Mavzu: Farg’ona viloyati ziyoratgohlarining tarixi ( arxeologik va etnografik malumotalr asosida) Mundarija: Kirish 2-7


Islom tarixini o’rganishda ziyoratgohlarning ahamiyati



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə5/15
tarix08.06.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#126806
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
ILHOMJON DIPLOM ISHI

1.3.Islom tarixini o’rganishda ziyoratgohlarning ahamiyati

Sohamiz tarixiy obidalar tarixini oʻrganish boʻlganligi bois yurtimizdagi koʻhna yodgorliklar toʻgʻrisida imkon qadar koʻproq maʼlumotlar topishga harakat qilamiz. Shu sababdan viloyatimizning turli joylaridan oʻlkamiz tarixiga qizuvchilar bizga murojat qilib turadilar. Bir gal Buvayda tumanidagi Bibi Ubayda ziyoratgohining tarixi bilan bogʻliq maʼlumotlarni soʻrashganida qoʻlimizdagi maʼlumotlar juda ham oz ekanligidan afsuslandik. Shunday boʻlsa-da, “Izlagan topadi” degan xalqimizning ajoyib naqliga tayanib, Bibi Ubayda ziyoratgohi tarixini oʻrganishga astoydil bel bogʻladik. Izlanishlarimiz davomida nafaqat Bibi Ubayda ziyoratgohiningg balki, Buvayda tumanidagi barcha muqaddas ziyoratgohlarning tarixini oʻrganish lozim degan xulosaga keldik. Chunki, ziyoratgohlar tarixidagi umumiylik va oʻziga xos koʻrinishlari ularni atroflicha oʻrganish kerakligini taqozo etar edi. Binobarin adib Nasafiy aytganidek: “Har bir muzofotning boshqa tasarruflardan ajralib turadigan va qadam ranjida qilganlarga


maroq bilan aytib beriladigan oʻziga xos naqllariyu gʻaroyib tarixi boʻladi. Aslida bu tabiiy bir hol, chunki inson oʻzi yashagan joyida oʻzining tarixini yaratadi. Maʼlumki, tarixni va odamlar yashayotgan davrning manzarasini vaqt, jamiyat, oʻzaro ijtimoiy munosabatlar hammadan koʻra yaxshiroq ifodalay oladi. Oʻlka tarixi shunisi bilan ajoyib, shunisi bilan esda qoladi. Baʼzan bu tarix gʻayrioddiy siru sanoatli boʻlib tuyuladi, negaki, eʼtiqod qilishingga – sof uydirma, rad qilishingga esa dalillar yoʻl qoʻymaydi”. Garchand, Buvayda hududidagi muqaddas joylar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning ozligi tufayli, izlanishlarimiz oson kechmasligini tushunib tursak-da, bu mavzuni yoritishga panja orasidan qarab boʻlmas edi. Zero, shu vaqtga qadar Beshariq tumanidagi mavjud ziyoratgohlar
tarixi va ular bilan bogʻliq xalqona qarashlar tarixchilar tomonidan tadqiq etilmagan. Ammo beshariqliklarning ziyoratgohlarga boʻlgan munosabati va ularning bu haqdagi qarashlari pirovardida bizni ziyoratgohlarga boʻlgan diqqatimizni yanada kuchaytirdi. Qaysi bir qishloqqa bormaylik, oʻsha yerning ulugʻlari boʻlmish nuroniy otaxon va onaxonlar qishloqlaridagi ziyoratgohlar toʻgʻrisida bilgan va eshitgan xotiralarini bajonidil soʻzlab berishga harakat qildilar. Elshunos tadqiqotchi sifatida ularning ziyoratgohlar xususidagi qarashlarini imkon qadar qogʻozga tushirdik. Paygʻambarimiz Muhammad (s.a.v.) ning muborak hadislaridan birida shunday deyilgan: “Qabristonlarni ziyorat qilib turingizlar, zero u oxiratni eslatadi”.1 Biz ham Buvayda ziyoratgohlarini oʻrganishda aynan shu hadisga amal qildik va har bir ziyoratgoh oʻziga xos fazilatlarga ega ekanligining shohidi boʻldik. Afsuski, koʻplab muqaddas joylarni mahalliy aholi faqatgina nominigina biladi, bu ziyoratgohga kim dafn etilganligidan xabari boʻlmaydi. Zamona zayli bilan mozorlar tarixi oʻrganilmay, ularni bilganlarga sovuq koʻz bilan qarash oqibatida bilimdon zotlar ham bu dunyodan oʻzlari bilgan tarixlarini qabrlarga olib ketdilar. Biz biron bir ziyoratgoh haqida soʻrab, surishtirgudek boʻlsak, aholi shu mozorning tarixini otalari aytmoqchi boʻlganlarida quloq solmaganliklarini pushaymon va nadomatlar bilan soʻzlab berishadi. Tarixdan maʼlumki, Ahamoniylar podshohi Doro eramizdan avvalgi VI asrda jangovar koʻchmanchi skiflarni boʻysundirish uchun ular yurtiga yurish qilgan. Doro qoʻshinlari tez orada skiflarni jang qilish mahorati oldida oʻzlarini ojiz seza boshlaydilar. Sababi, ularni qanchalik taʼqib qilmasin, skiflar ochiq maydonda eronliklar bilan jang qilmaydilar. Doro bundan gʻazabga minib, skiflar shohi Idanfirisga quyidagi mazmunda maktub yoʻllaydi: “Tentak, ikki yoʻldan birini tanla, imkoning bor. Ammo sen qochib yuribsan. Agar menga qarshi
turishga kuching yetsa, daydib yurishdan toʻxta, men bilan jang qil. Agar zaifligingni tang olsang, qochib ovora boʻlma, yer, suvingni oʻz sultoningga siylov qilib bergingda, kelishuv bitimi tuzgin”. Idanfiris ham javobni kechiktirmaydi: “Mening ahvolim bunday shoh! Men avvallari ham biror kimsadan qoʻrqib qochmaganman. Hozir ham sendan qoʻrqanim uchun qochayotganim yoʻq. Tinchlik vaqtida qanday yoʻl tutgan boʻlsam, hozir ham shunday yoʻl tutyapman. Sen bilan darhol jang qilmaganimning boisi bunday: Shaharlarimiz yoki ekadigan yerlarimiz boʻlsaki, ularning talon qilinishi, yakson qilinishi va yakson boʻlishidan
qoʻrqsak. Shul sabab sizlar bilan darhol jang boshlamadik. Agar jang qilishni juda istasangiz, otalarimizning qabrlarini topib, ularni oyoq osti qilishga urinib koʻringlar, jang qilamizmi, yoʻqmi, keyin bilasizlar...”2. Skiflarning bu tarzda Eron shohiga yoʻllagan javobidan shu narsa maʼlum boʻladiki, ajdodlarimiz uchun ham bobolarining mozorlari muqaddas sanalgan va uni toptashga aslo yoʻl qoʻymaganlar. Asrlardan asrlarga oʻtgan sari mozorlar haqida tushunchalar xalqimiz ongida muqaddas joy sifatida shakllanib bordi. Mamlakatda yuz bergan urushlar, qonli toʻqnashuvlar davrida hamda tabiiy ofatlar sodir boʻlgan paytlarda muqaddas ziyoratgohlar kishilarga yagona boshpana vazifasi sifatida xizmat qildi.
Hattoki, Amir Temur toʻgʻrisidagi rivoyatlarning birida boʻlgʻusi Sohibqironning dunyoga kelishida uni omon qolishda muqaddas mozor bilan bogʻliq quyidagi voqea bayon etilgan. Unda aytilishicha, dunyoning yetti podshohligidan Buxoroga elchilar kelib, Bayonqulixonga shu kechada tugʻilajak oʻgʻil yetti podshohlikni zabt etishini va buning oldini olish uchun bolani oʻldirmoq lozimligini aytadilar. Bundan xabar topgan Tegina begim yangi tugʻilgan chaqalogʻini olib Buxoroning fayzosor mozoriga berkinadi. Mozorga kelgan elchilar harchand urinmasinlar bolani ololmaydilar. Muborak qabr ichidan chiqqan qoʻl ularni mozorga yaqin keltirmagan ekan. Mozorlar haqidagi qarashlar xalqni doim oʻziga tortib kelgan. Avliyolar qabrini ziyorat qilish tufayli turli musibatlardan xalos boʻlishga qatʼiy ishonch kishilarni doimiy tarzda ziyorat qilishga boʻlgan istak hoxishlarini
oʻstirib borgan. Muqaddas mozorlarga qarab tuflamoq, yoki yomon soʻz aytmoq, ayniqsa, u yerlarda yozilmoqlik katta gunoh deb qaralgan. Kimki, bu taʼqiqlarga
amal qilmasa, tez orada ziyon topishiga ishonganlar. Zero, muqaddas joylarni ziyorat qilish odamlarni harom yoʻllardan uzoq yurishga, insofli, diyonatli boʻlishga, oʻzidan faqat yaxshilik qoldirish singari hayrli ishlarga undab kelgan. Ularda tarbiya, odob, oʻzaro doʻstona munosabatlar, qarindosh, ota-ona va farzandlarining haq-huquqlari, mehr-oqibat, halollik, adolat singari insoniy qadriyatlar ulugʻlangan. Ziyoratgoh ichiga kirayotganda oʻng oyoq bilan qadam bosib, salom berib kirish va oʻtganlar haqiga bagʻishlab duoyi fotiha tortish,
ziyoratdan soʻng orqasiga oʻgirilmasdan chiqish singari axloqiy odatlar tufayli aholini qadimdan muqaddas joylarni ziyorat qilishda maʼlum bir axloq tartiblariga amal qilishlari va bu bilan bogʻliq qarashlar oʻz navbatida ziyoratgohlar toʻgʻrisidagi axloq meʼyorlarini ishlab chiqishiga zamin yaratdi.

