Mavzu: faoliyat va motivatsiya reja



Yüklə 44,31 Kb.
səhifə7/13
tarix17.05.2023
ölçüsü44,31 Kb.
#115426
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Mavzu faoliyat va motivatsiya-fayllar.org

Oʻz-oʻzini anglash jarayonida ruhiyat bilan ijtimoiylashuv oʻrtasida doimo oʻzaro munosabatlar vujudga keladi.
Ularning oʻzaro muvofiqligi yoki nomuvofiqligi taʼsirida “menlik”ning u yoki bu turdagi mazmuni kelib chiqadi.
Oʻziga oʻzi baho berish shaxsning oʻzi tomonidan oʻziga, oʻz imkoniyatlariga, boshqa odamlar orasidagi fazilatlariga va oʻrniga baho berishidir.
Hayotda shaxs oʻzini qanday va qay darajada bilishi hamda baholashi, yaʼni “men”i muhim rol oʻynaydi.
Xatali ijtimoiylashuv jarayonida shaxsning oʻzini oʻzi baholashi notoʻgʻri shakllanishi muqarrardir.
Bunday holatlarda jinoiy hatti-harakatlarga yoʻl ochishi inkor etilmaydi.
Inson oʻzining kimligini aniqroq bilish uchun turli soʻrovnomalar, psixologik testlar, psixologik amaliy mashgʻulotlar orqali aniqlashi, tekshirishi va oʻzidagi xususiyatlarni toʻgʻri yoʻnaltirishi mumkin.
Tajribaga asoslangan psixologik diagnostika fan sifatida XIX asr oxirida vujudga keldi.
Xuddi shu davrda psixologiyada oʻlchash gʻoyasi keng tarqaldi.
Psixodiagnostikaning mustaqil fan sohasiga aylanishi olimlarning insonlar psixikasidagi individual farqlarga qiziqishining ortishi bilan bogʻlangan.
Psixodiagnostika” atamasi “psixologik tashxis qoʻyish” degan maʼnoni anglatib, shaxsning ruhiy holatida toʻliq yoki biror bir alohida xususiyati haqida xulosa chiqarishdir, bunda “tashxis” shaxsning taraqqiyot koʻrsatkichi va tavsifnomalarni birgalikda tahlil qilish asosida sinaluvchining holat va xususiyatlari haqidagi xulosalardan iboratdir.
Psixodiagnostika” atamasi ilk bor Rorshaxning “Psixodiagnostika” asarining chop etilishidan soʻng psixiatriyada tarqalgan boʻlib, u tez orada tibbiyotdan tashqarida ham keng miqyosda ommalasha boshlandi.
Diagnoz”, yani “tashxis” esa shaxs rivojlanishidagi har qanday ogʻishlarni, hattoki uning holat va xususiyatlarini aniq taraqqiyot darajasini aniqlash, demakdir.

Yüklə 44,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin