Mavzu: Ekologiya fani,uning predmeti va vazifalari



Yüklə 81,61 Kb.
səhifə2/4
tarix19.05.2023
ölçüsü81,61 Kb.
#117086
1   2   3   4
ekologiya mustaqil

Аtrоf muhit mоnitоringi. Dinamik jarayonlar barcha turdagi tabiiy tizimlarga xos bo‘lib, o‘zgaruvchanlik, agar u me’yor darajasida bo‘lsa, pirovard natija o‘sha tizimning barqarorligini ta’minlaydi. Aks holda jarayon chuqurlashib, tizimni izdan chiqaradi va oqibatda tizim inqirozga yuz tutishi mumkin. Kichik hajmdagi lokal tizimlar tez o‘zgaruvchan bo‘lib, ular osonlik bilan bir shakldan ikkinchi shaklga o‘taoladilar va atrof-muhit holatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadilar. Ammo bunday o‘zgarishlar regional xarakterga ega bo‘lsa, unda tabiiy sharoitlarning butunlay o‘zgarib ketishiga va holatning biosferaviy tus olishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ham tizimlar holatini kuzatib borish BMT ning doimiy diqqat markazida bo‘lib kelmoqda.
Monitoring* inglizchа so‘z bo‘lib, nаzоrаt dеmаkdir. Аtrоf muhit mоnitоringi аtrоf muhit hоlаtini dоimiy kuzаtib bоrish tizimi bo‘lib, uning mаqsаdi – аtrоf muhitgа ko‘rsаtilаyotgаn аntrоpоgеn tа’sir оqibаtlаri to‘g‘risidа оldindаn оgоhlаntirishdаn ibоrаt.
Аtrоf muhit mоnitоringi mаydоn ko‘lаmi jihаtdаn uch dаrаjаgа bo‘linаdi:
• lоkаl (biоekоlоgik, sаnitаr-gigiеnik)
• rеgiоnаl (tаbiiy-xo‘jаlik)
• glоbаl (biоsfеrаviy).
Kеyingi pаytlаr biоsfеrаning hоlаti аsоsаn fаzоdаn kuzаtilmоqdа, shungа ko‘rа glоbаl mоnitоringning tаrkibigа kоsmik mоnitоring hаm kiritilаdi. Global monitoring olib borish g’oyasi BMT ning atrof-muhit bilan shug’ullanuvchi Ilmiy qo’mitasi tomonidan olg’a surildi.
Аtrоf muhit mоnitоringi ikki qismgа bo‘linаdi: аbiоtik (gеоfizik) vа biоtik. Biоtik mоnitоring biоindikаtsiya usulidа оlib bоrilаdi.
Аtrоf muhit mоnitоringi uch bоsqichdа аmаlgа оshirilаdi:
1) аtrоf muhit hоlаtini kuzаtish;
2) аniqlаngаn hоlаtni bаhоlаsh;
3) hоlаtdаn kеlib chiqishi mumkin bo‘lgаn оqibаtlаrni bаshоrаtlаsh.
O‘zbеkistоn Rеspublikаsidа аtrоf muhit mоnitоringini оlib bоrish bo‘yichа bir munchа ishlаr аmаlgа оshirilmоqdа. Tаbiiy kоmpоnеntlаr – yеr, suv vа аtmоsfеrа,hаvоsining hоlаti dоimiy nаzоrаt оstigа оlingаn.Tuprоq vа o‘simliklаr qоplаmining iflоslаnishi аsоsаn rеspublikаning qishlоq xo‘jаligi bilаn shug‘ullаnuvchi hududlаridа vа sаnоаti rivоjlаngаn shаhаrlаr аtrоfidаgi yеr mаydоnlаridа kuzаtib bоrilаdi.
* "Monitoring" atamasi BMT huzuridagi atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha ilmiy ittifoqlar Xalqaro Kengashining 1971 yilgi Stokgolm konferensiyasiga tayyorgarlik jarayonida paydo bo‘ldi va BMTning atrof-muhit dasturi - YUNEP tomonidan atrof-muhit holati ustidan kuzatuv olib borish tizimi sifatida qabul qilindi.
Hоzirgi vаqtdа rеspublikаdа 94 tа yеr usti suv mаnbаlаrining 187 tа nuqtаsidаn tаhlil uchun suv nаmunаsi оlinib, tеkshirilib turilаdi. Bundа аsоsiy e’tibоr suv tаrkibidаgi minеrаllаr, biоgеn mоddаlаr, nеft mаhsulоtlаri, fеnоllаr, xlоrооrgаnik vа fоsfооrgаnik pеstisidlаr, оg‘ir mеtаllаr vа ftоr singаri mоddаlаrgа qаrаtilаdi. Gidrоbiоlоgik kuzаtishlаr 50 dаn оrtiq suv mаnbаlаrining 100 dаn оrtiq nuqtаlаridа оlib bоrilаdi. Bundа аtmоsfеrа yog‘inlаrining kimyoviy tаrkibi tаhlil qilib bоrilаdi. Rеspublikаning sаnоаti rivоjlаngаn shаhаrlаridа qоrning suvi 26 tа ingrеdiеnt bo‘yichа tаhlil qilib bоrilаdi.
Аtmоsfеrа hаvоsining hоlаti 25 tа shаhаrdа tаshkil qilingаn 65 tа ko‘chmаs pоstlаrdа o‘rgаnib bоrilаdi. Bu ish bilаn gidrоmеtеоrоlоgiya xizmаti shug‘ullаnаdi. Uning аtrоf muhit iflоslаnishini kuzаtish rеspublikа mаrkаzi Tоshkеnt shаhridа jоylаshgаn bo‘lib, mаrkаzning Fаrg‘оnа vа Nаvоiy shаhаrlаridа bittаdаn kоmplеks lаbоrаtоriyasi, Оlmаliq, Аngrеn, Аndijоn, Bеkоbоd, Sаmаrqаnd vа Chirchiq shаhаrlаridа hаvоning iflоslаnish dаrаjаsini kuzаtuvchi lаbоrаtоriyalаri, Buxоrо, Gulistоn, Nukus vа Nаmаngаndа аtmоsfеrа hаvоsini kuzаtuvchi guruhlаri mаvjud. Surxоndаryo vilоyatining Tоjikistоn аlyuminiy zаvоdi tа’siridа bo‘lgаn Sаriоsiyo tumаni hududidа uning tаrmоqlаrаrо lаbоrаtоriyasi ishlаb turibdi. Shuningdеk, mаrkаzning Chоtqоl biоsfеrа qo‘riqxоnаsi hududidа vа Аbrаmоv muzligidа hаm lаbоrаtоriyalаri fаоliyat ko‘rsаtmоqdа. Gidrоmеtmаrkаzning Qаrshi, Tеrmiz, Kоgоn, Sirg‘аli vа Do‘stlik (Xоrаzm vilоyati) shаhаrlаridаgi bo‘linmаlаri shu shаhаrlаr аtmоsfеrаsining hоlаtini kuzаtib bоrmоqdаlаr.
Exspertus – lоtin tilidаn оlingаn bo‘lib, birоr mаsаlаni o‘rgаnish mа’nоsini bеrаdi. Ekоlоgik ekspеrtizа – insоn xo‘jаlik fаоliyati lоyihаlаrining ekоlоgik xаvfsizlik vа tаbiаtdаn fоydаlаnish tаlаblаrigа jаvоb bеrishini tеkshirishdаn ibоrаt.
Sаnоаt qurilishigа yoki bоshqа mаqsаdlаrdа ishlаtishgа mo‘ljаllаngаn kоrxоnа yoki undаgi birоr qurilmаning tаbiiy muhitgа tа’sirini аniqlаsh uchun qurilish lоyihаsi аlbаttа ekоlоgik ekspеrtizаdаn o‘tkаzilаdi. Bundа nаfаqаt kоrxоnаdаn muhitgа chiqаdigаn chiqindilаrgа, bаlki kimyoviy mоddаlаrning (аgаr ulаr kоrxоnаdа mаvjud bo‘lsа) sаqlаnish vа qo‘llаnish shаrоitlаrigа, trаnspоrt vоsitаlаrining ishlаtilishidаn muhitgа chiqаrilаdigаn zаrаrli mоddаlаrgа, shоvqin, elеktrоmаgnit to‘lqinlаri vа bоshqа bаrchа zаrаrli оmillаrgа e’tibоr bеrilаdi.
Ekоlоgik ekspеrtizа ikki bоsqichdа: idоrаviy vа dаvlаt bоsqichlаridа o‘tkаzilаdi.
Idоrаviy ekspеrtizаni vаzirlik vа kоrxоnаning tаbiаtni muhоfаzа qilish bo‘limi sаnitаriya-epidеmiоlоgiya xizmаti xоdimlаri bilаn birgаlikdа o‘tkаzаdilаr. Bundа kоrxоnа chiqindilаri ruxsаt etilgаn chеgаrаviy mе’yor (REChM) dаn оshmаsligigа аlоhidа e’tibоr qаrаtilаdi vа kоrxоnаning аtrоf muhitgа kutilаdigаn tа’siri mе’yornоmаdа ko‘rsаtilаdi.
Dаvlаt ekоlоgik ekspеrtizаsi Tаbiаtni muhоfаzа qilish Dаvlаt qo‘mitаsi tоmоnidаn o‘tkаzilаdi. Ko‘p qirrаli muhim qurilishlаr lоyihаsini ekspеrtizаdаn o‘tkаzishdа turli sоhа mutаxаssislаridаn ibоrаt mаxsus ekspеrt kоmissiyasi tuzilаdi. Kоmissiyaning xulоsаsi kоrxоnаni qurish yoki uni qаytа jihоzlаsh lоyihаsining ekоlоgik qоnunchilikkа mоs kеlish-kеlmаsligi to‘g‘risidа hаl qiluvchi hujjаt hisоblаnib, undа lоyihаdаgi xаtо-kаmchiliklаr vа ulаrni bаrtаrаf qilish yo‘llаri ko‘rsаtib bеrilаdi.

Mavzu: Energetika sanoatining atrof-muhitga tasiri haqida.(AES,GES,IES)


Atom elektr stansiyasi (AES) — texnologik sxemasi jihatidan issiqlik elektr stansiyalari turiga kiruvchi elektr stansiya. Oddiy issiqlik elektr stansiyalari (TES)da koʻmir, neft, qoramoy (mazut) va gaz yoqilsa, atom elektr stansiyasida yoqilgʻi sifatida uran ishlatiladi. Atom elektr stansiyasining asosiy qismi atom qozoni, yaʼni atom reaktori. Atom elektr stansiyasida, koʻpincha, atom reaktorlarining. 4 tipi qoʻllaniladi: 1) Suv-suvli (bunda susaytirgich moda oʻrnida ham, issiqlik eltuvchi modda oʻrnida ham oddiy suv ishlatiladi); 2) Grafit-suvli (suv — issiqlik eltuvchi, grafit esa susaytiruvchi boʻladi); 3) Ogʻir suvli (oddiy suv issiqlik eltuvchi, ogʻir suv esa susaytiruvchi); 4) Grafit-gazli (gaz — issiqlik eltuvchi, grafit — susaytiruvchi). Zamonaviy atom energetikasida asosan uran235 dan foydalaniladi. Uning tabiiy zaxirasi unchalik katta emas, organik yoqilgʻining esa atigi 10% ini tashkil kiladi. Bu miqdor atom energetikasini yoqilgʻi bilan uzoq vakdtacha taʼminlay olmaydi. Yadro yoqilgʻisi sifatida qoʻllaniladigan plutoniy-239 va uran-233 olish uchun xom ashyo hisoblanadigan uran-238 bilan toriy-232 ning zaxirasi yer bagʻrida yetarli miqdorda. Bu yadro yoqilgʻilari yerdagi energetik resursni taxminan. 1000 baravar oshiradi. Hozirgi yoqilgʻi ishlab chiqaradigan koʻpaytiruvchi atom reaktorlarida yoqilgʻi miqdorini ishlash jarayonida orttirish mumkin. Masalan, ikki marta koʻpaytirish uchun taxminan. 10 yilgacha vaqt kerakligi maʼlum. 
Gidroelektr stansiya-suv oqimining energiyasini gidravlik turbinalar yordamida elektr energiyasiga aylantirib beradigan gidrotexnika inshootlari va energetika jihozlari majmui. Gidrotexnika inshootlari toʻgʻon yonidagi, derivatsion va aralash turlarga boʻlinadi. Toʻgʻon yonidagi GESlarda toʻgʻon yordamida suv sathi koʻtarilib, kerakli bosim hosil qilinadi. GES binosi 3 xil joylashtiriladi: 1) toʻgʻon yonida; 2) toʻgʻondan chetrokda; 3) toʻgʻondan pastda, daryo oʻzanida. Toʻgʻon yonida va daryo oʻzanida quriladigan GES larda suv bosimini toʻgʻon hosil qiladi. Bunday GES lar suvi koʻp boʻlgan, tekis oqadigan togʻ daryolariga, soyliklarning toraygan joyiga quriladi. Bularga Qayroqqum, Tuyamoʻyin va Chordara GESlarini koʻrsatish mumkin. Derivatsion (GES ning stansiya uzeliga suv kuvurlari, kanal yoki tunnel vositasida olib kelinadigan) GESlar oʻrta va yuqori bosimli boʻlib, bosim derivatsiya kanali yordamida hosil qilinadi. Bunday GES larga Chorvoq, Farhod va Boʻzsuv kanalidagi GESlar kiradi. Aralash GES larda bosim, asosan, daryodagi gidrotexnika inshootlari va qisman derivatsiya kanali yordamida hosil qilinadi. GES inshootlari majmuiga daryo oʻzanini toʻsib bosim hosil qiladigan bosh inshoot (toʻgʻon), GES binosiga suv yetkazib beradigan kanal, stansiya bosim uzeli (SBU) yoki bosim suv quvuri, suv sathini va sarfini tartibga solib turadigan, ortiqcha suvni chiqarib tashlaydigan va b. avtomatik qurilmalardan iborat inshootlar; suv energiyasini bevosita elektr energiyaga aylantirib beradigan gidroagregat (turbina bilan generator) oʻrnatilgan mashina zali va foydalanib boʻlingan suvni chiqarib tashlaydigan inshootlar kiradi. Daryoning energetika resurslaridan toʻlaroq foydalanish uchun GES lar kaskad tarzida, yaʼni daryo oqimi boʻyicha maʼlum masofada joylashtiriladi. Bunday GES kaskadlariga Oʻzbekistondagi Toshkent (Boʻzsuv, Boʻrijar, Oqtepa, Shayxontohur GES lari); Qodriya (Qodriya, Qibray, Salar, Oqqovoq-2); Chirchiq (Tovoqsoy, Oqqovoq); Quyi Boʻzsuv (GES-14, GES-18, GES-19, GES-22, GES-23); Oʻrta Chirchiq (Chorvoq, Hojikent, Gʻazalkent); Shahrixon (GES5A, GES-6A, GES-YUFK-1, GES-4A YUFK-3); Samarkand (GES-1B, GES2B, GES-ZB, GES-5B) GES kaskadlari kiradi.
Issiklik elektr stansiyalari (IES) — qattiq, suyuq va gaz holatdagi organik yoqilgʻilarning issiqlik energiyasini elektr energiyasiga aylantiradigan qurilmalar majmui. Asosiy energetik agregatlar qatoriga suv yuradigan quvurlar (trubalar) batareyasidan iborat qozon tizimi, bugʻ turbina (bugʻ dvigatel) lari va turbogeneratorlar kiradi. Qozon tizimiga yuborilgan suv yuqori bosimli bugʻga aylantirilib turbina parraklariga beriladi. Natijada turbina bilan mexanik bogʻlangan generator tegishli tezlikda aylantirilib, mexanik energiya elektromagnit induksiya qonuniga binoan generatorda elektr energiyasiga aylanadi. IESda ishlatiladigan yoqilgʻi issiqlik energiyasining faqat 30% gina foydali elektr energiyasiga aylantiriladi, yaʼni IES ning foydali ish koeffitsiyenti 30% ga tengdir. Foydali ish koeffitsiyenti qiymatini oshirish maqsadida qozondagi bugʻ bosimi iloji boricha yuqori qilinadi va turbina parraklaridan oʻtib, ish bajarib boʻlgan bugʻning hammasi sovitkichlar vositasida sovitilib, qayta suvga aylantiriladi (kondensatlanadi) va qozon tizimiga yuboriladi. Bunday IESni kondensatsiyey elektr stansiyalari (KES) deyiladi va ularda foydali ish koeffitsiyenti qiymati h=30—35% gacha koʻtcariladi hamda suv berk tizimda aylanishi sababli kuvurlar batareyalaridan iborat qozonni taʼmirlash ishlari keskin qisqaradi. IESlar, odatda, qattiq, suyuq yoki gaz holatdagi arzon yoqilgʻi koni yaqinida quriladi. Stansiya generatorlaridan olingan elektr energiyasining asosiy qismi bir necha 100 km masofadagi isteʼmolchilarga kuchaytiruvchi transformator va yuqori voltli elektr uzatish liniyalari vositasida yetkaziladi, qolgan qismi esa stansiyaning oʻz generator kuchlanishida yoki pasaytiruvchi transformator orqali berildi.
Issiqlik elektr stansiyalari va atom elektr stantsiyalarida suvning asosiy 
iste'molchilari turbinali kondensatorlardir. Suv iste'moli bug'ning dastlabki va yakuniy parametrlariga va texnik suv ta'minoti tizimiga bog'liq. Qozon agregatlarining isitish yuzalarini yuvishda xlorid kislotasi, gidroksidi soda, ammiak, ammoniy tuzlari, temir va boshqa moddalarning suyultirilgan eritmalari hosil bo'ladi. IESlarning gidrosferaga ta'sirining asosiy omillari issiqlik chiqindilari bo'lib, uning oqibatlari quyidagilar bo'lishi mumkin: suv omborida haroratning mahalliy doimiy o'sishi; haroratning vaqtincha umumiy ko'tarilishi; muzlash sharoitidagi o'zgarishlar, qishki gidrologik rejim; suv  toshqini sharoitlarining o'zgarishi; yog'ingarchilik, bug'lanish, tuman taqsimotining  o'zgarishi. Iqlim o'zgarishi bilan birga, issiqlik chiqindilari suv havzalarining suv o'tlari bilan haddan tashqari ko'payishiga, kislorod balansining buzilishiga olib keladi, bu daryolar va ko'llar aholisining hayotiga tahdid soladi.

Mavzu: Fan-texnika taraqqiy etgan hozirgi zamonning muhim ekalogik muammolari.


Iqlim o'zgarishi, hayvonlarning yalpi ko'chib ketishi tabiatdagi muvozanatning buzilishi oqibatida turli miqyosdagi ekologik muammolar shakllanmoqda. Ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin.
1.Global (umumbashariy).
2.Regional (mintaqaviy).
3.Lokal (mahalliy).
Global muammolar — umumbashariy hayot va taraqqiyot bilan bogʻliq hozirgi zamon muammolari. Ular jumlasiga jahon termoyadro urushining oldini olish, xalqaro terrorchilikka qarshi kurash va barcha xalqlar uchun tinchlikni taʼminlash; rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar oʻrtasida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasidagi tafovutni bartaraf etish, ochlik, qashshoqlik va savodsizlikni tugatish, rivojlanayotgan mamlakatlarda aholining tez surʼatlar bilan koʻpayayotganligini tartibga solish, atrof muhit halokatli tarzda ifloslanib borayotganligining oldini olish; insoniyatni kerakli resurslar — oziq-ovqat, sanoat xom ashyosi, energiya manbalari bilan taʼminlash, fan va texnika taraqqiyoti salbiy oqibatlarga olib kelishiga yoʻl qoʻymaslik kabilar kiradi. Global muammolar avvalo jahonda kechayetgan iqtisodiy, ijtimoiysiyosiy, harbiy, ilmiy-texnologik, ijtimoiy-madaniy jarayonlarning umumbashariy ahamiyat kasb etishi natijasida yuzaga keldi. Global muammolarlarni 4 guruxga ajratish mumkin: 1) xalqaro siyosiy munosabatlarda vujudga kelgan global muammolar — jahonda rivojlangan, rivojlanib kelayotgan va qoloq mamlakatlarning mavjudligi. Hoz. kunda jahon siyosiy tartibotini belgilashda dunyodagi 7 rivojlangan mamlakatning mavqei katta. Bu mamlakatlar bilan qoloq mamlakatlar orasidagi tafovut gʻoyat kuchaydi. 2) xalqaro iqtisodiy munosabatlarda paydo bulga n global muammolar — jahon xoʻjalik tizimi vujudga kelib, unda asosan iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar ustunligi qaror topdi. Iqtisodiyoti haddan tashqari rivojlangan mamlakatlar, transnatsional korporatsiyalar jahon iqtisodiyotini boshqarayotgan bir paytda, ikkinchi tomonda ularga karam, iqtisodiyoti juda ham past darajadagi mamlakatlar mavjuddir. Jahonda iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy taraqqiyot yutuqlariga qaramasdan boy va kambagal mamlakatlar oʻrtasidagi farq oʻsib bormoqsa. 20-asr oxirida rivojlangan mamlakatlar jahon yalpi milliy mahsulotining 86 %ini ishlab chiqargan boʻlsa, kambagʻal davlatlar atigi 1 %ni ishlab chiqardi. Ayrim mamlakatlar rivojlangan davlatlardan juda katta miqdorda qarzga botdi. Natijada ular siyosiy jihatdan mustaqil boʻlsada, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarga qaramdir. 3) ijtimoiy sohada vujudga kelgan global muammolar — jahon aholisi muttasil koʻpayib borishi natijasida Osiyo va Afrika mamlakatlarida oziq-ovqat, ichimlik suv tanqisligi kuchayib, bu hol boshqa mamlakatlarda ham kuzatilayotgani, jahon aholisining muayyan qismi ocharchilikni boshdan kechirayotgani, savodsiz ekanligi, axborot-texnologiya va umuman fan-texnika inqilobi samaralaridan bahramand emasligi, butun insoniyatga xavf tugʻdiruvchi kasalliklar (mas, OITS) tez tarqalayotganligi shunday muammolar sirasiga kiradi; 4) inson va tabiat oʻrtasidagi muno s a batl arning buzilishi natijasida vujudga kelgan global muammolar — ular katoriga dengiz va suv havzalarining bulgʻanishi, oʻrmon maydonlarining tobora qisqarishi, atmosfera ozon qatlamining yoʻqolib borishi kabilar kiradi. Xatarli kimyoviy moddalarning haddan tashqari koʻp ishlatilishi natijasida qishloq xoʻjaligida ekin ekiladigan yerlarning katta qismi yaroqsiz holatga kelish xavfi kuchaydi. Sobiq SSSRda qishloq xoʻjaligi sohasida texnokratik siyosat yuritilishi oqibatida Orol dengizi suvi kamayib, gʻoyat mushkul ekologik muammolarni keltirib chiqardi. Global muammolarga qarshi kurashda jahon hamjamiyatini birlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Mintaqaviy ekologik muammolar. Yer yuzasining muayan mintaqasi o’ziga xos tabiiy iqlim, ijtimoiy – ekologik, etnogirafik xususiyatlari uni tabiat bilan inson o’rtasidagi o’zaro aloqa munosabatlari harakterini belgilab beradi.
Inson sivilizasiyasining rivojlanishi va uning tabiat bag`riga tobora chuqurroq kirib borish oqibatida ahvol tubdan o’zgardi. Bugungi kunda ibtidoiy sof tabiat haqida gapirmasa ham bo’ladi. Chunki yer yuzidagi o’rmonlar qirqildi, katta – katta hududlar dehqonchilik qilish maqsadida o’zlashtirildi, dorilar bilan o’g’tlandi, har xil chiqindi hamda gazlar bilan toza havo va tabiat ifloslandi. Bundan tashqari tabiatda toshqinlar, o’rmon yoginlari, chang bo’ronlari va boshqa tabiiy jarayonlar yuz beradi. Bularning barchasi tabiatning tabiiy muvozanatiga putur yetkazadi. Dunyo bo’yicha kuzatiladigan tabiiy, antropogen yoki sof antropogen hodisalar umumbashariy muammolar deb qaraladi. Ana shunday ekologik muammolarga ba`zi bir misollarni keltirib o’tamiz:
1. "Atmosferaning dimiqishi” hodisasi.
2. "Ozon qatlamining siyraklanishi” hodisasi.
3. "Chuchuk suv” muammosi .
4. "Tirik tabiatdagi o’simlik va hayvon turlari sonining qisqarishi” muammosi.
5. "Pestisetlardan foydalanish” muammosi.
Lokal (mahalliy) ekologik muammolar muayyan olingan xududlardagi muammolar hisoblanadi. M: yirik xududiy ishlab chiqarish majmuasidagi, agrosanoat majmuasidagi muammolarni olish mumkin.O`rta Osiyo mintaqasining iqlimiy geografik xususiyatlari inson, jamiyat va tabiat o’zaro munosabatlari jarayoniga, ekosistemalar shakllanishi va rivojlanishiga jiddiy ta`sir ko’rsatadi. O`rta Osiyo misolida keng miqyosli va mintaqaviy ijtimoiy ekologik muammolarning o`zaro bog’liqligi va bir-birini keltirib chiqarishini kuzatish mumkin. Keng miqyosda biosferadagi muvozanat boy berilishi xavfi yuzaga kelmoqdaki, bu ijtimoiy ekosistemalarning taraqqiyotiga salbiy ta`sir ko`rsatadi.Bu mintaqada tabiiy muxitning asosiy buzilishlari xo’jalik faoliyati, ishlab chiqaruvchi kuchlarni ekstensiv rivojlantirish bilan bog’liq. Biosferaning ulkan ekologik rezervlari, uning yangi, inson o`zgartirgan sharaoitlarda evolyutsiya qilish imkoniyatlari cheksiz bo`lishiga qaramay ko`pgina antropogen ta`sirlar hoziroq ancha salbiy oqibatlar tug’dirdiki, mintaqaning biotsenozlari bu oqibatlarni amalda bartaraf qila olmaydi.

Mavzu: Chiqindisiz ishlab chiqarish texnalogiyalari.


Birinchi marotaba o`tgan asrning 50-chi yillarida rus olimlari akad. N.N. Semyonov va I.V.Petryanovlar “chiqindisiz texnologiya” atamasini fanga kiritgan edilar. Hozirgi paytda “chiqindisiz va kam chiqindili texnologiyalar” atamalari o`rniga “toza yoki birmuncha toza texnologiyalar” atamalari ham qo`llaniladi.Chiqindisiz texnologiya – insoniyat ehtiyojini qondirish maqsadida bilimlar, usullar va vositalarining amalda tadbiq etish, tabiiy resurslardan va energiyadan samarali foydalanish ta`minlash va atrof – muhitni muhofazalashdir.
Chiqindisiz texnologiya – mahsulot ishlab chiqarishning shunday samarali usuliki, unda “xom-ashyo - ishlab chiqarish – iste`mol qilish – ikkilamchi xom-ashyo resurslari” ciklida xom-ashyolardan va energiyadan unumli va kompleks ravishda qo`llaniladi va tabiiy atrof-muhitga etkazilgan har qanday ta`sir uning normal holatidan chiqara olmaydi. Ushbu ta`rifda 3 ta sharf mavjud:
1. Chiqindisiz ishlab chiqarish negizini inson tomonidan ongli ravishda tashkil etilgan va rostlangan moddalarning texnogen aylanishi tashkil yetadi.
2. Xom-ashyo tarkibida mavjud bo`lgan barcha komponentlardan samarali foydalanish va energiya resurslari potencialidan to`liq foydalanishning majburiyligi.
3. Chiqindisiz texnologiyaning tabiiy atrof-muhitga va uning normal ishlashiga ta`sir etmasligi.
Shuni aloxida ta`kidlash kerakki, « chikindisiz va kam chikindili texnologiyalar» atamalari «tabiiy resurslar», «xom – ashyolarga kompleks ishlov berish», «resurslardan samarali foydalanish», «kushimcha mahsulotlar», «ishlab chikarish chikindilari», «foydalanishga yaroksiz chikindilar», «ikkilamchi materiallar resurslari», «ikkilamchi energetik resurslar», «iktisodiy zarar» kabi atamlar bilan uzviy boglikdir.
Tabiiy resurslar. Suv, er, mineral resurslar, xayvonot va usimliklarresursi, Kuyosh energiyasi, er ka`ridan olinadigan energiyalar ( masalan, minerallashgan issik suv energiyasi ) va boshkalar tabiiyresurslar deb ataladi.
Mineral resurslar. Bu er ka`ridagi mineral xom – ashyo ( ko’mir, neft, gaz, ma`danli va ma`dansiz kazilmalar ) zahiralarining majmundir.
Xom – ashelardan kompleks foydalanish. Bu xom – ashyo va ishlab chikarish chikindilari tarkibida mavjud bulgan foydali komponentlardan tulik foydalanish demakdir.
Shuni aloxida ta`kidlash kerakki, xom – ashe tarkibidagi kimmatbaxo komponentlarni ajratib olish darajasi va ulardan samarali foydalanish texnika tarakkiyotiga va jamiyatning ularga bulgan ehtiyojiga boglikdir. Xom – ashyolardan xama tomonlama kompleks ravishda foydalanish ishlab chikarish samaradorligini oshiradi,mahsulot turlari va xajmining kupayishini ta`minlaydi, olingan mahsulotlarning narxini pasaytiradi, xom – ashyo zahiralarini yaratish uchun sarflanadigan xarajatlarni kamaytiradi va, eng muximi, tabiiy atrof – muxit ifloslanishining oldini olishga kata yordam beradi.
Shuni xam yodda tutish kerakki, amalda xom – ashyolaga fizik – kimyoviy ishlov berish paytida asosiy ishlab chikarish mahsuloti Bilan birga kushimcha oralik yoki yulakay mahsulotlar ( masalan, changlar, tutunlar, gazlarning aralashmasi, okova suvlari, Bug, kalta tolalar, kukonlar, toshkollar, kuykumlar va boshkalar ) paydo bulishi mumkin. Masalan, paxtadan tola olish paytida turli kimyoviy tarkibga ega bulgan changlar, kalta-kalta tolagalar, lint va momiklar paydo buladi. Yoki metallurgiya korxonalarida ma`danlardan mis, nikel, rux, kobalt va boshka kimmatbaxo metallarni ajratib olish paytida oltin gugurt ajralib chikadi. Oltin gugurt neft va tabiiy gazlarning tarkibida xam mavjud. Ammo oltin gugurt takibida magimush, tellur, selen kabielementlar xam mavjud. Yoki alyuminiy ishlab chikarishda tabiiy atrof – muxitni ifloslantiruvchi ftor birikmalari ajralib chikadi. Agar tola, mis, nikel, rux, kobalt, alyuminiy neft va gaz asosiy mahsulot xisoblansa, ularning ishlab chikarishda paydo bulgan changlar, kalta-kalta tolachalar, lint va momiklar, oltingugurut, margimush, tellur, selen va ftor birikmalari kushimcha oralik yoki yulakay mahsulotlar xisoblanadi.
Kimyo sanoatida qattiq chiqindilarining quyidagi 3 manbalari ma`lum:
1. Xom ashyolarning qoldiklari, yarim mahsulotlar, material va buyumlar, xom ashyolarga fizikaviy va kimyoviy ishlov berish paytida paydo bo`ladigan mahsulotlar, shuningdek qazib olish va foydali qazilmalarni boyitish paytida paydo bo`ladigan chiqindilar.
2. Tabiiy va oqava suvlar tarkibida va iflos gazlarni tozalashda ushlab qolinadigan moddalar.
3. Uy-ro`zg`or chiqindilari.

Mavzu: Muhit va yashash sharoiti tushunchalari. Ekologik omillar va ularning klassifikatsiyasi.


Hayot Yerda taxminan 3,7 milliard yil oldin, boshqa manbaga ko'ra, taxminan 4,1 milliard yil oldin boshlangan. Rivojlanish bugungi kungacha davom etmoqda. Barcha taxminlarga ko'ra, hayot kelajakda atrof-muhitga moslashib boraveradi va odamning borligi yoki yo'qligi uni to'xtata olmaydi. Avstraliyalik olimlar quruqlikda hayot belgilarini topdilar va ular 3,5 milliard yoshda. Ularning topilmalari hayot sho'r buloqlarda emas, balki chuchuk suvda shakllanganligini tasdiqladi. Olimlar ushbu faktlarga e'tiborni qaratdilar va boshqa qit'alarda ularning tasdig'ini izlamoqdalar. Hayotning asosiy muhitlariga quyidagilar kiradi.1.suv;2.er osti havosi;3.tuproq;4.organizm (parazitlar va simbiontlar).
Quruq havo muhiti Ushbu muhit Yerdagi o'simlik va hayvonot dunyosining barcha xilma-xilligini aks ettiradi. Quruqlikda organik hayotning rivojlanishi tuproq paydo bo'lishiga imkon berdi. O'simliklar, o'rmonlar, dashtlar, tundralar va turli xil hayvonlarning turli xil yashash joylariga moslashishi bilan yanada rivojlanishi davom etdi. Organik olamning keyingi evolyutsiyasi natijasida hayot Yerning barcha ustki chig'anoqlariga - gidrosferaga, litosferaga, atmosferaga tarqaldi. Barcha tirik mavjudotlar rivojlanib, haroratning keskin o'zgarishiga va turli yashash joylariga moslashgan. Hayvonot dunyosi, har xil qushlar va hasharotlar iliq va sovuqqon vakillari paydo bo'ldi. Yer-havo muhitida o'simliklar turli xil o'sish sharoitlariga moslashgan. Ba'zilar yorug'lik, iliq joylarni yaxshi ko'radilar, boshqalari soyada va namlikda o'sadi, boshqalari past haroratlarda omon qoladi. Ushbu muhitning xilma-xilligi undagi hayotning xilma-xilligi bilan ifodalanadi.
Suv muhiti.Yer-havo muhitining rivojlanishi bilan bir qatorda, suv dunyosining rivojlanishi ham davom etdi.Suv muhiti bizning sayyoramizda mavjud bo'lgan barcha suv omborlari bilan ifodalanadi, okean va dengizlardan ko'llar va oqimlarga qadar. Yer yuzining 95% suvda joylashgan.Suv muhitining turli xil yirik aholisi evolyutsiya to'lqinlari ostida o'zgarib, moslashib, atrof-muhitga moslashib, populyatsiyalarning yashash darajasini eng yuqori darajada oshiradigan shaklga ega bo'lishdi. Hajmi kamaydi, ularning birgalikdagi hayotining har xil turlarining tarqalish sohalari bo'lindi. Suvdagi hayotning xilma-xilligi hayratlanarli va yoqimli. Suv muhitidagi harorat er osti havosi kabi keskin tebranishlarga duch kelmaydi va hatto eng sovuq suv havzalarida ham +4 darajadan pastga tushmaydi. Suvda nafaqat baliqlar va hayvonlar yashaydi, balki suv ham turli suv o'tlari bilan to'lib-toshgan. Faqat katta chuqurliklarda ular yo'q, bu erda abadiy tun hukmronlik qiladi, organizmlarning butunlay boshqacha rivojlanishi mavjud.
Tuproqning yashash muhiti yerning yuqori qatlami tuproqqa tegishli. Tuproqning har xil turlarini toshlar, tirik organizmlarning qoldiqlari bilan aralashtirish unumdor tuproq hosil qiladi. Bu muhitda yorug'lik yo'q, ular yashaydi yoki aniqrog'i o'sadi: o'simliklarning urug'lari va sporalari, daraxtlarning ildizlari, butalar, o'tlar. Bundan tashqari, u kichik suv o'tlarini o'z ichiga oladi. Yerda bakteriyalar, hayvonlar va qo'ziqorinlar yashaydi. Bu uning asosiy aholisi.
Organizm yashash muhiti sifatida:Yerda biron bir odam, hayvon yoki o'simlik turi mavjud emas, u yerda hech qanday organizm yoki parazit joylashmagan. Ma'lum bo'lgan yem o'simlik parazitlariga tegishli. Kichik urug 'sporalaridan mezbon o'simlikning ozuqaviy kuchlarini yutib yashaydigan organizm o'sadi. Parazitlar (yunoncha - "erkin yuklovchi") - egasi hisobiga yashaydigan organizm. Ko'pgina organizmlar odam va hayvonlar tanasida parazitlik qiladi. Ular ma'lum bir tsiklda mezbonda yashovchi vaqtinchaliklarga va doimiy ravishda, tsikl bilan mezbon tanasining tsiklida parazitlik qiladilar. Bu ko'pincha mezbon mezbonning o'limiga olib keladi.

Yüklə 81,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin