MAVZU: “GENETIKA VA GENOMIKA ASOSLARI” FANIGA KIRISH. REJA:
Genetika asoslari fanining predmeti va vazifalari.
Irsiyat va o‟zgaruvchanlik qonuniyatlarining ochilishi, fanning rivojlanish tarixi. Biologiya fanlari tizimida genetikaning o‟rni.
O‟zbekistonda genetik tadqiqotlarning yo‟lga qo‟yilishi va zamonaviy genetikaning rivojlanishi .
Genomika asoslari faniga kirish. Genomika tushunchasi va uning tarixi.
Rekombinant DNK texnologiyasi, genom revolyusiyasi, genomni kartalashtirish, genomni sekvenslash (nukleotid ketma-ketligini aniqlash), genomni sharxlash (genlarni aniqlash).
Fanning rivojlanish bosqichlari, mazmuni va vazifalari. Genomika fanidagi yutuqlar.
Tayanch tushuncha va iboralar: genetika,
genomika, DNK, oqsil ketma- ketliklari, sekvenirlash, bioinformatika, proteomika, irsiyat, fenotip, genomika, DNK, oqsil ketma-ketliklari, sekvenirlash, bioinformatika, proteomika, irsiyat, sekvenslash.
.
Genetika asoslari fanining predmeti va vazifalari.
Genetika fani barcha tirik organizmlarga xos bo'lgan – irsiyat, irsiylanish va o'zgaruvchanlik qonuniyatlarini kashf etadi. Bu qonuniyatlarni o'rganish uning predmeti hisoblanadi.
Irsiyat – tirik organizmning o'z belgi va xususiyatlarini kelgusi avlodlarga o'tkazish, ya'ni nasldan – naslga berish xossasidir. Irsiyat tufayli organizmlar avlodlarining turg'unligi ta'min etiladi. Irsiyat organizmlarning o'zaro va avlodlararo o'xshashligining asosiy sababchi omilidir. Shu bilan birga irsiyat har xil turlarga mansub organizmlar belgi va xususiyatlaridagi tafovutlarning avlodlar osha saqlanib qolishini ta'min etadi.
Shunday qilib, organizmlarni o'zaro o'xshashlik va qarindoshlik darajasiga qarab tur, turkum (urug'), oila kabi sistematik guruhlarga muayyan tartibda taqsimlashning asosida irsiyat yotadi. Chunki irsiyat tufayli bu sistematik guruhlardagi organizmlarning turg'unligi, o'xshashligi bilan birga ularning o'zaro farqi ham saqlanib qoladi.
Organizm belgilarining avlodlar osha turg'unligini ta'min etish irsiyatning bir yo'nalishdagi faoliyati hisoblanadi. Uning ikkinchi yo'nalishdagi faoliyati esa organizmlar ontogenezining ma'lum turg'un
tartibda kechishini, ulardagi bosqich va fazalarning ma'lum tartibda ketma – ket namoyon bo'lishini, ulardagi moddalar almashinuvining xarakterini belgilashdan iborat.
Irsiyatning turg'unligidan tashqari, uning yana bir xususiyati, ya'ni uning o'zgaruvchanligining ham mavjudligidir.
Binobarin, organizmlar aksariyatining turg'unligi mutlaq emas. Ular o'zaro turg'unlik darajasi bilangina farq qiladilar. Masalan, ginkgo (Ginkgo biloba) deb atalgan va hozirgi vaqtda yashab turgan ochiq urug'li o'simliklar bo'limi, qubbalilar sinfining bu turi paleozoy erasining oxiri permь davridan buyon yashab kelmoqda va qazilma ajdodlari bilan