Mavzu: Faoliyatning psixologik nazariyasi. Mundarija : I. Kirish II. Asosiy qism



Yüklə 52,85 Kb.
səhifə4/17
tarix17.06.2023
ölçüsü52,85 Kb.
#132067
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Nigoraning kurs ishisi

Faoliyatning asosiy turlari
Kishi faoliyati ongli ravishda faollik sifatida uning ongi shakllana va rivojlana borishi tufayli tarkib topadi va rivojlanadi. Uning o`zi ongning shakllanish va rivojlanish negizi, uning mohiyat manbai bo`libxizmat qiladi.
Har qanday faoliyat real shart-sharoitlarda, turli usullarda va turli-cha ko`rinishlarda namoyon bo`ladi. Qilinayotgan har bir harakat ma`-lum predmetga qaratilgani uchun ham, faoliyat predmetli harakatlar majmui sifatida tasavvur qilinadi. Predmetli harakatlar tashqi olamda-gi predmetlar xususiyatlari va sifatini o`zgartirishga qaratilgan bo`ladi. Masalan, ma`ruzani konspekt qilayotgan talabaning predmetli ha-rakati yozuvga qaratilgan boiib, u avvalo o`sha daftardagi yozuvlar soni va sifatida o`zgarishlar qilish orqali bilimlar zaxirasini boyitayot-gan boiadi.
Fapliyatning va uni tashkil etuvchi predmetli harakatlarning aynan nimalarga yo`naltirilganligiga qarab, tashqi va ichki faoliyat farqiana-di. Tashqi faoliyat shaxsni o`rab turgan tashqi muhit va undagi narsa-hodisalarni o`zgartirishga qaratilgan faoliyat bo`lsa, ichki faoliyat, bi-rinchi naybatda, aqliy faoliyat boiib, u sof psixologik jarayonlarning kechishidankelib chiqadi.Dastlab. predmetli tashqi faoliyat ro`y beradi, tajriba orttirilib bor-gan sari, sekin-asta bu harakatlar ichki aqliy jarayonlarga aylanib bo­radi. Buni nutq faoliyati misolida oladigan bo`lsak, bpla dastlabki so`zlarni qattiq tovush bilan tashqi nutqida ifoda etadi, keyinchalik ichida o`zichagapirishni o`rganib, o`ylaydigan, mulohaza yuritadigan, o`z oldiga maqsad va rejalar qo`yadigan boiib boradi.
Har qanday sharoitda barcha harakatlar ham ichki psixologik, ham tashqi muvofiqlik nuqtai nazardan ong tomonidan boshqarilib boradi. Har qanday faoliyat tarkibida ham aqliy, ham jismoniy motor harakat­lar -mujassam bo`ladi. Masalan, fikrlayotgan donishmandni kuzatgan-misiz? Agar o`ylanayotgan odamni ziyraklik bilan kuzatsangiz, undagi yetakchi faoliyat aqliy boigani bilan uning peshonalari, ko`ziari, hattoki tana va qo`l harakatlari juda muhim va jiddiy fikr xususida bir to`xtamga kelolmayotganidan yoki fikrni topib, bundan mamnuniyat his qilayotganidan darak beradi.
Aqliy harakatlar shaxsning ongli tarzda, ichki psixologik mexa-nizmlar vositasida amalga oshiradigan turli-tuman harakatlaridir. Tajribada shu narsa isbotlanganki, bunday harakatlar doimo motor harakatlarni ham o`z ichiga oladi. Ular quyidagi ko`rinishlarda boii-shi mumkin:
-perseptiv, ya`ni bular shunday harakatlarki, ularning oqibatida atrofdagi predmetlar va hodisalar to`g`risida yaxlit obraz shaklianadi;
mnemik faoliyat, narsa va hodisalarning mohiyati va mazmuniga aloqador materialning eslab qolinishi, esga tushirilishi hamda esda saqlab turilishi bilan bogiiq murakkab faoliyat turi;
fikrlash faoliyati\ aql, fahm-farosat vositasida turli muammolar, masalalar va jumboqlarni yechishga qaratilgan faoliyat; ! -imajitiv, faoliyat ijodiy jarayonlarda xayol va fantaziya vositasi­da hozir bevosita ongda berilmagan narsalarning xususiyatlarini anglash va xayolda tiklashni taqozo etadi.
Faoliyat hamisha kishining boshqa odamlar bilan muayyan mu-
nosabatlari tizimida yuz beradi. U boshqa odamlarning yordami va
ishtirokini taqozo etadi, ya`ni birgalikdagi faoliyat xususiyatiga ega
bo`ladi.
Faoliyatning asosan uch turi mayjud:
l)o`yin;

  1. taiim;

  2. mehnat.

Hayotning birinchi yillaridayoq bolada faoliyatning oddiy shaklla-i ini o`zlashtirish uchun dastlabki shart-sharoitlar tarkib topa boshlay-cli. Ulardan birinchisi o`yin faoliyati hisoblanadi. Bola o`z tajribasida (|urol - buyumlar bilan bir vaqtning o`zida boshqa turdagi buyumlar -o`yinchoqlarga duch keladi. O`yinchoqlarni ishlatishning insoniy usuli o`yin, ya`ni ular yordamida allaqanday boshqa, haqiqiy buyumlar va harakatlarni ifoda etish.
Katta yoshdagilar bolalarni o`yinchoqlardan ana shu tarzda foyda-lanishga o`rgatadi. Ular bolaga qo`g`irchoqqa suv qanday ichirilishi, uni qanday qilib tebratish kerakligi, sayr qildirishni, o`yinchoq ayiq bolasini qanday ovqatlantirishni, mashinani qanday qilib haydash ke-rakligini ko`rsatishadi va hokazo.
Lekin bolada o`yinchoqqa nisbatan «haqiqiy» buyumning tasviri sil`atida munosabatning o`zi o`yin faoliyatiga faqat so`z aralashuvi miinosabati bilan hosil bo`ladi.Tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, o`yin bolalarda ham o`z faolligini ro`yobga chiqarish shakli, hayot kechirish va faoliyat ko`rsatish shakli bo`lib xizmat qiladi. Shu tarzda u funksional mamnunlik bilan liog`liqdir. Faollikka boigan ehtiyoj uning qo`zg`atuvchisi bo`lsa, laqlid qilish va tajriba esa manbai hisoblanadi. O`yin faoliyatining o`/.iga xos tub xususiyati ana shunda mujassamlashgandir. Uning maqsadi o`zining yordami tufayli muvaffaq boiinadigan amaliy na-lijalarga erishishdan emas, balki amalga oshiriladigan «faoliyat» ning o`/.idan iboratdir.
Shunday qilib, o`yin bblani buyumlar va hodisalarning nutq ama-liyotida mujassamlashgan mohiyatlarini o`zlashtirib olishini va ushbu niohiyatlarni ishlata bilishni mashq qildiradi. O`yin bajarilayotgan ha­rakatlarni aynan jarayon sifatida anglashini rivojlantiradi, bu jarayon­larning o`zini o`zi idora qilish asosida bajarilishini o`rgatadi, pirovardida esa o`zini aniq harakatlar subyekti sifatida idrok etishdan moyil
rolni bajaruvchi, ya`ni insoniy munosabatlar qiluvchi subyekt sifatida
idrok etish darajasiga qadar rivojlanganligini anglab yetishiga imkoni-

Yüklə 52,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin