partiyasi a’zolarini qatl etish to’g’risida‖ qonun qabul qilingan;
1981 yil Tunisda ―Mamlakatda islom aqidaparastligi g’oyalarini targ’ib
etmaslik hamda maktab va jamoat joylarida diniy liboslarni kiyib yurmaslik
to’g’risida‖ gi o’onun qabul qilingan;
Jazoirda ―Siyosat bilan faq’at siyosiy arboblar shug’ullanadi‖ shiori e’lon
qilingan. Shuni qayd etish lozimki, bugungi kunda ham ushbu talablarga qat’iy rioya
etiladi.
Biz yuqorida sanab o’tgan huquqiy hujjatlar sirasiga kiradi. Aslida diniy
ekstremizmga qarshi kurashni Misr Arab davlatlari siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy,
ma’rifiy sohalarda ham turli usullarni qo’llab olib bormoqdalar. Masalan, siyosiy
sohada diniy mo’tadil tashkilotlarga ham saylovlarda ishtirok etish imkoniyatini
yaratish, iqtisodiy tomondan barcha aholiga zaruriy 7 xil oziq-ovqat
mahsulotlarining hamisha ta’minlanishiga erishish. Misrda 70% aholi qashshoq
bo’lib, iqtisodiy yordamga ehtiyoji bor. Neft mahsulotlaridan, elektr energiyasidan
imtiyozli to’lovlar, oylik maoshlariga qo’shimcha foizlar to’lash, suvdan tekin
foydalanish kabi imtiyozlarni yaratgan. Uy-joyli bo’lishi, oliy ma’lumot olish va
tibbiy dorilar narxini mo’tadil ushlab turishni ham davlat ta’minlaydi. Barchasidan
ko’zlangan maqsad ijtimoiy adolat tamoyilini ta’minlashdir.
Yer yuzidagi ko’plab mamlakatlarni turli faoliyatlarda hamkorlikka da’vat
etadigan Birlashgan Millatlar Tashkiloti faoliyat boshlaganiga salkam 56 yil bo’ldi.
Shu yillar maboynida xalqaro terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurashishga
oid yigirmadan ortiq xalqaro konvensiyalar qabul qilingan. Ammo birortasida diniy
ekstremizm va terrorizm kabi tushunchalar mohiyati keng qamrab olinmagan.
42
Xalqaro hujjatlar son jihatidan shunchalik ko’p bo’lsa, nima uchun ulardan samarali
natijalar bo’lmayapdi degan savol tug’iladi?
Natijalar kutilganidek samarali bo’lmayotganligining sabablaridan biri
davlatlar va xalq’aro miqyosda qabul qilingan hujjat va shartnomalar amalga
oshirish mexanizmining yetarlicha ishlamaganligidir.
BMT tomonidan qabul qilingan barcha hujjatlarda jahondagi davlatlarni
birlashib faoliyat olib borishga da’vat etilgan. Amalda esa bunga ham to’liq amal
qilinmaydi.
BMT Bosh Assambleyasida 1972 yilda boshlab xalqaro terrorchilikning
oldini olish bo’yicha qator muhim rezolyutsiyalar ishlab chiqilgan. Mamalan 1972
yil 18 dekabr kundagi 3034- rezolyutsiya ustuvordir
26
. Afsus real xayotda bu kabi
rezolyutsiyalarning ishlashi juda sust edi. Aslida hozirda ro’y berayotgan turli
terrorchilik va diniy ekstremistlarning harakatlaridan so’ng aslida barcha
tinchliksevar davlatlar va ularning tuzilmalari barcha ro’y berishi kerak bo’lgan
voq’yealardan ilgariroq yurishlari kerakligi ko’rinmoqda.
2001 yil 11 sentyabr kungi AQSH da sodir etilgan qo’poruvchilikda so’ng
BMT ning Xavfsizlik Kengashi jamiyat rivojiga zarar yetkazuvchi turli yot va
buzg’unchi g’oyalarga qarshi kurashishda barcha harakatlar birlashtirilishida
yetakchilik qilmoqda. Aynan shundan keyin BMT ning Xavfsizlik Kengashi
buzg’unchi harakatlarni cheklash borasida dunyo mamlakatlari uchun majburiy
kuchga ega bo’lgan muhim rezolyutsiyalarni ishlab chiqdi.Ana shunday
rezolyutsiyalardan biri 1373-sonli rezolyutsiyadir. Bu hujjatni O’zbekiston davlati
to’liq ma’qulladi. Sababi, bu hujjatning asosiy maqsadi jahon hamjamiyatining
xalqaro terrorizm va diniy ekstremizmga bo’lgan munosabatini tubdan
o’zgartirishga qaratilgan. Hujjat qo’poruvchilarning kerakli resurs va imkoniyatlar
topish, ulardan foydalanish, xavfsiz makonlarda yashirinish, qurol-yaroqqa ega
bo’lish, hamda davlatlar chegaralarini kesib o’tishning oldini olishda barcha
mamlakatlardan hamkorlikni talab qiladi.
26
Ibrohimova S.,‖ BMT va umumbashariy xavfsizlik‖,//‖Tafakkur‖, -Toshkent, 2004y.2-son, 80 bet.
43
Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishda BMT dan tashqari uning
maxsus bo’limlari- Fuqaro avitsiyasi xalqaro tashkaloti, Halqaro dengiz tashkiloti,
Atom energiyasi bo’yicha halqaro agentlik, bundan tashqari mintaqaviy tashkilotlar
masalan avvallari ―6+2‖ tashkiloti, BMT nizomi bo’yicha tashkil etilgan turli
siyosiy forum va tizimlar- Ovrupa Ittifoq’i, OBSE, MDH, Shanxay hamkorlik
tashkiloti va boshqalarni kiritish mumkin. Afsuski, keyingi voqyealar BMT va
boshqa halqaro tashkilotlar omonidan tuzilgan terrorizm va diniy ekstremizmga
qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yetarli darajada emasligini
ko’rsatmoqda. Ammo bu bilan BMT va boshqa halqaro hamkorlik tashkilotlari
harakatlarini to’xtatish kerak degan fikrga kelmaslik, aksincha ular faoliyatlarida
islohotlar olib borish kerak. Butun jahon halq’lariga hamkorlikda kurash harakatlari
olib borilmasa besamar faoliyatlar davom etishi, oxir oqibat yer shari aholisi
zo’rovonlikka asoslangan terrorizm va diniy ekstremizm kabi tahdiddan qutila
olmasligi va katta jabr-sitam ko’rishi mumkinligini hamisha uqtirish kerak.
Xalqimiz diniy ekstremizm va terrorizm kabi turli yot g’oyalarning zarari,
ularning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri haq’ida to’laqonli anglab yetgan.
Shuning uchun hurmatli yurtboshimiz Islom Karimov rahnomaligida bu borada turli
ijobiy faoliyatlar olib borildi. 1997 yildayoq ―O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida:
xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolati‖ nomli asarida bu
zararli oqimlarning mamlakatimiz va jamiyatimiz uchun naqadar xavfli ekanini va
ularga qarshi kurashish zarurligini alohida qayd etgandi:
- terrorchilikka qarshi kurash bo’yicha Xalqaro Markaz barpo etish tashabbusi;
- Eron,Afg’oniston, Tojikiston va boshqa turli davlatlarda tashkil etilayotgan
diniy ekstremistlarning terroristik qo’poruvchiliklarini tinch yo’l bilan bartaraf etish
prinsiplari haqidagi Toshkent Dekloratsiyasi;
- Narkotik moddalar va uyushgan jinoyatchilikka terrorchilikka, diniy
ekstremizmga qarshi kurashda umumiy yondashuv mavzusida Toshkent anjumani.
Yer yuzida, jumladan, Markaziy Osiyoda tinchlik va barq’arorlikni
ta’minlashdagi vazifalar etib q’uyidagilar belgilangan:
Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasida hamjihatlikni mustahkamlash;
44
Jamoatchilikning hushyorligini oshirish;
Terrorchilik va diniy ekstrepmizmga qarshi kurashishda yagona Markaz
tashkil etish;
Mintaqa malakatlari o’rtasidagi hamkorlik va do’st-birodarlik jarayonlarini
kuchaytirish va boshqalar.
Yurtimiz doimo tinch-totuvlikni o’z siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri
deb bildi. Bugungi kungacha O’zbekiston Prezidentining sa’y- harakatlari tufayli,
nafaq’at o’z hududida, balki butun mintaqada, shuningdek, jahonda tinchlik va
barq’arorlikni saqlashga katta hissa qo’shib kelmoqda. Aynan prezidentimizning
tashabbuslari bilan Afg’oniston muammolari bo’yicha BMT ning ―6+2‖ guruhi
tuzildi. Bu muloqot ―Afg’onistonning do’stlari va qo’shnilari‖ deb ataluvchi bu
guruh oltita qo’shni davlat - O’zbekiston,Tojitkiston,Turkmaniston, Eron, Xitoy,
Pokiston, shuningdek BMT Xavfsizlik qo’mitasi a’zolari bo’lgan AQSH va
Rossiya Federatsiyasi kirgan . Bu davlatlarning hamjamiyatli faoliyati aks
etadigan Toshkent Deklaratsiyasi nomini olgan hujjat 1997 yilda qabul
etilgandi.Keyinchalik bu guruhlar hamkorligi qayta ko’rib chiqildi. Ularning
faoliyatini isloh etish, ular amalga oshiradigan faoliyatlar qamrovini kengaytirish
lozitmligi bildirildi. Zero, bundan barcha mamlakatlar manfaatdor edilar.
Shuningdek yurtboshimiz Islom Karimov BMT ning 48-50 sessiyalarida
so’zlagan nutqlarida jahon davlatlari tinchlik-totuvlikni saqlash va yot g’oyalarga
qarshi faqat hamkorlikda ayovsiz kurashish zarurat ekanligini ta’kidladi. Diniy
ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish o’z navbatida boshqa turli irqiy, etnik,
ijtimoiy, mintaqaviy, milliy va boshqa bir qator muammolarni ham bartaraf etishni
taqozo etadi. Buni ham birinchi bir butun dunyoga jar solib q’ayta-q’ayta
takrorlagan prezidentimiz Islom Karimov bo’ladi. Jumladan yurtboshimiz barcha
mintaq’aviy va umumjahon tashkilotlari tomonidan tuzilgan guruhlar ishi sust
ketayotganligini, buzg’unchilik harakatlari esa kuchaya borayotganligini aytdi.
Bunda ish va so’z birligiga alohida e’tibor berish kerak.
45
2011 yil yanvar oyida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ―BMT
Mingyillik maqsadlarini O’zbekistonda amalga oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-
tadbirlar to’g’risida‖ maxsus qaror qabul qildi.
Juda ko’p ijobiy ishlar qatorida halqaro tashkilotlarning maqomi, ularning
nufuzi va jahon muammolarini hal etishdagi roli xususida hurmatli yurtboshimiz
jonkuyarlik bilan:‖ Ko’p hollarda nufuzli halqaro tashkilotlar mojaroli vaziyatlarga,
ifodali aytganda, yong’in hidi endigina chiq’ayotgan paytda emas, balki batamom
lovullab ketganda, bartaraf etish qiyin bo’lib qolgandan keyingina e’tibor bera
boshlaydilar‖,
27
- degandi. Demak, halq’aro tashkilotlar befarq kuzatuvchi emas,
faol, oqil va dono maslahatchi, yordamchiga aylanishlari kerak.
Respublikamiz mustaq’illikka erishgandan keyin xalq’imizning ma’naviy va
madaniy merosiga, tarixiga munosabat tabdan ijobiy tomonga o’zgardi.
Jamiyatni yangilashdan ko’zlangan bosh maq’sad- yurt tinchligi, Vatan
ravnaq’i, xalq farovonligi, komil insonni tarbiyalash, ijtimoiy hamkorlik,
millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik kabi muhim masalalardan iborat bо’ldi.
Davlatimiz istiqlolga erishgan dastlabki kunidan boshlab, tinch-otuvlikni
o’z siyosatining bosh ustuvor yo’nalishlaridan biri ekanini dunyoga e’lon qildi.
Prezidentimiz o’z asarlarida, jumladan ―O’zbekiston XXI asr
bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari‖
da shuningdek, 1993 yil sentyabr oyida bo’lib o’tgan BMT ning 48-sessiyasi,yoki
50- sessiyasida so’zlagan nutqlarida tinchlik borasidagi siyosatni batafsil bayon qilib
bergan:‖Odamlar bir-birlari bilan uchrashganlarida avvalambor ―Assalomu
alaykum‖ deyishadi. Ushbu so’z arabchadan olingan ―Tinchlik‖ so’zi Our’oni
karimda 40 marta uchraydi. Tinchlik inson uchun havo va suvdek zarur. Tinchlik
insoniyat uchun eng oliy qadriyat va buyuk ne’matdir‖
28
.
Tinchlik hukmronlik qilgan jamiyat barqaror rivojlanadi, oilalar tinch,
odamlar baxtiyor yashaydilar.
27
Ibrohimova.S.‖ BMT va umumbashariy xavfsizlik‖,//‖Tafakkur‖, -Toshkent, 2004y.2-son, 75 bet.
28
Kistaubayev S. ―Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda ma’naviy va mafkuraviy tarbiyaning o’rni‖. //
Ma’naviyat va mafkura: muammo, yechim, targ’ibot (Metodik seminar maqolalari to’plami) –Тoshkent.: NOSHIR,
2008y.-68 bet.
46
Shunday ekan, tinchligimizga rahna solayotgan, jamiyatimizni beqaror
qilishga urinayotgan har qanday oqimlarga qarshi kurash masalasi ijtimoiy,
siyosiy, ma’naviy xayotimizda yechimini kutayotgan hozirgi kunning dolzarb
muammolaridan biridir. Har qanday yot g’oyalar: diniy ekstremizm va terrorizm
kabi tahdidlarga qarshi albatta birgalikda kurashish kerak, aks holda ijobiy
natijaga erishib bo’lmaydi.
Mamlakatimizga XX asrning 80-yillarida diniy ekstremistlar o’zlarini
dinning himoyachisi, dindosh, va xalq’imizga do’st deb kirib kela boshladilar, ular
mahallarda, masjidlarda islom dinining sofligi uchun kurashga da’vat qildilar.
Maq’sadi dushmanlik bo’lgan bunday kishilar o’zlarining chiroyli da’vatlari
bilan ba’zi bir hayotiy tajribasi, ko’nikma va malakasi yetarli bo’lmagan, ochiq
ko’ngilli yoshlarimizning ishonchiga kirib oldilar, ularni o’zlariga ergashtirishga
urindilar, qaysidir ma’noda bunga qisman bo’lsada erishdilar. Afsuski ularnitng
bunday qabih niyatlarini ota-onalar va yoshlar o’z vaqtida sezmadilar.
Diniy ekstremistik harakatlar O’zbekistonga aslida qachondan boshlab kirib
kela boshladilar degan haqli savol tug’iladi:
Aslida maqsadlari yovuzlikdan iborat bo’lgan diniy ekstremistlar va
diniy aqidaparastlar xorijiy davlatlarda o’zlarining faoliyatlarini keng tarmoqda
olib borgan bo’lsalarda, hozirgi MDH davlatlari hududlariga kirib kelishlari XX
asrning oxirlariga borib taqaladi. Bunda sobiq Sho’ro davlatining parchalinishi,
boshqa mustaqillikka erishgan yosh davlatlar qatori O’zbekistonda o’tish
davrining vujudga kelganligi ularga juda katta qulaylik yaratib bergan. Bunda biz
eski kommunizm dogmasiga asoslangan mafkurani rad etib, butunlay yangi erkin
fikrlarni va har tomonlama demokratik munosabatlarni yoqlab chiquvchi
mafkurani qabul qilishimiz, demak eskini o’rniga yangini qabul qilishga harakat
etganimizdir. Inson ongi eskicha dunyoq arashni birdan rad eta olmaydi va yangi
dunyoqarashni birdan qabul eta olmaydi. Bu juda murakkab jarayon.
Aqidaparastlik va ekstremizm juda xatarli, reaksion diniy-siyosiy
oqimlarning qurolidir. Afsuski ma’lum ko’rinishda u O’zbekistonda ham paydo
bo’ldi. Bininchi bo’lib ―Vahhobiy‖ lar nomi bilan atalgan guruh 1989 yilda
47
Namangan shahridagi ―Otavalixon‖ masjidini o’zlariga qo’rg’on q’ildilar. So’ngra
1989-1990 yillarda Qo’qon va Andijon shaharlaridagi ―Jome‖ masjidlarini
zo’rovonlik bilan egalladilar. 1995 yilda bu ikkala masjid faoliyati adliya
boshq’armalari tomonidan to’xtatilgach, ular respublika bo’ylab yoyilib ketdilar.
Ular o’zlarining uzun soqol o’stirishlari, namozda ikki oyoqni keng kerib turish,
qo’llarini ko’krakka bog’lab turish, baland ovozda ―Omin‖ deb xitob qilish bilan
hanafiy (Imom A’zam) mazhabidagilardan farqlanib turadilar.
Vahhobiylar O’zbekiston mustaq’illigini ko’ra olmaydilar. O’zbekiston
xalqining tinch-osuda hayoti, bunyodkorligini hazm qila olmaydilar. Ular
kommunistik mafkura barbod bo’lgach, hosil bo’lgan ―bo’shliq‖ni egallash
uchun tish-tirnoqlari bilan harakat qildilar. Aslida ularning ham g’oyalari
kommunistik
mafkuranikiga
o’xshaydi,
―revolyutsion‖dir, usullari ham
bolsheviklarniki kabi ag’darish, to’ntarish, qonga belash. Bunga yaqqol misol
tariqasida 1991 yil 9 dekabr Namangan, 1997 yil dekabr oyidagi Namangan
shahridagi, 1999 yil 16 fevral kungi Toshkent shahrildagi qotilliklarga asoslangan
qonli voqyealarni olish mumkin.
Ancha vaqtdan buyon millatimizga rahnomalik qilib kelayotgan
hurmatli prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov diniy ekstrmizm bilan
mashg’ul manfur kimsalarning ish ―usul‖ larini tahlil etar ekan: ―...ularning
birinchi rejasi ma’muriy, huquq himoyasida turgan tashkilotlar: militsiya,
prokuratura va shunga o’xshash hokimiyat xodimlarini o’ldirish bilan
odamlarni qo’rqitish bo’lgan. Undan keyin bizning ishlab chiqarish sohasidagi,
hayot-mamotimizni hal qiladigan inshootlarni portlatish, non, sut yetkazib
beradigan,
odamlarni
ish
bilan
band
qiladigan
korxonalarni,
imoratlarniportlatish...‖
29
.
Prezidentimiz bu ―balo‖ larning qayerdan kelayotganligiga ham ishora qilib:
―Namanganga chetdan ta’sir bo’lmasa, o’z-o’zidan shunday tajovuzlar yuz
berarmidi? Bu qonxo’rlar kimning maktabida o’qigan, kimdan mablag’ olgan, kim
29
Karimov I.A. Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz. Т.7.-Toshkent.: ―O’zbekiston‖,1999.-56 bet.
48
ularni qurol bilan ta’minlagan, ota-onalarining beparvoligidan foydalanib, yosh
yigitlarni kim Tojikistonga yoki Afg’onistonga va Pokistonga olib borgan?‖
30
.
Yuqoridagilardan kelib chiqib ushbu tashkilotlar o’zlarining razil
harakatlarini oldindan belgilangan rejalar asosida va aniq maqsadlarni ko’zlab olib
borar ekanlar, degan xulosa chiqarsa bo’ladi. Demak, diniy aqidaparastlik,
mutaassiblik va ekstremizmning O’zbekistonga kirib kelishining sabablari
quyidagilar:
O’zbekistonda dunyoviy tuzimdan voz kechish. Necha mashaqqatlar
bilan tuzilgan davlatimiz asosi bo’lgan Konstitutsiyadan voz kechishni talab
etadilar. Ular mavjud davlatda to’ntarishni amalga oshirishni talab qiladilar.
Bunga tabiiyki hyech qaysi davlat yo’l qo’ymaydi. Shuning uchun nafaq’at
dunyoviy balki, diniy davlatlar ham bu holatlarga yo’l qo’ymaydilar.
Islom halifaligiga asoslangan davlat barpo etish. Afsuski, aslida mavjud
diniy ta’limotlarni buzib talqin etadilar. Asosiy diniy manbalardagi oyat va
hadislarni buzib talqin etadilar.
Bu davlatda dunyoviy qonun tizimini rad etish va shariat arkonlarini buzib
talqin etish.
Dunyoviy maktablarni yopish (xuddiki ular o’rniga diniy-islomiy maktablar
joriy etarmishlar). Aslida bu xato, ular butun millatlar va xalqlarni savodsiz
bo’lishlarini xohlaydilar, shunda ularni boshqarish oson bo’ladigan olomonga
aylantiirish mumkin. Bunga yaqqol misol Afg’onistondir. Ta’lim, ishlab
chiqarish, madaniyat izdan chiqarilgan, rivojlanish yo’q, barcha odamlar, hatto
bolalar ham qo’llariga qalam o’rniga qurol ushlaydilar. Turli yot kuchlar
xohishlariga qarab bir nazar tashlaydilar va urush o’chog’larini chuq’urlashtirib keta
oladilar. Eng fojealisi, diniy ekstremizm, diniy aqidaparastlik va diniy
mutaassiblik tinimsiz terrorchilikni sodir etadilar, xalqni kelajakka ishonchlari
beq’aror,bu jinoyatlar narkobiznes, sovuq qurollarni sotish, odamlarni o’ldirish kabi
xunrezliklarni yanada ko’proq sonining oshishiga sabab bo’lmoqdalar.
30
O’sha manba 62 bet.
49
Islom dinining asl mohiyatini buzib tavsiflaydilar. Odamlarni islom
diniga undab, aslida ularni mutelar va manq’urtlarga aylantirishni xohlaydilar. Dinni
niqob etib davlatga ega c hiqmoqchi bo’ladilar. Demak, maq’sad moddiy, ya’ni
davlatga egalik q’ilish, eng vahshiy usullar bilan odamlarni qo’rquvda ushlab,
teroniyaga asoslangan davlatni barpo etmoqchilar.
Yot g’oyalarning kirib kelishiga jo’g’rofiy sabablar ham bor: Jumladan,
O’zbekiston eng qulay jo’g’rofiy makonda joylashgan. Aholisi soni ko’p.
Atrofdagi Qirg’iziston, Tojikiston davlatlarining ichki siyosatiga aralashish juda
oson. Bunga Tojikistondagi ishlab chiqarishning anchagina izdan chiqarilganligi,
yaqin-yaq’inlargacha uning hududlarida goh Rossiya, goh AQSh harbiy
qo’shinlari saqlanganligini e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak. Bundan tashqari,
Qirg’izistonda bo’lib o’tgan ziddiyatlar ( 1989 yilda va 2010 yillarda bo’lib o’tgan
reaksion kuchlar uyushtirgan voqyealar). O’rta Osiyodagi barcha beshta
davlatning markazida O’zbekiston joylashgan. O’zbekistonning jo’g’rofiy
joylashuvining qulayligi, tabiiy qazilma boyliklarga ega ekanligi, qulay agrar
xo’jalikning mavjudligi, siyosiy jihatidan ham qulay joylashuvi barcha xorij
davlatlarini doimo ohangraboday o’ziga tortadi. O’zbekistonning bosib olinishi
barcha Markaziy Osiyodagi besh davlatning egallanishi uchun qulay strategik
makonning vujudga kelishiga olib keladi. Afsuski ba’zi tashkilot va harakatlar
mavjud qonunlarga qarshi bo’lib, tinchlik va osoyishtalikka rahna soluvchi edilar.
Ular o’zlarining yovuz faoliyatlari bilan taraqqiyotni izdan chiqarishi, o’tish
jarayonlarini yanada murakkablashtirgan bo’lardilar. O’sha vaqtda
prezidentimiiz Islom Abdug’aniyevich Karimorv juda kuyunchanglik bilan
bildirgan fikrlarini bir asarlarida o’qib qoldim: ―... Takror aytaman, mening qoidam-
qonunni hurmat qilish, qonunga itoatkorlik‖. AQSH vakili bo’lgan janob Beyker
Toshkentga kelganida: ‖Keling, ko’zingizni yumib, ―Birlik‖ harakatini partiya
sifatida ro’yxatdan o’tkaza qoling‖, deb meni ko’ndirishga uzoq ovora
bo’ldi....‖Birlik‖ harakati a’zolari ―Yo’qolsin ruslar!‖ degan varaq’alar tarqatganiga
50
nima deysiz?‖
31
. Aslida bu harakatning a’zolari ham millatlar va diniy g’oyalar
o’rtasiga rahna solishni maqsad qilganlar. Ular har qanday yo’llar bilan
fuqarolarning o’rtasida urush chiqarib, davlatning parchalanishiga erishmoqchi
bo’lganlar.
XX asrda islom dini niqobi ostida diniy ekstremistik, terroristik
faoliyatni olib boruvchi ―Al-Qoida‖ (Asos) tashkiloti rahbari Usoma bin Lodin 1956
yilda Saudiya Arabistonining Jidda shahrida tug’ilgan. Otasi yamanlik
shayxlardan biri bo’lib, katta moddiy mablag’ga ega bo’lgan, yirik q’urilish
firmalarini boshqargan. Usoma bin Lodin 1974 yilda Jidda universitetida tahsil
oladi. Islomiy davlatlarda bo’layotgan o’zgarishlar unga ta’sir etadi va 1980
yillarda Afg’onistonga sobiq Sovet qo’shinlariga qarshi jihod q’ilishlik uchun
keladi. Shu davrda Usoma bin Lodin AQSH ning markaziy razvedka
boshqarmasi bilan aloq’ani Istanbulda o’rnatadi. Bunda Usoma bin Lodin AQSHdan
Afg’onistonga sobiq Sho’rolarga qarshi qurol-yarog’ yetkazib berish bilan
shug’ullanadi. Ayni paytda u AQSH ko’magida juda katta moddiy mablag’ga ega
bo’ladi
32
. Agar o’sha paytda AQSH yoki boshqa shunday guruhlarga yordam
berayotgan davlatlar keyinchalik ularning qanchalik tinchlik uchun rahna solishi
mumkinligini bilganlarida bormi, balki o’z faoliyatlarini ko’proq o’ylab ko’rgan
bo’lardilar.
Prezident Islom Abdug’aniyevich Karimorv jahon hamjamiyati
xavfsizligiga va bashariyat osoyishtaligiga xavf solib turgan xalqaro terrorizmga
jinoiy hodisa sifatida baho berib, bunday ta’kidlaydi:‖O’zgalar qonini to’kish
hisobiga mo’may daromad olishni istovchilar batamom yo’q bo’lib ketadigan
zamonlar kelishiga hali ancha borga o’xshaydi. Bu toifaga kiruvchi
―bizneschilar‖ uchun qon va napok siyosat qorishgan pul dunyoning turli
burchaklarida xalqaro qotillarni yollash va sinab ko’rish mumkin bo’ladigan
31
Karimov I.A. Yangi uy qurmay turib, eskisini buzmang.-Тoshkent.:‖O’zbekiston‖, 1993.-10-11 bet.
32
Klyuchnikov B. Islamizm: SSHA i Yevropa.-М.:Algoritm. 2003 г.http:// www. Yandeks.ru.
51
mojarolarni rag’batlantirish borasida eng qulay vosita ekanligini gapirmasa ham
bo’ladi‖
33
.
Eng avvalo, Prezidentimiz I.A.Karimov masalaning mafkuraviy
tomonidan ko’ra ko’proq ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy tomonlariga e’tibor qaratib
ta’kidliydi-ki: ‖Adolat yuzasidan shuni e’tirof etish kerak-ki, diniy fanatizmning
―otilib chiq’ishi‖ga sof diniy ziddiyatlardan ko’ra ko’proq ijtimoiy, siyosiy va
iqtisodiy muammolarning hal qilinmaganligi sabab bo’ladi‖
34
. Qizig’i diniy
ekstremizm qaysidir tomonlari bilan kommunistik aqidaparastlikka o’xshaydi.
Sababi Kommunistik mafkura ham o’zidan boshqa biror mafkurani tan
olmaydigan va ularni tag-tomiri bilan yo’q qilishga intilardi. Diniy ekstremizm
ham shunday, ularga muvofiq kelmaydigan birorta g’oya va mafkura bilan
chiqisha olmaydilar. Aslida kommunistik mafkura ma’naviy qashshoq’ligi,
fanatizmi va millatlarga qarshi qaratilganligi bilan sho’ro hokimiyatidan keyingi
makonda diniy fundamentalizm va an’anaviylik uchun sharoit yaratadi. Islom
dinidagiga emas, balki yahudolik, xristian konfessiyalari- Rus pravoslav, Rim-
katolik, Arman-grigorian, Lyuteran cherkovlarida, baptistlik va boshq’a jamoalarda
ham shu hol ro’y berdi. Sobiq Sho’rolar davlati dindorlardan q’anday
vahshiylarcha o’ch olgan bo’lsa, ularning foydalangan vositalariga o’xshash vosita
va usullardan diniy ekstremistlar ham foydalanmoqdalar. Diniy aqidaparastlar va
diniy ekstremistlar bir tomondan diniy e’tiqod erkinlikni da’vo qilsalar, ikkinchi
tomondan vujudga kelgan mafkuraviy bo’shliqdan g’arazli maqsadlari yo’lida
foydalanishga harakat qildilar. Demak hozirgi diniy aqidaparastlik va diniy
ekstremistlarning yuzaga kelishi ildizlari sobiq Sho’ro tuzumida paydo bo’lgan.
Farqi kommunistlar dinni rad etgan bo’lsalar, diniy ekstremistlar aksincha
dunyoviy ta’limotlarn i rad etdilar. Diniy ekstremistlar va diniy aqidaparastlar o’z
dunyoqarashlari va mafkuralarining benuqsonligiga ko’r-ko’rona ishonar
33
.Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.-
Т.:O’zbekiston,1997y.-96 bet.
34
.Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot
kafolatlari.-Т.:O’zbekiston,1997y.-38 bet.
52
ekanlar, ularni boshqa har qanday ta’limotlardan ustun qo’yadilar, oqibatda ularni
sohtalik bilan muqaddaslashtiradilar.
Bundan tashqari diniy ta’limotlardan foydalanishdagi ziddiyatlardir:‖
Bir tomondan, islom dinining madaniy qadriyatlari va an’analari, jahon mi’yosida
islom dini qoldirgan juda ulkan ma’naviy meros nafaqat mintaq’amizning
tarixiy rivojlanishiga, balki uning hozir shakllanib borayotgan sifat jihatdan yangi
qiyofasini ham belgilab bermoqda.
Ikkinchi tomondan, islom dinidan siyosiy kurash uchun, ommaning
siyosiy ongiga ta’sir ko’rsatish vositalariga ega bo’lish uchun q’urol sifatida
foydalaniladi. U bir tug’ vazifasini bajarishga qodir. Bu tug’ ostida esa aniq bir
dasturiy maq’sadlarni izlovchi emas, balki faqat bir ko’rsatmaga amal qiluvchi
kuchlar birlashadi‖
35
. Demak, diniy ekstremistlar va diniy aqidaparastliklar
garchi boshqa xorijiy davlatlarda paydo bo’lgan bo’lsalar ham, O’zbekis tonda
asosan mustaqillik arafasida, aniq roqqilib aytganda, mustaqillikdan keyin paydo
bo’lgan. O’tish davrida islom dinining asl mohiyatini anglashda yuzaga kelgan
murakkab qarama-qarshi holatlardan foydalanishga uringanlar va fuq’arolar
o’rtasida turli noroziliklar, nizolar chiqarishga harakat qilganlar.
Diniy ekstremistlarning moddiy boylik orttirish maqsadlari ham
bo’lgan: ―Shuni ham ta’kidlash zarurki, xozirgi davrda islom dini nomidan go’yo
ortiqcha zeb-ziynat va isrofgarchilikka qarshi kurash olib borayotgan ekstremistik
va terrorchi tashkilotlarning rahbarlari, shu jumladan ularning O’zbekistondagi
gumashtalari boylik orttirishdan o’zlarini hyech mahal tiymaganlar. Bu haqda
juda ko’p tadqiqotlarda, risolalarda, turli ommaviy axborot vositalarida ishonchli
dalillar asosida ma’lumotlar berilgan‖
36
.
Bugungi kunda o’zlarini ―O’zbek islomchilari‖ deb atagan, ammo ko’plab
jinoyatlar qilib, O’zbekistonni tark etgan guruhlarni islom dini niqobi ostidagi
xalqaro ekstremistik guruhlar har taraflama qo’llab-quvvatlashga urinib keldi. Jahon
tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, xalqaro ekstremistik guruhlar tijorat firmalari
35
Abdullajonov O. Diniy aqidaparastlikning kelib chiqishi, mohiyati va O’zbekistonga kirib kelishi.-
Т.:‖O’zbekiston‖, 33-34 bet.
36
Begmatov A. Aqidaparastlik manbalari. // Falsafa va huq’uq’.2005, №1.12 bet.
53
faoliyatloaridan foydalanib jinoiy yo’llar bilan topilgan mablag’larini o’z yovuz
maqsadlari yo’lida o’zlashtirmoq’dalar. 1994-1996 yillarda esa ular Afg’onistonda
yashaydigan etnik O’zbeklardan mablag’ yig’ishni tashkil etishgan. Yig’ilgan
pullar 1996 yilda Saudiya Arabistonida yashovchi Yosinxon To’raga saqlab turish
uchun berilgan. Bundan tashqari, Turkiyaning ―Refax‖ partiyasi rahbari, shu
mamlakatning sobiq bosh vaziri N.Erbaqon 1997 yilda Tohir Yo’ldoshga 100.000
dollar miqdorida mablag’ ajratgan. Yana o’sha kimsaning yordami bilan
Germaniyada harakat qilayotgan turkiyalik muhojirlarning tijorat tashkiloti-
―Milliy urush‖ ning kotibi Muhammad Kuchak orqali Tohir Yo’ldoshga
qurollanish uchun bir necha yuz ming dollar berilgan. Afsuski qurol-yarog’
yetkazib berish ma’lum shartlar asosida amalga oshirilgan
37
. Ma’lumotloarga
qaraganda MDHga a’zo davlatlar hududloaridagi diniy ekstremistik va terrorchilik
tashkilotlariga 60 ga yaqin xalqaro tashkilotlar, 100 dan ortiq’ xorijiy kampaniyalar
va o’nlab bank guruhlari yordam bermoqdalar
38
.
Usoma bin Lodin boshliq ―Butun jahon fronti‖ ana shunday
tashkilotlaridan biridir. Ular 2000 yil 14 dekabrdan jangarilar tayyorlashga 20
million dollar ajratilganini e’lon qilindi. Asosiy maqsadlari dunyo bo’ylab turli
jangari tashkilotlarini tashkil etish va ular yordamida yangi urush
O’chog’larini yuzaga keltirish. Masalan, 1996 yilda ana shu yuqoridagi ekstremistik
tashkilot Juma Namangoniyga 250 ming AQSh dollar miqdorda ―sadaqa‖
berilgan. Yana bir ma’lumotlarga qaraganda Usoma bin Lodin 1999 yilning
iyun oyida Tohir Yo’ldosh bilan Quddus shahrida uchrashgan va unga 500
ming AQSh dollarini in’om etgan.
Usoma bin Lodin Afg’onistondagi ―Tolibon‖ harakati bilan yaqindan
hamkorlik qilib kelgan, jami ishlab chiqariladigan afyunning 80 foizini o’zi
shaxsan nazorat etadi. Undan jangari va diniy ekstremistik va terrorchilik
harakatlari rahbarlari cho’ntagiga jami 90 milliard AQSh dollar kelib tushadi.
37
Jumayev R. Bu chayonlarning maqsadi nima? Kimlarga suyanadi ular? //Markaziy Osiyo madaniyati.
2000. № 32, avgust.
38
Moldaliyev O. Islamizm i mejdunarodniy terrorizm: ugroza islama ili ugroza islamu?- Bishkek, 2004.-s 121. http://
www. Yandeks.ru.
54
Avvalo shuni ta’kidlash kerak-ki, bunday g’arazli kuchlarning asl
maqsadi, xalqni ma’naviyatidan ayirib, shu orqali o’z manfaatlarini amalga
oshirishdir:‖... dunyodagi zo’rovon va tajovuzkor kuchlar qaysi bir xalq yoki
mamlakatni o’ziga tobe qilib, bo’ysindirmoqchi uning boyliklarini egallamoqchi
bo’lsa, avvalombor, uni qurolsizlantirishga, ya’ni eng buyuk boyligi bo’lmish
milliy qadriyatlari, tarixi va ma’naviyatidan judo qilishga urinadi‖
39
.
Afsuski bilimi, malakasi, tajribasi kam bo’lgan, g’o’r va ta’sirchan
yoshlarning ba’zilarini ular o’z guruhlariga qo’shishga muvoffaq bo’ldilar.
Andijon, Namangan, Toshkent shahri, Xorazm va boshqa joylarda
xalq’imizning tinchligini buzishga, diniy va milliy ixtiloflar keltirib chiqarishga
harakat qildilar.
Afsuski yuqoridagiga o’xshagan talofatlar juda ko’plab joylarda,
shuningdek O’zbekistonda ham sodir etildi: 1991 yil 9 dekabr kuni Namangan
shahrida bir guruh qo’poruvchilikka asoslangan diniy ekstremistik kuchlar
Namangan viloyat ijroiya qo’mitasi binosini egallab olishgan, quyidagi talablar
bilan chiq’ishganlar:
dunyoviy tuzumdan voz kechish va O’zbekstonni islomiy davlat deb e’lon
qilish;
dunyoviy qonunlarni bekor qilish va mamlakatda shariat arkonlarini joriy
etish;
dunyoviy maktablarni yopish va o’g’il bolalar va qiz bolalar alohida
o’qiydigan maktablar ochish;
Islomiy kiyinishga o’tish, ayollarning hijobda yurishini joriy etish;
Namangandagi sobiq siyosiy ta’lim muassalari binolarini islom radikallari
ixtiyoriga berish va hakozalar.Ular jami 15 ta talab bilan chiq’ishib, hokimiyatni ana
shu talablar asosida egallashni maqsad etganlar.
1999 yil 16 fevral kuni Toshkent shahrida yuz bergan portlash asosan
xalqni vahimaga solish, mustaqillik odimlaridan majburlab chalg’itish, millatni
rahnomasiga nisbatan qilingan suyiqasd edi. Bu diniy ekstremistlar va diniy
39
Karimov I.A. ―Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch‖. Toshkent.: ―Ma’naviyat‖,2008 y.11 bet.
55
aqidaparastlarning faoliyati natijasi edi. Bu qo’poruvchilik harakatlari orqasida
katta kuchlar orligi ayon. Ularning maqsadlari xalqimizning tinchligini buzish,
qo’rqitish, yuragiga g’ovg’a solish, yuritayotgan siyosatimizga ishonchimizni
so’ndirish, amalga oshirayotgan ezgu ishlarni yo’qqa chiq’arishga harakat qilish edi.
Bundan tashqari 2000 yil avgustda, 2004 yil mart oyida Toshkent shahri
va Buhoro viloyatlarida, shu yili iyul oyilda Toshkent shahrida, 2005 yil may
oyida Andijonda bir qator diniy ekstremistik qo’poruvchiliklar yuz bergan edi.
Afsus ular o’zlarining g’arazli niyatlari yo’lida asosan yoshlar va xotin-
qizlarni ko’proq jalb qilar ekanlar. O’zbekistonda esa umumiy aholisining 60% ini
yoshlar tashkil etadi. Demak, ulardan keladigan xavf juda katta ekan. Ularga
qarshi keskin va tizimli kurashlar olib borish kerak. Zero, yurtboshimiz
ogohlantirganidek: ―Agar biz bugun dinu diyonatimizni uni buzib talqin etayotgan
kimsalardan himoya qilmaslik- shunday xatarni yaqin tariximizda va bugunning
o’zida ham boshimizdan kechirmoqdamiz – odamlar, ayniqsa, hayot tajribasi,
ongu t afakkuri hali yetarli bo’lmagan yoshlarimiz ertaga ana shu kuchlarning
mash’um ta’siriga tushib qolishi mumkin‖
40
.Amaliyot shuni ko’rsatmoqdaki,
ekstremistlar o’z maqsadlari yo’ltda asosan yosh yigit va qizlarni tanlaydilar. Nega
aynan yoshlar va ayollar? Chunki, aynan ana shular Vatanimiz kelajagi,
millatimiz ertangi kuni, taraqqiyotini belgilab beradi. Prezidentimiz Islom
Karimov ta’kidlaganidek:‖XXI qaysi davlat qudratli, qaysi kuchli bo’ladi? Bu
savolga, aholisi intellektual nuq’tai nazardan barkamol, yoshlari bilimli, or-
nomusli, vatanparvar bo’lib, unib-o’sayotgan davlat, deb javob qaytarish
mumkin‖
41
.
