Eftallar davlati va turk xoqonligining iqtisodiy va demokratik geografiyasi
Eftaliylarning siyosiy tarixi Eftaliylarning tarix sahnasidagi siyosiy hayoti Eron sosoniylari siyosiy tarixi bilan chambarchas bog‟liqdir. Buning asosiy sababi o‟sha davrning yirik imperiyalaridan biri sanalgan sosoniylar davlatining bir necha bor eftaliylar davlatiga da‟vo qilganligidir. Buning misoli sifatida Forslar shohi Ardashir Papakanning (222-241 yy.) qo‟shinlari Parfiya shohi Artaban V ning qo‟shinlarini 224 yilda mag‟lub etib, o‟z bosib olgan hududlarida mustahkam o‟rnashib olgach sosoniylar Markaziy Osiyoni egallashga bir necha bor urinib ko‟rganliklarini ta‟kidlash mumkin. Ammian Marcellinning ma‟lumotlariga ko‟ra sosoniy shohi Shopur II (309-379) xioniy qabilalariga qarshi jang uchun o‟zining katta qo‟shini va mablag‟ini sarflashga to‟g‟ri kelgan. Shopur II 357-358 yillarda xioniylar bilan ittifoqchilik shartnomasini tuzgach yurtiga qaytib ketadi. Ittifoqchilik shartnomasiga ko‟ra Shopur II va Rim imperatori Konstantin II (337-361 yy) o‟rtasidagi Amida (hozirgi Diyorbakir. Turkiya) shahrini egallashdagi bo‟lgan jangda 359-yilda hioniylar ishtirok etadilar. Ammian Marcellinning yozishicha Grumbat boshchiligidagi xioniy qo‟shinlari shaharning janubiy darvozasini ishg‟oletadilar. Bu jangda Grumbatning o‟g‟li vafot etadi. Bu jangdagi g‟alaba tufayli shaharning sharqiy qismi xioniylarga o‟tadi. 12 IV asrning 60-yil oxiri – 70-yil boshlarida Shopur II poytaxti Balx shahri bo‟lgan kushonlar bilan ikki bor jang qiladi. Ushbu janglar tarixi bizga arman tarixchisi F. Buzand (IV-V asrlar) asarlaridan ma‟lum. Ushbu jang kushonlarning g‟alabasi bilan tugaganligini, ikkinchi jang esa ularning mag‟lubiyati bilan tugaganligini arman tarixchilari bayon etadilar. Sosoniy shohi Shopur II ning Markaziy Osiyoda hukmronlik qilayotgan qabilalar bilan bolgan jangi manbalardagi turli chalkashliklar tufayli olimlar o‟rtasida ko‟plab bahslarga sabab bo‟lmoqda. A. Gubayeva fikricha Shopur II ning xioniylar bilan bo‟lgan jangi natijasida xioniylar Dahistonni egllaydilar. V.G. Lukonin ma‟lumotiga ko‟ra esa IV asrning 60 - yillari oxirida Sosoniy shohi Kushonlar shohi bilan to‟qnashadi, bu jangda unga xioniylar ittifoqchi bo‟ladilar. E.V. Zeymal fikricha o‟sha paytda kushon shohi F. Buzand keltirgan ma‟lumotidagi “Buyuk kushon shohi -Arshakun”, bu so‟nggi kushon podsholaridan biri Vasudeva bo‟lgan. Boshqa bir qator olimlar (M.M. Dyakonov, A.M. Mandelstam, V.M. Masson) Shopur II kidariylar bilan to‟qnash kelganliklarini va unda sosoniylarga xioniylar ittifoqdosh bo‟lganliklarini ta‟kidlaydilar. L.X. Ter-Mkrtichyanning ta‟kidlashicha esa Shopur II ga qarshi turgan qabila bu faqat xioniylar bo‟lib, o‟sha davrda ular O‟rta Osiyoda mutloq hukmron edilar. R. Frayning ta‟kidlashicha esa kushonlarning shuhrati shu qadar ulkan bo‟lganki, xatto ularning avlodi eftaliylar va Shohlar sulolasi bo‟lgan Qobul hukmdorlari ham o‟zlarini to arablar bosqiniga qadar o‟z sulolalari tarixini kushonlarga borib taqaganlar. B.Ya. Staviskiy va B.I. Vaynberg numizmatik materiallarni tahlil etgan holda Shopur I (383-388) va Varahran IV (388-399) hukmronligining so‟nggi yillarida sobiq Kushonlar Baqtriyasida kidariylar va hioniylarning tangalari zarb etila boshlanganligi va ushbu hudud bu paytda mustaqil bo‟lganligini ta‟kidlaydilar. etadilar. Bu jangda Grumbatning o‟g‟li vafot etadi. Bu jangdagi g‟alaba tufayli shaharning sharqiy qismi xioniylarga o‟tadi. 12 IV asrning 60-yil oxiri – 70-yil boshlarida Shopur II poytaxti Balx shahri bo‟lgan kushonlar bilan ikki bor jang qiladi. Ushbu janglar tarixi bizga arman tarixchisi F. Buzand (IV-V asrlar) asarlaridan ma‟lum. Ushbu jang kushonlarning g‟alabasi bilan tugaganligini, ikkinchi jang esa ularning mag‟lubiyati bilan tugaganligini arman tarixchilari bayon etadilar. Sosoniy shohi Shopur II ning Markaziy Osiyoda hukmronlik qilayotgan qabilalar bilan bolgan jangi manbalardagi turli chalkashliklar tufayli olimlar o‟rtasida ko‟plab bahslarga sabab bo‟lmoqda. A. Gubayeva fikricha Shopur II ning xioniylar bilan bo‟lgan jangi natijasida xioniylar Dahistonni egllaydilar. V.G. Lukonin ma‟lumotiga ko‟ra esa IV asrning 60 - yillari oxirida Sosoniy shohi Kushonlar shohi bilan to‟qnashadi, bu jangda unga xioniylar ittifoqchi bo‟ladilar. E.V. Zeymal fikricha o‟sha paytda kushon shohi F. Buzand keltirgan ma‟lumotidagi “Buyuk kushon shohi -Arshakun”, bu so‟nggi kushon podsholaridan biri Vasudeva bo‟lgan. Boshqa bir qator olimlar (M.M. Dyakonov, A.M. Mandelstam, V.M. Masson) Shopur II kidariylar bilan to‟qnash kelganliklarini va unda sosoniylarga xioniylar ittifoqdosh bo‟lganliklarini ta‟kidlaydilar. L.X. Ter-Mkrtichyanning ta‟kidlashicha esa Shopur II ga qarshi turgan qabila bu faqat xioniylar bo‟lib, o‟sha davrda ular O‟rta Osiyoda mutloq hukmron edilar. R. Frayning ta‟kidlashicha esa kushonlarning shuhrati shu qadar ulkan bo‟lganki, xatto ularning avlodi eftaliylar va Shohlar sulolasi bo‟lgan Qobul hukmdorlari ham o‟zlarini to arablar bosqiniga qadar o‟z sulolalari tarixini kushonlarga borib taqaganlar. B.Ya. Staviskiy va B.I. Vaynberg numizmatik materiallarni tahlil etgan holda Shopur I (383-388) va Varahran IV (388-399) hukmronligining so‟nggi yillarida sobiq Kushonlar Baqtriyasida kidariylar va hioniylarning tangalari zarb etila boshlanganligi va ushbu hudud bu paytda mustaqil bo‟lganligini ta‟kidlaydilar.