Ierarxiyalashtirilganlik – bu alohida olingan motivatsion sohasidagi har bir tuzilish darajasining xususiyati. Bir xil dispozitsiyalar (motivlar, maqsadlar) boshqalaridan kuchliroq bo‘lib tez-tez hosil bo‘lib turadi; boshqalari kuchsizroq bo‘ladi, va kamroq dolzarblashtiriladi. Ma’lum darajadagi motivatsion hosilalarningdolzarblashtirish kuchi va chastotasidagi farqlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, motivatsion sohaning ierarxiyalanganligi ham shunchalik yuqori bo‘ladi.
Motivlar, ehtiyojlar va maqsadlardan tashqari, inson hulq-atvori qo‘zg‘atuvchilari sifatida, shuningdek, qiziqishlar, muammolar, tilak va maqsadlar ham ko‘rib chiqiladi. Qiziqish deb, bilish xususiyatiga ega bo‘lgan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri bir xil, ayni damda dolzarb bo‘lgan ehtiyoj bilan bog‘lanmagan, alohida motivatsion holatga aytiladi.
Tilaklar va maqsadlar – bu darhol yuz beradigan va ko‘pincha bir-birini almashtirib turadigan, harakat bajarish sharoitlarining o‘zgarishlariga javob beradigan motivatsion sub’ektiv holat.
Inson hulq-atvori motivatsiyasi ongli va ongsiz bo‘lishi mumkin. Bu inson hulq-atvorini boshqaruvchi ba’zi ehtiyoj va maqsadlar inson tomonidan anglanishini, boshqalarining esa anglanmasligini bildiradi.
Shunday qilib, motivlar anglangan yoki anglanmagan bo‘lishi mumkin. Shaxs yo‘nalganligi shakllanishidagi asosiy o‘rinni anglangan motivlar egallaydi.
Shunday motivlardan biri turli xil faoliyat sohalarida muvaffaqiyatga erishish motivi bo‘lib, bunday nazariyaning asoschilari amerikalik olimlar D. Makklelland, D. Atkinson va nemis olimi X. Xekxauzenlar hisoblanadi. Ularning fikricha, odamda turli ishlarni bajarishini ta’minlovchi asosan ikki turdagi motiv bor: muvaffaqiyatga erishish motivi hamda muvaffaqiyatsizliklardan qochish motivi. Odamlar ham u yoki bu turli faoliyatlarni kirishishda qaysi motivga mo‘ljal qilishlariga qarab farq qiladilar. Masalan, faqat muvaffaqiyat motivi bilan ishlaydiganlar oldindan ishonch bilan shunday ish boshlaydilarki, nima qilib bo‘lsa ham yutuqka erishish ular uchun oliy maqsad bo‘ladi.
Boshqacha xulq-atvorni muvaffiqiyatsizlikdan qochish motiviga tayangan shaxslarda kuzatish mumkin.
Masalan, ular birinchilardan farqli, ishni boshlashdan avval nima bo‘lsa ham muvafikiyatsizlikka duchor bo‘lmaslikni o‘ylaydilar. SHu tufayli ularda ko‘proq ishonchsizlik, yutuqka erishishga ishonmaslik, pessimizmga o‘xshash holat kuzatiladi. SHuning uchun bo‘lsa kerak, oxir-oqibat ular baribir muvaffiqiyatsizlikka uchrab, «O‘zi sira omadim yurishmaydigan odamman-da» degan xulosaga keladilar
Shunday qilib, motivlar tizimi bevosita shaxsning mehnatga, odamlarga va o‘z-o‘ziga munosabatlaridan kelib chiqadi va undagi xarakter xususiyatlarini ham belgilaydi. Ularning har birimizda real shart-sharoitlarda namoyon bo‘lishini biror mas’uliyatli ish oldidan o‘zimizni tutishimiz va muvaffaqiyatlarga erishishimiz bilan baholasak bo‘ladi. Masalan, mas’uliyatli imtixon topshirish jarayonini olaylik. Ba’zi talabalar imtixon oldidan juda qayg‘uradilar, hattoki, qo‘rqadilar ham. Ular uchun imtixon topshirish juda katta tashvishday. Boshqalar esa bu jarayonni bosiqlik bilan boshdan kechirib, ichidan hayajonlanayotgan bo‘lsalar ham, buni boshqalarga bildirmaydilar.