Mavzu: Dunyoqarashning mohiyati, tuzilishi va asosiy funksiyalari


Falsafiy dunyoqarashning rivojlanish qonuniyatlari va asosiy funsiyalari



Yüklə 45,75 Kb.
səhifə3/3
tarix22.12.2023
ölçüsü45,75 Kb.
#190284
1   2   3
falsafa 1-mustaqil ish

3. Falsafiy dunyoqarashning rivojlanish qonuniyatlari va asosiy funsiyalari.
Falsafiy dunyoqarash, mohiyat-mazmuniga ko’ra, ma’naviy faoliyat bo’lgani bois, u borliqqa bo’lgan ongli, insoniy munosabatning muayyan yo’nalishlarini vujudga keltirgan. Masalan, kishilarning jamiyatdagi axloqiy munosabatlari – axloqiy dunyoqarashlarida, huquqiy munosabatlari – huquqiy, siyosiy munosabatlari – siyosiy, diniy munosabatlari – diniy, ekologik munosabatlari – ekologik dunyoqarash shakllarida o’z ifodasini topgan. Buni tizim tarzida izohlaydigan bo’lsak, quyidagicha ko’rinish kasb etadi:
1. Axloqiy.
2. Diniy.
3. Huquqiy.
4. Siyosiy.
5. Ekologik.
6. Estetik.
Bu tizimni tashkil qilgan nisbatan mustaqil dunyoqarash shakllari o’zaro bog’liqlikda, aloqadorlikda harakat qiladi. Dunyoqarash tizimining rivojlanish darajasi jamiyat taraqqiyotiga mos keladi va uni ifodalab turadi. Bundan tashqari, har bir tarixiy davrda millatning rivojlanishi, uning mentaliteti va dunyoqarashida namoyon bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, dunyoqarash tizimi va ularning xususiyatlari muayyan inson, ijtimoiy guruh, tabaqa va butun millatning ma’naviy qiyofasini belgilab beradi. «Dunyoqarash» tushunchasi o’zlikni anglash, vatanparvarlik, milliy g’urur, tarixiy xotira, ma’naviy barkamollik kabi tuyg’u va tushunchalar bilan uzviy bog’liq holda shakllanadi. Chunki, dunyoqarash aynan ana shu ruhiy-ijtimoiy hodisalar orqali oydinlashadi, umuminsoniy qadriyatlarning tarixiy bir bo’lagiga aylanadi. Falsafiy dunyoqarashning tarixiy shakllari insoniyat taraqqiyotining qonuniy natijasi bo’lib, jamiyat rivojlanishining ma’naviy mezoni sifatida namoyon bo’lgan. Taraqqiyotning dastlabki bosqichlarida kishilarning tabiatga, o’zlarining ijtimoiy hayotiga bo’lgan munosabati turli rivoyat va afsonalarda o’z ifodasini topgan. Ular shu tariqa mifologik dunyoqarashni shakllantirgan. Yovuzlik va ezgulik o’rtasidagi kurashda yaxshilikning mudom tantana qilishi mifologik dunyoqarashning gumanistik mazmunidan dalolat beradi. Xususan, o’zbek xalqi tsivilizatsiyasi jarayonida yaratilgan rivoyat, afsona va boshqa janrlardagi og’zaki ijod namunalari millatimiz tarixda qanday ma’naviy qiyofaga ega bo’lganini hanuz ko’rsatib turadi. Ular bugungi kunda jahon ahlini ayratga solmoqda. Masalan, qadimiy merosimiz namunasi – «Avesto»da yaxshilik ramzi – Axuramazda va yomonlik timsoli – Axriman o’rtasidagi kurash tarixi misolida oxir-oqibatda ezgulik baribir g’alaba qozonadi, ya’ni yorug’lik zulmat ustidan g’alaba qiladi, degan g’oya asosiy o’rinni egallaydi va hayotbaxsh g’oyalar ilgari suriladi. Mifologik dunyoqarash qadimgi zamon kishilarining o’zlariga munosib hayot sharoitlarini yaratish ehtiyojlaridan kelib chiqqan. Ezgulik va haqiqat uchun kurash g’oyalarining ifodasi bo’lgan afsona va rivoyatlarda millatning muayyan ruhiy holati, kelajakka ishonchi, vatanga