Mavzu: Farhod va Shirin” dostonining boblari tavsifi

Yüklə 17,54 Kb.
səhifə4/7
tarix27.12.2023
ölçüsü17,54 Kb.
#199390
1   2   3   4   5   6   7
“Farhod va Shirin”

5-bob me’roj tuni ta’rifiga bag‘ishlangan bo‘lib, payg‘ambarning Buroq oti yordamida Alloh huzuriga yo‘l olishi tasviri beriladi. Bunda payg‘ambarning 12 burj va 7 sayyoralarni oshib o‘tib, Lomakonga ko‘tarilganligi, “qoba qavsayn” (ikki yoy oralig‘i) darajasida Allohga yaqinlashgani va foniy bo‘lganligi haqidagi fikrlar bayon qilinadi.

Anga bu surma bo‘lg‘och qurratul ayn, Nasib o‘ldi maqomi “qoba qavsayn”.

O‘zin gum aylabon, lekin topib haq, Ko‘rinmay kimsa haqdin ayru mutlaq.

Dostonning 6-bobi qalam ta’rifi hamda ulug‘ salaflar Nizomiy va Dehlaviylar madhini o‘z ichiga oladi. Navoiy dastlab qalamga ta’rif berar ekan, uni Xusrav Parvezning tez uchar qora oti Shabdezga, qalamni tutuvchi barmoqlarni shu ot ustidagi chavandozga, barmoq bo‘g‘inlarini chavandozning belbog‘iga, tirnoqlarni esa uning yuziga o‘xshatadi:

Qalamkim, rahnavardi teztakdur, Azaldin manzili favqul falakdur.

Magar vahm adhamidur tez raftor, Ne adham, jardai Shabdez raftor.

Chiqib ustiga barmoq shahsuvori, Bo‘g‘un belbog‘iyu tirnoq uzori.

7-bob “hazrati shayxu-l-islomiy mavlono Nuriddin Abdurahmon Jomiy” madhidadir. Alisher Navoiy Nizomiy va Dehlaviyni ikkita filga o‘xshatgani holda, Jomiyni yuz filga o‘xshatadi. So‘z o‘yini vositasida uni XI-XII asrlarda yashagan mashhur so‘fiy Zindapili Jomiyga qiyoslaydi, “fano timsoli”, “jahoni begaron” (cheksiz jahon), “olami kubro” (ulug‘ olam) deb ataydi. Bob Jomiy qo‘lidan bir jom ichish umidi bilan yakunlanadi:

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin