bugungi kunda ham o’ziga xos ahamiyatga ega. Insonparvarlik,
hurfikrlilik va diniy bag’rikenglik g’oyalariga asoslangan bu qudratli ma’naviy-
ma’rifiy dunyoqarash, ayniqsa, xozirgi islom olamida katta siyosiy-ijtimoiy
o’zgarishlar yuz berayotgan bir davrda vujudga kelayotgan aqidaviy muammolarni
ijobiy hal etish, diniy fundamentalizm va ekstremizmning zararli g’oyalariga qarshi
mafkuraviy kurash olib borish va nihoyat, islom dinining asl mohiyati ma’rifat
ekanligini ilmiy nuqtai nazardan ko’rsatib berish masalasida ham ilmiy-nazariy
asos sifatida xizmat qilishi mumkin.
Ikkinchi tomondan, tasavvuf ko’p hollarda shariat arkoniga suyangan
bulsa-da, u diniy akidaparastlik va mutaassiblik (fanatizm)ga ziddir. Shuning
uchun ham bu ta’limot hozirgacha dunyodagi turli xalkdar ijtimoiy, falsafiy, badiiy
tafakkurida keng o’rin egallagan va chuqur ildiz otgay. Shu bois hozirgi
murakkab sharoitda turli g’oyaviy oqimlar, siyosiy yo’nalishlar urtasidagi
kurashda Prezident I.A.Karimovning: "g’oyaga qarshi faqat g’oya, fikrga qarshi
faqat fikr, jaholatga qarshi faqat ma’rifat bilan bahsga kirishish, olishish
mumkin...‖
74
,—degan ko’rsatmasidan kelib chiqqan holda, Markaziy Osiyo
mutafakkirlarining irfoniy va axloqiy qarashlarida insonparvarlik, diniy
bag’rikenglik, ado-latparvarlik tuyg’ulari bilan yo’g’rilgan g’oyalarning diniy
74
Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushunchalar, tamoyillar va atamalar (qisqacha izohli tajribaviy lug’at) –
Toshkеnt.:―Yangi asr avlodi‖, 2002 y-37 bet.
88
adovat va mazxablararo nizolarga qarshi kurashdagi ahamiyatini falsafiy tahlil qilish
ma’lum ilmiy va amaliy ahamiyatga egadir.
Mutasavviflar — Xoja Abdulholiq’ G’ijduvoniy (1103-1179), Xoja Ahmad
Yassaviy, Aziziddin Nasafiy ( XIII—XIV asrlar, tug’ilgan va vafot etgan yili aniq,
ma’lum emas), Najmiddin Kubro (1145-1221), Xoja Baxouddin Naqshband (1318-
1389), Abduraxmon Jomiy (1414— 1492)larning diniy mutaassiblik, mazxablararo
adovat va nizolarni ma’naviy jixatdan inkor kiluvchi g’oyalarining tahlili asosida
dalillashga harakat qilamiz.
Hozirgi davrda diniy ekstremizm va terrorizmga karshi kurashda Markaziy
Osiyo mutasavviflari ma’naviy merosining goyaviy va mafkuraviy axamiyati xakida
kuyidagicha xulosa kilish mumkin:
- tasavvuf namoyondalari o’zlarining diniy bag’rikenglik, mazhablararo
murosasozlik, turli dinlarga e’tiqod qiluvchi halqlar o’zaro hurmat-ehtirom g’oyalari
bilan bir necha asrlar davomida xalqimizni insonparvarlik, tinchliksevarlik,
hamkorlik, hamjixatlik ruxda tarbiyalashga xizmat qildilar;
- oila, maktab, mahalla hamkorligini ta’minlash va ularning tarbiyaviy rolini
oshirish;
- ijtimoiy va siyosiy institutlar faoliyatini kengaytiritsh.
Mafkuraviy tarbiya sistemasi:
- jamiyatda mafkuraviy bo’shliqqa yo’l qo’ymaslik;
- Vatanparvarlik, xalqparvarlik va millatparvarlik g’oyalarini omma ongiga
singdirish; Vatanparvarlik tamoyili Islom dinida alohida tahlil etiladi. Sababi, bu
tamoyil axloqiy nuqtai nazardan olinganda, ijobiy bo’lib har bir kamolot sari
intiluvchi shaxs uchun alohida ahamiyatga egadir. Ammo islom dini ekstremistik
oqimlari buni boshqacha tasniflaydilar. Masalan, ular Islomiy geografik bo’linishni
tan olmaydilar. Shuning uchun ham o’z harakatlarida asl maqsad etib Islomiy
davlatni (Xalifalikni) barpo etishni belgilaydilar. Ular nazarida Vatan uchun
kurashish makon, demak, moddiylik uchun kurashish bilan tenglashtiriladi. Ammo
qizig’i Islomiy xalifalikni tuzishni, uning dahlsizligiga erishishni talab etadilar.
