Sofistika – (yun. sophisma so'zidan – ataylab chalg'itish) - Qadimgi Yunoniston falsafasida vujudga kelgan tafakkur usulidir. Ko'pgina darslik va qo'llanmalarda bu ibora yunon tilidagi «sophism» so'zi asosida, ya'ni ataylab xilma-xil ma'noga ega bo'lgan tushunchalarni ishlatish orqali kerakli, ammo haqiqatga to'g'ri kelmaydigan, ko'chma ma'no-mazmunga erishish usuli deb ta'kidlanadi. Bu usul qo'llanilganda fikrning mazmuni ko'chma ma'noda bayon qilinadi, ya'ni «qizim senga aytaman, kelinim sen eshit» deganga o'xshash holat nazarda tutiladi. U nafaqat Qadimgi Yunoniston, balki o'rta asrlarda Yevropada ham keng tarqalgan. Agar bu usul yolg'on xulosalarga olib kelsa, nega o'z davrining ko'pgina dono kishilari undan foydalanganlar, degan savol tug'ilishi mumkin. Ma'lumki, insoniyat tarixida hurfikrlilik va ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga munosabatni to'g'ri ifodalashning iloji qolmagan zamonlar ko'p bo'lgan. Bunday holni inkvizisiya hukmron bo'lgan o'rta asrlar Yevropasiga ham tadbiq etish mumkin. O'sha davrda ham ko'pgina ziyolilarning ana shu usulga suyanmasdan iloji yo'q edi. Umuman olganda, «do'ppi tor kelib qolgan» ana shunday zamonlarda fikrni Gulxaniyning mashhur «Zarbulmasal» asari kabi ifodalash hollari uchrab turadi. Buni o'rta asrlar Yevropasiga nisbatan olsak, unda Servantesning «Don Kixot» asari nima sababdan shunday yozilganligi, uning bosh qahramoni esa nima uchun shamol tegirmonlariga qarshi jang qilganligi va bu lavhalar zamirida qanday botiniy mazmun yashiringani aniq bo'ladi.
Sinergetika – (yun. sunergeia – hamkorlik, hamjihatlik) - olamning o'z-o'zini tashkil etishi, makon va zamonda narsa va voqyealarning azaliy ketma-ketligi, o'zaro aloqadorligi, ularning muayyan tizimlardan iborat sababiy bog'lanishlar asosida mavjudligini e'tirof etishga asoslangan ilmiy qarashlar majmuidir. U asosan XX asrning ikkinchi yarmida shakllangan ta'limot bo'lib, asoschisi Nobel mukofoti sovrindori N.Prigojindir. Bu ta'limotni dialektika asosida shakllangan va uni to'ldiradigan ilmiy qarashlar majmuasi deydiganlar ham bor. Ularga qarshi o'laroq, dialektika endi kerak emas, uni sinergetika bilan almashtirish lozim deb hisoblovchilar ham yo'q emas.
Bizningcha, sinergetikaning XX asrdagi shaxdam odimlari o'rta asrlarda Yevropada aniq fanlar sohasida induksiya va deduksiya usullarining muvafaqqiyatli qo'llangani, katta mavqyega ega bo'lgani va pirovard natijada, falsafiy metodga aylanganini eslatadi. Sinergetikani XX asr tabiiy fanlarining falsafa sohasiga kiritayotgan eng katta yutuqlaridan biri sifatida baholash mumkin. Ammo bu uning dialektikani falsafadan butunlay surib chiqaradi degani emas. Zero falsafada har bir ta'limot, uslub va metodning o'z o'rni va faoliyat doirasi bor. Dialektikaning falsafadagi ahamiyatiga kelganda esa, uning ijtimoiy bilimlar sohasidagi o'rni, qadr-qimmati nihoyatda katta va u falsafaning asosiy qismlaridan biri bo'lib qolaveradi.
Falsafaning umumbashariy fan ekani uning bahs mavzulari va asosiy muammolarini belgilab beradi. Shu ma'noda odam va olam, ularning ibtidosi va intihosi, hayoti va o'zaro munosabatlari, inson tafakkuri, tabiat va jamiyat taraqqiyotining umumiy qonuniyatlari falsafa uchun azaliy muammolardir. Shu bilan birga, muayyan davrda tug'iladigan va hal etiladigan o'tkinchi muammolar ham bo'ladi. Ular abadiy muammolar darajasiga ko'tarilmasa-da, o'z davrining talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqani uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Falsafa dunyoqarash xarakteridagi fan xisoblanadi. Dunyoqarash esa, kishilarning olam va uni o'zgarishi, rivojlanishi haqidagi ilmiy, falsafiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, estetik, diniy qarashlari va sistemasidan iborat. Dunyoqarash ayrim kishilar, ijtimoiy guruh, sinf yoki umuman jamiyatning faoliyati yo'nalishini va voqyelikka munosabatini belgilaydi. Ilmiy bilimlar dunyoqarash sistemasida ko'pincha insonning yoki guruhning tevarak-atrofidagi ijtimoiy va tabiiy reallikda bevosita amaliy yul tutish maksadiga amaliy xizmat kiladi. Dunyokarash ijtimoiy birlikning in'ikosidir, unda ijtimoiy turmush aks etadi va u muayyan tarixiy davrda insoniyat erishgan bilimlar darajasiga xamda ijtimoiy tuzumga bog'liq buladi. Sinfiy jamiyatda u sinfiy xususiyat kasb etadi. Odatda u xukmron sinfning dunyokarashi bo'lib, sinfiy jamiyatlarda xukmrondir.
Dunyoqarash o'zining tub moxiyatiga ko'ra, mifologik, diniy, falsafiy va ilmiy turlarga bulinadi. Ularning xar biri o'ziga xos xususiyatlarga ko'ra, bir-biridan keskin farq kiladi.
Mifologiya -kishilik jamiyati taraqqiyotining ilk bosqichida bo'lgan dunyoqarashning dastlabki shartidir. Voqyelikni bilishning, dunyoga qarashning o'ziga xos usuli bo'lgan mifning xususiyati shuki, hamma narsa va hodisalar unda bir-biriga ishtirok sifatida idrok etiladi. Buning natijasida bir xil buyumlarning sifatini ikkinchi xil buyumlarga bemalol ko'chirish mumkin bo'ladi. Mifologik dunyoqarash tabiat kuchlarini hissiy qiyofalar, alohida vujudlar shaklida jonlantirib tasvirlab ko'rsatishga asoslangan. Mifologiyada bir xil narsalarning xossalari ikkinchi xil narsalarga osonlik bilan kuchirilganligi sababli u hayolga keng maydon ochib beradi va bu maydonda mifologik tarzda fikr qiluvchi kishi har qanday o'zgarishlar qilishi va jasoratlar ko'rsatishi mumkin bo'ladi. Har qanday mifologiya tabiat kuchlarini tasavvurida va tasavvur yordamida yengadi, o'ziga buysundiradi va shakllantiradi. Mifologiya, binobarin, tabiatning ana shu kuchlari ustidan haqiqatda hukmronlik boshlanishi bilan yo'qolib ketadi. G'ayritabiiy kuch haqidagi tasavvurlar mavjud bo'lganligi sababli mifologiyada din elementlari mavjud, shuningdek, unda axloqiy qarashlar xam, insonning voqyelikka estetik munosabati ham aks ettirilgan.
Dunyoqarashning tarixiy shakllaridan yana biri diniy dunyoqarash bo'lib, uning asosiy va hal qiluvchi belgisi g'ayritabiiy kuchlarga ishonish, butun olam, barcha mavjudot insoniyat dunyosining xudo tomonidan yaratilganligini va boshqarilishini e'tirof etish, xudoga, ruhlarga sig'inishdan iboratdir. Diniy dunyoqarashning o'ziga xos xususiyati shundaki, u tabiiy va ijtimoiy hodisalar mohiyatini ularning o'zida emas, balki g'ayritabiiy sabablar xudoning qudrati bilan tushuniladi. U hamma narsada va har qayerda ilohiy kuchlarning ta'siri, mo'jizaviy kuch bor deb pisanda qiladi.
Din va diniy dunyoqarashning ijtimoiy gnoseologik ildizlari mavjud. Dinning ijtimoiy ildizi sinfiy jamiyat, binobarin, xususiy mulkchilik, tengsizlik, ekspulatasiyaning paydo bo'lishi bilan bog'liq bo'lib, bular sinfiy jamiyat kishisini ijtimoiy kuchlarga va o'zi yaratgan stixiyali munosabatlarga tobe kilib qo'ygan. Diniy gnoseologik ildizi esa, tashqi olamning kishilar ongida noto'g'ri, buzib, mavhumlashtirib aks ettirilishidadir. Buning boisi shundaki, bilish jarayoni g'oyat murakkab, ziddiyatli, ko'p qirralidir. Bunda asossiz, soxta, diniy tasavvurlarning paydo bo'lishi ehtimoli tabiiydir. Inson bilish jarayonida dunyoni in'ikos etishda buyum va xodisalarning ayrim jixatlarini burttirib, mutlaqlashtirib yuboradi, bu hol esa, voqyelikni buzib aks ettirishga olib keladi.
Din va dunyoqarash xususida so'z borganda, shuni aytish kerakki, mamlakatimizda turg'unlik yillarida ateistik targ'ibotni kuchaytirish niqobi ostida xalq an'analarini zurlik bilan barbod etildi, asrlar mobaynida amal qilib kelgan marosim va urf odatlar ta'qiqlandi, qanchadan-qancha masjid va madrasalar buzib tashlandi. Necha-necha minglab jildlarni tashkil etgan nodir kitoblar shaxsga sig'inish va katag'on avj olgan yillarda kuydirilib tashlandi.
Hozirgi paytda o'tmishda ro'y bergan ko'plab xatoliklarni tuzatish borasidagi ishlar amalga oshirilmoqda, ijtimoiy adolat tiklanmoqda. Falsafiy dunyoqarashning o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, u kishiga tabiat, jamiyat, inson tafakkuri rivojlanishining umumiy qonuniyatlari haqida ma'lumot beradi. Shu bilan birga u insonni qurshab turgan moddiy olamning, materiyaning obyektivligini, uning hyech kim tomonidan yaratilmaganligini, bekor kilinmasligini, abadiyligini uqtiradi. Falsafiy dunyoqarash dunyoni va uning taraqqiyot qonunlarini bilish mumkinligini, bilish esa, murakkab, ziddiyatli jarayondan iboratligini ta'kidlaydi.
Mifologik va diniy dunyoqarashlardan farqli ravishda falsafiy dunyoqarash tabiat va insoniyat jamiyati taraqqiyotining sabablari va mohiyatini, o'ziga xos xususiyatlari va qonuniyatlarining xarakteri va xarakatlantiruvchi kuchlarini to'g'ri, ilmiy asosda tushuntirib beradi. Falsafiy dunyoqarash ta'lim berib aytadiki, butun mavjudot - organik va noorganik dunyo ham, insoniyat dunyosi xam, o'simliklar va hayvonot dunyosi ham doimo xarakatda, o'sish, o'zgarish va rivojlanishdadir.
Falsafiy dunyoqarash asosida kishilar obyektiv olamdagi narsa va hodisalar, jarayonlar o'zidan boshqa narsalar bilan ichki, zaruriy, muhim va asosiy aloqadorlikda, ta'sir va aks ta'sirda ekanligini chuqur anglab oladilar.
Falsafiy dunyoqarashning o'ziga xos xususiyatlaridan yana biri shundan iboratki, u dunyo qanday bulsa, uni shundayligicha, xech qanday uydirmalarsiz, mubolag'alarsiz tushuntiradi.
Falsafiy dunyoqarash kotib kolgan emas, balki doimiy ravishda o'zgarib, rivojlanib, boyib va takomillashib boradigan dunyoqarashdir. Tabiatda, jamiyatda bo'ladigan o'zgarishlar tufayli birinchi navbatda tabiiy, texnik to'xtovsiz ravishda ro'y berib turadigan muhim o'zgarishlar natijasida kishilarning obyektiv olam haqidagi ilmiy bilim va tasavvurlari, xususan falsafiy dunyoqarashlari oldingiga nisbatan ancha rivojlanadi.
Falsafiy dunyoqarash faqat nazariy bilish jihatidangina emas, balki amaliy jihatdan ham katta ahamiyatga egadir. Dunyoqarash amaliyot uchun qo'llanmadir. Falsafiy dunyoqarash tabiat va ijtimoiy xayot hodisalarini tushunish uchun yordam beradi. Kishining amaliy faoliyatida tutadigan yo'li shu kishi dunyoqarashining qanday ekanligiga bog'liq.
Falsafa yangi g'oyalarning tug'ilishiga imkon beradi. Hayot, ijtimoiy tajriba bilan uzviy bog'liq holda rivojlanadi. U tarixiy davr bilan mustahkam aloqadorlikda taraqqiy etadi. Har bir tarixiy davr, uning oldiga yangi masala va muammolarni qo'yadi. Falsafiy muammolar bevosita hayot zaruratidan tug'iladi. Aynan ular orqali falsafada davrning taraqqiyot tamoyillari va o'ziga xos xususiyatlari aks etadi. Masalan, hozirgi davrda istiqlol mafkurasi falsafiy asoslarini izohlash zarurati shu bilan belgilanadi.
Falsafiy ta'limotlarda jamiyat hayotining barcha sohalari tarixiy jarayonga xos tamoyillar, ijtimoiy guruhlarning manfaat va kayfiyatlari, tafakkur usullari o'z aksini topadi. Shuning uchun ham muayyan ijtimoiy kuch, sinf, guruh, partiya va oqimlar o'z maqsad-muddaolari va g'oyalarini ilmiy asoslashda falsafadan foydalanadi. Falsafadagi ustuvor qarash va qoidalar davr mahsuli bo'lgani uchun, zamonning taraqqiyot tamoyillari va muammolari unda o'z ifodasini topadi.