Elektron tuzilishi. Karboksil guruhning tarkibiy qisml karbonil guruh va gidroksil guruhlardan iborat ekanligi yuqorida aytib o`tdik. Bu guruhdagi -OH guruh xossal endi spirtdagi xossalarni namoyon qilmaydi, >C=O guru ham aldegidlardagi kabi xossalarni namoyon qilmaydi. Biz ma'lumkS, karbonil guruh kuchli qutblangan (aldegidlarg qarang), elektronlar kislorod tomonga siljigan, uglerod qisman musbat zaryadlangar Shuning uchun, uglerod gidroksiguruh kislorodidagi elektronlarni o`zi tomong tortadi, bu esa O-H bog`ining elektron bulutini kislorod tomoniga siljishiga oli keladi. Buning natijasida kislorod va vodorod orasidagi bog` kuchsizlanad Kislotalarning spirtlardan ko`ra kuchli kislotali xossalarga egaligi shu hodisJ bilan izohlanadi.Fizik xossalari. Karbon kislotalar orasida aldegidlarga o`xshab gazsimonlar yo`q. Karbon kislotalar qatorining quyi vakillari palmitin kislotasigacha o`tki hidli, suvda yaxshi eruvchan, suyuq moddalardir. Yuqori vakillari-palmitir kislotadan boshlab, qattiq, hidsiz, suvda erimaydigan moddalardiro`rinbosarlarning induksion effektlari ta'siri ostida xlorsirka kislota va a-brompropan kislota dastlabki kislotalardan kuchliroq bo`ladi.Ishlatilishi. Chumoli kislota organik moddalar sintezida kuchli qaytaruvchi; oziq-ovqat sanoatida-dezinfeksiyalovchi va konservalovchi vosita sifatida; to`qimachilik sanoatida gazlamalarni bo`yashda; tabiiy kauchukni qayta ishlashda koagullovchi vosita sifatida, tibbiyotda ishlatiladi.Sirka kislota bo`yoqlar ishlab chiqarishda, plastmassalar, dorilar (aspirin, fenatsetin), sun'iy tola, yonmaydigan kinoplenka va hokazolar ishlab chiqarishda; uning tuzlari esa gazlamalarni bo`yashda, tibbiyotda, qishloq xo`jaligi zararkunandalariga qarshi kurashda; murakkab efirlari erituvchi va xushbo`y vositalar sifatida ishlatiladi.Palmitin va stearin kislotalari sham ishlab chiqarishda, ularning natriyli tuzlari xo`jalik sovuni, kaliyli tuzlari esa tibbiyot uchun suyuq sovunlar ishlab chiqarishda qo`llanadi.