Aniqroq aytganda ular o’z g’oyalarini o’zlari inkor etadilar. Keling
89
Vatanparvarlik tamoyilini mufassal tahlil etaylik. Islomiy ta’limotlarda Vatan –
ona yurt deb e’tirof etiladi. Bunda keng va tor ma’noda ishlatish kerakligi
uqtiriladi. Keng ma’noda Vatan inson yashab turgan makon, tor ma’noda, bir
insonning oilasi, yashash makoni, mahallasi, diyori tushuniladi. Muqaddas
manba ―Qur’on‖ da bir insonni o’z vatanidan badarg’a qilish, quvib yuborish og’ir
gunoh ekanligi aytiladi (Baqara 84-oyat).
Bundan tashqari hazrati Imom Buxoriyning ―al-Jomi’, as-Sahih‖
to’plamida Vatann i qo’msash, uni sevish haq’ida keltirilgan bir hadisda shunday
deyiladi: ―Oisha onamiz raziyallohu anho rivoyat qiladilar: ―Rasulliloh sallallohu
alayhi vasallam Madinaga kelganlarida Abu Bakr bilan Bilol isitmalab qolishdi.
Men ularning huzuriga kirib:‖Ey, padari buzrukvor(ya’ni Abu Bakr), ey, Bilol,
o’zingizni nechuk his etmoqdasizlar?‖,-deb so’radim. Abu Bakr isitma zo’riqqanda:
―Uyimda bo’lsaydim jon chiqar mahal,
Poyabzal ipidan yaqindir ajal‖,- der edi. Demak, Vatanparvarlik tamoyilini
yoshlar ongida shakllantirish, kengroq mohiyatini anglatish zarurat ekan.
- odamlar ongiga istiqlol mafkurasini singdirish, milliy g’oya tamoyillarini
tushuntirish;
- demokratik munosabatlarni yanada chuqurlashtirish, iqtisodiyotni
erkinlashtirish, kuchli ijtimoiy siyosat yurgizish:
- istiq’lol qadriga yetish, mute’likdan jirkanish va unga qarshi qobiliyatni
har bir inson qalbida shakllantirish va rivojlantirish.
Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda g’oyaviy tarbiya
fuqarolik mas’uliyati, iymon, e’tiqod, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy va ma’rifiy
muhit, sog’lom g’oya, siyosiy ong va huquqiy madaniyat, an’anaviy, yangicha
ilg’or fikrlar, oilaviy tarbiya, muassasalarining yetakchilik, tarbiyachilik rolini
oshirib borish talab etiladi, shundagina odamlarimiz terrorizm tuzog’iga tushib
qolmaydi, yo’lidan adashmaydi.
Jamiyatni rivojlantirishdan bosh maqsad – yurt tinchligi, Vatan ravnaqi,
xalq farovonligi, komil insonni tarbiyalash, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo
totuvlik va diniy bag’rikenglik kabi muhim g’oyalarini qaror toptirishdan
90
iboratdir. Buning uchun diniy ekstremizm va diniy aqidaparastlikka qarshi
kurashish kerak. Bunda turli usullardan oqilona va o’rinli foydalanish zarur.
Ana shu usullarni ikki guruhga ajratib olamiz: 1.Ma’naviy. 2.Ma’rifiy.
Aslida ikki usullar ham bir-biriga uzviy bog’liq’ bo’lib, bir-birini taqozo
etadi va to’ldiradi.
1.Ma’naviy usullarga:
Ma’naviy sog’lom muhit yaratishda tashviqot va targ’ibot usulidan
foydalanish. Tashviqot va targ’iot usuli ham o’z holicha ma’lum shakllarga
ajratiladi:
Ma’lum o’quv seminar-treninglar, davra suhbatlari tashkil etish.
Ommaviy axborot vositalari yordamida (Ilmiy-ommabop, hujjatli
kinofilmlar, badiiy kinofilmlar, multfilmlar,teatr, musiqa, qo’shiq’ va boshqa san’at
tur va janrlari yordamida ko’rgazmali) tashviqotlar olib borish.
Milliy qadriyatlarni tiklash, tariximizni xolis va chuqur o’rganish,
ajdodlarimiz xotirasini yod etish;
Milliy qadriyatlardan- marosimlar, an’analar, urf-odatlar, axloqiy-madaniy
munosabat me’yorlari. Bunga, milliy bayramimiz Navro’zni nishonlashda- yurt
tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi, komil insonni tarbiyalash, ijtimoiy
hamkorlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik kabi muhim g’oyalarni
targ’ib etadigan marosimlar, an’analar, urf-odatlarning o’rganilishi, qo’llanilishi va
vorisiyligini ta’minlash yot g’oyalarga qarshi kurashda qo’l keladi.
Milliy merosimizni holis va to’g’ri o’rganish. Bunda axloqiy tamoyillar
uchun zahmat chekkan ajdodlarimiz nomlarini doimo yodda tutishimiz, ularning
ta’limotlarini to’g’ri va mukammal o’rganishimiz kerak.
Barcha ma’naviy usullar bevosita ma’rifiy usullar yordamida olib boriladi,
shunda ma’lum natijalarga erishish mumkin.
2. Ma’rifiy usullarga:
Ta’lim-tarbiya sohasidagi faoliyat kiradi. Shundan ta’lim sohasi quyidagi
bosqichlarga bo’linadi va o’ziga xos ma’rifiy usullar qo’llaniladi:
91
Oilada, mahallada, davlat va jamiyatda pand va nasihat, ibrat usullaridan
foydalaniladi.Bunda tushuntirishda qisman ilmiy asoslar bo’ladi, ko’proq hayotiy
misollar keltiriladi.
Maktab,o’rta-maxsus
va oliy ta’lim sohasidagi qo’llaniladigan
usullar.Bular ilmiy bilimlar, turli ta’limotlardan iborat bo’lib, ularni yangi
innovatsion pedagogik texnalogiyalar yordamida amalga oshirish mumkin. Bunda
o’quvchi va talabalar erkin mushohada yuritishlari, har bir masalaga ijodkorona
yondashuvlar zarur.
Barcha ma’rifiy usullarni qo’llayotganda yoshlarga rag’bat berish,
ilhomlantirish asosiy o’rin tutadi. Yoshlar biror xato fikrlarni aytganlarida,
shoshilmasdan ularning mulohazalarini to’g’rilash, ularga har qanday holatda
jaholatga qarshi ma’rifat bilan, g’oyaga qarshi g’oya bilan javob berishga harakat
qilmoq lozim.
Pedagogikaning an’anaviy va zamonaviy innovatsion usullaridan ham
ratsional foydalanish juda zarur, noto’g’ri qo’llash aks natijani berishi mumkin.
Oila – maktab - mahalla hamkorligini ta’minlash va ularning tizimli
aloqalaridan foydalanish, yaxshi samara beradigan usuldir.
Ijtimoiy va siyosiy institutlar faoliyatini kengaytirish, ularning harakatlarida davlat
tinchligiga xavf tug’diruvchi yot kuchlarga qarshi doimo kurashib borish rejasini
dasturlariga albatta kiritish kerak. Zero, barcha diniy ekstremizm va aqidaparastlik
kuchlarining asosiy maqsadlari siyosiy institutlar faoliyatlari bilan bog’liq. Ular
asosan davlatni egallash maq’sadini qo’yadilar.
O’zbekiston davlatining kelajagi va tinch-osuda hayoti haqida mulohaza
yuritar ekanmiz, prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov tomonidan ishlab
chiqilgan ―O’zbek modeli‖ ga asoslanishimiz, unda ta’kidlangan bosh g’oyalar biz
uchun nazariy asos bo’lmog’i zarur. ―O’zbek modeli‖ dan kelib chiqib, O’zbekiston
taraqqiyoti nimalardan oziqlanadi?
1.Avvalo dunyoda rivojlangan davlatlarning erishgan yutuqlaridan.
2.Milliy qadriyatlardan.
Modeldan ko’zlangan asosiy maqsad kelajakda vatan ravnaqi uchun:
92
1. Erkin fikrlovchi shaxsni tarbiyalash.
2. Vatanparvarlik tamoyilini shakllantirish.
Zero, faqat Vatanparvar shaxslargina yot kimsalarning manfur g’oyalariga
qarshi qaqshatqich zarba bera oladilar. Erkin shaxslargina har qanday yovuz
g’oyalarga qarshi ezgu g’oyalarni, jaholatga qarshi ma’rifatni qo’rq’may, xalq’ining
g’ururi, millatining nomusi, yurt tinchligi uchun hur fikrlarini dadil ayta oladilar va
sadoqatli bo’ladilar. Diniy ekstremizmga qarshi kurashishda milliy g’oyani, milliy
mafkurani, axloqiy tamoyillarni, diniy bag’rikenglik, Vatanparvarlik, xalq
farovonligi, yurt tinchligini asrash, boyitish, ajdodlarga vorisiylik bilan xolisona
yetkazish har birimizning burchimizdir. Bundan san’at va sport, ulardagi turli
nazariy va amaliy usullar ham yordam beradi. San’at va sport hammani birlashtira
oladi. Xalqni, millatni bir ezgu g’oya oldida birlashtiradi.
|