Partenogenez. Ba’zi organizmlarga jinsiy urchishning tuxum hujayrasi urug’lanmasdan rivojlanadigan qiz holida ko’payish yoki partenogenez deb nom olgan, o’ziga xos formasi mavjud bo’ladi. Partenogenez birinchi marta 1762 yilda shiralarda (o’simlik bitlarida) bayon etilgan va faqat XIX asrda ko’pgina o’simlik va hayvon turlarida isbot qilingan. Hayvon turlari orasida partenogenez hasharotlarda, kolovratkilarda, ba’zi bir qisqichbaqasimonlarda ayniksa keng tarqalgan.

Aksari hollarda partenogenez urug’lanish bilan bog’liq bo’lgan odatdagi urchish bilan muntazam ravishda navbatlashadi va bu davriy deb ataladi. Masalan, o’simlik bitlarida yoz davomida erkaklari bo’lmaydi va urg’ochilari qo’ygan tuxumlardan urug’lanmasdan turib tamoman normal urg’ochi individlar rivojlanadi. Faqat kuzda erkaklari paydo bo’ladi va partenogenetik rivojlanish ikki jinsli bilan almashinadi.

Asalarida individlarning faqat bir qismi partenogenetik yo’l bilan rivojlanadi.

Ona asalari urug’lanmagan va urug’langan tuxumlar qo’yadi. Birinchilaridan erkaklari yoki trutenlar, ikkinchilaridan urg’ochi individlar: ona asalari va ishchi asalarilar rivojlanadi. Ishchi asalarilar ona asalaridan jinsiy sistemalarining yetilmaganligi bilan farqlanadi. Bunday qisman partenogenez fakultativli deb ataladi.