Shu yerda aniq raqamlarga murojaat qilaylik. Ma’lumotlarga ko’ra,
O’zbekiston dunyodagi eng yosh davlatlardan biri bo’lib, o’rtacha yosh 24ni tashkil
etadi. Shuningdek, 26 milliondan ortiq aholining 60 foizi (17,6 mln.) 30 yoshgacha
bo’lgan yoshlar tashkil etadi. Shu o’rinda yoshlar tashq’i ta’sirlarga ko’proq moyil
bo’lishini alohida qayd etish lozim. Muayyan hollarda hayotdagi orzu-maqsadlarga
40
Yusupov O. tahriri ostida, Diniy bag’rikenglik va mutaassiblik (yuzta savolga- yuzta javob)-Т.:‖Toshkent Islom
Universiteti‖, 2007,3-bet.
41
O’sha manba 77 bet.
56
mustaqil erishish harakatlarining hamma vaqt ham amalga oshavermasligi oqibatida
yoshlarda infantillik (o’zini nochor, yordamga muhtoj his qilish)dek xususiyat
shakllanishi kuzatiladi. Bunday vaziyatda ularda ―oliy maqsadlarga intilayotgan
men kabi kishilar yoki jamoa mavjud‖,- degan tasavvur paydo bo’lishiga zamin
yaratiladi. Shunda ular o’zlarining maq’sad va intilishlarini tushunadigan
kishilarni izlay boshlaydilar.
Ayni paytda, jiddiy mas’uliyatdan ozod bo’lgan o’smirlar uchun shaxsiy
tajribaning yetishmasligi xosdir. U soddalik va xayolparastlik bilan yonma-yon
keladi. Shu bilan birga, yoshlar nazdida atrofda kuzatilayotgan adolatsizlik
natijasida yuzaga keladigan zo’riqishni yo’qotishda faqat birgina yo’l-―buyuk
g’oyani o’zida mujassamlashtirgan yetakchi bilan hammaslik bo’lishni tanlashga
moyillik yuzaga keladi. Bu yo’l o’smirni diniy mutaassiblik oqimlarning
domiga tortilishiga olib kelishi mumkin.Yana aniq dalillarga qaytamiz.
Manbalarda qayd etilishicha, 2003 yil yanvarь-sentyabr oylarida diniy
ekstremistik tashkilotlar tarkibida konstitutsiyaviy tuzumga qarshi jinoyat sodir
etgan 150 kishining 80 tasini (53%) 30 yoshgacha bo’lganlar tashkil etadi.
Ushbu raqamlar ham diniy ekstremistik harakatlarning yoshlarning ruhiy
xususiyatlarini inobatga olib, ularga o’zlarining g’araz maqsadlariga erishish yo’lida
alohida e’tibor bilan qarayotganliklarini ko’rsatadi.
Diniy ekstremizm bilan mashg’ul kimsalar ongi zaharlangan, fanatizmga
berilgan jinoiy harakatiga o’zi javob bera olmaydigan, qilayotgan harakatini
belgilay olmaydigan, kimningdir yovuz niyatini bajaradigan ijrochi kimsa, deb
atashimiz kerak.
Insonlarning joniga qasd qilish, o’ldirish, odamlarni vahimaga solish,
tinchlikni buzish, insonlarni garovga olish maqsadida qilinadigan holatlar va buning
ortida siyosiy-diniy va fanatik maqsadlarda uyushtirilgan jinoyatlar terrorizm
deyiladi. Diniy ekstremistlar va terroristlar xalqni kuzatish va ularga o’z
ta’sirini o’tkazish uchun dindan ustalik bilan foydalanadilar. Ular o’z qora
niyatlarini yurtimizning bir q’ancha joylarida amalga oshirishga muvoffaq
bo’ldilar. Jumladan yuqorida ba’zilarini qayd etdik, ulardan tashqari 2000 yil
57
yoz oylarida Surxandaryo viloyati Sariosiyo va Burchmullo tog’larida, 2004 yil 29-
30 mart va 1 aprel kunlari mamlakatimizda mudhish jinoiy harakatlarini sodir
etdilar. Bu harakatlarda ichki ishlar hodimlari, jasur harbiy askarlar va fuqaroloar
hayotdan ko’z yumdilar. Islom dinida odam o’ldirish, qon to’kish gunoh
hisoblanadi. Bu manfur kimsalar odam o’ldirib, qon to’kib, katta gunohga botib,
do’zahiy bo’ldilar.
―Inson sivilizatsiyasining rivojlanish tarixi, ayniqsa har jihatdan bir-biriga
bog’liq bo’lib qolgan hozirgi dunyo sharoitida shundan aniq dalolat berib turibdi-ki,
alohida olingan bir davlatdagi har qanday mojaro uzoq vaqt davomida milliy
chegaralar doirasida qolib keta olmaydi, bir qancha sabablarga ko’ra bunday
mojaro nazorat qilib bo’lmaydigan darajada yoyilib ketishi muqarrar‖
42
- deb
yozadi Prezidentimiz Islom Karimov.
Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, terrorizm dunyoning qaysi bir
joyida namoyon bo’lishidan qat’iy nazar, u hamma davlatga siyosiy, iqtisodiy,
ma’naviy-ruhiy, ijtimoiy tahdidni, barqaror rivojlanishiga to’sqinlikni keltirib
chiqaradi. Demak, diniy ekstremizm insoniyatning dushmanidir, unga befarqlik
bilan qarash, yoki loqaydlikka yo’l qo’yish mumkin emas. Inson xudoning erka
va erkin bandasi, degan edi buyuk mutaffakkir Mahdumi A’zam. Inson yer yuzidagi
tartib va osoyishtalikka ma’sul shaxsdir. Shunday ekan, diniy ekstremizm va
terrorizmga qarshi kurash odamzodning birinch galdagi vazifasidir. Bu kurashda
ma’naviy va mafkuraviy tarbiyaning o’rni beqiyosdir.
42
Yusupov O. tahriri ostida, Diniy bag’rikenglik va mutaassiblik (yuzta savolga- yuzta javob)-Т.:‖Toshkent Islom
Universiteti‖, 2007, 69-bet.
|