umuman olganda, odshoda inson barcha qobiliyatlarining oqilona mushtarakligi mavjud bo‘lishi darkor. Platon insoniyat tarixida birinchi ideal davlat nazariyasini yaratadi. U davlatning uch shaklini tan oladi: monarxiya , aristokratiya va demokratiya. Bu shakllarning har biri ikki ko‘rinishda: qonuniy va noqonuniy yoki zo‘rlik ishlatishga asoslangan ko‘rinishlarda amal qiladi. Platon davlatning qonuniy shaklini ma‘qul ko‘radi. Uning fikricha, davlatni faylasuflar hammadan yaxshiroq boshqara oladilar
Aristotel ham o‘zining «Siyosat» asarida o‘z davlat nazariyasini bayon etgan. U: «Davlat nima uchun vujudga kelgan va insonni uning jamiyatdagi hayotida boshqaruvchi hokimiyatning nechta turi bor?», degan savolni o‘rtaga tashlaydi va o‘zining bu savoliga shunday javob beradi: «Davlat yashash uchun yaratilmaydi, balki asosan baxtli yashash uchun yaratiladi... Davlat oilalar va jamoalar o‘rtasida yaxshi hayot kechirish uchun aloqalar o‘rnatilganda, farovon va o‘ziga to‘q mavjudlik maqsadida vujudga keladi» 28 . Davlat hoki miyati masalasiga kelsak, Aristotel uning «uch yaxshi» va «uch yomon» shaklini qayd etadi. Davlat hokimiyatining «yaxshi» shakli deganda u jamiyatga xizmat qiluvchi hokimiyat shakllari: monarxiya , aristokratiya, «politiya», ya‘ni o‘rta sinf hokimiyatini tushunadi. Davlat hokimiyatining «yomon» shakllari qatoriga Aristotel tiraniya, sof oligarxiya va ashaddiy demokratiyani kiritadi. Aristotel sababiy bog‘lanishlarning rang-barangligi muammosini ilgari