Keturgil, soqiy ul jomi kiromiy Ki, tutsun rindlar sarxayli Jomiy.
Chu piri dayr may qildi havola, Icharmen gar erur gardun piyola.
Navbatdagi bob dostonning yozilish sababi haqida. Bu bobda shoir dostonni yaratish orzusi paydo bo‘lgach, bepoyon durru gavharlar dengiziga cho‘mganligini, ya’ni ko‘p mutolaa qilganligini, tinmay o‘ylaganligini aytadi. Dostonni yozishga undagan sabablardan biri o‘zining muhabbati, bu ishqning alam va iztiroblari ekangligini aytib, u tufayli o‘ziga yetishgan azobu uqubatlarni bayon qiladi. Shunda unga g‘oyibdan nido kelib, hotif (g‘oyibdan oq fotiha beruvchi) uni yangi bir asarni yozishga ilhomlantirganini, keyin Jomiyning oldiga borganida u ham shoirni duo qilib, bu ishda unga oq yo‘l tilaganini yozadi.

9-bob asar rejasini tuzib olgani, turli afsonalar, tarixiy manbalarni ko‘rib chiqqani, shu mavzuda yozilgan dostonlarda yo‘l qo‘yilgan xatolarni tuzatib, o‘z g‘oyalarini qay tarzda ifoda etmoqni niyat qilgani bayonidadir. Bunda Navoiy yozilajak asari yangi bo‘lishi lozimligini, avval shu mavzuda yaratilgan dostonlarni takrorlamaslik kerakligini ta’kidlaydi: