ELEKТROMAGNIТ INDUKSIYA
.
Тayanch so`z va iboralar: Berk kontur, magnit oqimi, Lens qoidasi, induksion tok, elektr yurituvchi kuch, induktivlik, o`zinduksiya, elektr maydon, magnit maydon, induksiya, siljish toki, elektr maydon kuchlanganlik vektori, magnit maydon kuchlanganlik vektori.
Elektromagnit induksiya hodisasi. Ersted tomonidan elektr toki magnit maydonni vujudga keltirishini aniqlanganidan so`ng, ko`pchilik olimlar «teskari» effektni, ya’ni magnit maydoni elektr tokini vujudga keltirmasmikan, degan savolga
javob qidira boshladilar. Bu savolga ingliz fizigiG
Maykl Faradey 1831 yilda javob topdi.
Bir-biridan izolyatsiyalangan ikki o`ram sim olingan . Birinchi o`ramni kalit K oqrali o`zgarmas tok manbai B ga ulanadi. Ikkinchi o`ramning uchlari esa galvanometrga ulanadi. Birinchi o`ramdan o`tayotgan K
B
tok kuchi o`zgarganda ikkinchi o`ramda esa qisqa muddatli elektr toki qayd qilingan. Faradey bu tokni induksion tok deb atadi.
Elektromagnit induksiya deb atalgan bu hodisa, birinchi marta shu usulda kuzatilgan edi. Keyinchalik, Faradey elektromagnit induksiya hodisasini turli variantlardagi tajribalarda ham amalga oshirdi.
Faradey o`z tajribalari asosida quyidagi xulosaga keldi:
Berk kontur bilan chegaralangan yuzani kesib o`qtuvchi magnit oqimning o`zgarishi natijasida konturda induksion tok vujudga keladi. Bu tokning qiymati oqim Φ ning o`zgarish tezligi dΦ/dt ga bog`liq.
Induksion tok yo`nalishining magnit oqimini o`zgarishiga bog`liligini rus fizigi Lens tekshirdi va quyidagi qoidani aniqladi: Induksion tok shunday yo`nalgan bo`ladiki, uning xususiy magnit oqimi bu tokni vujudga keltirayotgan (induksiyalovchi) magnit oqimining o`zgarishiga
to`sqinlik qiladi. Demak birinchi o`ramni manbaga ulash jarayonida tok kuchi 0 dan I gacha o`zgaradi. U holda oqim ham 0 dan Φ gacha o`zgaradi, demak magnit oqimning orttirmasi dΦ musbat qiymatga ega bo`lganligi uchun, odatda dΦ/dt ni yo`nalishi bilan bir xil deb qaraladi. Ikkinchi o`ramda vujudga kelayotgan induksion tok I1ind ning yo`nalishi shunday bo`lar ekanki, bu tok tufayli vujudga kelayotgan magnit oqimi Φ ga qarshi yo`nalgan bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: |