Mavzu: Eftallar davlati va turk xoqonligining iqtisodiy va demokratik geografiyasi Reja


Zangtepadan (Termiz) topilgan sopol parchasidagi oltita harfdan iborat yozuv, Qora-tepa



Yüklə 27,48 Kb.
səhifə6/6
tarix16.05.2023
ölçüsü27,48 Kb.
#114577
1   2   3   4   5   6
Eftallar davlati va turk xoqonligining iqtisodiy va demokratik geografiyasi

Zangtepadan (Termiz) topilgan sopol parchasidagi oltita harfdan iborat yozuvQora-tepadan (Eski Termiz) topilgan sopol parchasidagi yozuvAfrosiobdagi (Samarqand) ikki qator kursiv yozuvidagi hujjat parchasi kabi bir qator ashyoviy dallillar bunga misol bo’ladi. Hozirgi kunda olib borilayotgan arxeologik tafqiqotlar va keyingi izlanishlar eftaliylar davriga oid yozma ma’lumotlarni yanada to’ldirish imkonini berishi shubhasiz.
Yangi ma’lumotlar sirasiga Shimoliy Afg’onistondan topilgan baqtriy tilida bitilgan qo’lyozma hujjatlarini kiritish mumkin. Unda kushon davridan boshlab to VIII asrgacha bo’lgan “Hukmdor Robning arhivi” deb nomlangan hujjatlar saqlangan.
Bu arxiv asosan yuridik hujjatlardan tashkil topib N.Smis Uilyams tomonidan tarjima qilingan va nashr ettirilgan. Bu hujjatlar qatorida uchtasi o’ziga hosdir. Ularning birida eftaliy hukmdorlarga to’lanadigan soliqlar haqida ma’lumotlar bitilgan hamda 492-527 yillar bilan belgilangan. Yana birida esa mazmuni jihatidan qiziqarli, o’ziga hos ma’lumotlar keltirilgan. Jumladan“Sartga, Hvade-band o’g’li, taraqqiy etayotgan eftaliy halqi yabg’usi xar Robaga, eftaliy hukmdori kotibi, Tohariston va Gurchiston sudyasiga” degan bitiklardir.
Eftaliylar tilining kelib chiqishi haqida turlicha fikrlar mavjud
bo’lib, bir guruh olimlar uni sharqiy eron tillariga mansub desalar, bir qator olimlar turkiy til oilasiga mansub degan fikrni ilgari suradilar.
Umuman olganda, eftaliylar davlati o’z tarkibiga turli qabilalarni, turli tilda so’zlashuvchi xalqlarni kiritgan bo’lsada hukmdor sulolalar ma’lum bir qabiladan kelib chiqqan, bu esa eftaliylarning tili va o’zlarining etnik jihatdan kelib chiqishiga ko’ra mutaxassislar o’rtasida turli munozaralarga sabab bo’lmoqda.
Yüklə 27,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin