Mavzu: Diskret logarifmlash. Reja: Tub ko’paytuvchilarga ajratish



Yüklə 19,97 Kb.
tarix20.12.2022
ölçüsü19,97 Kb.
#76609
Diskret logarifmlash


Mavzu:Diskret logarifmlash.
Reja:

  1. Tub ko’paytuvchilarga ajratish.

  2. Chekli diskret logarifmlash.

Quyida nosimmetrik kriptotizimlar bardoshliligini ta’minlovchi murakkab masalalar (muammolar)ga to‘xtalib o‘tiladi.


Tub ko‘paytuvchilarga ajratish (faktorlash)
Berilgan sonni ko‘paytuvchilarga ajratish deganda, uning tub ko‘paytuvchilarini topish tushuniladi.
Misol uchun:

  1. 100 soni 2, 2, 5 va 5 tub sonlaridan iborat ko‘paytuvchilarga ega, ya’ni 100=2·2·5·5;

  2. 6279 soni 3, 7, 13 va 23 tub sonlaridan iborat ko‘paytuvchilarga ega, ya’ni 6279=3·7·13·23.

Berilgan sonni ko‘paytuvchilarga ajratish sonlar nazariyasining eng dastlabki masalalaridan biri hisoblanadi. Berilgan sonni (yoki to‘plamni) biror amal yoki xususiyatga ko‘ra uning tashkil etuvchilari orqali ifodalanishi shu sonni (yoki to‘plamni) faktorlash (ajratish) deyiladi. Sonni ko‘paytuvchilarga ajratish qiyin jarayon emas, ammo ko‘paytuvchilarga ajratilishi kerak bo‘lgan sonning qiymati kattalashib borishi bilan uni ko‘paytuvchilarga ajratish jarayoniga sarflanadigan vaqt ham ko‘payib boradi. Shunday bo‘lsada, ko‘paytuvchilarga ajratish jarayonini tezlashtiruvchi quyidagi algoritmlar mavjud [12-13]:
1. Sonli maydon umumiy g‘alvir usuli – o‘nlik sanoq tizimida 110 ta va undan ko‘p razryadli (raqamli) sonlarni ko‘paytuvchilarga ajratishning ma’lum bo‘lgan eng samarali (tez, kam vaqt sarflanadigan) algoritmi;
2. Kvadratik g‘alvir usuli – o‘nlik sanoq tizimida 110 tadan kam bo‘lmagan razryadli (raqamli) sonlarni ko‘paytuvchilarga ajratishning ma’lum bo‘lgan eng samarali (tez va kam vaqt sarflanadigan) algoritmi;
3. EEChusuli – o‘nlik sanoq tizimida tub ko‘paytuvchilarning razryadi (raqamlari soni) 43 tadan ko‘p bo‘lmagan sonlarni ko‘paytuvchilarga ajratishda foydalanilgan;
4. Pollardning Monte-Karlo usuli – amalda kam ishlatiladi;
5. Uzuluksiz kasrlar usuli – qo‘llashga ko‘p vaqt sarflanadi;
6. Tanlab bo‘lish usuli – eng dastlabki usullardan bo‘lib, ko‘paytuvchilarga ajratilishi kerak bo‘lgan (berilgan) sonning kvadrat ildiziga teng va undan kichik bo‘lgan har bir tub sonni berilgan sonni qoldiqsiz bo‘lishi yoki bo‘lmasligi tekshirib chiqilishi natijasida, berilgan sonning tub ko‘paytuvchilari aniqlanadi.
Modul n bo‘yicha kvadrat ildiz. Agarda maydon xarakteristikasini ifodalovchi n soni ikkita tub sonning ko‘paytmasidan iborat bo‘lsa, u holda sonning kvadrat ildizini modul n bo‘yicha topish masalasini yechish n sonini ko‘paytuvchilarga ajratish masalasini yechish hisoblash nuqtai nazaridan teng kuchli masalalar hisoblanadi. Ya’ni maydon xarakteristikasini ifodalovchi n sonining ko‘paytuvchilari ma’lum bo‘lsa, berilgan ixtiyoriy sonning kvadrat ildizini modul n bo‘yicha hisoblash qiyinchilik tug‘dirmaydi, aks holda hisoblashlar n sonining tub ko‘paytuvchilarini topish masalasi kabi murakkabliklarni o‘z ichiga oladi. Maydon xarakteristikasi yetarlicha katta bo‘lganda kriptobardoshliligi kvadrat ildizni hisoblash masalasining murakkabligiga asoslangan ochiq kalitli kriptoalgoritmlar mavjud.
Tub sonlar generatsiyasi (ishlab chiqarish). Ochiq kalitli kriptoalgoritmlar asoslari yaratilishida tub sonlarning xossalaridan foydalaniladi. Biror berilgan sonni tub ko‘paytuvchilarga ajratish, uni tub yoki tub emasligini aniqlashga nisbatan murakkab bo‘lgan masala. Yetarli katta razryaddagi toq sonni tasodifiy tanlab olib, uni ko‘paytuvchilarga ajratish bilan tub yoki tub emasligini aniqlashdan ko‘ra, uni tubligini biror mavjud usul bilan tekshirish osonroq. Buning uchun turli ehtimollik testlari mavjud bo‘lib [12-13], sonning tubligini berilgan darajadagi ishonch bilan aniqlab beradi. Kriptobardoshliligi yetarli darajada katta razryadli sonni tub ko‘paytuvchilarga ajratish masalasining murakkabligiga asoslangan ochiq kalitli kriptoalgoritmlar mavjud.
Chekli maydonlarda diskret logarifmlash. Kriptografiyada bir tomonlama (teskarisi yo‘q) funksiya sifatida biror modul n bo‘yicha darajaga ko‘tarish amalini hisoblashdan foydlalaniladi:
y = ax mod n.
Bu funksiyaning y–qiymatini x–argumentning berilgan qiymati bo‘yicha hisoblash qiyinchilik tug‘dirmaydi. Ammo, y ning qiymatini bilgan holda x ning qiymatini topish murakkab masala hisoblanadi. Umuman olganda,

munosabatni qanoatlantiruvchi x noma’lumning butun qiymatlari har qanday n lar uchun ham mavjud bo‘lavermaydi. Misol uchun, ushbu

munosabat x ning hech bir butun qiymatida bajarilmaydi. a, b, n –parametrlarning yetarli katta qiymatlarida yuqorida keltirilgan masalaning yechimi yana ham murakkablashadi.
Kriptografiyada nosimmetrik shifrlash algoritmlarining asoslari bilan bog‘liq bo‘lgan quyidagi:
- tub sonlar maydonida GF(p) diskret logarifmlash;
- xarakteristikasi asosi 2 bo‘lgan GF(2n) maydonda diskret logarifmlash;
- EEChnuqtalari ustida bajariladigan amallarni biror chekli F maydonda amalga oshirish masalalarini yechishning murakkabligi bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar asosida ish ko‘riladi.
Kriptobardoshliligi diskret logarifmlash masalasining murakkabligiga asoslangan ko‘plab ochiq kalitli kriptoalgoritmlar mavjud.
Yüklə 19,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin