Mavzu: faoliyat va motivatsiya reja


Lekin, insonning axloq-ijtimoiy



Yüklə 44,31 Kb.
səhifə6/13
tarix17.05.2023
ölçüsü44,31 Kb.
#115426
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Mavzu faoliyat va motivatsiya-fayllar.org

Lekin, insonning axloq-ijtimoiy normalar doirasidagi maqbul harakati uning oʻziga ham bogʻliqdir.
Odam oʻz-oʻzini anglashi, bilishi va oʻz ustida ishlashi avvalo uning diqqati, ongiga bevosita oʻziga, oʻz ichki imkoniyatlari, qobiliyatlari, hissiy kechinmalariga qaratilishini taqozo etadi.
Ijtimoiy xulq – shaxs tomonidan uni oʻrab turgan odamlar, ularning xulq-atvorlariga eʼtibor berishdan tashqari, oʻzining shaxsiy xarakatlari va ularning oqibatlarini muntazam tarzda tahlil qilib borilishi ham taqozo etiladi.
Shaxsning oʻzi, oʻz xulq-atvori xususiyatlari, jamiyatdagi mavqeini tasavvur qilishidan hosil boʻlgan obraz – “men” obrazi deb atalib, uning qanchalik adekvatligi va reallikka yaqinligi shaxs barkamolligining mezonlaridan hisoblanadi.
Oʻzini oʻzi anglash doimiy jarayon sifatida mavjud.
U insonning boshqa odamlar haqidagi bilimlari va ularning unga boʻlgan munosabatlari oʻrtasidagi ziddiyat bilan belgilanadi.
Inson oʻzi haqida fikr yuritar ekan, u boshqa odamlar bilan oʻzaro munosabatlarini tahlil qiladi va ular samarali ekanligiga koʻra oʻz menligini yaratadi.
Menlik” insonni atrof-muhit, odamlar bilan oʻzaro munosabatlarning va oʻzaro aloqadorliklarning mahsuli boʻlib qoladi.
Lekin, uning tarkib topishi insonning fikr yurituvchanligi, yaʼni umumiy holda ruhiyatning rivojlanganlik darajasi bilan belgilanadi.
Mana shu maʼnoda oʻz-oʻzini anglashning ichki mazmuni bu yondashuvga koʻra 2 asos bilan belgilanadi:
Birinchidan, insonning atrof-muhitga, odamlar bilan boʻladigan oʻzaro munosabatlarning mazmuni va ikkinchidan, ana shu munosabatlar haqida uning fikr yurita olish imkoniyati.
Shulardan birinchisi ijtimoiy, demak obyektiv xususiyatga ega boʻlsa, ikkinchisi subyektiv, yaʼni insonning psixo-fiziologik va psixologik xususiyatlariga bogʻliqdir.
Ana shu ikki asosning oʻzaro mos kelishi yoki mos kelmasligi oʻzlik haqidagi adekvat (toʻgʻri) tasavvurni vujudga keltiradi.

Yüklə 44,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin