Mimika - inson yuz harakatlarining bir qismi bo’lib, u orqali insonning o’ylari, xatti-harakatlari, tasavvurlari, xotirlashi, taajjubi va hokazolarda namoyon bo’ladi. Pantomimika - inson tanasi yoki uning qismlari yordamida ifodalanadigan harakatlar tizimidir. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, kundalik muloqot jarayonida so’zlar 7% ni, tovushlar va intonasiya 38% ni, nutqsiz muloqot esa 55% ni, tashkil qiladi. Publisiy aytganidеk, biz "Ovoz bilan gapiramiz tana bilan suhbatlashamiz". Noverbal kommunikasiyaning boshqa belgilar tizimini ko’rib chiqaylik. Paralingivistik va ekstralingvistik belgilar tizimi - bu lokalizasiya tizimi bo’lib, u ovoz sifatida diapozonini nutqdagi pauzalar, yo’tal, yig’i, kulgu, nutq tempida namoyon bo’ladi.