Ko’pgina hayvonlardan (o’simlik bitlari, kapalaklar, qisqichbaqasimonlarda) partenogenetik rivojlanish natijasida hujayralari odatdagi miqdorda yadro moddasi bo’lgan individlar hosil bo’ladi. Bu shu bilan izohlanadiki, yetilishning birinchi bo’linishida ajratib chiqariladigan birinchi yo’llovchi tanacha bir necha vaqtdan so’ng qaytib ovotsitga o’tadi va uning yadrosi bilan qo’shiladi

Umurtqalilar orasida partenogenez juda kam uchraydi. Keyingi vaqtlarda osetrsimon baliqlar tuxumlarining birmuncha protsenti tabiiy sharoitda partenogenetik yo’l bilan rivojlanishini ko’rsatadigan ma’lumotlar paydo bo’ldi. Partenogenezning kashf etilishi, odatda, urug’lanishdan keyin normal rivojlanadigan hayvonlar tuxumlarining rivojlanishini sun’iy yo’l bilan tezlatish uchun urinishlarga sabab bo’ldi.

XVIII asrdayoq qilingan bu urinishlar muvaffaqiyatsiz bo’lib qoldi. Birinchi marta sun’iy partenogenezni 1887 yilda rus olimi A.A.Тixomirov hosil qildi. U ipak qurtining urug’lanmagan tuxumlarini cho’tka bilan ishqalab yoki ularga kuchsiz oltingugurt kislota ta’sir etib, ularni rivojlanishga majbur qildi. Biroq, keyingi tadqiqotlar ipak qurtida ba’zi tabiiy sharoitda ham urug’lanmagan tuxumlarning to’la bo’lmagan rivojlanishi bo’lishini ko’rsatdi.