Darhaqiqat, tarixda muqaddas mozorlarni toptab ularni mensimaslik tufayli hayotdan koʻz yumgan shaxslar haqida koʻplab misollar uchraydi. Aytishlaricha, Qoʻqon hukmdori Abdurahimbiy Samarqandga yurish qilgan chogʻi oʻz gʻalabasidan taltayib ketib, Shayx Qusam ibn Abbos mozori zinalaridan ot bilan chiqqanligi uchun koʻp oʻtmay kasallikka chalinib olamdan oʻtgan ekan. Hatto odamlar orasida mozorga qarab birovni qargʻash ham oxir oqibatda qargʻishni tegishga olib kelishiga ishonch boʻlgan. Bu haqda Tojimuhammad Usmonov oʻzining “Daryodan tomchilar” kitobida shunday yozadi: “Mana shu Hoja Egizda maktab bor edi. Biz shu yerda oʻqir edik. U yerda Abdu Jalil qori pochcha degan marhum maktabdor edilar. Mulla Karimjon Hoji degan hoji bor edilar. Qurʼon oʻqiganlarida yuraklarni ezib yuborar edilar. Ammo oʻzlari devona sifat edilar. Biz oʻqiyotsak, bir behi boʻlardi, oʻshaning tagini [ Mulla Karim hoji] kavlay boshladilar... U odam kavlagan yeriga bir narsani qogʻozga oʻrab, koʻmib qoʻydilarda, ketdilar. Shu yerda azon aytib turadigan Rayim soʻfi va Yunus qassob


degan odamlar u kishining behi tagiga ikkita tillo koʻmib qoʻyganlarini bilib qolib, u yerni ochishib, tilloni bittadan olishib ketibdi. Karimjon hoji domla uchgʻtoʻrt kundan keyin kelib, behining tagini kavlab, koʻmib ketgan tillolarini topa olmagach, oʻrinlaridan turdilarda achchiqlari kelib, Xoʻja Egiz mozoriga qarab: “Osib yubor!”gʻdedilar. Biz bu vaqtda maktabda edik, hamma gapni eshitib turibmiz. Yana qaytarib: “Osvor deyapman, osvorgin” dedilarda chiqib ketdilar. Peshinga azon aytaman deb chiqib, soʻfi oʻzini oʻzi behiga roʻmol bilan osib qoʻydi. Yunus qassob, “Terakdor” degan yerda Toshmatboyning teragini kesib beradigan boʻlgan ekan, oyogʻi sirgʻalib ketib, terakka osilib oʻlib qoldi”. Sobiq shoʻro davrida muqaddas mozorlar haqidagi qarashlar kommunistik mafkuraga zid ekanligi bahona qilinib, buzib yuborish avj olgan edi. Fargʻona vodiysidagi muqaddas joylarning aksariyat qismi shu davrlarda buzib tashlangan. Ushbu ziyoratgohlarga faqat mustaqillik davriga kelibgina alohida eʼtibor qaratildi.

Binobarin, obodonchilikni xalqimiz muqaddas joylardan boshlagani ham bejiz boʻlmasa kerak. Oʻtgan qisqa davr mobaynida qancha-qancha bobokalonlarmiz


– tarixiy qadriyatlarimizning ijtimoiy-maʼnaviy asoslarini tashkil etuvchi azizlarning, moʻtabar hadisshunos, fiqh ilmi daholari dafn etilgan qadamjolar muqaddas ziyoratgohlarga aylantirildi. Asrlar qaʼridan yomgʻiru qor ostida nurab, otashnafas quyosh taʼsirida qaqshab, darbadar qushu laylaklar makoniga aylangan maqbaralar qaytadan hayotbaxshlik kasb etdi. Mozorlar, qadamjolar obod boʻldi.
Respublikamiz miqyosida juda koʻp qadamjolar ziyoratgoh, dam olish maskanlariga aylandi. Fargʻona viloyatida ham bu yoʻsindagi juda koʻp xayrli ishlarni tilga olish mumkin. Bobosini muqaddas bilgan, otasini hurmat qilgan, onasini eʼzozlagan xalq hech kam boʻlmagan. Vatan tuygʻusining oʻq tomirlari oʻzi shu emasmi? Buni Buvayda tumanidagi ziyoratgohlar misolida koʻrish mumkin. Mavzuni aynan tumandagi ziyoratgohlarga qaratishimizning sababi ham shunda. Soʻzimiz avvalida ushbu ziyoratgohlar joylashgan Buvayda tumani xususida ayrim maʼlumotlarni keltirib oʻtsak.

Chunonchi, 2001-yilda chop etilgan Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasining 2-jildida Buvayda tumani xususida jumladan shunday maʼlumotlar bayon etilgan: “Buvayda tumani – Fargʻona viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentyabrda tashkil etilgan 1959-yil 14-dekabrda tugatilib, uning hududi Uchkoʻprik va Bagʻdod tumaniga qoʻshib yuborilgan. 1973-yil 27-dekabrda qayta tuzildi. Tuman hududi Qoʻqon shahrining kun chiqish tomonida joylashgan. Buvayda tumani viloyatning Bagʻdod, Uchkoʻprik, Dangʻara, Oltiariq tumanlari, Namangan viloyatining Pop tumani bilan chegaradosh. Maydoni 0,28 ming km. Aholisi 143,8 ming kishidan ziyod (2000). Buvayda tumanida 11 qishloq fuqarolar yigʻini (Alqor, Bekobod, Beshterak, Buvayda, Jaloyir, Oqqoʻrgʻon, Uzumzor, Yangiqadam, Yangiqoʻrgʻon,


Qoʻngʻirot, Qoʻrgʻonobod) bor. Markazigʻ Yangiqoʻrgʻon qishlogʻi”1. Buvayda tumani oʻtgan asrning 30-50 yillarida Molotov nomi bilan atalgan. Arxiv maʼlumotlariga koʻra aynan oʻsha yillarda Molotov tumanidan oʻnlab kishilar qatagʻonlik siyosatining qurboniga aylandilar2. Oʻnlab meʼmoriy va tarixiy jihatdan ahamiyatga molik yodgorliklar xarobalikka yuz tutdi.

Arxeologik yodgorliklarning bir qismi buzib tashlanib ekin maydonlariga aylantirildi. Hozirgi kunga kelib, Buvayda tumanida Chilton tepa, Kichik Oq tepa, Oltin qoʻrgʻon, Teshik tepa, Munchoq tepa, Bandikushod buva, Qilyaytepa, Katta OQ tepa, Oqtepa (Oq qoʻrgʻontepa) deb ataluvchi qadimgi arxeologik yodgorliklar


saqlanib qolgan. Buvayda ziyoratgohlari toʻgʻrisida ham shunday fikr bildirish mumkin.
Taʼkidlash joizki, Fargʻona viloyati hududidagi ayrim mozorlar jumladan Buvayda ziyoratgohlari xususida turli toʻplamlar, jurnallar, maʼlumotnoma va turli yillarda va turli mualliflar tomonidan nashr etilgan adabiyotlarda faqat dastlabki maʼlumotlar uchraydi. Garchi ziyoratgohlarga etnologlar tomonidan eng dolzarb tadqiqot obyektlaridan biri sifatida qaralgan boʻlsa-da, bugunga qadar ular oʻziga xos ijtimoiy fenomen tarzida etnologik jihatdan maxsus tadqiq etilmagan. Bu etnologlar tomonidan tasodifan unutib qoldirilmagan boʻlib, oʻsha davrda muqaddas ziyoratgohlarni ommaviylashtirishga xizmat qiluvchi har qanday tadqiqotlarni olib borish man qilingan edi. Bu esa oʻz navbatida tadqiqotchilarni mafkuraviy va metodologik jihatdan cheklab qoʻygan.

Xususan Buvayda ziyoratgohlari sobiq Sovet davrida muqaddas fundamental, yaʼni mezonlar va metodlar asosida ilmiy tadqiqot obyekti boʻlmagan. Bu mavzudagi tadqiqotlarning aksariyati mafkuraviy va ateistik xarakter kasb etgan. Oʻzbekiston davlat mustaqilligiga erishganidan soʻng ziyoratgohlarni, ular bilan bogʻliq urf-odat va marosimlarni oʻrganish bilan bogʻliq toʻsiqlar olib tashlandi. Ushbu muammoni yanada chuqurroq va holis oʻrganish imkoni keldi. Jumladan Oʻzbekistondagi qimmatli va koʻp sonli musulmon ziyoratgohlarining vujudga kelish tarixi oʻrganilmoqda. Binobarin, Bibi Ubayda va Poshsho pirim ziyoratgohlarining tashlandiq, xarobaga aylanib ulgurgan binolari qayta taʼmirlandi. Atroflari tartibga solinib, obodonlashtirildi. Ularga eltuvchi yoʻlaklar tekis asfaltlanib, yonlari gulzorga aylantirildi. Qarovsiz yotgan dovgʻdaraxtlar parvarishlanib, changalzorlar barham topgach, inson mehriga tashna bogʻ oromgoh maskanga aylandi. Ziyoratchilar ertadan to kechgacha qadam ranjida qilib, miriqib dam olmoqdalar. Kun sayin koʻpayib, oqib kelayotgan ziyoratchilarning tilida bir savol, ular xoh ichida, xoh tashida boʻlsin, ushbu savol bilan yo oʻziga yoxud mozor xizmatchilariga murojaat etadilar: Bibi Ubayda va Poshsho pirim oʻzi


kim? Ushbu savolni falsafa fanlari nomzodi Ozoda Nishonova ham oʻzining “Bibi Ubayda ziyoratgohi” nomli maqolasida keltirar ekan, jumladan shunday yozadi: “Respublikamiz hududida ziyoratgohlar juda koʻp. Ular ruhiy-maʼnaviy oziqa olish dargohi boʻlibgina qolmay, shu bilan birga, dam olish, xordiq chiqarish maskani ham hisoblanadi.10

Bibi Ubayda ziyoratgohi musulmon xotin-qizlarining ruhiy poklanib olishga vosita boʻluvchi maʼnaviyat oʻchoqlaridan biridir. “Yaxshining sharofati mingga tatiydi” deganlaridek, oʻtmishda yashab oʻtgan ulugʻ ajdodlarimiz qoʻyilgan maqbaralar, qabristonlar atrofi obodonlashtirilib, ular ziyoratggohning tarkibiy qismi sifatida huzurgʻhalovat, xordiq maskani vazifasini ham oʻtaydi. Zero, atrofi dov-daraxtli, soya-salqin, oqar suv boʻyida joylashgan xushsurat va naqsh-nigorli inshootlar kishi koʻziga surur, qalbiga shodlik, ruhiga


koʻtarinkilik bagʻishlaydi. Buvayda tumani hududida ham ana shunday ziyoratgoh manzillar talaygina. Bastombuva, Poshshopirim, Bandikushod, Gʻoyib ota, Galdir
Buva, Valiy Pirim ziyoratgohlari shular jumlasiga kiradi.

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin