Mavzu: Eftallar davlati va turk xoqonligining iqtisodiy va demokratik geografiyasi Reja


Eftaliylarning moddiy va ma‟naviy madaniyati



Yüklə 27,48 Kb.
səhifə5/6
tarix16.05.2023
ölçüsü27,48 Kb.
#114577
1   2   3   4   5   6
Eftallar davlati va turk xoqonligining iqtisodiy va demokratik geografiyasi

Eftaliylarning moddiy va ma‟naviy madaniyati.
Eftaliylarning ma’naviy madaniyatiga doir ma’lumotlar juda kam. Shu bilan birga ularning qaysi tilda muloqot qilganliklari ham olimlar tomonidan juda kam o’rganilgan. Shu davrga oid saqlanib qolgan manbalarga ko’ra eftaliylar tili turkeron tillaridan yoki qandaydir noma’lum bir tildan shakllanganligi olimlar tomonidan e’tirof etilgan. Eftaliylar davlati tarkibiga kirgan turli hududlarda eftaliy tili bilan
birgalikda, yana turli tillarda so’zlashganlar. Jumladan so’g’d tili keng muomalada bo’lib, unga oid xujjatlar Sharqiy Turkistondan ham topilgan. So’g’d tilidan tashqari xorazm yozuvi keng qo’llanilgan. Tohariston va shimoliy-g’arbiy Hindistonda kxaroshti, sosoniylarga chegaradosh bo’lgan hududlarda esa pahlaviy yozuvi ishlatilgan. Baqtriycha alfavit mutahassislarning fikricha IV asrda eftaliylar tomonidan qabul qilingan bo’lib, aslida yunon yozuvi asosida rivojlangan va Yunon-Baqtriya davlati davrida butun Baqtriya hamda unga yondosh hududlarda keng qo’llanilgan. Keyinchalik bu yozuv Kushon davlatining rasmiy yozuvi bo’lib, undan eftaliylarga o’tgan. Lekin eftaliy yozuvlari kushon va baqtriy yozuviga ko’ra o’zining kursivligi jihatidan farqlanib turadi, bu esa mutaxassislar uchun uni o’qishda qiyinchilik tug’diradi. Shuni ta’kidlab o’tish joizki baqtriya yozuvida 25 ta harf bo’lib, 24 tasi yunon belgilari va bittasi eramizning
I asrida qo’shilgan.
Eftaliylar yozuvining kushon yozuvi bilan aloqadorligi Avreliy Steynning Lou-Landa (Sharqiy Turkiston) topgan qo’lyozma parchalarini kushon va eftaliy tangalarining bir-biriga solishtirib ko’rishi natijasida isbotlandi. Bu esa yozuvning eftaliylar davrida Sharqiy Turkistonda keng qo’llanilganligidan dalolat beradi.
Eftaliylar yozuvi haqida VII asrda Markaziy Osiyoda bo’lgan Syuan Szyan ham ma’lumot berib, bu yozuv 25 harfdan iborat bo’lganligi va gorizontal holda chapdan o’ngga qarab o’qilishini aytib o’tgan.
Eftaliylar davriga oid qo’lyozma parchalari hamda tangalardagi bitiklardan tashqari yana o’sha davrga oid sopol parchalari hamda devoriy suratlardagi qisman saqlanib qolgan yozuvlarni ham keltirish mumkin. Jumladan
Yüklə 27,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin