Avtomatlashtirishning texnik vositalari rivojining asosiy bosqichlari va ularning klassifikatsiyasi Avtomatlashtirishning texnik vositalari ATV rivojlanishi murakkab jarayon hisoblanadi.
Uning asosidabir tomondan avtomatlashgan ishlab chiqarishning iqtisodiy muhimligi va texnik
ehtiyoji yotsa, ikkinchi tomondan ATV ishlab chiqaruvchining texnologik imkoniyati yotadi.
Rivojlanishga sabab bo‘lgan birinchi omil yangi, ancha takomillashgan ATVni ishlab
chiqarishga joriy etish tufayli korxona ishining iqtisodiy samaradorligini oshishi hisoblanadi.
Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishdan foydalanish va ishlab chiqarishga joriy
etishning iqtisodiy va texnik asoslarining rivojlanishida quyidagi bosqichlarni ajratish mumkin:
Birinchi bosqich. Ushbu bosqich uchun arzon ishchi kuchining ko‘pligi, kam mehnat
unumdorligi, agregat va moslamalarning eng kam quvvati xarakterli. Bu tufayli texnologik
jarayonlarni boshqarishda insonning eng ko‘p ishtiroki, boshqaruv ob‘yekti orqali kuzatish,
shuningdek boshqaruvchi yechimlarni qabul qilish va ijro etish ushbu bosqichda iqtisodiy
jihatdan oqlangan. Mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish alohida jarayonlar bo`lgan, ular
orqali boshqarishni inson uchun yetarli darajada ishonchli amalga oshira olmagan.
Ikkinchi bosqich. Mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirishning kompleks bosqichiga
o`tish mehnat unumdorligining o`shishi, agregat va moslamalar birlik quvvatining yaxlit bo`lishi,
avtomatlashtirishning moddiy va fan-texnika bazasining rivojlanishi tufayli sodir bo`ldi. Ushbu
bosqichda texnologik jarayonlarni boshqarishda inson-operator ob‘yektlarni ishga tushirish va
to`htatishda, ayniqsa kutilmagan holatlar, avariya holatlar paydo bo`lganda turli mantiqiy
operasiyalarni bajarish orqali aqliy mehnat bilan shug‘ullanadi, shuningdek ob‘yekt holatini
baholaydi, avtomatik tizimlar ishini nazorat qiladi va zahiralaydi. Bu bosqichda
standartlashtirish, ixtisoslashtirish va kooperasiyani keng qo`llashga mo`ljallangan ATVni
ko`plab seriyada ishlab chiqarish asoslari shakllanadi. Avtomatlashtirish vositalarini keng
masshtabli ishlab chiqarish va ularni tayyorlashning o`ziga xos hususiyati ushbu ishlab
chiqarishni asta -sekin mustaqil tarmoqqa ajratishga olib keladi.