muhabbati, insoniy kamolotga intilishi badiiy vositalar, afsonaviy qahramonlar timsolida ifoda etilgan. Dunyoqarashning mifologik mohiyati bugungi fan-texnika taraqqiyoti, insonning aqliy salohiyati bag’oyat yuksalib ketgan davrda juda jo’n va ibtidoiy bo’lib ko’rinadi. Ammo afsona va rivoyatlar o’zining kuchli jozibasi, insonparvarlik g’oyalari bilan hozirgi kunda ham kishilarni ezgu fazilatlar ruhida tarbiyalashning ta’sirchan va samarali omili bo’lib qolmoqda. Diniy qarashlar. Muayyan dunyoqarash tarkibida diniy-ilohiy qarashlar o’ziga xos ahamiyat kasb etadi. Ular insonning ilohga bo’lgan e’tiqodi bilan bog’liq bo’lib, vujudga kelishiga ko’ra, boshqa dunyoqarash shakllari kabi, muayyan asoslarga ega. Mifologik dunyoqarash afsonaviy kuchlarni e’tirof etish bilan bog’liq bo’lsa, diniy dunyoqarash ilohiy qudratlarga e’tiqod qo’yish bilan bog’liq. Shuning uchu ham bu dunyoqarash shaklini inson qalbidagi quyidagi holatlar belgilaydi: - emotsional-ruhiy holatlar; - iymon-e’tiqod; - iymon-e’tiqodning xatti-harakatlarda ifoda etilishi. Bular ayni paytda diniy dunyoqarashning asosiy tamoyillarini ham tashkil qiladi. Diniy dunyoqarash har bir davrda muayyan ijtimoiy vazifalarni bajarib kelgan. «Din, shu jumladan islom dini ham, ming yillar davomida barqaror mavjud bo’lib kelganining o’ziyoq u inson tabiatida chuqur ildiz otganidan, uning o’ziga xos bo’lgan bir qancha vazifalarni ado etishidan dalolat beradi. Eng avvalo, jamiyat, guruh, alohida shaxs ma’naviy hayotining muayyan sohasi bo’lgan din, umuminsoniy axloq me’yorlarini o’ziga singdirib olgan, ularni jonlantirgan, hamma uchun majburiy xulq-atvor qoidalariga aylantirgan»3. Jamiyat hayotida har qanday, shu jumladan, diniy dunyoqarashning o’rni va ahamiyatini ham sun’iy ravishida mutlaqlashtirish, salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu hol ayniqsa, diniy fundamentalizm va ekstremizm insoniyat uchun jiddiy xavfga aylangan hozirgi davrda yaqqol namoyon bo’lmoqda. Hozirgi davrda fan, texnika, dunyoviy ilmlarning kuchayib ketishi bilan «Diniy dunyoqarash, tafakkurning, insonni o’rab turgan dunyoga, o’zi kabi odamlarga munosabatning yagona usuli bo’lmaganligini ham ta’kidlash zarurdir. Dunyoviy fikr, dunyoviy turmush tarzi ham u bilan yonma-yon va u bilan teng yashash huquqiga ega bo’lgan holda rivojlanib kelgan»4. Diniy dunyoqarashni teologiya deb ataladigan falsafiy fan o’rganadi. Teologiya olam va odam munosabati, umrning mazmuni, hayot va o’lim muammosi kabi masalalarni ilohiyot, diniy e’tiqod tushunchalari bilan bog’lab tahlil qilish hamda o’ziga xos mukammal tizimini yaratgan. Bugungi kunda diniy dunyoqarashning bir talay asosiy vazifalari orasida, uning hayot ziddiyatlarini bartaraf qilish bilan bog’liq regulyativ faoliyati nihoyatda muhimdir. Umuman, dinning barkamol avlodni tarbiyalashdagi o’rni va ahamiyati benihoyat ulkan va u tobora ortib bormoqda. Falsafiy dunyoqarashning asosiy yo’nalishlari. Dunyoqarash tizimi va unga xos nisbatan mustaqil yo’nalishlarning har birini falsafiy mulohazaning oydinlashgan (konkretlashgan) shakli sifatida qarash mumkin. Falsafiy dunyoqarash, sodda qilib aytadigan bo’lsak, insonning olam, odam va borliqqa munosabatini ifodalovchi bilimlar tizimidir. Unga inson borlig’ining mohiyati nuqtai nazaridan yondashiladigan bo’lsa, moddiy yoki ma’naviy jihatlari nechog’lik mutlaqlashtirilishiga qarab, uning tarkibida materialistik va idealistik dunyoqarash yo’nalishlari mavjudligini ko’ramiz. Agar borliq va uning xossalariga mavjudlik, bog’liqlik, o’zgarish va taraqqiyot nuqtai nazaridan bildirilgan munosabatlarni umumlashtiradigan bo’lsak, uning tarkibida metafizik va dialektik, sofistik va sinergetik kabi qator dunyoqarashlar mavjudligini ko’ramiz. Bular sof nazariy-falsafiy masalalar bo’lib, ular to’g’risida «Olam va odam», «Dunyoni falsafiy tushunish» bo’limlarida maxsus to’xtalib o’tamiz. Falsafiy dunyoqarash borliq haqidagi ilmiy qarashlar tizimining o’z-o’zicha shakllangan (mexanik) yig’indisi emas, balki ularning umumiy qonuniyatlar asosidagi tizimidir. Falsafiy dunyoqarash tarkibida quyidagi tamoyillar nomoyon bo’ladi: - turli dunyoqarash shakllarining o’zaro aloqadorligi kuchaymoqda; - muayyan dunyoqarash shakllanish va rivojlanish jarayonida insonga munosabatning ahamiyati ortib bormoqda; - milliy dunyoqarash umuminsoniy dunyoqarash shakli va uning tarkibiy qismi sifatida yuzaga kelgan. Falsafiy dunyoqarashning bu umumiy tamoyillari har qanday konkret dunyoqarash shakllari uchun uslubiy asos bo’lib xizmat qiladi. Shu bilan birga, uning yana quyidagi tamoyillari ham bor:
1- ilmiylik;
2- tarixiylik;
3- mantiqiylik;
4- universallik;
5- maqsadlilik;
6- g’oyaviylik;
7- nazariya va amaliyotning birligi.
Falsafiy dunyoqarash ilmiydir, chunki u narsa va hodisalar o’rtasidagi bog’lanish, aloqadorlik va munosabatlarni kundalik ong darajasidagina emas, balki nazariy ong darajasida ham ifodalaydi. Har qanday falsafiy dunyoqarash shakli ob’ektiv olamdagi narsa va hodisalarning konkret munosabatlarini aks ettiradi.
2. Falsafiy dunyoqarashning tarixiylik tamoyili jamiyatning o’tmishi dunyoqarashlar tarixidan iboratligini va uzluksiz rivojlanishini ifodalaydi. 3. Falsafiy dunyoqarashning mantiqiy izchilligi tamoyili har qanday dunyoqarash shakli va darajasining mantiqiy birikmalar orqali ifodalanishi bilan izohlanadi. Agar mantiqiy izchillik buzilsa, dunyoqarashning tashqi olamni xolis, ilmiy, aniq-ravshan va izchil aks ettirishiga putur etadi. 4. Falsafiy dunyoqarashning universalligi boshqa dunyoqarash shakllarining mazmunini tashkil qilishi bilan sifatlanadi, ya’ni har qanday dunyoqarash shakli o’ziga xos falsafiy xususiyatga ega. 5. Falsafiy dunyoqarash maqsadga mavofiq bo’lib, inson manfaatlariga mos keladi. Chunki, inson muayyan maqsad, orzu-umidlar bilan yashaydi, ularni o’z dunyoqarashida aks ettiradi.
6. Falsafiy dunyoqarashning g’oyaviylik tamoyili, uning asosida muayyan g’oya yotgani bilan ifodalanadi. Xususan, bugungi o’zbek milliy falsafiy dunyoqarashi milliy mustaqillik, o’zlikni anglash, millatimiz kelajagini belgilaydigan istiqlol g’oyasiga tayanishi bilan xarakterlidir. Falsafiy dunyoqarash shu g’oyani e’tiqodga aylantirish va uning amalga oshishi uchun xizmat qiladi.
7. Falsafiy dunyoqarashning eng muhim tamoyillaridan biri nazariya va amaliyot birligidir. Dunyoqarashning nazariya sifatida mavjudligi ijtimoiy amaliyot tajribalarini ijodiy umumlashtirib, istiqbol rejalarini belgilashda qo’l kelishi bilan izohlanadi. Shuningdek, dunyoqarashning amaliyotga joriy etilish jarayonida uning usul va vositalari muhim ahamiyatga ega. Falsafiy dunyoqarashning vazifalari (funktsiyalari). Falsafiy dunyoqarashning zikr etilgan tamoyillari, uning vazifalarini belgilab beradi. Ya’ni, bu vazifalar jamiyatning umumbashariy ruhdagi maqsad-muddaolaridan, manfaatlaridan kelib chiqadi hamda boshqa dunyoqarash shakllari uchun uslubiy ahamiyat kasb etadi. Dunyoqarash, avvalo insoniy munosabatlar ifodasidir. Shu nuqtai nazardan, u insonning borliqqa munosabatida, dastlab uning bahosi tarzida ko’zga tashlanadi. Bu — falsafiy dunyoqarashning baholash vazifasini anglatadi. Ya’ni, inson, o’z ehtiyoj va manfaatlaridan kelib chiqib, narsa-hodisalarni: yaxshi-yomon, foydali-zararli, savob-gunoh, oriyat-benomuslik kabi qarama-qarshi mezonlarga ajratadi. Inson narsa-hodisalarga baho berar ekan, buning zamirida uning ijtimoiy hayoti, ya’ni ongli munosabatlari yotadi. Bunda inson yoki jamiyat munosabatlari dunyoqarashning o’zi tayanadigan omillarga (ideallariga) moslashtiriladi. Orzu-havaslarga erishishning usullari, vositalari, amaliy yo’nalishlari belgilanadi. Dunyoqarash inson faoliyatini axloqiy me’yor, diniy qadriyat, xuquqiy hujjat va siyosiy mexanizmlar kabi usul-vositalar orqali boshqarish vazifasini ham ado etadi. Bunda falsafiy dunyoqarashning o’zicha nisbatan mustaqil bo’lgan har bir yo’nalishi o’ziga xos boshqarish usuliga ega bo’ladi. Masalan, insonni ezgulikka yo’naltirish uchun axloq uning aql-zakovatiga; din — iymon-e’tiqodiga; hquq — qonunlarga, jazo idoralariga; siyosat-davlat funktsiyalariga tayanadi va o’ziga xos ta’sir yo’nalishlariga ega bo’ladi. Falsafiy dunyoqarashning inson faoliyatini nazorat qilish vazifasi ham bor.

Xulosa
Falsafiy dunyoqarashning birlashtirish (kommunikativ) vazifasi turli dunyoqarash yo’nalishlarini milliy va umuminsoniy g’oyalar atrofida uyg’unlashtirishi bilan xarakterlanadi. Turli manfaatlar bilan bog’liq bo’lgani bois dunyoqarashlar o’rtasida muayyan ziddiyatlar ro’y berishi tabiiy. Bunday sharoitda falsafiy dunyoqarash ularni murosaga keltirishga xizmat qiladi. Falsafiy dunyoqarash, o’z mohiyatiga ko’ra, ijtimoiy-tarixiy tajribani umumlashtirish, jamiyat istiqbolini ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lganligi uchun ham xalqni muayyan g’oya atrofida birlashtiradi. Masalan, tarixga nazar tashlaydigan bo’lsak, muayyan davrlarda falsafiy dunyoqarash inson tub manfaatlari bilan bog’liq bo’lganligini, millat kelajagini belgilaydigan ozodlik g’oyasi atrofida kishilarni birlashtirganini ko’ramiz. Bu hol mo’g’ul bosqinchilariga qarshi kurash davrida yaqqol namoyon bo’lgan. Ushbu g’oya (ozodlik falsafasi) dunyoqarashning tarkibiy qismi sifatida millatning turli tabaqalarini, e’tiqodi, iqtisodiy ahvoli va siyosiy mavqeidan qat’i nazar, birlashtirgan va umumiy kurashga safarbar qilgan. Har qanday dunyoqarash inson ehtiyojlaridan kelib chiqadi, uning manfaatlariga mos keladi. Shu bilan birga, bir tomondan, dunyoqarash o’z-o’zidan, ya’ni stixiyali ravishda shakllanib qolmaydi. Aksincha, u turli ta’lim-tarbiya vositalarining maqsadga muvofiq holdagi faoliyati natijasida vujudga keladi. Ikkinchi tomondan esa, falsafiy dunyoqarash, umuminsoniy tamaddun (tsivilizatsiya) ta’siri o’laroq shakllangan bo’lsa, muayyan inson, ijtimoiy guruh yoki millatni tarbiyalashning turli imkoniyatlari va vositalarining mushtaraklashgan shaklidir. Binobarin, falsafiy dunyoqarashning tarbiyaviy vazifasini yuqorida zikr etilgan boshqa vazifalarning asosi sifatida qarash kerak. Bu — kishilarda keng va teran fikrlash qobiliyatini vujudga keltirish asosida bag’rikenglik, murosa, har qanday ziddiyatlarni madaniy yo’l bilan hal qilish, kelajakka umid va ishonch ruhini shakllantirishdan iborat.


Foydalanilgan adabiyotlar
1. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. — T.: O’zbekiston, 2000. - 352 b.
2. «Falsafa» o’quv qo’llanmasi. — T.: «Sharq», 1999.
3. «Osnovi filosofii». — T.: «O’zbekiston"2001
Yüklə 45,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin