Mavzu: Farhod va Shirin” dostonining boblari tavsifi

Yüklə 17,54 Kb.
səhifə3/7
tarix27.12.2023
ölçüsü17,54 Kb.
#199390
1   2   3   4   5   6   7
“Farhod va Shirin”

Munojot (3-bob)da Alisher Navoiy insonning yo‘qlikdagi holati, dunyoga kelishi, go‘dakligi, hayoti to‘g‘risida bayon qiladi. “Lavhi mahfuz” (kishilarning yaxshi va yomon amallari, taqdiri azaldan bitib qo‘yilgan taxta) haqida fikr yuritar ekan, inson azaliy qismat ijrochisi ekan, bunga uni gunohkor qilishni qanday izohlash mumkin degan fikrlarni aytadi:

Va gar ul lavh uza bo‘lsa muharrar, Azal taqsimidin bo‘ldi muqarrar.

Ne dersen bas bu jam’i benavog‘a, Gunohe qilmayin qolg‘on balog‘a?

Dostonning to‘rtinchi bobi Muhammad payg‘ambar (s.a.v) madhiga bag‘ishlangan. Bob payg‘ambarning muborak chehrasi tavsifi bilan boshlanib, uning o‘qish va yozish bilan shug‘ullanmaganligi ajoyib badiiy san’atlar vositasida bayon qilib beriladi. Xususan, qalam payg‘ambar unga mayl ko‘rsatmaganidan, ya’ni uni qo‘lida tutmaganligidan keyin yoqasini chok qilib, ko‘z yoshlarini to‘kib, afg‘on qilganligi, uning qo‘lini o‘payin deb qancha og‘zini ochmasin, uning orzusi amalga oshmaganligi husni ta’lil san’ati asosida keltirilganligini ko‘ramiz:

Necha choki giribon qildi xoma, To‘kub ashkini afg‘on qildi xoma.

Ochib og‘zin qilay deb dastbo‘si, Muyassar bo‘lmayin bu orzusi.

Bobda “insonlar payg‘ambar belgilab bergan shariat qoidalari asosida yashasalargina, haqiqiy saodatga erishadilar” degan g‘oya ilgari suriladi.

Bobda “insonlar payg‘ambar belgilab bergan shariat qoidalari asosida yashasalargina, haqiqiy saodatga erishadilar” degan g‘oya ilgari suriladi.

Yüklə 17,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin